Learning Flutter 📱💻
5 subscribers
117 photos
35 videos
3 files
67 links
Download Telegram
Hamma joyda 😁😁
Soliq.uz
Dio package dan yaxshi foydalangan ekan 😁
Forwarded from MobilDasturchi.Uz (Azizbek Asqaraliyev)
Flutter dasturchilar uchun qiziq tool topdim: Marionette MCP.

Tasavvur qiling:

Siz Claude Code’ga:

“Login ekraniga kir, email va passwordni to‘ldir, Login tugmasini bos va API xatoliklarini tekshir.”

deysiz.

AI agent esa shunchaki kodni o‘qib chiqmaydi — ishlayotgan Flutter ilovangiz bilan bevosita interact qiladi.

Marionette MCP orqali AI agent:

• Widget tree’ni ko‘ra oladi
• Buttonlarni bosadi
• Text field’ga ma’lumot kiritadi
• Scroll qiladi
• Screenshot oladi
• Loglarni tekshiradi
• Hot reload qiladi
• Smoke testlarni bajaradi

Ya’ni bu biroz “Playwright MCP, lekin Flutter uchun” degan g‘oyaga o‘xshaydi.

Masalan, AI’ga:

“Bottom navigation’dagi barcha tablarni tekshir va qaysidir ekranda exception bo‘lsa ayt.”

desangiz, agent ilovani o‘zi yurib chiqishi mumkin.

Qanday ishlaydi?

Flutter project’ga marionette_flutter qo‘shiladi va debug rejimida MarionetteBinding ishga tushiriladi.

Keyin marionette_mcp MCP server sifatida AI coding tool’ga ulanadi.

Claude Code, Cursor, Gemini CLI va Copilot kabi agentlar bilan ishlashi mumkin.

Eng qiziq tomoni — bu faqat “AI kod yozadi” degan workflow emas.

AI → kod yozadi → appni ishga tushiradi → app bilan interact qiladi → natijani tekshiradi → xatoni topadi.

Bu esa Flutter’da AI-assisted development va automated QA jarayonlarini ancha qiziqarli qiladi.

Albatta, bu production testlarning o‘rnini to‘liq bosadi degani emas. Ayniqsa custom design system ishlatilsa, agentga qo‘shimcha konfiguratsiya kerak bo‘lishi mumkin.

Menimcha, Flutter + AI agentlar bilan ishlayotgan dasturchilar uchun kuzatib borishga arziydigan tool.

Package:
marionette_mcp — pub.dev

Video:
Marionette MCP demo — YouTube

#Flutter #Dart #AI #MCP #ClaudeCode #Cursor #FlutterDev #AITools
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yildan yilga javob berish qiyinlashib borayotgan savol: bu sun'iy intellektmi yoki haqiqiymi?

@naxalov
Forwarded from Flutterly | Abubakr
🚀 Flutter rivojlanishda to‘xtamayapti!

Material va Cupertino endi Flutter core’dan alohida paketlarga ajratilyapti. material_ui va cupertino_ui allaqachon pub.dev’da 1.0 versiyada.

Hozircha ularga o‘tish ixtiyoriy — SDK ichidagi Material va Cupertino ishlashda davom etadi.

Rasmiy rejaga ko‘ra, noyabrda chiqadigan Flutter 3.50 bilan SDK ichidagi versiyalar deprecated qilinadi.

Migratsiya qilish ham oson:
dart fix --apply --code=migrate_design_widgets


Eng yaxshi tomoni — alohida paketlar har hafta yangilanadi. Endi Material yoki Cupertino’dagi yangiliklar uchun Flutter’ning choraklik release’ini kutish shart emas. 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from His perspective
Kelib qoling, olib qoling

Anthropic kompaniyasi Claude Startups loyihasi doirasida o‘zbekistonlik startap asoschilari va dasturchilarga bepul 2 ta Claude Pro obunasi hamda API’dan foydalanish uchun $1000 kredit taqdim etmoqda.

Imkoniyatdan foydalaning. Quyidagi havola orqali ariza topshiring va do‘stimiz Anthropic’ning mehri ila Claude’ni bepul ishlating.

Ishqilib, bu imkoniyatni olish uchun oʻziga xos talablari bor ariza toʻldirishda shunga eʼtibor qiling.

Surat: Google.

@hisperspective
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Smartfonlar uchun «Hackintosh»: iOS endi Android'da!

Xitoylik dasturchilar sun'iy intellekt vositalari orqali Apple'ning yopiq iOS tizimini reverse-engineering qilib, uni Android qurilmasi drayverlari va apparat qismiga moslashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

@naxalov
❤1
Forwarded from Flutter Notes
Diqqat diqqat.

eMudhra tomonidan internet xavfsizligi uchun taqdim etiladigan 8 ta oraliq sertifikatning (intermediate CA) maxfiy kalitlari (private keys) "buzilgani" ma'lum bo'ldi. Bunga sabab kalitlarni yaratish jarayonidagi jiddiy texnik xato (weak key entropy - zaif tasodifiylik) bo'lgan.

Buning natijasida, xakerlar ushbu kalitlarni qo'lga kiritib, istalgan domen uchun yaroqli TLS/HTTPS sertifikatlarini soxtalashtirishi va foydalanuvchilarning xavfsiz (shifrlangan) trafiklarini tutib olishi, o'qishi yoki o'zgartirishi mumkin.

Shu sababli, Flutterning 3.47.8 stabil versiyasiga yangilab, yangi build yaratib, publish qilish maslahat berilmoqda.

Manba: Link
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 AI agentlar uchun 750+ mobil UI

React Native, Swift va Kotlin uchun mobil UI komponentlarining bepul kutubxonasi. Komponentni tanlang, mos prompt oling va yaratish uchun uni coding agent yuboring,

🔗 nativecook.dev


#DevTools #MobileDev #AI

@naxalov