Flutter Notes
194 subscribers
91 photos
9 videos
1 file
228 links
Avval bajaring.
Keyin to'g'ri bajaring.
Undan keyin esa yaxshiroq bajaring.

Android Notes : @android_notes_bek

Muallif : @Otabek_Nabijonov
Download Telegram
2025-yil noyabr oyidan boshlab Google Android dasturchilari uchun katta yangilanishni chiqardi.

Dasturchilarni tasdiqlash tizimi (Developer Verification System).

Bundan buyon har bir Android dasturchisi Google bilan shaxsini tasdiqlashi kerak.

Anonim APKlar va nashr qiluvchilar (publisher) endi yo'q.

Nimalar o'zgardi:
1. Siz qonuniy ismingiz, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz va tasdiqlangan aloqa ma'lumotlaringizni taqdim etishingiz kerak bo'ladi.
2. Har bir ilova tasdiqlangan imzo kalitingizga bog'langan bo'lishi kerak.
3. Android tasdiqlanmagan dasturchilar tomonidan yuklangan ilovalarini bloklaydi.

Bu nima uchun muhim.
1. Android yanada xavfsizroq va shaffof ekotizimga o'tmoqda.
2. Foydalanuvchilar endi har bir ilova ortida kim turganiga ishonishlari mumkin.
3. Tasdiqlangan dasturchilar ko'proq ishonch va ko'rinishga ega bo'ladilar.

2026 yildan boshlab bu majburiy bo'ladi.

Manba : Link
Video : Link

#News
2👍2🔥1
Forwarded from Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿 (Kocmoc)
I have 6+ years of experience. And I still Googled how to center a Column in Jetpack Compose yesterday.

There is a toxic myth in our industry that "Senior" means "Encyclopedia."

Juniors who consult with me often come in terrified.

They think if they have to look up syntax, they are failing. They think if they don't have the entire Android documentation memorized, they aren't
"real" engineers.

Let’s be brutally honest:
The syntax is not the skill. The decision is the skill.
I don't get paid to memorize boilerplate code.
I get paid to know which architecture will survive the next 3 years of scaling.

I get paid to know when to use a Flow and when to use a simple callback.

I get paid to guide a team through the panic when production breaks.

If you are a Junior developer reading this:
Stop trying to memorize the dictionary. Start learning how to tell a story with your code.
Google the syntax. Chat with the AI. That’s fine.

But understand the system. Understand the why.

You can teach a machine to write code. You cannot teach a machine to care about the user experience or the long-term health of the product.

Be human first. Engineer second.

©️ Arsalan Peerzada, Mobile & Backend Engineer | Kotlin • Spring Boot • Flutter | Certified Trainer & Facilitator | Empowering Teams to Code with Purpose

@flutterdevuz
🔥4👍2
Stac kutubxonasi haqida.

Stac - bu Server-Driven UI (SDUI)-ni taminlab beruvchi framework. Bu orqali siz dasturingiz oynalari va vidjetlarini nafaqat Flutter kod orqali, balki JSON orqali ham yaratasiz va o'zgartira olasiz.

Boshqacha qilib aytganda, dasturingiz UI qismi JSON orqali Server tomonidan boshqarish imkonini yaratadi.

SDUI nimani anglatadi ?
1. Server UI ta'rifini json formatda jo'natadi.
2. Dastur json-ni o'qiydi va vidjetlarni dinamik yaratadi.
3. Dasturni qayta deploy qilmasdan UI-ni o'zgartira olasiz.

Package: Link
Medium: Link

#Flutter
3🎉1
Forwarded from Khumoyun Codes
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Ul29Gya4ga4
🔥1
Endi fayl generatsiya qilish uchun ketadigan vaqt ancha qisqaribdi, yangi versiyaga yangilashni maslahat beraman.

https://youtu.be/6PKIv7yUKwQ?si=xS0DM_EPKf0I99Yr
🔥2
Mac-da xotiradan ortiqcha fayllarni tozalash uchun qulay toolkit.

Github: Link

Manba: Link
🔥1
Forwarded from JR TwitGram 🥂
ggwp
😁5
“use native for maximum performance, use cross-platform for faster development.” atamasi endi eskirdi.

Flutter Nativdan yaxshiroq.

Batafsil: Link
👍5
Flutter 3D game engine sohasiga qadam qoʻymoqda.

Toyota Fluorite-ni taqdim etdi - Flutter va Dart bilan yaratilgan konsol darajasidagi (console-grade), ochiq kodli (open-source) 3D engine.

Fluorite yuqori samarali C++ ECS yadrosini Flutter-ning kuchli 'hot reload' bilan birlashtiradi va Flutter ekotizimidan foydalangan holda boy, real vaqtda 3D tajribalarni yaratish uchun imkonini beradi.

Manba: Link

#Flutter
👍4
Forwarded from Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿 (Kocmoc)
🚀 Exciting news! Flutter new version is out. Stay updated

Version: 3.41.0
Release date: 11.02.2026
Dart SDK version: 3.11.0

🌐 Release Notes
🌐 Changelog
🌐 Breaking changes
🌐 Tag
Psixolog va Nevrolog Doktor Patricia Schmidt quyidagi 5 odat miyyamizga zararlari va ularni bartaraf etish uchun esa nimalar qilishimiz kerakligi haqida aytib o'tibdi.

https://medium.com/@creatorschmidt/3efe1f410226
👍1
BlocProvider vs BlocProvider.value.

