Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿
397 subscribers
574 photos
68 videos
25 files
401 links
Flutter bu - hozirgi kundagi eng yetuk kross platformali dasturlash vositasidir!

Bu kanal Flutterning o'zbek zabon vakillari uchun.

Blog avtori:
© Muhammad Aziz (@mamasodikoff)

🥛 Ayron olib bering: tirikchilik.uz/cosmos

- Web sayt: flutterdev.uz
Download Telegram
Channel name was changed to «Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿»
Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿
Channel photo updated
Eski manzilimiz rezervga olindi: @flutterblogs

Endi biz @flutterdevuz 🧑‍💻 miz!

Guruhimiz: @dartdevuz 🧑‍💻

Hali yaxshi logotip topmadim, ungacha shu "placeholder"

🚀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🆒1
Internetda bir entuziast Swiftda Flutter kabi UI framework yozibdi.

Nomi: ShaftUI

Ha, u aynan Flutter, faqat "Dart" o'rniga, "Swift".

Kod namunasi:

@Observable class Counter {
var count = 0
}

let counter = Counter()

class CounterView: StatelessWidget {
func build(context: any BuildContext) -> any Widget {
Column {
Text("Count: \(counter.count)")

Button {
counter.count += 1
} child: {
Text("Increment")
}
}
}
}

Batafsil: https://medium.com/@xty/shaft-a-new-cross-platform-ui-framework-for-demanding-workloads-and-developer-ergonomics-9bc1ea2fba35

GitHub: https://github.com/ShaftUI/Shaft

@flutterdevuz
👍73
Psevdo Tasodifiylik: Haqiqiy Tasodifiylikdan Farqi va Dart Tilida Ishlatilishi

Kompyuterlarda tasodifiy sonlarni yaratish zarurati ko‘plab sohalarda uchraydi. O‘yinlar, shifrlash tizimlari, statistik modellashtirish va simulyatsiyalar tasodifiy sonlarga asoslanadi. Ammo, ko‘pchilik bilmagan haqiqat shuki, kompyuterlar haqiqiy tasodifiy sonlarni hosil qila olmaydi. Ular faqat psevdo tasodifiy sonlar (PRNG - Pseudo-Random Number Generator) yaratadi. Ushbu maqolada psevdo tasodifiylikning ishlash tamoyillari va Dart dasturlash tilida tasodifiy sonlarni qanday yaratish mumkinligi haqida batafsil tushuntiramiz.

---

🔰 1. Haqiqiy tasodifiylik va psevdo tasodifiylik farqi

Haqiqiy tasodifiylik tabiat hodisalariga asoslangan bo‘lib, oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan natijalarga ega. Masalan:

❇️ Radioaktiv parchalanish – Atom yadrolarining tabiiy parchalanishi

❇️ Termal shovqin – Elektron komponentlardagi tasodifiy termal harakatlar

❇️ Atmosfera shovqini – Tabiiy elektromagnit signallar


Bunday manbalar haqiqiy tasodifiy son generatorlari (TRNG - True Random Number Generator) uchun ishlatiladi.

Aksincha, psevdo tasodifiy son generatorlari (PRNG) kompyuter algoritmlariga asoslanib ishlaydi va oldindan hisoblab chiqiladigan natijalarni qaytaradi. Bu deterministik jarayon bo‘lib, agar bir xil boshlang‘ich qiymat (seed) ishlatilsa, natija ham bir xil bo‘ladi.

---

🔰 2. Dart dasturlash tilida tasodifiy sonlar yaratish

Dart tilida tasodifiy sonlarni yaratish uchun dart:math kutubxonasidagi Random sinfi ishlatiladi.

2.1. Oddiy psevdo tasodifiy sonlar

Quyidagi kod Random sinfi yordamida 0 dan 99 gacha tasodifiy butun son, 0.0 dan 1.0 gacha tasodifiy o‘nlik son va true/false qiymatlarini hosil qiladi:

import 'dart:math';

void main() {
var random = Random(); // Random generator yaratish

print(random.nextInt(100)); // 0 dan 99 gacha tasodifiy son
print(random.nextDouble()); // 0.0 dan 1.0 gacha tasodifiy son
print(random.nextBool()); // true yoki false
}

Bu kod har safar ishga tushirilganda turli natijalar hosil qiladi, chunki Random avtomatik ravishda tizim vaqtiga asoslangan seed ishlatadi.


