Blogdan tashqari fikrlar
17 subscribers
22 photos
12 videos
7 links
Asosiy kanalda tashqari format
Download Telegram
Assalomu Alaykum bu formatda blogimdan tashqari shaxsiy fikrlarimni berib boraman!!!
Birovlar fikri bilan hisoblashmaslik kaltabinlik bo'lsa, doimo birovlar fikri bilan ish ko'rish - laqmalikdir.
Qurbaqalar menga yoshligimdan yoqmagan. Menimcha men toʻgʻri fikrdaman ulardan ehtiyot boʻlish kerak.
Shunaqa kitoblar chiqayotganini koʻrib hali ancha izlanish kerak degan fikrdaman…
Inson yoshi bilan emas, boshidan kechirgan sinovlari orqali ulgʻayar ekan...
📖 UMID SO‘NMASLIGI KERAK

Ish qidirib yurgan yosh muallimaga shahar shifoxonasidagi kasal bolalar bilan shug‘ullanishni taklif qilishdi. Vazifasi tengdoshlaridan ortda qolib ketmasliklari uchun o‘zlashtirishlariga yordam berishdan iborat edi.

Ish boshlagan ilk kunida bir o‘qituvchi qo‘ng‘iroq qildi, shifoxonadagi o‘quvchisining ism-sharifi, kasalxona manzili va yotgan xonasini aytdi. Ona tilidan o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu “Ot va uning turlari” ekanini eslatdi.

Muallima aytilgan manzilni topib keldi, bemor “Yong‘indan kuygan bolalar bo‘limi”da bo‘lib, bu haqda ogohlantirishmagan edi. Xonaga kirishdan oldin muallimaga maxsus kiyim-bosh berishdi va bemorga, u yotgan karavotga ham yaqin kelmaslik, niqob bilan gaplashish zarurligini tayinlashdi. Hamma hozirliklar bitgach, muallima chuqur nafas olib xonaga kirdi. Bolakayning jarohati og‘ir, qattiq og‘riqdan qiynalardi. Yosh muallima noqulay vaziyatda qoldi, nima deyishini bilmas, biroq xonadan chiqib ham keta olmasdi. Nihoyat, o‘zini zo‘rga tutib, tutila-tutila gap boshladi:

– Men darslaringni shu yerda o‘zlashtirishingga yordam berish uchun tayinlangan o‘qituvchiman. Bugun sen bilan ona tilidan “Ot va uning turlari” mavzuini boshlaymiz…

Ertasiga muallima yana keldi. Yo‘lakda uchragan hamshiraning: “Kechagi bolakayga nima qildingiz?” degan gapini eshitib, qotib qoldi. Hamshira jilmaydi:

– Kechirasiz, sizni qo‘rqitvor­dim-a? Bola o‘nglanib ketishidan xavotirlanayotgan edik. Lekin siz kelib-ketganingizdan keyin ko‘ngliga umid, tanasiga kuch kirdi. Muolajalarimiz foyda qilyapti. O‘zi ham yashashga intila boshladi…

Bolakay hamon muallima bilan ilk uchrashuvgacha jarohati jiddiyligini bilib, tuzalishdan umid uzganini, kasalxonadagi birinchi saboqdan keyin hamma narsa yaxshi tomonga o‘zgarganini sevinib eslaydi. O‘shanda dars tugab, o‘qituvchi chiqib ketganidan keyin kichkina bemorning ko‘zidan quvonch yoshlari oqar, miyasida esa bir fikr aylanardi:

“Demak, yashar ekanman. Axir, o‘ladigan bolaga sinfdoshlaridan orqada qolib ketmasin deb ‘Ot va uning turlari’ mavzuini o‘rgatish uchun muallima jo‘natishmaydi-ku!..”
Forwarded from Azimjon Askarov | Blog
Qiz bola Istanbul kabi bo'lmog'i kerak.
Fathi qiyin, fotihi yagona...
Choyni tarkibi doim bir xil bo‘lishi mumkin, ammo aytishlaricha uni ta’mi kim bilan ichilishiga qarab o‘zgarib turar ekan.
USTOZ

