Flutter Uzbek | Mobil dasturlash
950 subscribers
216 photos
59 videos
8 files
339 links
Flutter bo'yicha birinchi o'zbekcha darslik bu yerda
https://www.youtube.com/c/ZayniddinMamarasulov
Download Telegram
Jadvallarni bir biriga bog'lashni 3 xil usuli mavjud (relation types):

1. One to One - birga bir bog'lanish
2. One to Many - birga ko'p bog'lanish
3. Many to Many - ko'pga ko'p bog'lanish
Portfolio uchun app qilmoqchi bo'lganlarga g'oyalar.

Boshlanishiga juda qiyin narsalarni o'ylamang, qo'shish, o'chirish, filter... murakkab narsalardan emas sodda narsalardan boshlang. Shunda o'rganish ham qiziqarli bo'ladi va o'sha sodda narsalar ham portfolio uchun bo'ladi.

1. O'quv markazlari uchun app qilib ko'ring. Masalan mana bunga o'xshagan. Programmer uz tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda o'quv markazlarining ijtimoiy tarmoqlarida sahifalarida bor. Shu yerdagi postlari orqali, rasm, video, matnli kategoriyalariga bo'lib soddaroq app qilish mumkin.
Firebaseda backendini agar qiyin desangiz sitatic datadan foydalanish ham mumkin.

2. Qo'shiqlarni yig'ib app qilsa ham bo'ladi. Aynan kimningdir qo'shiqlari yoki kategoriyalar bo'ladi. Youtube yoki mp3 linklarni firebaseda saqlab o'sha linklarni online o'qitib, yuklaydigan imkoniuyat qo'shib va boshqa funksiyalar orqali sodda app qilsa bo'ladi. Masalan mana bunaqa. Youtube bor, odamlar ko'chirmaydi deganlar uchun, playmerketga kirib yuklanganlar soni va ohirgi komentariyalarini ko'rsin fikri o'zgaradi. 100 000+, 2021-yil ohirgi kommentlar.

3. Ovqat tayyorlashni o'rgatadigan app. Youtubeni qidirisangiz ovqat tayyorlashni o'rgatadigan kanallar juda ko'p(o'shalardan bittasi). Shularni chiroyli qolipga tushirib bitta app qilish kerak.(masalan bunaqa)

Yuqoridagi applarga backend shartmas, firebaseda ham qilsangiz bo'ladi. Birinchisidan idealni bo'lsin deb harakat qilmang. Lekin bo'lsa bo'ldi deb rasvo narsa ham qilmang. Bunaqa g'oyalar ko'p.

ps: biror kanaldan foydalanganda muallifdan bir og'iz ruxsat so'rab qilgan maqul. Birinchi o'rinda dizaynga keyin uni to'g'ri ishlashiga e'tibor berish kerak.

ps: Backend bilan ishlasa bo'ladigan, yaxshi startup uchun g'oyalar. Kanalni kuzatib boring, ular haqida ham gaplashamiz.

👉@flutter_uzbek
Flutter Uzbek | Mobil dasturlash
Portfolio uchun app qilmoqchi bo'lganlarga g'oyalar. Boshlanishiga juda qiyin narsalarni o'ylamang, qo'shish, o'chirish, filter... murakkab narsalardan emas sodda narsalardan boshlang. Shunda o'rganish ham qiziqarli bo'ladi va o'sha sodda narsalar ham portfolio…
Sizda ham shunaqa bir kishi qilish mumkin bo'lgan sodda applar uchun g'oyalar bo'lsa, sir bo'lmasa izohlarda qoldiring.
Zora kimdir sizning go'yangizni foydalanib Flutterni o'rgansa, ishga joylashsa.

😎 Qani ketdik, go'yalarni ulashamiz.
Forwarded from Saud Abdulwahed (Saud Abdulwahed)
Bu dunyoda hech kimdan hech narsa kutmang. Qattiq ishonmang. Hammasi o'zingizning qo'lingizdan kelishiga ishoning. Harakat qiling, erishing.

Jimgina o'zingni ustingda ishlasang, seni qayerdan sindirishni bilisha olmaydi.

Unutmang, Insonlarga isbotlashingiz kerak bo'lgan narsa: "Hech Narsa".

Instagram: https://instagram.com/saudabdulwahed

Youtube: https://youtube.com/saudabdulwahed

@saudabdulwahed
Build the most beautiful puzzle ever, with Flutter!

Flutter bilan birga eng chiroyli Puzzle o'yinini yarating !

https://flutterhack.devpost.com saytida hackaton e'lon qilinibdi. Flutterda Web brauzer uchun puzzle o'yinini ishlab chiqish kerak. Hackaton 28-fevralgacha davom etadi. Yuqorida ko'rsatilgan sayt orqali ro'yxatdan o'tish mumkin

Ha aytgancha mukofotlar jamg'armasi $ 51 000 ni tashkil etadi. Qatnashuvchilar 17 ta kategoriya bo'yicha taqdirlanadilar.

Qatnashib ko'ramizmi ?

🔴 O'zbek tilidagi Flutter darslarini birinchilardan bo'lib ko'rish uchun Youtube kanalimizga a'zo bo'ling

@flutter_uzbek
[Вакансия/Удаленная работа]
Привет! DevArtel.io ищет нового члена команды!
Мы одна из самых сильных Flutter команд на европейском рынке.

Цель DevArtel - заниматься любимым делом в обществе потрясающих людей и получать за это хорошие деньги. DA это не корпоративная кампания, наши примеры это ребята из BaseCamp, Telegram. Маленькая команда, которая может перевернуть мир.

Условия:
— Почасовая оплата 30-35 USD / hour
— Удаленная команда
— Гибкий график (желательно от 25 часов) из любой точки мира
— Работа над внутренними проектами и проектами лучших европейских стартапов
— Еженедельные тех сессии, на которых обучаемся, растем и развиваемся вместе

Что ты должен/ должна знать:
— Уметь за архитектуру (SOLID)
— Быть в курсе принципов работы клиент-серверных приложений (REST, GraphQL, gRPC?)
— Иметь в портфолио продакшн приложения
— Хорошее понимание Dart, Flutter
— Быть самостоятельным
— Понимать как устроены Flutter-приложения

Присылайте ваше резюме на denis@devartel.io или пишите в телеграм @defuera.
Forwarded from Sulaymon NE'MATOV
Дастурчининг жаннатга йўли.

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Бир киши йўл юзидаги дарахт шохчаси олдидан ўтаётиб: “Аллоҳга қасамки! Уни мусулмонлардан йироқлаштираман, (шунда) уларга озор етказмайди”, деди. Бас, у жаннатга киритилди”, дедилар”
(Муслим)

Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам рост сўзлайдилар.

Сиз дастурчимисиз?

Одамларнинг йўлида одамларга қийинчилик бўлиб турган тўсиқларни кўряпсизми?

Маҳалладан справка, поликлиникадаги тартибсиз навбат, вилоятга бориш учун алдоқчи таксистларга боғланиб қолиш, чет элга учиш учун узундан узоқ навбатли авиакассага келиш, касал бўлганда овқат пиширолмаслик, етимларга ҳақларининг етиб бормаслиги, пенсия тўловларидаги муаммолар, сифатли таълимга эришишдаги бюрократик ва географик тўсиқлар ва ҳоказо....

“Аллоҳга қасамки! Уни мусулмонлардан йироқлаштираман, (шунда) уларга озор етказмайди” денг-да, иқтисодиётни ва жамиятни рақамлаштиринг. Қийинлаштирманг, осонлаштиринг.

Иншааллоҳ, жаннат йўлингиз шу.

© Саидкомил Муҳаммадкарим
👍1
Forwarded from Yusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dart Flutter Roadmap 2022 - Islom Akhrarov (O'zbek tilida)

Dart Flutter Roadmap 2022 - Islom Akhrarov (O'zbek tilida)
- InheritedNotifier,
- InheritedWidget,
- InheritedModel in usage
shuni ichida mini app bo'ladi...

https://www.youtube.com/watch?v=peWWBy3OnAE&ab_channel=iBlogs-Dasturchikundaligi
⚡️ Networking ⚡️

🔸 Kimga networking, tanish-bilish qiziq bo'lsa. Bugun 18:00 da IT parkda tanish-bilish ortirishga imkoniyat bor.

🔸 Offline tarzda bo'ladi, faqatgina ro'yxatdan o'tish kifoya, kirish tekin.

ps: Manzil, mazvular va speakerlar haqiada tanishish uchun quyidagi linkka o'ting.

https://telegra.ph/CODING-MONDAY-8-01-31

🔴 O'zbek tilidagi Flutter darslarini birinchilardan bo'lib ko'rish uchun Youtube kanalimizga a'zo bo'ling

@flutter_uzbek
Forwarded from Sariq Dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Najot taʼlim" oʻquv markazi ustoz Saud Abdulwahed haqida ajoyib video ishlabdi.

Saud Mohirdevda ham Go dasturlash tili praktikumini olib boradi, hozir esa Kiberxavfsizlik darsligi ustida ishlamoqda (tez kunlarda mohirdevda qabul boshlanadi).

Qanday qilib hammasiga ulguradi deysizmi? Quyidagi videoni ko'ring: https://youtu.be/LaWUZA24BNU
Flutter Uzbek | Mobil dasturlash
https://www.youtube.com/watch?v=g-0B_Vfc9qM
Flutter Windows app uchun yangilik chiqardi, shu haqida Premyera bo'layapti

🔴 O'zbek tilidagi Flutter darslarini birinchilardan bo'lib ko'rish uchun Youtube kanalimizga a'zo bo'ling

@flutter_uzbek
Flutter 2.10 versiyasida Windows app development STABLE ga o'tganini e'lon qildi ⚡️

🔴 O'zbek tilidagi Flutter darslarini birinchilardan bo'lib ko'rish uchun Youtube kanalimizga a'zo bo'ling

@flutter_uzbek
Yarim millionga yaqin ilovalar Flutterdan foydalanmoqda...

Flutter yuqori tezlik bilan rivojlanmoqda va Flutter 2.10 versiyasi bilan Windows qurilmalari uchun ham dasturlarni yaratishda yetarli chuqqiga yetib keldi.

Hozirda Flutter’dan foydalanadigan yarim millionga yaqin ilovalar, jumladan Betterment, BMW va ByteDance kabi kompaniyalarning yirik ilovalari va Google’ning o‘ttizta jamoasi ilovalari chiqarildi.

2021-yilda Flutter Statista va SlashData kabi tahlilchilar tomonidan baholangan eng mashhur kross-platforma UI asboblar to‘plamiga aylandi.

@itwithakmaljon
Forwarded from Botir Ziyatov
Dunyodagi yirik IT Kompaniya - EPAM

40 dan ortiq davlatda o‘z ofisiga ega bo‘lgan kompaniyaning Toshkentdagi ofisi.

EPAM ning Toshkentdagi ofisi 👇
https://youtu.be/BBZjQSYOJt8

☝️ Bu Amerika kompaniyasi, 50 000 dan ortiq mutaxassis ishlaydi.

👨🏻‍💻 @botirziyatov
Forwarded from Osmondagi bolalar
Farroshlikdan doktorlikkacha — to'siqlardan imkoniyat topa olgan inson bilan suhbat

Kuni kecha tibbiyot sohasi vakillari orasida Bek Olimjon taxallusi bilan tanilgan hamyurtimiz haqida ma'lumot bergan edik. Bugun esa mehmonimiz bilan bo'lib o'tgan suhbatning to'liq shaklini ko'rish imkoniyatiga egasiz! 🤩

Avvalgilaridan tubdan farq qiladigan ushbu suhbat davomida spikerimiz chet el hayoti, tibbiyotdagi muammolar, ta'lim olish jarayonidagi mashaqqatlar, intizomni shakllantirish, maqsad qo'yish va ishga kirishdagi to'siqlarni yengib o'tish borasida shaxsiy tajribalaridan kelib chiqib tavsiyalarni berib o'tdilar.

😊 Ishonamizki, ushbu inson ham sizning ulkan maqsadlar qo'yishingizda, o'z sohangizda professional bo'lishga intilishingizda va hayotdagi to'siqlarni yengib o'tishingizda o'rnak bo'ladi.

📌 Suhbat premyerasi, bugun, soat 19:30 da bo’lib o’tadi. Videoni ko’ring va uni do'stlaringizga ham tavsiya qiling. Zero, bu suhbat ular uchun ham manfaatli bo’lishi mumkin!

Premyeraga havola: https://youtu.be/aKMRivL09mY

P. S. Havoladan kirib, qo'ng'iroqchani bosib qo'ysangiz, YouTube sizga premyera boshlansa, xabar beradi. 🙂