Founder
2.51K subscribers
178 photos
18 videos
3 files
72 links
Стартапы, фаундеры, истории
@osuvonov
Download Telegram
Sales Doctor yillik takrorlanuvchi daromad (ARR) bo‘yicha 4 million dollarlik marraga yaqinlashmoqda va biz o‘sishni jadallashtirish uchun 4–5 million dollar investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz.

Bizning missiyamiz aniq: Markaziy Osiyo va MENA mintaqasida yetakchi ERP va biznes dasturiy ta’minot platformasini yaratish hamda keyingi 3–5 yil ichida yillik daromadni 50 million dollarga yetkazish.

Hozirda jamoamizni faol ravishda kengaytirmoqdamiz, hamkorlar ekotizimini rivojlantirmoqdamiz va o‘sishni tezlashtirish uchun mahsulot innovatsiyalariga sarmoya kiritmoqdamiz.

Agar siz investor, strategik hamkor yoki ushbu yo‘nalishga qiziqadigan soha yetakchisi bo‘lsangiz, bog‘lanish va fikr almashishdan mamnun bo‘laman.

Email: otabek.suvonov@salesdoc.io
Telegram/WhatsApp: +998 99 804 55 23

@founderdotio
🔥31👍12
Startapga investitsiya qayerdan jalb qilish mumkin?

Yangilangan ro’yxat

"CS// Angels" rahbari Farruh aka Maksumovva Shamsiddin aka bilan quyidagi ‘Angel investorlar’, ‘VC fondlar’, va grantlar ro’yxati yo’nalish sifatida tayyorlandi:

Angel investorlar/klublar:

- CS// Angels (Focus: early stage tech startups; check: $50K)
- Nexus Angel Club (Focus: early stage tech startups)
- Bahrom Abdukadirov

O’zbekiston Venchur fondlari:

- AloqaVentures (Focus: pre-seed startups with variety focus areas; Check: from $10K up to $2M)
- UzVC Fund of funds (Focus: Pre-seed startups; check: ~ $100K)
- IT Park Ventures (Focus: early-stage tech startups with global market potential; from $100K - $4mln)
- United Ventures (Focus: Early Stage tech focused startups; check: - )
- SQB Ventures (Focus: early stage startups)
- Hayot Ventures (Focus: pre-Seed stage regional tech startups; check: $10K-50K)
- UC Ventures (Focus: pre-seed, Seed startups (AI Tech, FinTech, SaaS, E-commerce, B2B, Game tech, Agro Tech, Telecom; avg. check: $ 50K-150K)
- Semurg VC (Focus: pre-seed, seed, growth tech focused startups; check: $50K-150K)
- AIS Ventures (Focus: pre-Seed to seed; AI, Blockchain, DeepTech; check: $25K-100K)
- Silkbridge Ventures (Focus: AI, FinTech, E-Commerce)
- Sarmo Ventures
- Paynet Ventures
- X-Togo Capital (Focus: pre-seed to seed)
- Yoshlar Ventures (Focus: pre-seed to seed; check: up to 2 bln soum)
- Imkon Ventures (Focus: pre-seed, seed startups; check: $50K-150K )
- Sturgeon Capital (Focus: tech startups)
- Domino Ventures (Focus: from seed to Series B tech startups; check: $100K up to 1M)
- Big Sky Capital (New fund with 50 mln capital. Focus: early stage companies)

Grantlar:

- President Tech Award (check: from $30K to $100K)
- World Bank MUNIS

Akseleratorlar/inkubatorlar:

- Startap Garage
- Plug and Play (Focus: FinTech, Education, Insurtech, AI)
- Google for Startups- Silkway
- Alchemist SVR
- UzCombinator
- IRA Tashkent
- Techstars
- RSBootcamp
- Red Team Accelerator
- Justart Venture Studio

Qozog’iston Venchur fondlari:

