Dasturlash va IT💻
25 subscribers
168 photos
131 videos
45 files
150 links
Siz pythonda dasturlar, video darslar va boshqa IT sohasidagi muhim va qiziqarli postlar berib boriladigan kanaldasiz.😎💻
Bizning maqsad kanalni sizga maqul keladigan darajaga olib chiqish.
Creator: @great_coder
Download Telegram
Tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi deysizmi?😏

Dasturchilar esa tekinga eng ommabop bo'lgan sohalarni internetdan o'rgana oladilar!🤩

— Ishonmaysizmi?

Unda kodlashni o'rganishning juda qiziqarli va o'ziga xos usullarini taklif etadigan veb-saytlar ro'yxati bilan tanishing!👋

🔗 sololearn.com
🔗 codepen.com
🔗 w3schools.com
🔗 htmlbook.ru
🔗 upskillcourses.com
🔗 codeasy.net

Dasturlashning barcha turlari mujassam bo'lgan saytlardan kodlashni bepulga, interaktiv usulda o'rganing va o'rgangan bilimlaringizni darhol amalda qo'llab ko'ring!🗼

@python_uzbek_coder - python dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
PEP8.pdf
5.9 MB
#Qullanma
#Uzbekcha
#Python_Coding_Club_2020

PEP8 – Pythonda kod yozish bo‘yicha qo‘llanma

Umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun maxsus qo'llanma !!!

@python_uzbek_coder - python dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
python_dasturlash_tilida_mantiqiy_oyin_dasturini_ishlab_chiqish.pdf
1.3 MB
#Python
#Qullanma
#Uzbekcha

Python dasturlash tilida mantiqiy o'yin dasturini ishlab chiqish !!!

@python_uzbek_coder - python dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
#Hazil_time
#Kafeda

- Bu yerda Wi-fi ning paroli qanaqa?
- Avval nimadir sotib olishingiz kerak.
- Xo‘p, bitta Coca Cola bering.
- 10 ming.
- Marhamat. Endi parolni ayting.
- avvalnimadirsotibolishingizkerak. Kichkina xarflarda, probelsiz yoziladi... 🤦‍♂😁

@python_uzbek_coder
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#lirik_chekinish #xit

Mana xit qo'shiqlar aslida qanday yaratiladi 😂

Kompyuterlar, dasturlar va IT bo'yicha
👉 @kompyuterlar_uz
#internet #statistika

Dunyodagi barcha saytlarning ma'lumotlari hamda ularning kodlarini ko'rish uchun sayt. Hattoki saytning IP si va saytni kim yaratganicha bilasiz.

LINK 👉 hypestat.com

👉 @foydali_link
​​Google tarjimoni faqat Putinni prezident deb hisoblayapti!

Onlayn o‘girish servislari orasida eng ommaboplaridan biri Google tarjimoni bo‘ladi. Lekin shu kunlarda unda g‘alati bir holat kuzatilmoqda.

Agar unga ingliz tilida «Thank You, Mr President» yozuvini kiritib, ruschaga o‘girtirsangiz, antiqa tarjima chiqyapti: «Spasibo, Vladimir Vladimirovich».

Aslida esa bu jumlaning to‘g‘ri tarjimasi «Spasibo, gospodin Prezident» bo‘lishini barchamiz bilamiz. Masalan, uni o‘zbekchaga o‘girishda tarjimon adashmayapti:

Aftidan, bu yerda gap Google tarjimonining ishlash xususiyatida – uning algoritmlari muntazam o‘rganib boradi. Agar o‘girilayotgan jumlani ushbu servis to‘g‘ri tushunmayotgan bo‘lsa, istalgan foydalanuvchi uning tarjimasini tahrirlashi mumkin. Kimdir shundan foydalanib, «Thank You, Mr President» jumlasining «Spasibo, gospodin Prezident» shaklidagi tarjimasini ko‘p martalab «Spasibo, Vladimir Vladimirovich»ga o‘zgartirgan. Tizim esa uning variantini to‘g‘ri tarjima sifatida eslab qolgan.
Ⓜ️ Terabayt.uz
#TREND

PYTHON DASTURLASH TILI kanalimizga kirish narxlari:

🔵 Kattalar uchun: Bepul 💵
Bolalar uchun: Bepul 💶

Nimaga tekin deysizmi. Chunki biz hali Tashkent City darajasiga yetmaganmiz !!! 😉😁🤣😎

Tez aytish:

Tashkent City - 💸 Soqqa City
Tashkent City - 💱 Soqqa City
Tashkent City - 💲 Soqqa City
.................................................

