Afsonaviy investor Charli Manger Motsart haqidagi bir hikoyani aytishni yaxshi ko‘rardi.
Bir kuni yosh yigit kompozitorga kelib, undan simfoniya yozishni o‘rgatishini so‘raydi. Ular o‘rtasida shunday suhbat bo‘libdi:
— Yoshingiz nechida? — deb so‘rabdi Motsart.
— Yigirma uchda.
— Siz simfoniya yozish uchun hali juda yoshsiz.
— Lekin siz o‘zingiz o‘n yoshligingizda simfoniyalar yozgansiz-ku!
— Ha. Lekin men hech kimdan buni qanday qilishni so‘ramaganman.
Men ham mentorlik so‘rab keladigan yoki hali faqat xayolida mavjud bo‘lgan, eng yaxshi holatda esa shunchaki qo‘lbola prezentatsiya ko‘rinishidagi “genial startap”ini baholatmoqchi bo‘lgan yigitlarga taxminan shuni aytishni xohlayman.
Bu yerda retsept bitta:
Avval borib, nimadir qil.
Gipotezangni tekshir. MVP yarat. Birinchi xatolarga yo‘l qo‘y. Birinchi “do‘ppini yerga qo‘yadigan” tajribangni orttir.
Va mana shundan keyin — qilgan mehnatingning ko‘zga ko‘rinadigan dastlabki natijalari paydo bo‘lgach — bemalol suhbatlashish mumkin.
Maxim Spiridonov sahifasidan olindi https://www.facebook.com/share/p/19Z26zuKUN/?mibextid=wwXIfr
P.S. Shu fikrga qo’shilasizmi?
@founderdotio

👍12🔥5
Startapga investitsiya jalb qilish (fundraising) “full-time” ish hisoblanadi.
Stressga va rad javoblarga/‘rejections’ to’la jarayon.
Yaxshi pitchdeck, data room, uchrashuvdan uchrashuvga yaxshilanish, ishonch va davomiy harakat kerak.

👍15🔥2
Forwarded from Otabek | B2B insights
Biznesda va savdoda JTBD (Jobs to be Done) degan kuchli konseptsiya bor. Bu insonlar mahsulotni shunchaki sotib olmasdan, ma'lum bir vazifani bajarish uchun uni «ishga yollaydi» degan konseptsiya.
Misol: O‘t o‘radigan mashina sotib olgan kishiga texnika emas, balki qo‘shnilar havas qiladigan chiroyli hovli kerak.
Har bir insonning maqsadi yaxshiroq bo‘lishdir. Mahsulot esa unga shu yo‘lda yordam berishi kerak."
@otabek_b2b_insights

🔥14🤔2👍1
“MRR”ni oshirishning eng oson usuli bu dollar kursi ekan.
100 mln so’m oylik daromad qilsangiz va uni 12,000 kursga bo’lsangiz $8,300 bo’ladi.
Bugungi taxminiy 11,800 kursga bo’lsangiz $8,470 :)
P.S. kun hazili