---

2.2. Seed bilan bir xil natijani olish

Agar biz seed ni qo‘lda belgilasak, har safar bir xil natijalar hosil bo‘ladi:

import 'dart:math';

void main() {
var random1 = Random(42); // Seed 42 bilan generator yaratamiz
var random2 = Random(42); // Xuddi shu seed bilan yana bitta yaratamiz

print(random1.nextInt(100)); // 86
print(random1.nextInt(100)); // 3
print(random2.nextInt(100)); // 86 (Xuddi shunday natija!)
print(random2.nextInt(100)); // 3 (Xuddi shunday natija!)
}

Ko‘rib turganingizdek, bir xil seed ishlatilganda, har safar bir xil tasodifiy sonlar qayta hosil qilinadi. Bu psevdo tasodifiylikning yaqqol belgisi.


---

2.3. Haqiqiy tasodifiylikka yaqinroq natijalar

Agar biz kriptografik xavfsiz random generator ishlatmoqchi bo‘lsak, dart:crypto kutubxonasidagi Random.secure() dan foydalanishimiz mumkin:

import 'dart:math';
import 'dart:crypto';

void main() {
var secureRandom = Random.secure();
print(secureRandom.nextInt(100)); // Haqiqiy tasodifiylikka yaqinroq natija
}

Random.secure() odatiy Random sinfiga qaraganda ancha kuchli bo‘lib, u kripto xavfsiz tasodifiy sonlar hosil qiladi.


---

🔰 3. Psevdo tasodifiylik qayerda ishlatiladi?

Psevdo tasodifiylik real hayotda ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi:

Dart tilida Random sinfi ko‘pchilik holatlar uchun yetarli bo‘lsa ham, shifrlash va xavfsizlik talab qiladigan vaziyatlarda Random.secure() ishlatilishi tavsiya etiladi.


---

🔰 4. Psevdo tasodifiylikning cheklovlari

Psevdo tasodifiy generatorlar haqiqatdan ham tasodifiy emas, chunki:

1. Ularni bashorat qilish mumkin – Agar generatorning dastlabki seed qiymati ma'lum bo‘lsa, keyingi natijalar oldindan hisoblab chiqilishi mumkin.


2. Ular vaqt o‘tishi bilan takrorlanadi – PRNG-larning ko‘pchiligi bir muddatdan so‘ng o‘zining avvalgi holatiga qaytadi.
Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿
Psevdo Tasodifiylik: Haqiqiy Tasodifiylikdan Farqi va Dart Tilida Ishlatilishi Kompyuterlarda tasodifiy sonlarni yaratish zarurati ko‘plab sohalarda uchraydi. O‘yinlar, shifrlash tizimlari, statistik modellashtirish va simulyatsiyalar tasodifiy sonlarga asoslanadi.…
🔰 3. Haqiqiy tasodifiylik talab qilinadigan joylarda zaif bo‘lishi mumkin – Ayniqsa, kriptografiyada PRNG ishlatish xavfsizlik muammolariga olib kelishi mumkin.

---

Xulosa

Dart tilida Random sinfi psevdo tasodifiy sonlar yaratadi, ya’ni haqiqiy tasodifiy emas. Agar siz bir xil seed bilan Random yaratsangiz, har safar bir xil natijalar qayta hosil bo‘ladi. Agar haqiqiy tasodifiylik kerak bo‘lsa, Random.secure() yoki boshqa tashqi manbalar ishlatilishi lozim.

Haqiqiy tasodifiylikka erishish uchun radioaktiv parchalanish, termal shovqin, yoki atmosfera shovqini kabi fizik jarayonlardan foydalanadigan apparatli tasodifiy generatorlar talab qilinadi. Shu sababli, psevdo tasodifiylikning cheklovlarini tushunish va uni to‘g‘ri vaziyatlarda qo‘llash muhimdir.

