Terapiya UZ
2.67K subscribers
314 photos
99 videos
8 files
118 links
🔰 USMLE materialiga asoslangan
🔰 MRT/KT
🔰 Terapiya
Download Telegram
📌 Tenia capitis- Bosh terisi temiratkisi

Bosh terisi va soch follikulalari zambrug'li infeksiyasi.


🌡Klinikasi:
🔘 Bosh terisida qichishish va qiliqli dog'lar
🔘 Soch sinishi va kal dog'i hosil bo'lishi
🔘 Terining qizarishi yoki kulrang tusga kirishi
🔘 Og'ir holatda yiringli, og'riqli shishlar(kerion) paydo bo'lishi


💉Davolash:

🧿Terbinafin yoki kloritromazol mazlarini surtish

🧿Ketokanazolli shampunlarda bosh yuvish
🧿Vitaminoterapiya
🧿Umumiy immunitetni ko'tarish


@firstaidstep1
👍5⚡1👏1
Forwarded from Terapiya UZ
📌USMLE STEP1 bo'yicha biochemistry barcha mavzulari tahlili.

🗣 Steptaker: #jon_sharipov


1] Yog'da va suvda eriydigan vitaminlar. Umumiy ma'lumot

2] Vitaminlar qo'shimcha qilish. Vitamin A

3] Vitamin B¹ va B²

4] Vitamin B³

5] Vitamin B⁵ B⁶ B⁷

6] Vitamin B⁹

7] Vitamin B¹²

8] Vitamin C

9] Vitamin va mineral absorption

10] Vitamin D

11] Vitamin E, K va Sink

12] KWASHIORKOR and MARASMUS

13] Ethanol metabolism Part 1

14] Ethanol metabolism Part 2

15] Enzyme terminology

16] Enzymes in metabolism

17] Glycolysis

18] Gluconeogenesis

19] Transports| Important enzymes

20] Regulation glycolysis and Gluconeogenesis with key enzymes

21] Piruvat dehydrogenase complex and deficiency

22] Pyruvate metabolism

23] TCA cycle(Krebs sikli)

24] Electron transport chain and oxidative phosphorilation

25] Pentose phosphate pathway

26] Glucose-6-phosphate dehydrogenase deficiency

27] Disorder o Fructose metabolism

28] Disorder of Galactose metabolism

29] Sorbitol

30] Lactase deficiency

31] Amino Acids

32] Urea cycle(mochevina sikli)

33] Hyperammonemia

34] Amino Acids derivatives| Catecholamine Synthesis| Tyrosine catabolism

35] Phenylketonuria

36] Maple syrup urine disease

37] Homocystinuria

38] Cystinuria and Organic acidemias

39] Glycogen metabolism by hormones and enzymes

40] Glycogen storage diseases Part 1

41] Glycogen storage diseases Part 2

42] Lysosomal storage diseases

43] Fatty acid metabolism| Yog' kislota metabolizmi

44] Ketone bodies

45] BILIRUBIN METABOLIZMI

46] Fasting and Fed state| Ochlik va To'qlik holati

47] Lipoprotein metabolism Part 1


Kanalga obuna bo’ling👇
@firstaidstep1
👍5👏1
📌 Lemierra syndrome

Bu orofaringeal infeksiya(og'iz-halqum) internal vena tromboflebitiga va keyinchalik septik emboliyaga sabab bo'ladigan holat.
🔘 Angina
🔘 Tonzilit
🔘 Faringit

lardan keyin yuzaga keladi.

🦠Fusobacterium necrophorum bakteriyasi bilan bog'liq

💉 Davolash
Intravenoz antibiotiklar(klindamitsin, beta laktam/beta laktamaza ingibitorlari)
🔪Jarrohlik

@firstaidstep1
👍6⚡1🔥1👏1
📌 Evans indeksi

Bu miya qorinchalaring, ayniqsa lateral qorinchalar Frontal shoxlarning kengayishini baholash uchun ishlatiladigan kraniometrik ko'rsatgich.

🧮 Qanday hisoblanadi?

A- lateral qorinchalarning Frontal shoxlari orasidagi eng katta ichki kenglik
B- shu kesimdagi bosh suyagining eng katta ichki diametri

📐Evans indeks=A/B normada 0.2-0.25 , 0.25-0.3 chegaraviy, >0,3 bu ventricular kattalashish yoki kengayish

📍Nega kerak?

🔘 Gidrosefaliyani baholashda
🔘 Normal bosimli gidrosefaliyani tekshirishda
🔘 Ventrikulomegaliyani miqdoriy baholashda

❗️Muhim: Evans indeksining o'zi Gidrosefaliya tashxisini qo'ymaydi. Klinik belgilar va boshqa MRT/KT belgilari bilan birga baholanadi

@firstaidstep1
👍3⚡1🔥1👏1🤩1
📌 Sut emizadigan ayollarga mos antibiotiklar

Dizuriyada(siyish vaqtida og'riq, achishish yoki kuydirish hissi),(sistit/uretrit) tavsiya etilgan dorilar rasmda ko'rsatilganidek sut emizuvchi ayollarda ba'zi bir antibiotiklarni mumkin deb ko'rsatmoqda.