😁52👍2
"Yetim qolgan mijozlar" (unserved customers)
AQSH bozoriga kirib, birinchi mijozlarimizni izlayotganimizda Software Connect www.softwareconnect.com degan kompaniyaga duch kelganmiz.
Ular ERP va boshqa biznes dasturlarini tanlash bo‘yicha konsalting qiladi. Eng qizig‘i — ularda avtomatlashtirishga ehtiyoji bor kompaniyalar ro‘yxati, ya’ni tayyor leadboard ham bor.
Ular bilan gaplashganimizda bizga juda qiziq bir maslahat berishdi:
Bozorda katta SaaS kompaniyalar bor. Ular oldin deyarli barcha mijozlar bilan ishlashgan.
-Lekin vaqt o‘tishi bilan o‘sishdi.
-Katta mijozlar keldi.
-Check kattalashdi.
Va kichik mijozlar "yetim” qolib ketdi.
Nega?
Chunki $200–400 oylik to‘lov qiladigan mijozga ham xuddi $5,000–10,000 to‘laydigan mijozdek vaqt va resurs sarflash iqtisodiy jihatdan manfaatli emas.
Natijada katta kompaniyalar kichik mijozlarni e’tiborsiz qoldira boshlaydi.
Bizga esa:
"Aynan shu segmentga kiring. $200–400/oy to‘lay oladigan kompaniyalarni toping. Ularni tezroq jalb qilasiz va birinchi traction’ga erishasiz." deyishdi.
Bu menga bitta muhim narsani yana bir bor ko‘rsatdi: Bozorda har doim “xizmat ko‘rsatilmayotgan” mijozlar bo‘ladi.
Katta o‘yinchilar ularni kichik deb hisoblaydi.
Siz uchun esa ular — 'eng yaxshi beachhead' bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun yangi startup boshlayotgan bo‘lsangiz, faqat:
"Bozor qanchalik katta?”
deb so‘ramang.
Yana bir savol bering:
"Kimga bozordagi katta o‘yinchilar yetarlicha xizmat ko‘rsatmayapti?”
Balki sizning birinchi 50–100 ta mijozingiz aynan o‘sha yerda kutib turgandir.
@founderdotio
P.S. Leadboard ko'rinishi kommentariyda

👍21🔥4
Men bilan birga eksperimental kichik loyiha qilish imkoniyati.
“Sales Doctor”da eksperiment sifatida ‘Market audit tool’ ishga tushirmoqchimiz.
Bu produkt computer vision (kamera, rasm, video) yordamida mahsulotlarni rasmga olib yig’ilgan ma’lumotlar asosida bozor va rastadagi ulushlar va yana bir qancha foydali ma’lumotlarni beradigan mahsulot hisoblanadi.
Kimga qiziq bo’lsa menga aloqaga chiqing: @osuvonov
P.S. Yosh engineerlar va PM kerak.
Ko’p pul to’lamiyman