@flutterdevuz
Apple 🍏 dan "majburlov"

@flutterdevuz
1👍1
Топ бесплатных программ, которые полностью заменяют платные аналоги

• Учитывали рейтинг, активность на GitHub и возраст проекта.
• Баланс между проверенными и перспективными тулзами.
• Всё с открытым исходным кодом и бесплатно.

Сохраняем — тут.

7️⃣ 4PDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1
Flutterchilarga qo'shimcha 4-5 soatlarini tejash uchun 2 ta tavsiya:

1. Hech qachon Postframecallback ichida push ishlatganda CupertinoNavigator ishlatmanglar. Buzuvchi qayta yasashlarga olib keladi. Mabodo manzil sahifada tarmoqqa murojaat bo'lsa, ortiqcha murojaatlar oqimi qayerdan ekanini bilolmay "boshingiz qotadi".

2. Internet Connection Checker plugin oxirgi yangilanishi ortiqcha 4 sekund kutilshlarga sabab bo'lmoqda, sababi u internet aloqasini tekshirish uchun ko'plab domenlarga murojaat qilmoqda.

Yechim (adresslarni kamaytirish):

/// Network Info
di.registerLazySingleton(
() => InternetConnectionChecker.createInstance(addresses: [
AddressCheckOption(
uri: Uri.parse("https://google.com"))
]));
di.registerLazySingleton<NetworkInfo>(() => NetworkInfoImpl(di()));


@flutterdevuz
7👍1
Где в Яндексе есть Flutter?

Недавно прошедший внутренний митап ознаменовал новую веху — в Яндексе появилось Flutter-комьюнити!

На митапе отлично повеселились, а заодно провели инвентаризацию команд, использующих Flutter — записывайте 😯

1. Про — iOS | Android
2. Драйв — iOS | Android
3. Практикум — iOS | Android
4. Маршрутизация — iOS | Android
5. Афиша — iOS | Android
6. Авто.ру Бизнес — iOS | Android
7. Заправки — iOS | Android
8. Смена — iOS | Android
9. Маркет ПВЗ — iOS | Android

Ещё есть несколько мест, где Flutter встроен в Яндекс Go. Ну и на десерт. В десктопном Яндекс Браузере многие части UI — на Flutter 😎

Ну чисто чтобы у вас не было сомнений по поводу количества продуктовых Flutter-команд в Яндексе ☕️

https://t.me/flutterbro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤬1
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeksʼda Mobile kuni!


📌 5-aprel, shanba kuni Najot ta'lim, Chimboy filialida "UzGeeks Community April2025 Mobile Day Meetup" boʻlib oʻtadi.

⭐️ MeetUpʼda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:

1️⃣ Flutterda backend imkoniyatlari bormi? Dart dasturlash tili ushbu holatga tayyormi?
Azizbek Kodirov (Flutter Developer @ Thinkland)

2️⃣ Dev, Staging, Production: Flutter Flavorlar bilan ishlash
Madina Agzamova (Mobile Developer @ UIC Group)

3️⃣ Ilovangiz tarmoq jihatdan yaxshi himoyalanganmi? Interceptorlar bilan mustahkam ilovalar yarating
Jahongir Qo'ziboyev (JAYSON KHAN) (Flutter Developer @ UIC Group)

🔄 Meetup odatiy ravishda bepul boʻlib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida roʻyxatdan oʻtish kerak.

📍Manzil: Najot ta'lim, Chimboy filliali

🎙Hamkorlar:
➡️ Najot ta'lim
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️ Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi;
➡️ Thinkland.

Sayt | Guruh | Kanal | Facebook
💫 Qo'llab quvvatlash uchun
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz qovurildikmi?

Flutterflow kompaniyasi ham kelajak texnologiyalari bilan poyga o'ynashga tushgan.
2 haftacha avval u DreamFlow nomli yangi startupni ishga tushirdi.