BlocProvider (Owner) - yangi bloc obyektini qachonki unga murojaat qilingandagina yaratadi va uni subtree-ga taqdim qiladi. yaratilgan bloc obyekti hayotiga (lifecycle) javob beradi, yani vidjet tree-dan o'chirilganda obyektni ham yopadi (close).

BlocProvider.value (Sharer) - mavjud bloc obyektini boshqa joyga (masalan yangi page-ga) uzatish uchun ishlatiladi. Bloc obyekti hayotiga javobgar emas, yani uni bloc-ni yaratmaydi va yopmaydi ham. Asosan bir sahifadan ikkinchisiga o'tganda, ikkinchi oynada birinchisida ishlatilgan Bloc/Cubit obyektiga murojaat qilingan bo'lsa.

flutter_bloc provider ustiga qurilgan. Ikkala vidjet ham InheritedWidget mantig'ini ichki holatda extend qilgan, bu esa bolalarga context.read<T>() yoki BlocProvider.of<T>(context) orqali blokni qidirishga imkon beradi.

Package: Link

#Flutter
👍2
📉 Sun'iy Intellekt endi o`z ahlatini o`zi yeydimi? (Model Collapse haqida)

Hozirgi kunda barchamiz AI imkoniyatlaridan hayratdamiz. Ammo olimlar va tadqiqotchilar yangi bir fenomen haqida ogohlantirmoqda: "Model Collapse" (Modelning tanazzuli).

Hozirgi yirik til modellari (LLM) asosan insonlar yaratgan ma'lumotlarda o‘qitilgan. Ammo internet tobora AI tomonidan yozilgan, sun'iy matnlar bilan to‘lib bormoqda. Kelajakdagi modellar (GPT-5 va boshqalar) endi inson yozganini emas, balki o‘zidan oldingi AI versiyalari yaratgan kontentni o‘rganishga majbur bo‘ladi.

Bu nima degani?

📄 Tasavvur qiling, kserokopiyadan kserokopiya oldingiz. Keyin yana o'shandan nusxa oldingiz. 10-martada qo'lingizda nima qoladi? Qop-qora, tushunarsiz dog'.
AI bilan ham shunday bo'lyapti. Ular "gallyutsinatsiya" (aljirash) qilishni boshlaydi, mantiq yo'qoladi, kreativlik o'ladi.

Texnologiya qanchalik rivojlanmasin, "Inson omili" (Human Touch) har qachongidan ham qadrliroq bo‘lib bormoqda.

Kelajakda "Inson yozgan" (Human-made) degan belgi xuddi "Bio" yoki "Halol" kabi eng qimmat brendga aylanadi.
Haqiqiy tajriba, haqiqiy xatolar va haqiqiy hissiyotlar — buni hech qaysi algoritm soxtalashtira olmaydi.

Sizningcha, AI ijodni to‘liq egallaydimi yoki inson baribir ustun bo‘lib qoladimi?

Manba : Linkedin
🔥3😁3👍1🤣1🤨1🗿1
Hammaga kirib kelgan Ramazoni sharif muborak bo'lsin.

Ps: Bo'ydoqlarga esa sabr 😁
😁6👍3
RenderObject Tree.

Flutterning renderlash arxitekturasi aslida layout va painting og'ir yukini ko'taradi. RenderObject daraxti ekranda narsalar aslida qayerda paydo bo'lishi uchun javobgar hisoblanadi.

Vidjet daraxtini chizma, RenderObject daraxtini esa haqiqiy qurilish maydoni deb tasavvur qiling.

Vidjetlar o'zgarmas (immutable) lekin RenderObjects doimiydir (persistent). Ular quyidagilarni bajaradilar:

Constraints: Hajm talablarini pastga o'tkazish.
Layout: O'zlari va farzandlarining o'lchami va joylashuvini aniqlash.
Painting: Canvas-da piksellar chizish.
Hit Testing: Qaysi obyektga tegilganini aniqlash.

Asosiy RenderObject turlari.
Flutter layout uchun turli xil "protokollar" dan foydalanadi.

RenderBox.
Eng keng tarqalgan turi. U o'lchamlari kenglik va balandlik (width & height) bilan belgilanadigan 2D koordinatalar tizimidan foydalanadi.

Misolllar: BoxConstraints, Size, RenderPadding, RenderImage, RenderFlex.

RenderSliver.
Bular, ayniqsa, scroll qilinadigan maydonlar uchun mavjud. Bu o'z geometriyasini ko'rish maydonidagi pozitsiyasiga qarab hisoblaydi.

Misollar: SliverConstraints, SliverGeometry, RenderSliverList, RenderSliverAppBar.

RenderViewport.
Box dunyosi va Sliver dunyosi o'rtasidagi "ko'prik". Bu RenderSlivers ni o'z ichiga olgan RenderBox. U slivers ko'rib chiqiladigan scrollable oynani taqdim etadi.

Manbalar:
1. Book: Link
2. Medium: Link
3. Medium: Link

#Flutter
👍1