👍15😁9🔥3👎2
Forwarded from Otabek | B2B insights
"Agar men eng zo‘r savdo menejeri bo‘lishni xohlaganimda nima qilgan bo‘lardim?
Oxirgi vaqtlar directga shunaqa savollar juda koʻp kelyapti. Shu savabli umumiy qilib javob berdim. Lekin javob uzunroq boʻldi.
1-qadam. Sotayotgan mahsulotga 100% ishonch xosil qilishim kerak.
Kompaniyada albatta ishlab chiqarish, xaridlar yoki xizmat ko‘rsatish bo‘limi bor. Ular ishlayaptimi, demak o‘z mahsulotini va ishini yaxshi ko‘radi. Men ularning oldiga borib shunday degan bo‘lardim: «Yigitlar, mendan kofe, menga o‘z qimmatli vaqtingizdan 1 soat ajratib bering. Nima va qanday qilayotganimizni eng mayda tafsilotlarigacha tushunmoqchiman. Sotayotgan narsamning ashaddiy fanatiga aylanishimga yordam bering. Menga barcha nozik taraflarini ko‘rsating». Yani sotayotgan xizmat yoki mahsulot xaqiqatdan ham mijozni ogʻriqlariga yechim boʻla olashiga ishonch xosil qilishim kerak.
2-qadam. Eng TOP xodim bilan uchrashuv.
Keyin eng natijali xodimni topib, uni ham kofega taklif qilardim. Agar bunday xodim bo‘lmasa bu rahbar yoki hatto kompaniya egasi bo‘lishi mumkin. Va shunday derdim: «Men jamoada juda qadrli o‘yinchi bo‘lishni xohlayman. Ko‘p sotish bo‘yicha bilgan barcha narsangizni aytib bering. Eng muhim qilinadigan va umuman qilish mumkin bo‘lmagan narsalar nima? Qanday finkalar, muvaffaqiyatli usullar bor? Menga hammasini aytib bering, eng zo‘r shogird bo‘lishga va'da beraman».
3-qadam. Hujum hajmi bo‘yicha birinchi bo‘lish.
Keyin 1 va 2-qadamdagi bilimlarni birlashtirib, eng ko‘p hajmda ishlaydigan menejer bo‘lishga harakat qilardim. Eng ko‘p uchrashuvlar, prezentatsiyalar o‘tkazish, eng ko‘p qo‘ng‘iroq qilish va bazaga(obrabotkaga) eng ko‘p mijozni olish. Bu bosqichda vazifa amaliyotni ko‘paytirish va bilimlarni qo‘llash. Shuning o‘zidayoq hayratlanarli natijalar bo‘ladi.
4-qadam. Yetakchilar safiga chiqish.
Bu yerda natijalar va bitimlar bo‘ladi, lekin hali ulkan bo‘lmaydi. TOP bo‘lish uchun — mendan sotib olmagan BARCHA mijozlarga qayta qo‘ng‘iroq qilib, shunday derdim: « Eshmat aka, men Toshmatman, menejeringizman, esizdami? Siz o‘shanda sotib olmagandingiz. Nima sababli qo‘ng‘iroq qilyapman? Men kompaniyamda eng zo‘r menejer bo‘lishni va o‘sishni xohlayman. Buning uchun ko‘proq sotishim kerak. Lekin sizni ko‘ndira olmaganman. Menga yordam bering. Nima xato qildim? Qayerda bilimim yetmadi? Ko‘proq sotishim uchun nimani o‘zgartirishim, kuchaytirishim kerak? Maslahat bering, qanchalik ochiqcha aytsangiz — shuncha yaxshi».
Agar bu mijozlarga qoʻngʻiroq qilishni xoxlamasangiz boshqa yoʻli shu mijozlar bilan boʻlgan suxbatni audio zapisini tajribali mutaxasis bilan eshitib chiqish va u mutaxasisdan feedback olish.
Keyin barcha ma'lumotlarni tahlil qilib, qonuniyatlarni ko‘rib, xatolarimni tuzatardim va ko‘rsatkichlar bo‘yicha hammani ortda qoldirardim. Ko‘rib turganingizdek, eng zo‘r sotuvchi bo‘lish juda oddiy".

🔥10👍1
“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product differentiation.
Even a very strong product still needs a strong distribution plan.”
-Peter Thiel, Zero to One.
‘Peter Thiel’ning fikricha produktingiz raqobatchilarnikidan katta farq qilmasa ham kuchli sotuv va distribyutsiyaning o’zi ham bozorda sizga ustunlik yaratishi mumkin.
Shu fikrning isbotini ko’p ko’rganman.

🔥10👍5
Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan.
Shuni o’rniga 4 ta mijoz bilan ko’rishsang bo’lmasmidi?
@founderdotio
Shuni o’rniga 4 ta mijoz bilan ko’rishsang bo’lmasmidi?
@founderdotio
😁48🔥18
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
I like Travis Kalanick’s (ex CEO/co-founder of Uber) remarks regarding the entrepreneurial lifestyle.
"The lifestyle of an entrepreneur, I believe at its core... there's a couple other things, but this is one prism, one pillar of it: I can take more pain than the other guy and I'll prove it."
"Once you are seeing adversity all the time and overcoming it, it just becomes normal."
• - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
“Menimcha, tadbirkorning hayot tarzi, asl mohiyatiga ko‘ra... yana bir-ikki jihati bor, albatta, lekin bu uning bir qarashi, bir ustunidir: men boshqa odamga qaraganda ko‘proq og‘riqqa bardosh bera olaman va buni isbotlayman.”
“Qiyinchiliklarga doimo duch kelib, ularni qayta-qayta yengib o‘taverganingiz sari, oxir-oqibat bu siz uchun oddiy holatga aylanadi.”
https://www.youtube.com/watch?v=QVnU5lGlKE8&t=242s

🔥5