- Most Ventures (Focus: seed/Series A startups)
- BYB Capital (Focus: small and medium sized businesses and pre-product market stage <5 years; Any sector)
- MA7 Ventures (Focus: tech business projects, readymade MVP, market tested; check: from $ 150K up to 1M)
- Big Sky Capital (Focus: early stage companies)
- Activat VC (Focus: all category startups)
- Astana Hub Ventures (Focus: early-stage startups in Blockchain, AI, FinTech, GameDev, EdTech, HealthTech, SpaceTech and more, check: $ 555M investments raised for 500+ startups)
- White Hill Capital (Focus: varying stage companies)
- BGlobal Ventures (Focus: Pre-seed - Series A)
- Axiom Capital (Focus: early to growth stage)
- MyVentures (Pre-seed to Seed — $100K - $500K; Seed to Round A — $500K - $2mln)


Ozarbayjon fondi:

-Sabah fund (Focus: pre-seed, seed startups; check: from $100K up to 750K)
- Caucasus Ventures (early stage startups, $50K - $100K)

Tojikiston fondi:

-55 Group

P.S. Qoshimcha va fikrlar bo'lsa kommentda qoldiring iltimos.
Ro'yxat to'liq bo'lmasligi mumkin.

Yangilab boramiz.

PLEASE SHARE!

@founderdotio
🔥10👏4🤯4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
90-chi yillarda qarz shunday undirilgan.

Hozir esa bu ishni Ibox qiladi.

www.ibox.io

@founderdotio

P.S. Cobalt zo’r moshina
😁25🔥6👍1
Nega bir xil bozor hajmi turli hisobotlarda har xil chiqadi? 🤔

Ko‘pchilik bunga hayron bo‘ladi.

Masalan, ERP bozori haqida bir hisobotda $80 mlrd, boshqasida $120 mlrd, yana birida $160 mlrd deb yozilgan bo‘lishi mumkin.

Xo‘sh, qaysi biri to‘g‘ri?

Aslida, uchalasi ham to‘g‘ri. Sababi ular bozorni turli metodologiyalar asosida hisoblaydi.
Masalan:

Gartner

Gartner odatda faqat ERP dasturiy ta’minoti (software revenue) bozorini hisoblaydi.

Ya’ni ular quyidagilarni kiritadi:

-Litsenziyalar
-SaaS obunalari
-Maintenance (texnik qo‘llab-quvvatlash)

Ammo quyidagilarni hisobga olmaydi:

* Joriy etish (implementation)
* Konsalting
* Maxsus dasturiy ishlab chiqish (custom development)
* Integratsiya
* Trening va o‘qitish

Shu sababli Gartner keltiradigan raqam odatda eng konservativ bo‘ladi.

Grand View Research

Bu kompaniya bozorni ancha kengroq hisoblaydi.

Ularning hisob-kitobiga odatda quyidagilar kiradi:

-ERP software
-Cloud ERP
-Joriy etish (implementation)
-Qo‘llab-quvvatlash
-Professional xizmatlar

Natijada bozor hajmi kattaroq chiqadi.

Fortune Business Insights

Ular esa odatda eng keng yondashuvdan foydalanadi.

Ko‘pincha quyidagilarni ham bozor tarkibiga qo‘shadi:

-Software
-Implementation
-Konsalting
-AI modullari
-Cloud xizmatlari
-Managed services
-Ba’zan hatto infratuzilma (infrastructure) xizmatlari ham

Shu sababli ularning hisob-kitobidagi bozor hajmi odatda eng katta bo‘ladi.

Keling, buni oddiy misolda ko‘ramiz.

Faraz qilaylik, "Sales Doctor Solutions" ERP yechimini sotadi.