🔘 Biseptol(trimetoprim-sulfametoksazol)
🔘 Amoksatsilin
🔘 Furadonin(nitrofurantoin)
🔘 Siprofloksatsin
🔘 Oflofloksatsin

Manba:
#American_Academy_of_Pediatrics_Committee_on_Drug.

Haqiqatdan shundaymi deb ba'zi bir saytlardan qidirdim. Tepada ko'rsatilgan antibiotiklar boshqa antibiotiklarga nisbattan sutga kam miqdorda o'tar ekan va emizishda qabul qilish mumkin demoqda. Ammo bolada diareya, og'iz kandidozi va oshqozon-ichaklar ta'sirlarga kuzatish tavsiya etiladi deb yozgan.

Lekin doim ehtiyot bo'lish kerak

🔰 Yangi tug'ilgan chaqaloq bo'lsa
🔰 Chala tug'ilgan bo'lsa
🔰 Sariqligi bo'lsa(biseptol kuchaytirib, karnikterus rivojlanish xavfi bor)
🔰 Bola kasal/stress holatida bo'lsa


@firstaidstep1
👍7👏1
📌 Baker kistasi

Bu tizza orqa qismida paydo bo'ladigan, synovial suyuqlik bilan to'lgan qopcha(kista). Uni ba'zan popliteal cyst ham deb atashadi.


Uchraydigan kasalliklari

🔘 Artroz(osteoarthritis)
🔘 Revmatoid arthrit
🔘 Menisk jarohati
🔘 Sinovitlarda


🔰 Tizza orqa qismida shish
🔰 Oyoqni to'lliq bukmaslik
🔰 Qattiqlik
🔰 Og'riq(ayniqsa yurganda va bukkanda)


🩻Diagnosis
UZI-eng oson usul
MRT-aniq diagnostika

💉 Davolash
🛡 Tinchlik
🛡 Yallig'lanishga qarshi dorilar
🛡 Fizioterapiya
🛡 Asosiy kasallikni davolash
🛡 Kistani punksiya qilish
🛡 Corticosteroidlar inyeksiyasi
🛡 Kistani olib tashlash

@firstaidstep1
👍6⚡1👏1
📌MS-Multiple Sclerosis(Tarqoq Skleroz

)

Autoimmun oligodentrositlarning zararlanishi- markaziy nerv sistemasida myelining demyelinizatsiyasi.

Klinikasi:
🔘 Optik nevrit(ko'rish pasayishi va og'riq)
🔘 Intranuclear oftalmoplegia(MLF zararlanishi hisobiga)
🔘 Siydik pufagi disfunsiyasi

Boshqa simptomlar
🔰 Ataksiya
🔰 Diplopia
🔰 Scanning speech
🔰 Intension tremor
🔰 Orqa miya sindromi(elektrik shok sezgisi, issiqda kuchayadi)

📄 Diagnoz
🩻 MRT- periventrikulyar plaklar
🩸 Serebrospinal suyuqlikda yuqori protein va oligoclonal bandlar
💉Davolash
Interferonlar( avoneks, rebif, betaseron)
Natilizumab
Steroidlar
Va symptomatic davo


🌐 @firstaidstep1
👍4👏1
📌 Acanthosis nigricans

Epidermal giperplaziya, simmetrik va giperpigmentatsiyalangan qalinlashgan teri. Asosan qo'ltiq va bo'yin sohasida uchraydi
.

⁉️Sabablari

🔰 Qandli diabet
🔰 Semizlik
🔰 Kushing sindromi
🔰 Tuxumdon polikistozi
🔰 Visseral o'smalar( Gastrik adenokarsinoma)

🩻 Diagnostika
🔘 Teri biopsiyasi
🔘 Qondagi glukoza
🔘 Glikerlangan Gemoglobin
🔘 Oshqozon-ichaklar endoskop tekshiruvi

💉 Davolash
Sabablarga qarshi kurashiladi

📍Oshqozon-ichak adenokarsinomasida rezeksiya/ximoterapiya
📍Giperandrogenizm/Giperpigmentatsiyada Oral kontraseptiv va ketokanazol
📍 Mahalliy qo'llash uchun Tretinoin/ammonia laktat gellari
📍 Qandli diabetda insulin yoki metformin
📍 Vitamin A va D³
📍 Octreotid
📍 Ozish

@firstaidstep1
👍5👏1
📌 9" lik qoidasi

Kuyganda teri yuzasini qancha foizi kuyganligini aniqlash uchun ishlatiladigan ko'rsatgichlar

.

Rasmda tananing har bir qismini orqa va oldi sohasi, va umumiy holdagi foizi berilgan.

Shundan foydalanib qancha foiz kuyganligini bilishingiz mumkin...