London Qirollik shifoxonasining yurak kasalliklari bo‘yicha maslahatchisi iroqlik doktor Ziyo Kamoliddin 15 yillik safaridan so‘ng Iroqqa keldi. Uning tashrifi munosabati ila tashkil qilingan kechada qatnashish uchun zalga kirmoqchi bo‘lganida eshik oldida gazetalarini yo‘lakka yozib qo‘ygan katta yoshli gazeta sotuvchisiga ko‘zi tushdi. Ziyo Kamoliddin qariyaga qarab bir on turib qoldi-da ichkariga kirib ketdi.

Negadir tashqaridagi gazeta sotuvchi qariya uning miyasidan chiqmay qoldi. Zehnini band qilib turaverdi. Doktor o‘rindiqqa o‘tirdi, ammo uning xayoli hamon tashqaridagi qariya bilan band edi.

Anjumanda doktor Ziyo Kamoliddinga medal topshirish uchun uni sahnaga taklif qilishganda, doktor o‘rnidan turib tashqariga chiqib ketdi. U gazeta sotuvchi qariyani qo‘lidan tortib ichkariga chorladi. Hamma hayron edi.

Qariya doktorga:
— Qo‘limni qo‘yib yubor, bolam, nega meni ichkariga tortayapsan?! — dedi.

Doktor:
— Iltimos, men bilan yuring! — dedi.

Qariya doktorga qarshilik qilmasdan ichkariga kirdi. Doktorning ko‘zlaridan yosh quyilar edi. Doktorning yig‘layotganini ko‘rgan qariya ajablanib so‘radi:
— O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi? Nega yig‘layapsan?

Doktor indamasdan qariyani sahnaga olib bordi. Hamma hayron tikilib turar edi. Shunda doktor qariyaning qo‘lini qo‘yib yuborib, uni quchoqladi. Uning boshi va qo‘llaridan o‘pib dedi:
— Ustoz Xalil! Meni tanimadingizmi?

— Yo‘q, tanimadim, bolam!

— Men shogirdingiz Ziyo Kamoliddinman. Menga boshlang‘ich ta’limni siz bergansiz. Sizning shijoatlantirishingiz sabab men doimo peshqadam bo‘ldim.

Ustoz shogirdini tanib, uni quchoqladi. Ziyo Kamoliddin o‘ziga atalgan medalni olib ustoz Xalilning ko‘ksiga taqib qo‘ydi va o‘tirganlarga dedi:

— Allohga qasamki, bular ehtiromga loyiq insonlardir. Biz shularni e’tiborsiz qoldirib orqada qoldik, tanazzulga yuz tutdik. Ularning haqqini zoye qildik, hurmatini joyiga qo‘ymadik. Ularni munosib taqdirlamadik. Bu kishi bizga Bag‘dodda boshlang‘ich bosqichda arab tilidan dars bergan ustozim Xalil Ali bo‘ladilar!
Blogdan tashqari fikrlar pinned «Choyni tarkibi doim bir xil bo‘lishi mumkin, ammo aytishlaricha uni ta’mi kim bilan ichilishiga qarab o‘zgarib turar ekan.»
Ertalab chap yoning bilan turdingmi? degan gapni ma’nosini endi tushunyapman
Kasal boʻlib yotib qolganlarni endi tushunyapman va real tanamda his qilmoqdaman. Ilohim hech kim kasal boʻlmasin hatto dushmanim ham!
Yoshlikda doktor boʻlish orzuim bor edi! Afsus shu kasbni tanlasam boʻlarkan hech boʻlmasa sogʻlom boʻlardim!
– Quloqlikning eng yomon xususiyatlaridan biri siz haqingizda rahbarga faqat “ijobiy” gaplarning yetkazilishidir.

– bu illatning eng yomon jihati shuki chaqqon chaqimchilar alal oqibat oʻzlari ham shu holatga tushishadi.

– lekin fikrimcha, kimdir adolatni oʻrnatishi kerak qachondir albatta bizda bu harakat oʻch yoki qasos olish sifatida baholanadi.