Encephalo 🧠
2.48K subscribers
160 photos
91 videos
5 files
109 links
🔰 USMLE materialiga asoslangan
🔰 MRT/KT
🔰 Terapiya
Download Telegram
Garmonlar.
Ularning birlamchi ta'siri haqida qisqacha hujayra darajasida!
#jonsharipov
👍9
Superantigen microbiology💥🧟‍♂
BU NIMA ❗️
👏2
🔥7👍5👏1
#Farmakologiya😉

Renin-angiotenzin-aldosteron sistemasi (RAAS) ingibitorlarining ta’sir mexanizmi:

Glomerulyar filtratsiya tezligi va qaondagi erigan moddalar o’zgarishiga javoban renin ajralib chiqadi. Renin angiotenzinogenni angiotenzin I ga aylantiradi, angiotenzin I esa o’pkadagi angiotenzin-o’zgartiruvchi ferment (AO’F) ta’sirida angiotenzin II ga aylanadi. Angiotenzin II vazokstriksiya chaqiradi, natriy reabsorbsiyasi va ADG sintezini kuchaytiradi va natijada qon bosimi ortishiga olib keladi.

RAAS ingibitorlari spetsifik ta’sir nuqtalari qizil bilan ajratilgan...

Kanaldan ma'lumot olinganida manba ko'rsatilishi esdan chiqmasin!
#jon_sharipov


@encephalo_1
👍4🔥3👏2🤩1
#Kasallik

Jigar sirrozi:

Jigar sirrozi rivojlanishining asosiy etiologik omillari surunkali alkogol iste’mol qilish, gepatit C infeksiyasi va alkogolsiz yog’li gepatoz ekanligini bilarmidingiz?

Kasallikning kechish mexanizmi haqida tushunchaga egamisiz?

Kasallik haqida batafsil ma’lumotlarni o'zimdan so'raysiz agar kerak bo'lsa🤓!

#jonsharipov

@encephalo_1
🔥6
Myocard infarct🫀
Bu kasallikda asosiy klinik labarator bergilardan:
📍troponin
📍AsAT
📍kreatinkinaza
📍mioglobin
Miqdori nega qonda oshadi? O'zi bular nima? Bilasizmi🤓
Nega yurakni yog' bosadi? Savollar qiziq javoblari ham qiziqarli?
Mavzu yoqqan bo'lsa reaksiya qoldiring...
@encephalo_1
#jonsharipov
👍7🤔5🔥3👏2
#Soglomovqatlanish

Probiotiklar inson organizmi uchun foydali boʻlgan tirik bakteriyalar bo’lib, ichak mikroflorasini tashkil etadi.
Prebiotiklar esa ichak mikroflorasi uchun ozuqa moddalaridir.

Probiotiklar quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
• Immun tizim faoliyatini ragʻbatlantiradi
• Depressiya simptomlarini bartaraf etishda ishtirok etadi
• Semizlikni oldini oladi
• Vitamin K hamda qisqa zanjirli yogʻ kislotalarini ishlab chiqaradi

Prebiotiklar kletchatkaning maʼlum bir turi boʻlib, u ichakdagi mikroflora orqali hazm qilinadi. Foydali bakteriyalar bu moddalarni organizm uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan butiratga aylantiradi. Prebiotiklar ichak mikroflorasining normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi.

Antibiotiklar bilan davo o'tkazilganda antibiotikka bog'liq diareya yuzaga kelishini oldini olish maqsadida probiotik dori vositalari antibiotiklar bilan birgalikda qo'llaniladi.

@encephalo_1
Sakrokoksigeal teratoma - koksiksin uchidan va homiladorlik paytida paydo bo'ladigan yaxshi sifatli o'sma.

@encephalo_1
😱8😢4
⁉️HANTINGTON bu nima?