@firstaidstep1
👍4⚡1🔥1👏1
📌 Anemiya

✅Temir preparatlari bilan qon (Hb) tez va samarali ko‘tarilishi uchun faqatgina temir emas, boshqa preparatlar bilan birgalikda qo'shib foydalanilsa qonni Hb ko'tarish samarali bo'ladi.

Temir va boshqa preparatlarni to‘g‘ri kombinatsiyada berish juda muhim. Quyida amaliy jihatdan eng foydali va kerakli kombinatsiyalarni ko'rib chiqamiz !

🩸 Temir preparatlari bilan birga beriladigan dorilar :

1️⃣ Vitamin C (askorbin kislota) — ENG MUHIM
✅ Temirning ichakda so‘rilishini 2–3 barobar oshiradi
100–200 mg/kun
Temir bilan bir vaqtda ;

2️⃣ Folat kislotasi (Vitamin B9)
✅ Eritropoezni kuchaytiradi
1 mg/kun (homiladorlarda 0,4–1 mg)
Ayniqsa homilador ayollar va ayollarda foydali ;

3️⃣ Vitamin B12 (sianokobalamin)
✅ Eritrotsit yetilishiga yordam beradi
Agar B12 yetishmovchiligi bo‘lsa albatta
Enteral yoki parenteral shaklda

4️⃣ Protein yetarli bo‘lishi
✅ Gemoglobin sintezi uchun zarur
Go‘sht, jigar, tuxum, baliq
Kam protein bo‘lsa — temir qancha ko'p bo'lsa ham Hb ni ko'tarish samarasiz bo'ladi.

❌ Temir bilan BIRGA bermaslik kerak :
🚫 Kaltsiy preparatlari
🚫 Sut va sut mahsulotlari
🚫 Antatsidlar (Almagel, Maalox)
🚫 Choy, qahva
➡️ Kamida 2 soat tanaffus bo‘lsin

💊 Qaysi temir preparatlari samaraliroq?

🔰Ikki valentli temir (Fe²⁺):
Sorbifer Durules
Tardiferon
Ferrum Lek (sirob/tabl)

🔰Uch valentli temir (Fe³⁺):
Maltofer
Ferrum Lek (inʼeksiya)

👉 Yengil–o‘rta anemiyada — temirni peroral ;
👉 Og‘ir anemiyada yoki so‘rilish yomon bo‘lsa — vena orqali

⏱ Qancha vaqtda Hb ko‘tariladi?
7–10 kunda retikulotsitlar ko‘payadi
3–4 haftada Hb ↑
Davolash kamida 3 oy (ferritin normallashguncha)

✅ Xulosa:
Temir + Vitamin C + folat (± B12)

Masalan : kamqonlik og'ir shakli Hb < 60-70
- Ferrum-lek 5 ml
NaCl 100 ml t/i 5 kun 1 maxal
- Vit. C 10 ml t/i 5 kun 1 maxal
- Folat kislota B9 1mg/kun 5 kun 1 maxal t/i yoki m/o
- B12 1 ml 5 kun 1 maxal t/i
- Protein 250 ml ( yaqinizdagi dorixonada borlari ) 5 kun 1 maxal

@firstaidstep1
⚡2👍2👏2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Wolf-Parkinson-White syndrome
#WPW

🔰Kent tutami

#jonsharipov

@firstaidstep1
👏4👍2⚡1🔥1
🗣Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari,
siz uchun bomba kanallarni bir jildga yigʻib olib keldim ✅


Bu jildga qoʻshilsangiz klinik fikrlashingiz ancha oshadi 💯

🫴 Kutib oling 2026- yilning eng sara tibbiyot kanallari:

https://t.me/addlist/QWetZhB4fe4xMDAy
https://t.me/addlist/QWetZhB4fe4xMDAy
https://t.me/addlist/QWetZhB4fe4xMDAy
🔥2
Бемор 20 ёшда, касалликнинг 2-3 куни мурожаат қилиб келди. Анамнезидан, 5 йил олдин аппендэктомия операциясини утказган. Шикоятлари: қоринда киндик атрофидаги оғриқга, даврий газ ва ахлат чикиши ушланиб колишига, дискомфортга, кусишга. Ўнг енбош сохада гипертрофиялашган операциядан кейинги 7х1,5см чандик мавжуд. Қорин бўшлиғи рентгенограммасида суюклик сатхи (Клойбер косачалари) куринади.

Diagnoz: Operatsiyadan keyingi bitishmalarga bog'liq o'tkir mexanik ichak tutilishi

🩻 Rentgenografiyada
Kloyber kosachalari
📍 Kontrastli KT
Tutilish darajasi va sababini, yopiq halqa tutilishi, ichak ishemiyasi va erkin suyuqlik aniqlashda
📍Ichak qovuzloqlari kengaygan, peristaltika suyasaygan, erkin suyuqlik ko'riladi

💉 Davolash

Operatsiyada bitishmalar ajratiladi(adgeziolisiz), nekrozlangan qism olib tashlanadi(agar bo'lsa). Klinik vaziyatga qarab stoma shakillantiriladi.

@firstaidstep1
👍7⚡1🔥1