Aksiya: Shu tez aytishni 10 soniyada ming marotaba aytsangiz Tashkent Cityga bepul kirasiz !!! 😎🤣

python dasturlashni biz bilan
#bepul o'rganing !!! 🤗👌☺️
🔰Pythonda sun'iy intelekt yaratish uchun eng yaxshi kutubxonalar🔰

🧠Sun'iy intellekt texnologiyasi jadal ravishda rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda uni yaratishga qaratilgan muammo uchun ko'plab yechimlar taqdim etildi. (yechimlar degan kutubxonalar, fremvorklarni nazarda tutsak ham bo'ladi) Bugungi maqolamda aynan shular haqida ma'lumotlarni taqdim etmoqchiman.

🧠Sun'iy intellekt nima⁉️
Sun’iy intellekt (yoki qisqa qilib aytganda SI) informatika fanining alohida bo'limi bo'lib, bunda inson ongi bilan bog'liq imkoniyatlarni kompyuter orqali amalga oshirishga qaratiladi.

🔱Misol tariqasida:
Sizga ta'lim, bilim beruvchi bot. Bunday botlarni hozirgi kunda ko'p uchratish mumkin. U albatta inson emas, lekin insondek fikrlashga o'rgatilgan.
Inson tomonidan aytilgan gaplarni muhokama qiluvchi intellektga ega botlar ham mavjud.
Tur-xil darajadagi masalalarni hal qilish uchun ishlab chiqilgan sun'iy intellektga ega "robotchalar" :)
Siz uchun sevimli tarjimonlar. Ular ham xuddi inson ongiga yaqin darajada sizga tarjima ishlarini bajarishda yordam berishadi. Hozirgi kunda ular o'zlari tarjima qilgan gaplarini bizga so'zlab bera olishyapdi :)).
Hozirgi kunda S. I.-lar murakkab darajadagi muammolarni hal qila olishyapdi :)

Ⓜ️a'lumot sifatida :Siz bilgan Prisma fotosuratlarni qayta ishlovchi mobil dasturi ham S.I.-ning mahsulidir.
Bundan kelib chiqib shubhasiz, mashina ta'limoti ko'plab insonlarni o'zi jalb qila oladi deb aytish mumkin. Lekin quyidagi fremvorklar sababli SIoid loyihalar yaratish avvalgiga nisbatan anchagina yengillashdi.

1️⃣ - Tensor Flow
Bu ajoyib kutubxona yordamida siz statik dasturlarni bemalol yaratishingiz mumkin. Hozirgi kunda mashina ta'limoti yo'nalishi aql bovar qilmas darajada IT sferasin qamrab olmoqda. Bu albatta muammolarning effektiv yechimi sari yetaklaydi.
Platforma C++, Cuda va python dasturlash tillarida yaratilgan.
Menda pythondagi bu kutubxonaga qiziqishim yuqori. Unda ba'zi "loyihachalar" ham tayyorlaganman. Sizga ham tavsiya qilgan bo'lardim.

Afzal jihatlari
Masshtabli interfeys dasturlashni yuqori darajada qulay qila oladi.
Platforma ochiq manbali bo'lganligi va ko'plab dasturchilarning qo'llab-quvvatlashlari sabab u kundan kunga yuksalib bormoqda. Yangi funksionallar qo'shib borilmoqda.
Tensor Flow foydalanuvchi uchun fremvorkni ishlata olish uchun to'liq qo'llanmani taqdim etgan: https://www.tensorflow.org/api_docs.

❇️Yaxshi (plyus) jihatlari ❇️
Fremvork asosini python tashkil etadi.
Uning yuqori ish samaradorligi, hisoblash ishlarining yuqori tezlikga ega ekanligi sababli bir vaqtning o'zida platforma grafik hamda markaziy protsessorlarni ishlatish imkoniyatni beradi.
Sun'iy intellekt modellari - grafik abstraksiyalar hamda hisoblashga oid resurslar orqali hosil qilinadi.

⚠️Kamchiliklari (minus) jihatlari⚠️
S.I. uchun yaratilgan ko'plab modellar hozirgi kunda tizimda mavjud emas.