🔰Etiologiyasi
🔰Simptomlari
🔰Patogenez mexanizmi
🔰Davolash

❗️Xoreya
❗️Atetoz
❗️Demensiya
Bular nima?
Ertaga kasallik haqida ma'lumot tashlanadi...
Kanalga do'stlarni taklif eting: @encephalo_1
👍5😢3🔥2👏1😡1
⁉️Epistaksis( Burundan qon ketishi) yoki inglizcha nosebleeds.
🏷 Kesselbax chigali
🏷 Vudraff chigali
Bu chigallar haqida eshtgamisiz.Bularni epistaksisga nima aloqasi bor
🔰Mohiyati
🔰Etiologiyasi
🔰Davolash

#jonsharipov
Kanalga do'stlaringizni taklif qiling;

@encephalo_1
👍6👏3
#Biokimyo

Ortiqcha miqdorda alkogol iste’mol qilish oqibatida jigarda yuz beradigan o’zgarishlar:

Ortiqcha miqdorda alkogol iste’mol qilish oqibatida NADH miqdorining NAD ga nisbati (rasmda kul rangda ajratib ko’rsatilgan) ortadi va quyidagi o’zgarishlar yuz beradi:

A) Ochlikdagi gipoglikemiya: Malatning oksaloaksetat kislotaga o’tishi natijasida krebs sikli (yashil rangda ko’rsatilgan) ingibirlanadi. Bu esa glyukoneogenez jarayoni buzilishiga olib keladi (qizil randa ko’rsatilgan).

B) Sut kislotali atsidoz: Piruvatning laktatga o’tish jarayoni susayadi (sariq rangda ko’rsatilgan)

C) Ketoatsidoz: Atsetil-KoA ketogenez jarayoniga jalb etiladi (ko’k rangda ko’rsatilgan) va shu tufayli Krebs sikliga qo’shilmaydi.

D) Gepatosteatoz: Digidroksiatseton va atsetil-KoA moddalaridan yog’ kislota hamda glitesrin-3 fosfat hosil bo’lishi ortadi va bu esa triglitseridlar (binafsha rangda ko’rsatilgan) miqdorining ortishiga olib keladi

#jon_sharipov

Kanalga do'stlaringizni taklif qiling:

@encephalo_1
👍12🔥3👏2
#Soglomovqatlanish
#jon_sharipov
Omega-3:

Omega-3 yarim to’yinmagan yog’ kislotalari guruhiga mansub bo’lib, ichki organlar hujayra membranasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Omega-3 organizmning o’sishi va shakllanishida muhim ahamiyatga ega mahsulotdir. Shu bilan birga nerv, immun, yurak qon-tomir tizimining normal faoliyati, garmonlar va prostaglandinlar sintezi hamda metabolizmi uchun maxsus mahsulot hisoblanadi. Bundan tashqari Omega-3 yallig’lanishga qarshi ta’sir effektiga ham ega, organizmni infeksiyaga qarshiligini va chidamliligini oshiradi.

Ushbu mahsulot «surunkali charchoq sindormi» holatlarida tavsiya etiladi.

Omega-3 ni organizm o’zi sintez qila olmaydi, shuning uchun organizmning bu mahsulotga bo’lgan talabi tarkibida Omega-3 saqlagan ozuqalar bilan ta’minlanishi kerak.

Kanalga obuna bo’ling 👉 @encephalo_1
👍11😁2👏1
#Anatomiya
#Oftalmologiya
Oftalmolog bo'laman deganlar yaxshilab yodlab olinglar!
Ko’z anatomiyasi

Ko’pchilik tushunib olishi va eslab qolishi qiyin bo’lgan anatomik tuzilmalardan biri 🤓

Ko’zning qavatlari:
Tashqi qavat (Fibroz parda)
• Shox parda
• Sklera
• Episklera
O’rta qavat (Tomirli qavat)
• Rangdor parda
• Kipriksimon tana
• Xususiy tomirli parda
Ichki qavat (To’r parda)
• Ko’ruv nervi diski
• Sariq dog’

jonsharipov
Yaqinlarga ham ulashing…

Kanalga obuna bo’ling 👉 @encephalo_1
👍11🔥2😁2🤩1