Founder's Cafe
162 subscribers
51 photos
25 links
🚀 Startap boshlayapsizmi yoki o‘sishni xohlaysizmi?
Founders Cafe’da sizga kerak bo‘lgan:
— podkast e’lonlari
— qisqa darslar
— real tajriba va resurslar
Obuna bo‘ling va birga o‘samiz.
Download Telegram
Kremniy Vodiysining "YASHIRIN" Darslari: Oddiy Odam Ko'rmaydigan 4ta Serial

Agar startup qurmoqchi bo‘lsangiz, ba’zan kitobdan ham ko‘proq narsani to‘g‘ri tanlangan seriallardan o‘rganish mumkin.

Bu videoda startupchilar uchun eng foydali deb hisoblagan 4 ta serial haqida gaplashamiz:

— Silicon Valley
— Super Pumped
— WeCrashed
— The Playlist

Bu seriallar orqali siz:
cofounder tanlash, investor bilan ishlash, jamoa qurish, tez o‘sish, xatolar, liderlik va startup ichidagi real bosimlarni yaxshiroq tushunasiz.

Videoni oxirigacha ko‘ring, chunki yakunda yaxshi startup g‘oyasi borlar uchun mentorlik sessiyasi haqida ham aytilgan.

Izohlarda yozing:
Siz qaysi serialni ko‘rgansiz? Va undan nima o‘rgandingiz?

Agar sizda startup g‘oya bo‘lsa, kommentda qisqacha yozib qoldiring. Eng yaxshi izoh egalari mentorlik sessiyasiga taklif qilinadi.

Founders Cafe’ni kuzatib boring — bu yerda startup, biznes va asoschilik haqida foydali kontentlar chiqib boradi.

Izohlarda founderlar uchun film yoki serail yozib qoldiring. Eng ko'p layk to'plagan izoh egasiga sovg'amiz bor!

To'liq video: https://youtu.be/E7h6w1-GrVY


Telegram | Instagram | Youtube
❤‍🔥11
Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 Toshkentda bo‘lib o‘tadi! 🚀

2026-yil 6-may kuni Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyida Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochadi.

Tadbirda Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yevropa va boshqa mintaqalardan kelgan 30 dan ortiq global startaplar o‘z yechimlarini namoyish etadi. Ular sun’iy intellekt, kreativ texnologiyalar, fintex, kiberxavfsizlik, gaming, EdTech, HealthTech, HRTech, e-tijorat va raqamli platformalar kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.

Expo hukumat vakillari, investorlar, korporativ rahbarlar, startap asoschilari, universitetlar va xalqaro ekspertlarni bir maydonda jamlaydi. Tadbir davomida biznes innovatsiyalari, sun’iy intellekt va texnologik rivojlanish bo‘yicha yangi trendlar muhokama qilinadi.

Dastur doirasida:

— startaplarning jonli taqdimotlari;
— investorlar bilan VC Mixer uchrashuvlari;
— xalqaro ekspertlar ishtirokidagi panel suhbatlar;
— ko‘rgazma maydonida startap asoschilari bilan bevosita muloqot;
— yangi hamkorlik va investitsion imkoniyatlar bo‘ladi.


Plug and Play 2023-yildan beri IT PARK Uzbekistan va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda. Bu Expo esa 5- va 6-to‘lqin startaplarining yutuqlarini namoyish etuvchi muhim tadbir hisoblanadi.

📍 Manzil: “Turkiston” san’at saroyi, Toshkent
📅 Sana: 6-may, 2026-yil
Vaqt: 16:30 – 20:30
🎟 Kirish: bepul, ammo joylar soni cheklangan

Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 — global startaplar, investorlar va innovatsion g‘oyalar uchrashadigan maydon.

Ro'yxatdan o‘tish uchun: https://pnpuzexpo2026.eventbrite.com/
❤‍🔥11