Mijozdan tushgan umumiy daromad:

* ERP obunasi — $10 000
* Joriy etish — $8 000
* O‘qitish — $2 000
* Integratsiya — $5 000

Unda:

Gartner** faqat ERP obunasini hisoblaydi:
➡️ $10 000

Grand View Research software va xizmatlarning bir qismini qo‘shadi:
➡️ $20 000

Fortune Business Insights esa deyarli barcha xizmatlarni hisobga olishi mumkin:
➡️ $25 000

Xulosa: uchala tadqiqot ham bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Farq ularning ma’lumotni qanday metodologiya asosida hisoblashida.

@founderdotio
👏9
Dam olish kuni uchun tavsiya.

“Sheryurak” filmi.
Itv da bor.

@founderdotio
👍9
Odatlar (Habits)

Fikrimcha, odatlarni o'zgartirish — eng qiyin, eng qimmat va eng uzoq vaqt talab qiladigan jarayonlardan biri.

Masalan, "food delivery" (ovqat yetkazib berish) xizmatlari ommalashishidan oldin ovqatlanish uchun o'zimiz piyoda yoki mashinada borib kelardik. Dastlabki ovqat yetkazib berish xizmatlari paydo bo'lganda esa kuryerga 15–20 ming so'm to'lash ko'pdek tuyulardi. Chunki biz vaqtimizni pul bilan baholamas edik.

Vaqt o'tishi bilan bu odat o'zgardi. Bugungi kunda esa Yandex Go'ni ochib, kerakli ovqatni tanlab buyurtma berish oddiy holga aylangan. Hozir deyarli hech kim "o'zim borib olib kelaman" deb o'ylamaydi.

Mening 6–7 yillik kuzatuvimga ko'ra, usta chaqirish ilovalari aynan shakllanib bo'lgan odatlar sababli keng ommalasha olmayapti.

Masalan, sizga elektrik kerak bo'lsa, birinchi navbatda OLX'ga kirasiz yoki tanishlardan so'raysiz. Maxsus ilovani yuklab olib, ro'yxatdan o'tib, karta biriktirishni xohlamaysiz. Chunki OLX orqali ustani topish sizga osonroq, tezroq va arzonroqdek tuyuladi.

Bu odatni o'zgartirish uchun bir necha million dollar sarflandi, bir nechta kuchli jamoalar ham urinib ko'rdi. Lekin odatni o'zgartirishning o'zi juda qimmat va murakkab jarayon ekanini yana bir bor ko'rdik.

Ammo bu muammoning qiziqarli yechimi bor, deb o'ylayman — aggregatorlar va superapplar.

Masalan, agar Yandex Go o'z ilovasida elektrik, santexnik, mebelchi va boshqa ustalarni topish hamda chaqirish xizmatini ishga tushirsa, buning muvaffaqiyat ehtimoli ancha yuqori bo'ladi.

Sababi oddiy:

* ilova allaqachon telefoningizda bor;
* siz ro'yxatdan o'tgansiz;
* kartangiz biriktirilgan;
* eng muhimi, platformaga nisbatan ishonch shakllangan.

Ba'zan yangi mahsulot yaratishdan ko'ra, mavjud odat ustiga yangi servis qurish ancha samaraliroq bo'ladi.

Shuning uchun, agar g'oyangiz odamlarning odatini o'zgartirishni talab qilayotgan bo'lsa, uni aggregator yoki superapp ichida ishga tushirish imkoniyatini ham albatta ko'rib chiqing.

@founderdotio
👍19🔥2
Insonlar har doim siz haqingizda gapiradilar va siz qilayotgan ishlaringizni tanqid ostiga olishadi.

Asoschi sifatida Argentina jamoasi kabi maqsad sari intliling.

@founderdotio

P.S. eng ko’p dislayk olsa kerak bu post, haters gonna hate:)
👎63👍37😁9🎉3🔥1
🔥3
Investitsiya olmoqchi bo’lsangiz maslahat so’rang.

Maslahat olmoqchi bo’lsangiz investitsiya so’rang.

@founderdotio
😁17🔥13