💠Tensor Flow Java Scriptda yaratilgan loyiha. Ajoyib-a ⁉️
O'ng tomonda hozirgi kunda bizga ma'lum bo'lgan Kepler 90 sayyoralari sistemasi. U 8ta soyyoradan tashkil topgan. Qizig'i shundaki bu sayyoralar sistemasi Tensor Flow yordamida aniqlangan !!! Havola

》》@Daho_Dasturchilar《《
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Python Flappy Bird AI Tutorial (with NEAT) - Creating the Bird

》》@Daho_Dasturchilar《《
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#python #video #tkinter #tk1

🖌Tkinter 1-dars.

Tkinter bu pythonda kompyuter uchun visual ko'rinishdagi dasturlar tuzish uchun pythonnning standart kutubxonasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🐍Python dasturlash tilida 🤖Jarvis AI-ni dasturlash
📹480p

🌀Daho_Dasturchilar🌀
Izlaganga munosib Nomzod

©Eng yaxshilari faqat bizda🙂
📡 Yaqinlaringizni ham kanalga taklif qiling 👬

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️
🔰Pythonda Dict birligini qiymatiga qarab saralash🔰

>>> xs = {'a': 4, 'b': 3, 'c': 2, 'd': 1}

>>> sorted(xs.items(), key=lambda x: x[1])
_________________________________
Output:
[('d', 1), ('c', 2), ('b', 3), ('a', 4)]
________________________________
# Yoki:

>>> import operator

>>> sorted(xs.items(),

key=operator.itemgetter(1))
_____________________________
Output:
[('d', 1), ('c', 2), ('b', 3), ('a', 4)]
______________________________

🌀Daho_Dasturchilar🌀
Izlaganga munosib Nomzod

©Eng yaxshilari faqat bizda🙂
📡 Yaqinlaringizni ham kanalga taklif qiling 👬_👭

👉Bizga Qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE9C8I4mlEr6r2-zKQ

❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️❇️
🔰Pythonda Hello World Telegram Bot🔰

♻️IDE-ni oching (Code Editor). {Pycharm, Atom, Python IDE, VScode ...}

Keyin uning terminaliga

pip install python-telegram-bot


telegram.ext import Updater, CommandHandler

TOKEN = "Bu yerga @Botfather botdan olgan token kodingizni yozing"

#Agar kod to‘g‘ri yozilmasa bot ishlamaydi

def start (update, context):
update.message.reply_text ("Salom Dunyo @Daho_Dasturchilar")

def main ():
Updater = Updater (TOKEN)
dp = Updater.dispatcher
dp.add_handler (CommandHandler ("start", start))
upgradeater.start_polling ()

fixater.idle ()

If name == "__main__":
main ()

🤖Botni ishga tushiring va u sizga "Salom Dunyo" deb javob yozadi

》》@Daho_Dasturchilar《《
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
#TREND

PYTHON DASTURLASH TILI kanalimizga kirish narxlari:

🔵 Kattalar uchun: Bepul 💵
Bolalar uchun: Bepul 💶

Nimaga tekin deysizmi. Chunki biz hali Tashkent City darajasiga yetmaganmiz !!! 😉😁🤣😎

Tez aytish:

Tashkent City - 💸 Soqqa City
Tashkent City - 💱 Soqqa City
Tashkent City - 💲 Soqqa City
.................................................

Aksiya: Shu tez aytishni 10 soniyada ming marotaba aytsangiz Tashkent Cityga bepul kirasiz !!! 😎🤣

@python_uzbek_coder - python dasturlashni biz bilan #bepul o'rganing !!! 🤗👌☺️
Skolkovo Junior Challenge 2021 musobaqasiga ishtirokchilarni ro'yxatdan o'tishi boshlandi

2020-yil 1-dekabrdan 2021-yil 21-maygacha bo'lib o'tadigan Skolkovo Junior Challenge 2021 musobaqasiga MDH davlatlaridan fizika, matematika, dasturlash, kimyo va iqtisodiyotga qiziqadigan 7-10 sinf o'quvchilari ishtirok etish uchun taklif etiladi. Musobaqalarda ishtirok etish bepul.

Ishtirok etish uchun rus va ingliz tillarini bilish zarur bo'ladi.

Final bosqichiga har bir yo'nalish bo'yicha 4 nafar a'zodan iborat 10ta jamoa yo'llanma oladi.

https://challenge.sk.ru havolasi orqali ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot olish mumkin.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep