Flutterda Fokus Arxitekturasi.
Flutter vidjetlarni ekranga chizish uchun Widget Tree va Render Tree dan qanday foydalansa, kiritish (input) hodisalarini yo'naltirish uchun ham maxsus infratuzilmadan foydalanadi.
Focus Tree (Fokus Daraxti).
Vidjetlar daraxtiga parallel ravishda ishlovchi mustaqil daraxtdir. Vidjetlar daraxtida minglab elementlar (Padding, Center, Text) bo'lishi mumkin, ammo Focus Tree faqatgina fokusni qabul qila oladigan va unga qiziqadigan vidjetlarnigina o'z ichiga oladi. Shuning uchun u "siyrak daraxt" (sparse tree) deb ataladi. Klaviatura tugmasi bosilganda, Flutter bu hodisani to'g'ridan-to'g'ri Fokus daraxtidagi faol tugunga uzatadi.
FocusManager (Global Boshqaruvchi)
Butun ilova bo'ylab bitta global obyekt bo'lib, joriy fokus holatini boshqaradi. U Fokus daraxtining eng yuqorisida joylashgan bo'lib, ayni paytda qaysi node (tugun) faol ekanligini (primaryFocus) kuzatib boradi. Barcha ochiq ekranlar va vidjetlar bo'ylab faqat bitta element asosiy fokusga ega bo'lishi mumkin.
FocusAttachment (Bog'lovchi Halqa)
Fokus obyektlari va vidjetlar daraxti o'rtasidagi ko'rinmas sinxronizator. UI har safar yangilanganda, ekrandagi elementlarning joylashuvi o'zgarishi mumkin. FocusAttachment joriy fokus tugunini vidjetlar ierarxiyasida o'z o'rnini yo'qotmasligi uchun uning holatini vidjetning yangi geometriyasi bilan doimiy bog'lab reparent() turadi.
Asosiy Birliklar: FocusNode va Focus Vidjeti.
FocusNode (Obyekt): Fokusni qabul qiluvchi, yo'qotuvchi va klaviatura bosilishlarini eshituvchi tayanch obyekt. Uning hasFocus xususiyati yordamida UI ni holatga qarab o'zgartirish mumkin. U doimo StatefulWidget ning initState() qismida yaratilishi va dispose() qismida xotiradan tozalanishi shart.
Focus (Vidjet): FocusNode ni vidjetlar daraxtiga xavfsiz joylashtirish uchun mo'ljallangan maxsus (wrapper) vidjet. U interaktiv bo'lmagan oddiy vidjetlarni (masalan, Container yoki Icon) ham klaviatura hodisalariga reaksiya bildiradigan holatga keltira oladi.
Guruhlash va Chegaralash: FocusScope va FocusScopeNode.
Ilovada mantiqiy bo'limlar (masalan, Dialog oynalari yoki alohida formalar) ochilganda, fokus orqa fondagi qolgan ekran elementlariga o'tib ketmasligi kerak. Buning uchun guruhlash vositalaridan foydalaniladi.
FocusScopeNode (Obyekt): FocusNode ning ixtisoslashgan vorisi bo'lib, o'zining ichki (child) tugunlari ustidan rahbarlik qiladi. U oddiy node-lardan farqli o'laroq, o'z hududidagi elementlar o'rtasida harakatlanish tarixini (qaysi vidjetdan keyin qaysi biriga o'tilganini) eslab qoladi va mantiqiy yo'naltirishni nextFocus(), previousFocus() amalga oshiradi.
FocusScope (Vidjet): Vidjetlar daraxtida bir nechta input maydonlarini bitta umumiy "fokus hududi"ga birlashtiruvchi vidjet. Dialog oynasi ochilganda avtomatik ravishda yangi FocusScope yaratiladi va TAB tugmasi bosilganda fokus faqat shu oyna ichida aylanadi.
Manbalar:
1. Doc: Link
2. Article: Link
#Flutter

Diqqat diqqat.
eMudhra tomonidan internet xavfsizligi uchun taqdim etiladigan 8 ta oraliq sertifikatning (intermediate CA) maxfiy kalitlari (private keys) "buzilgani" ma'lum bo'ldi. Bunga sabab kalitlarni yaratish jarayonidagi jiddiy texnik xato (weak key entropy - zaif tasodifiylik) bo'lgan.
Buning natijasida, xakerlar ushbu kalitlarni qo'lga kiritib, istalgan domen uchun yaroqli TLS/HTTPS sertifikatlarini soxtalashtirishi va foydalanuvchilarning xavfsiz (shifrlangan) trafiklarini tutib olishi, o'qishi yoki o'zgartirishi mumkin.
Shu sababli, Flutterning 3.47.8 stabil versiyasiga yangilab, yangi build yaratib, publish qilish maslahat berilmoqda.
Manba: Link

🔥3
Qiziq bir savol.
Hozirda, biz dasturchilar, dasturlashda AI layer (qatlam) ga o'tmoqdamiz. Ya'ni kodni AI orqali yozamiz.
Avval 0 va 1 orqali komputer bilan gaplashilgan, keyinchalik dasturlash tillari, va hozirda AI qatlamda, AI orqali komputer bilan suhbatlashmoqdamiz.
AI -> Dasturlash tili -> Kompyuter.
Manual coding (qo'lda kod yozish) dan to'liqligicha voz kechish kerakmi, yoki bu ko'nikmani saqlab qolib, davom ettirish kerakmi va nima uchun ?
Fikringizni izohda yozib qoldiring.

🤨1
Forwarded from AngelDEVS.uz
Angel DEVS Studydan DASTURLASH kurslari!
⚡️Haqiqatdan darajangizni oshiradigan kurslar!
Bu shunchaki navbatdagi oddiy kurs emas.
Siz oddiy kurslarda o'qib, Junior darajasidagi dasturchimisiz?
Yoki anchadan beri sohada yurib, middle darajasiga chiqqanmisiz?
LevelUP qilish vaqti keldi.
Bizning kurslarimiz sizga o'z sohangizda 4x marta "boost" beradi.
Faqatgina tajriba orqali keladigan bilimlarni, real tizimlar arxitekturasi va xavfsizliklari qanday ta'minlanishi, kengayishi haqidagi bilimlarni kurs doirasida o'zlashtirasiz.
▫️- Junior => Strong Junior (x1)
▫️- Strong Junior => Middle (x2)
▫️- Middle => Strong Middle (x3)
▫️- Strong Middle => Senior (x4)
🎯 Kursda:
Tyutor: 5 yillik tajribaga ega dasturchi va Xavfsizlik auditori Muhammad Aziz Mamasodikov
🔗 Github: github.com/mamasodikov
🔗 Linkedin: linkedin.com/in/mamasodikov
Format: Online/Offline
🔥 Qabul davom etmoqda
Batafsil shaxsiyda: @mamasodikoff
❇️ Dasturlashni yangi oʻrganayotganlar uchun ham alohida guruh shakllantiriladi.
Uydan turib masofadan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lasiz!
⚡️Haqiqatdan darajangizni oshiradigan kurslar!
Bu shunchaki navbatdagi oddiy kurs emas.
Siz oddiy kurslarda o'qib, Junior darajasidagi dasturchimisiz?
Yoki anchadan beri sohada yurib, middle darajasiga chiqqanmisiz?
LevelUP qilish vaqti keldi.
Bizning kurslarimiz sizga o'z sohangizda 4x marta "boost" beradi.
Faqatgina tajriba orqali keladigan bilimlarni, real tizimlar arxitekturasi va xavfsizliklari qanday ta'minlanishi, kengayishi haqidagi bilimlarni kurs doirasida o'zlashtirasiz.
▫️- Junior => Strong Junior (x1)
▫️- Strong Junior => Middle (x2)
▫️- Middle => Strong Middle (x3)
▫️- Strong Middle => Senior (x4)
🎯 Kursda:
✨ Sunʼiy intellektdan senior darajasida foydalanish:
- Yuqori darajada prompt yozish va maxsus agentlarni ishlatish orqali dasturlarni 3-4 kunda bitirib topshirish
- MCP larni ulash (Figma, Google Workspace, va xkz.)
- Token sarfini 90% ga kamaytirish
- Bepul open weight modellardan foydalanishni sozlash
- Oʻzingizni shaxsiy AI agent yordamchingizni yozish (telegramdan ovoz bilan boshqara olasiz)
- va boshqa koʻplab koʻnikmalar.
💻📱⌚️ Ilovalar yoʻnalishida:
- Kengayadigan modulli (super) mobil ilovalar yozish
- Ilovalar xavfsizligini OWASP darajasida taʼminlash (Markaziy bank talablari asosida)
- Yandex kabi taxi va Spotify kabi audio/video strim ilovalarni yozish
- Ilovaga yuzni jonlilikka va moslikka tekshiradigan modullarni qoʻshish
- Ilovaga Stripe, Google va Apple in-app purchase va oʻzbek toʻlov tizimlarini qoʻshish
- Aqlli soatlarga ilovalar yozish
... va koʻplab super ko'nikmalar!
💡 Frontend va bekend yoʻnalishida ham kengaytirilgan koʻnikmalar oʻrgatiladi.
Tyutor: 5 yillik tajribaga ega dasturchi va Xavfsizlik auditori Muhammad Aziz Mamasodikov
🔗 Github: github.com/mamasodikov
🔗 Linkedin: linkedin.com/in/mamasodikov
Format: Online/Offline
🔥 Qabul davom etmoqda
Batafsil shaxsiyda: @mamasodikoff
Flutter Socket turlari.
Mobil dasturlashda oddiy REST API har doim ham yetarli bo'lmaydi. Jonli chat, kriptovalyuta birjasi, xaritada kuryer harakatini kuzatish yoki Aqlli uy (IoT) qurilmalarini boshqarish kerak bo'lganda sahnaga Socket chiqadi.
Dart bir oqimli (single-threaded) til bo'lsa, soketni doimiy tinglab turish UI-ni qotirib qo'ymaydimi?
Siz Flutter-da soket ochganingizda, Dart VM C++ qatlami orqali Android-da epoll, iOS-da esa kqueue tizim mexanizmlariga murojaat qiladi.
Soket non-blocking (bloklamaydigan) rejimda OS yadrosiga topshiriladi. Dart-ning asosiy oqimi (Main Isolate) soketdan javob kutib o'tirmaydi, u ekranni 60/120 FPS tezlikda chizishda davom etadi.
Serverdan yangi baytlar kelishi bilan Operatsion Tizim Dart Event Loop-ni uyg'otadi va ma'lumot tayyor Stream ko'rinishida yetib keladi.
Dart-da har qanday soket ikki qismdan iborat ob'ektdir:
Stream - serverdan kelayotgan ma'lumotlarni o'qish uchun (listen).
Sink (IOSink / StreamSink) - serverga ma'lumot jo'natish uchun (add).
Flutter-dagi 4 xil Socket turi va ularning farqi.
1. Raw TCP Socket (dart:io - Socket va SecureSocket).
Bu hech qanday qo'shimcha kutubxonasiz, Dart-ning o'zida mavjud bo'lgan "toza" TCP soket. U HTTP yoki WebSocket qoidalariga bo'ysunmaydi, balki to'g'ridan-to'g'ri baytlar oqimi (Uint8List) bilan ishlaydi.
2. Raw UDP Socket (dart:io - RawDatagramSocket).
Ulanish talab qilmaydigan (connectionless), paketlarni eng tez yetkazib beruvchi soket turi.
3. WebSockets (web_socket_channel).
Mobil va Web ilovalarda eng ko'p ishlatiladigan standart. U dastlab oddiy HTTP so'rov sifatida boshlanadi va server roziligidan so'ng uzluksiz ikki tomonlama TCP kanalga aylanadi (ws:// yoki wss://). Ham Android/IOS ham Flutter web-da bir xil ishlaydi.
4. Socket.IO (socket_io_client).
U WebSocket ustiga qurilgan maxsus protokol. U xabarlarni oddiy matn emas, balki Event (voqea) ko'rinishida (emit va on) uzatadi. Internet uzilib qolsa avtomatik qayta ulanish, foydalanuvchilarni guruhlarga bo'lish (Rooms / Namespaces) va xabar yetib borganini tasdiqlash tayyor yozib qo'yilgan.
Manbalar:
1. Medium: Link
2. Article: Link
3. Video: Link

🔥3👍1👏1
#Fikr
AI sabab dasturlash kelajagi qanday bo'lishi haqida aniq bir fikrim yo'q, ammo hozircha Manual va AI orqali kod yozishni birday olib ketmoqchiman.
Just in case.

🔥5
Diqqat, migratsiya!
Hazillashdim 😄️️️️
2-dekabrdan boshlab Cocoapods-da rasman yangilanishlar to'xtaydi va bundan buyog'iga SPM-dan foydalanish kerak bo'ladi.
Cocoapods: Hamjamiyat tomonidan Ruby tilida yozilgan.
SPM - Swift Package Manager: Apple tomonidan yaratilgan va to'g'ridan-to'g'ri Xcode ichiga o'rnatilgan vosita.
2-dekabrdan boshlab 'CocoaPods Trunk' abadiy "Read-Only" rejimiga o'tadi. Eski kutubxonalar yuklanaveradi (ilovangiz 3-dekabr kuni birdaniga to'xtab qolmaydi), lekin hech bir dasturchi yoki kompaniya CocoaPods-ga yangi kutubxona yoki yangi versiya chiqara olmaydi.
Migratsiya uchun qo'llanma: Link
2026-yil 2-dekabrgacha Flutter loyihangizda SPM ga migratsiyani amalga oshirmas ekansiz, holingizga maymunlar yig'laydi.
2-dekabrdan boshlab Cocoapods-da rasman yangilanishlar to'xtaydi va bundan buyog'iga SPM-dan foydalanish kerak bo'ladi.
Cocoapods: Hamjamiyat tomonidan Ruby tilida yozilgan.
SPM - Swift Package Manager: Apple tomonidan yaratilgan va to'g'ridan-to'g'ri Xcode ichiga o'rnatilgan vosita.
2-dekabrdan boshlab 'CocoaPods Trunk' abadiy "Read-Only" rejimiga o'tadi. Eski kutubxonalar yuklanaveradi (ilovangiz 3-dekabr kuni birdaniga to'xtab qolmaydi), lekin hech bir dasturchi yoki kompaniya CocoaPods-ga yangi kutubxona yoki yangi versiya chiqara olmaydi.
Migratsiya uchun qo'llanma: Link
Forwarded from Lazizbek Ergashev | AI Sceptic
Yolg'on va'dalar:
Yolg'on! Ilgari menejeringiz kuniga 5 ta tiket yopishingizni kutgan bo'lsa, endi 50 tasini yopishingizni kutadi. AI sizga bo'sh vaqt bermadi, u shunchaki sizdan kutiladigan minimal samaradorlikni oshirdi. Ishonmasangiz, ilgari kuniga 10 soat kompyuter oldida o'tiradigan do'stingizdan so'rang: AI ishlatib samaradorligi 10 barobar oshganidan keyin endi 1 soat ishlayaptimi? Yo'q, hali ham 10 soat ishlaydi, balki undan ham ko'proq.
Yolg'on! Odamlar o'zlari yozmay, tahlil qilmay, kod yozmay va muammolarni yechmay qo'ysa, bu ko'nikmalarni asta-sekin yo'qotish xavfi bor. Biz insoniyat tarixidagi eng kuchli intellektual qurolni yaratyapmiz, buning evaziga esa o'z aqlimizni mashq qildirishni butunlay to'xtatish imkoniyatiga ega bo'lyapmiz.
MIT tadqiqotchilari ChatGPT bilan insho yozgan odamlarda miya faolligi eng past bo'lganini aniqlagan (arXiv), Microsoft tadqiqoti esa AIga ko'proq ishongan xodimlar uning javobini kamroq tanqidiy tekshirishini ko'rsatgan (Live Science).
Yolg'on! Gap shundaki, model qanchalik aqlli bo'lsa, u orqali yaratgan mahsulotingizning qiymati ham shunchalik tushadi. Chunki siz oson yaratgan mahsulotni endi boshqalar ham osongina yarata oladi. Dasturning qiymati uni nusxalash qanchalik qimmatga tushishiga bog'liq.
Salesforce kabi CRM gigantlari bunga yaqqol misol: AI kompaniyalarga o'z CRMini o'zi yozishni arzonlashtirgach, Salesforce aksiyalari 52 haftalik eng past darajaga tushdi, dasturchilar esa AI yordamida uning ochiq kodli nusxasini yaratmoqda.
Yolg'on! Aksincha, puli ko'p odamlar/dasturchilar qimmat modellardan foydalanib samaradorligini 10 barobar oshiradi, daromadini ham 10 barobar ko'paytiradi, qolganlar esa arzonroq modellar bilan o'sha darajada qolib ketadi. Oxir-oqibat bu iqtisodiy farqni yanada kattalashtiradi: boylar miyasini ishlatmasdan, qimmat modellar bilan katta pul topadi, kambag'allar esa miyasini yoki / va arzon modelni ishlatishga majbur bo'ladi va ularga yetib ola olmaydi.
Tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi: AIdan boylar ko'proq foydalanadi, premium obunalarning narxi esa yangi raqamli tengsizlik yaratmoqda.
Yolg'on! Bunday yangiliklarni odamlar emas, AI korporatsiyalari yaratadi. Agar siz oddiy odam sifatida biror narsa qilmoqchi bo'lsangiz, masalan, genetik injiniring bo'yicha resurs yoki boshqa chuqur izlanishlar qilmoqchi bo'lsangiz, kuchli modellar akkauntingizni bloklab qo'yishi mumkin...
Urinib ko'rsangiz ham, haqiqatan nimadir yaratayotgan bo'lsangiz ham, ular ixtirongizni shunchaki o'g'irlab olishi mumkin. Masalan, matematiklar OpenAI'ni o'zlarining e'lon qilinmagan ishidan foydalanganlikda ayblamoqda: MIT Technology Review, TechCrunch.
🧠 @lazerg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
AI should be a tool that increases your capabilities, not a crutch that makes you dependent.
Tarjima:
Sun'iy intellekt imkoniyatlaringizni kengaytiruvchi vosita bo'lishi kerak, sizni o'ziga qaram qilib qo'yadigan tayanch (asosiy tayanch vositasi) emas.
Manba: Link
Medium
Let’s Get Ready for 2027 Layoffs
AI is changing the rules of software engineering. Stop chasing promotions and start building your escape plan.
Maqol bazm qilamizmi 😄️️
Davom ettirasizmi ?
* AI-ga ishonma, AI-siz yurma.
* Tokening halol bo'lsa, dam olish kuni ye.
* Kod bilganga bir tanga, AI bilganga ming tanga.
Davom ettirasizmi ?
Flutterda paddingOf, viewPaddingOf va viewInsetsOf farqlari.
Ekran chetlari (status bar, kamera kesigi, pastki chiziq) bilan ishlaganda ko'pchilik 'MediaQuery.of(context)' dan foydalanadi. Lekin boshqa yaxshiroq yechimlar ham mavjud.
padding, viewPadding va viewInsets, klaviatura ochilganda nima bo'ladi ?
Tasavvur qiling, telefoningizning pastki qismida 34px lik tizim chizig'i (home indicator) bor:
viewInsets - tizim UI (asosan dasturiy klaviatura) tomonidan to'liq yopib qo'yilgan soha. Klaviatura yopiq paytda bottom=0.0 bo'ladi. Klaviatura ochilib, ekrandan 300px joy olsa, bottom=300.0 bo'ladi.
viewPadding - ekranning tepasi va pastidagi doimiy tizim chegarasi. Klaviatura ochiladimi yoki yo'q o'zgarmaydi, bottom: 34.0 holicha qolaveradi.
padding - klaviatura (viewInsets) hisobga olingan joriy bo'sh joy. Klaviatura ochilib pastdan 300px joyni egallasa, u o'sha 34px lik chiziqni ham yopib qo'yadi. Natijada bottom qiymati 0.0 ga tushadi.
maybePaddingOf, maybeViewPaddingOf, maybeViewInsetsOf - MediaQuery topilmasa xato bermaydi, shunchaki null qaytaradi.
Nega of(context).padding emas aynan paddingOf ?
MediaQuery InheritedModel asosida ishlaydi.
MediaQuery.of(context).padding - ekran yorqinligi, matn o'lchami yoki boshqa istalgan metrika o'zgarganda ham vidjet qayta chiziladi.
MediaQuery.paddingOf(context) - vidjet faqat padding o'zgargandagina qayta chiziladi.
Manbalar:
1. Doc: Link
2. Video: Link

Forwarded from Shamsiddin Komil
Uy qurdirayotgan odam usta qo'ygan har bir g'ishtni tekshirib chiqmaydi. Lekin poydevor qanday qo'yilganiga, uy loyihadagidek chiqyaptimi yoki yo'q shunga albatta qarab turadi.
Kod bilan ham shu ahvolga keldik. Agentlar shu darajada ko'p yozyaptiki, AI yozgan PR oddiysidan 2,5 barobar katta bo'lib, review vaqti kunlab kutib yotadi. Hammasini o'qishga hech kim ulgurmaydi, rostini aytsam o'qimayapmiz ham.
Xo'sh, unda nimani o'qish kerak?
One-way door, ya'ni merge qilgandan keyin ortga qaytarish qiyin bo'lgan o'zgarishlar.
O'zim ham agent yozgan kodning tranzaksiyalarga, ma'lumot va xavfsizlikka aloqador joyini ko'rib chiqaman, qolganiga manual va automated testlar bir necha raundlar ichida hal bo'ladi.
Har bir qatorni o'qish davri o'tdi. Endi g'ishtni emas, qarorni tekshiramiz: nimani tanladik, nega tanladik va eng asosiysi, to'g'ri narsani quryapmizmi o'zi.
Manba: LinearB, AI Hero

💯2