Blogdan tashqari fikrlar
15 subscribers
26 photos
17 videos
9 links
Asosiy kanalda tashqari format
Download Telegram
Agar "Ishlaringiz qalay?" degan savolingizga, kimdir "yaxshi" deb javob bersa, demak, siz u insonning ishonch doirasiga kirmaysiz.

©️Maks Fray
O'zingni, O'zingnikini, O'zingnikilarni topish muhim
Sening yerdagi vaqting chegaralangan. Shu sababli, boshqalarning hayotiga aralashib, uni birovlarning hayotida behuda sarflama. Odamlarning fikri bilan yashashdek tuzoq aqidadan uzoqda bo'l!

©Stiv Jobs
Forwarded from Azimjon Askarov | Blog
“Tinchlikni xohlaysanmi urushga tayyorgarlik koʻr”.

“Harbiy sohaga oid hikmatlar” kitobidan
Forwarded from Azimjon Askarov | Blog
“Ishon — ammo shubha qil”.

“Qaysi davlatda dahriylik va bid’at chuqur ildiz otgan boʻlsa hamda xalq va qoʻshinni koʻp sonli firqalarga boʻlgan boʻlsa, oson bosib olinishi mumkin”.

Amir Temur

“Harbiy sohaga oid hikmatlar” kitobidan
Forwarded from Azimjon Askarov | Blog
“Hatto eng botirlar ham oʻz imkoniyatlaridan yuqori jang qila olmaydi”.

Gomer

“Tenglik urushni paydo qilmaydi”.

Solon

“Suhbatni shunday olib borki, dushman ham doʻstga aylansin”.

Pifagor

“Agar sizga maqsad erishib boʻlmaydigandek koʻrinsa, maqsadni oʻzgartirmang – oʻz harakatlaringiz rejasini oʻzgartiring”.

Konfutsiy

“Harbiy sohaga oid hikmatlar” kitobidan
КУЧЛИ ХОТИРA

Мирзо Улуғбекнинг фаросати ва хотирасининг қуввати шу даражада эдики, ҳар ерда бирон жониворга ўқ узиб, ов қилса, шу тарихни эслаб қолар, воқеа куни ва қаерда бўлганлигини, жониворлардан қайсилари ов қилинганлигини дафтарга битиб қўярди. Тасодифан 5 та дафтар йўқолиб қолди ва қанча қидирсалар ҳам уни тополмадилар. Дафтарни сақлаб юрган хизматчилар саросимага тушдилар.
Подшоҳ деди:
Ташвиш тортманглар! Мен ўша дафтарга ёзилган гапларни бошдан оёқ ёд биламан. Сўнг Улуғбек котибни чақиртириб айтиб турди, улар ёзиб олдилар. Янги дафтар тўлган ҳам эдики, илгари йўқолган дафтар топилиб қолди. Ҳар иккала дафтарни солиштириб, тўрт-бештадан ортиқ фарқ топмадилар.

Сабоқ: илмни ёзиш билан қайд қилиб, боғлаб қўйиш лозим. Бундан ташқари, ёзилган нарсага тез-тез кўз югуртирилса, эътибор билан такрорланса, хотирага мустаҳкамланиб қолади.
Ҳикоядан яна шу хулосани чиқариш мумкинки, бизнинг боболаримиз шундай буюк инсонлар бўлишган. Сизу биз ҳам уларга муносиб давомчи бўлишга, улар қилган ишларни қилишга ҳаракат қилишимиз бурчимиз саналади. Бунинг учун уларнинг ҳаёт йўлларини яхши ўрганиб, улар қилган ишларни ҳам амалга оширишимиз керак.


"365 Ибратли ҳикоялар" китобидан.
"Esimda yo'q" deganlarimizni aslida eslagimiz yo'q...
Shunday kunlar keldiki, hamma o'zini hammadan aqlli deb o'ylaydi. Shuning uchun o'zaro suhbat, bir-birini tushunish kabi qoidalarga o'rin yo'q.

Ammo eng afzal yechim - jim turishdir.
Yaxshi deb o'ylaganlarimizning ko'pi qo'lida imkoni bo'lmagan bo'lajak yomon odamlardir.
Forwarded from PolicyLab.UZ
Rossiyada dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Stenford mamlakat hududida “nomaqbul tashkilotlar” ro‘yxatiga kiritilibdi. Qaror Rossiya Bosh prokuraturasi tomonidan 26 mart kuni qabul qilingan.

1885-yilda tashkil etilgan va AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Stenford dunyoning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. U global reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Misol uchun ARWU reytingida 2-o‘rin, QS reytingida 3-o‘rin va Times Higher Education reytingida 5-o‘rinni band etgan. Universitet bilan bog'liq bo'lgan (professorlar, tadqiqotchilar va bitiruvchilar) orasida 85 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlari mavjud. Oliygoh bitiruvchilari tomonidan asos solingan kompaniyalarning umumiy yillik daromadi qariyb 3 trillion dollarni tashkil etadi, bu dunyoning ko'plab yirik davlatlari iqtisodiyotidan kattaroqdir

Bundan oldin ham Rossiyada qator nufuzli AQSH universitetlari ushbu ro'yhatga kiritilgan edi. Xususan, nufuzli Tufts universiteti (Tufts University) va uning tarkibidagi Fletcher Xuquq va Diplomatiya maktabi, Yale universiteti, George Washington uniersiteti va Berkeley kabilar “nomaqbul tashkilotlar” qatoriga qo‘shilgan edi.

Ekspertlarning fikriga ko'ra, mazkur qaror Rossiyaning G‘arb ilmiy-ta’lim institutlari bilan aloqalari tobora cheklanib borayotganini va ilmiy-akademik hamkorlikka siyosiy omillar kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini anglatadi.