Blogdan tashqari fikrlar
17 subscribers
22 photos
12 videos
7 links
Asosiy kanalda tashqari format
Download Telegram
Бу йил ёзда саёҳатга чиқмоқчи бўлган давлатингизни 3 та усул билан текшириб олинг:

1. Нефт бор ёки йўқлигини;
2. АҚШ ҳарбий базаси бор ёки йўқлигини;
3. Жириновский башоратларида ўша давлат ҳақида нима дейилганини.

@o'ylashimcha
Hech kim boshqa birovni muhokama qiladigan darajada mukammal emas.
Xato qilsam hayotimni, xatoyimni to'gʻrilaydigan qadrdon sherik bor, arzimagan narsalar uchun kechib ketadigan emas...

P.S. menda 2 ta bor shunaqasidan
Farzand o'stirish va farzand tarbiya qilish o'rtasidagi farq bola odamlar orasiga chiqqanda bilinadi.
Erkakka XOS emas ba'zi davralar,
Ikki do'st "uchining" gʻiybatin qilar.
Qornin to'qlab olib asli laychalar,
O'zlarin maqtashib arslon bilar...
Sizni past desalar xafa bo'lmang, chunki tarozini bo'sh pallasi tepada turadi.

©Deyl Karnegi
Forwarded from Azimjon Askarov | Blog
Kishiga bilganingni oʻrgat-u, aql oʻrgatma.
Boshqalarga quloq tut, biroq aytilgan gaplarning barini toʻgʻri deb oʻylama.
Sukut saqlagan kishini bevoqif, koʻp gapirgan kishini aqlli, deb bilma.
Hamm­ani oʻzingday koʻr.
Kim boʻlishidan qat’i nazar, kishini past deb topish – ahmoqlik, koʻkka koʻtarish – qoʻrqoqlikdir.
Ongli ravishda sodir etilgan jasoratgina haqiqiy jasorat, savodsizlikdan kelgan jasorat – jaholatdir.

✍️ Jaloliddin Rumiy
Biz kelib ketguvchi...

​​Biz kelib ketuvchi to’garak jahon,
Na boshi ma’lum, na so’ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldig-u ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz, birma-bir o’tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi,
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom
Biznes egalari va HR’larga bitta savol.

Xodim olganda nimaga qaraysizlar?

Xodim bo‘shatganda nimaga qaraysizlar?

Oxirgi paytda ko‘p HR kurslar, trenerlar videolarini ko‘ryapman.
Deyarli hammasida bitta gap:Ayb xodimda.

Xodim sust,noshukr,sadoqatsiz,
pul so‘raydi,o‘smaydi.

Lekin juda kam odam bitta savolni beradi:

Rahbar sifatida siz nimani noto‘g‘ri qilyapsiz?

Ko‘p joyda xodimdan ideal bo‘lish talab qilinadi.
Lekin rahbarning o‘zichi?

Sizga qanday xodim kerak o‘zi?

Ertalab 8 da kelib, kechqurun 8 da ketadiganmi?
Har gapingizga “xo‘p” deydiganmi?
Savol bermaydiganmi?
Haqini so‘ramaydiganmi?
Charchamaydiganmi?
Robotmi?

Agar shunaqa odam qidirayotgan bo‘lsangiz, sizga xodim emas,
Yaxshi “qul kerak.

Bir video ko‘rdim:
“Oyligimni ko‘taring” deydigan xodimni ishlatmayman”, deyapti.

Nega?

Chunki u o‘z qadrini bildi-mi,u mehnatiga narx qo‘ya oldimi,u bozordagi qiymatini sezdi-mi?
Bu yomon emas.

Aslida kuchli xodim doim o‘z qiymatini biladi.
Qiymatini bilmagan odam esa ko‘pincha jim ishlaydi, kuyadi, bir kuni esa indamay ketadi.

Keyin rahbarlar bitta gapni aytadi:

“Yaxshi xodim qolmadi.”

Yaxshi xodim bor.
Faqat uni ushlab qoladigan rahbar kam.

Tajribali xodim xarajat emas, u foyda.

U vaqtni tejaydi,xatoni kamaytiradi,savdoni oshiradi,mijozni ushlab qoladi,tizimni yengillashtiradi,kompaniyaga pul olib keladi.

Lekin ko‘p rahbarlar shunga qaramaydi.
Ular xodimning kompaniyaga olib kelgan foydasini emas,
bitta xatosini poylab yuradi.

Kech qoldi,xato qildi,
Bir narsani unutdi buni hammasi eslab qolinadi.

Lekin:
Nechta muammoni hal qildi?
Nechta mijozni saqlab qoldi?
Necha pul olib keldi?
Nechta jarayonni yengillashtirdi?
Bular eslanmaydi.

Shu asosiy muammo.
Ko‘p biznes egalari xodimdan natija kutadi,lekin qanday ekanini bilmaydi.

Keyin ayb yana xodimda.

Bu boshqaruv emas,odamni sekin sindirish.

Xodimlarga ham gap bor.

Har doim ham ayb rahbarda emas.
Mas’uliyatsiz, intizomsiz, faqat oylik o‘ylaydigan xodimlar ham bor.
Lekin kuchli xodim bitta narsani yaxshi biladi:

Men bu kompaniyaga qancha foyda olib kelyapman?

Mana shu savol hammasini hal qiladi.

Chunki oylik hissiyot bilan emas,
qiymat bilan o‘sadi.

Rahbarlar ham bitta narsani tushunib qo‘ysin:

Xodim sizdan sadaqa so‘rayotgani yo‘q.
U vaqt beryapti.
Kuch beryapti.
Bilim beryapti.
Natija beryapti.

Bu yerda ikki tomonlama foyda bo’lishi kerak

Yana bir gap.

Ko‘p odam “risk”ni men olyapman” deydi.
To‘g‘ri, biznes yuritish qiyin.
Lekin bitta narsani unutmang:

Riskni siz olyapsiz. Lekin risqni siz bermayapsiz, sababchisiz. Rizq Allohdan.

Shuning uchun, adolat qiling.
Bosim emas, boshqaruv qiling.

Kuchli biznes qo‘rqib ishlaydigan jamoa bilan qurilmaydi.
Kuchli biznes hurmat, tartib, talab va natija bor joyda quriladi.

Rahbar bo‘lsangiz — xodimning faqat xatosini emas, qiymatini ham ko‘ring.
Xodim bo‘lsangiz — faqat maoshni emas, foydangizni ham biling.

Sog‘lom biznes bir-birini ayblashdan emas,
bir-birini kuchaytirishdan quriladi.

Barcha biznes egalari va xodimlarga omad.