DreamFlow - Tasavvur qiling va Yasang.
Promt asosida dastur (mobil ilovalari yoki web ilovalar) yaratadi. Kodlari esa generatsiyadan keyinoq qo'lingizda bo'ladi (Flutter kodlari)

Sinab ko'ring: https://dreamflow.com/

Manba: Shu yerda

@flutterdevuz
🤯91
iOS va Android dizayn ko'rsatmalari.

Saqlab oling, foydali bo'ladi 📲

@flutterdevuz
3👍1
Yangi trend: Bu mening shaxsiy o'yinchog'im :)

Prompt:
"Create image. Create a toy of the person in the photo. Let it be an action figure. Next to the figure, there should be the toy's equipment, each in its individual blisters. 1) a flutter logo 2) A vs code logo 3) xcode logo 4) android studio logo. Don't repeat the equipment under any circumstance. The card holding the blister should be strong orange. Also, on top of the box, write 'Muhammad Aziz' and underneath it, 'Flutter Developer'. The figure and equipment must all be inside blisters. Visualize this in a realistic way."

@flutterdevuz
🎉4🆒1
Forwarded from Techie's Blog
Forwarded from Techie's Blog
Flutterda Deeplink.

Deeplink - bu link (URL linkka o'xshash) bo'lib, foydalanuvchilarni dasturni faqat ochish yoki asosiy oynasiga emas balki uning malum oynasiga yo'naltiradi va bu sotuvni yoki foydalanuvchining qiziqishini yanada orttiradi.

Flutterda deeplinklarning 4 hil turi mavjud:

1. Custom Scheme (URL sxema).
buchetapp://product/pionovidnye-rozy-659 ko'rinishida bo'ladi. Bu yerdagi buchetapp - custom protocol bo'lib dastur tomonidan registratsiya qilinadi. Va bu usul faqat dastur o'rnatilgan bo'lsagina ishlaydi aks holda xatolik yoki hech narsa yuz bermaydi. Bundan tashqari bu usul havfsiz emas chunki boshqa bir dastur ham sizning custom protocolingizdan foydalanishi mumkin.

2. App Links (Andrid specific)
https://buchet.uz/en/product/pionovidnye-rozy-659 ko'rinishda bo'ladi va faqat Android uchun ishlaydi. Ushbu link Digital Asset Links orqali verifikatsiya qilingan bo'linishi kerak. Shuning uchun bu havfsiz. Ushbu usul ham faqat dastur o'rnatilgan holatdagina ishlaydi. Agar o'rnatilmagan bo'lsa mos ravishda websitega o'tib ham ketishi mumkin.

3. Unversal Link (iOS specific)
https://buchet.uz/en/product/pionovidnye-rozy-659 ko'rinishida bo'ladi va App Link bilan bir hil ishlaydi faqat iOS uchun ishlaydi. Agar dastur o'rnatilgan bo'lsa dastur ochiladi aks holda Safari orqali website ochiladi. Domen orqali apple-app-site-association fayl o'rnatilgan bo'lishi kerak.

4. Deferred Link (Android&iOS)
Ushbu usul barcha turdagi linklarni qo'llab quvvatlaydi va asosan marketing va reklamalar uchun ishlatiladi. Bu usulning ustunlik tomoni dastur o'rnatilmagan bo'lsa mos ravishda PlayMarket yoki AppStoredan yuklashga o'tkazadi va birinchi ochilishidayoq malum oynaga yo'naltiriladi. Bu orqali foydalanuvchini birinchi marttadayoq yo'naltirilgan oynaga o'tkazish taminlanadi. Buning uchun malum servislardan foydanalish mumkin. Masalan Firebase Dynamic Links (bu yildan qo'llab quvvatlash to'xtalinadi), Branch, Adjust yoki Facebook Meta.
👍41
Har bir build "kamalak" ranglarida ko'rsatiladi.

Foydali qo'shimcha!
@flutterdevuz
👍1
Abstract class vs. Sealed class

@flutterdevuz