Fintax.uz
162 subscribers
46 photos
17 videos
4 files
39 links
Soliq maslahati va autsorsing buxgalteriya Toshkentda — hisobot, soliq, 1C. Har bir mijozga insoniy va e’tiborli yondashuv. Telefon: +998 97 890 07 70
Download Telegram
Őzbekiston fuqarolari őz tasarrufidagi noturar joyni (dőkon, ofis va hokazolar) sotishdan olingan daromad soliqqa tortiladimi?
Anonymous Quiz
41%
Xa tortiladi.(12 %)
8%
Yőq tortilmaydi.
51%
Xa tortiladi.(12%) Agar xarid kunidan boshlab 36 oy ichida tasarrufida bőlgan noturar joyni sotsa.
👍1
Őzbekiston fuqarolari őz tasarrufidagi turar joyni ( uy,dala hovli va hokazolar) sotishdan olingan daromad soliqqa tortiladimi ?
Anonymous Quiz
38%
Yőq tortilmaydi.
23%
Xa tortiladi.(12%)
39%
Xa tortiladi.(12%) Agar xarid kunidan boshlab 36 oy ichida tasarrufida bőlgan turar joyni sotsa.
👍1
Buxgalter bo’lmoqchi bo’lgan yoshlar va kattalar uchun fintax.uz jamoasidan 5 maslahat.

Qobilyatni chamalab olish.
Birinchi o’rinda o’zingizning qobilyatingizni chamalab oling. Buxgalterlik kasbi vaziyatni to’gri baholash, fikrlash hamda mas'uliyatni talab etadi. Buxgalteriyada matematikani o’rni ham bor. Kamida maktabda yaxshi o’qigan bo’lishingiz kerak.

Kompyuterda ishlashni bilish.
Ayni vaqtda buxgalterlarning aksariyat ishi kompyuter orqali amalga oshiriladi. Buxgalterlikka talabgor kamida word excelda ishlashni bilishi darkor.

To’g’ri o’quv kursini tanlash.
Kursni 2-3 oyda tamomlab 800-1000 $ dollar daromadga chiqing ! Ushbu postni o’zi 99 % foiz yolg’on hisoblanadi. Har bir kasbni o'z qiyinchiliklari mavjud. 800-1000 $ dollarlik hunar egasi bo’lish uchun esa kamida 1-2 yil vaqt ketadi. Buxgalterlik ham xuddi shunday. Kasbni o’rganish vaqt talab etadi.
2-3 oyda siz buxglateriyaning bazaviy bilimlarini o’rganishingiz mumkin bo’ladi. Tanlagan o’quv markazingiz o’quv dasturi bilan tanishib chiqing. O’quv dasturidagi mavzular amaliyot bilan bog'langan bo’lishi kerak. O’quv markazida kamida ishlab chiqarish, sotuv va xizmat ko’rsatuvchi firmlarning buxgalteriya hisobi balansi ko’rsatib berilishi zarur.

Yangiliklarni tez qabul qilib amaliyotga joriy qilish.
Hozirgi kunda amaliyotda qonunchiliklar o’zgarishi natijasida hisob yuritishda o’zgarishlar ko’p uchraydi. Ushbu o’zgarishlarning o’ziga tegishli qismini o’rganib amaliyotga joriy qilishni bilish zarur. Misol uchun soliq imtiyozlarini hisobotlarda to’g’ri aks ettirish,Tadbirkor soliqdagi imtiyozlarni qanday qo’llashni deyarli bilmaydi. Shunday holatda buxgalter e’tiborli bo’lishi talab etiladi.

Pulni ketidan quvmaslik.
Yuqorida aytilganidek buxgalterlik mas'uliyatli kasb hisoblanadi. Mo’may pul evaziga qonundan tashqari ish qila ko’rmang. Bu davlatga ham jamiyatga ham zarar hisoblanadi. Pulga kelsak amaliyotdagi bilimlaringiz oshgan sari sizning daromadingiz ham shunga yarasha oshadi. Faqat vaqti- soati bilan. Pulni o’ylamagan holda bor e’tiborni sohada o’sishga, faoliyat yuritayotgan korxonangiz foyda keltirishga harakat qiling. Shunda qadringiz hamda qiymatingiz oshadi.
👍1
Import va Eksportda ГТД nima ?
Qaysi hollarda foydalaniladi ?

Korxonalar tomonidan xorijdan tovar olib kirilganda (import qilinganda) yoki tovarlarini xorijga yuborilganda ( eksport qilinganda ) davlat bojxonasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtiriladi.Davlat bojxona nazoratining asosiy hujjati esa bu bojxona yuk deklaratsiyasi (ГТД) hisoblanadi.

ГТД - mamlakat hududiga olib kirilayotgan yuk (tovar) haqidagi barcha ma’lumotlar mujassamlangan hujjat.

Tegishli qatorlarida quyidagicha ma’lumotlar bo’ladi : (qisqacha)
Hujjat sanasi, raqami ;
Yuk yuboruvchi ( Eksportyor ) Yuk qabul qiluvchi ( Importyor ) korxonalar;
Tovar xarakteristikasi ( to’liq nomi, soni, o’lchov birligi va hokazolar );
Qaysi davlatga yuborilganligi;
Muomila qilinadigan valyuta va uni ayni vaqtdagi kursi;
Tuzilgan hujjat raqam va sanalari (invois, kontrakt, SMR );
Faktura va Bojxona qiymatlari;
Davlat boj va yig’imlari, soliqlar.
👍1
O’zbekistonda asosiy ish yuritish uchun kerak bo’ladigan saytlar ro’yxati :

1️⃣ Brend yoki patentlar egaligi uchun guvohnoma olish ;
🟢
ima.uz

2️⃣ Elektron raqamli imzo olish ;
🟢
e-imzo.uz

3️⃣ Korxonani (firma) online ochish ;
🟢
fo.birdarcha.uz

4️⃣ Bojxona yuk deklaratsiyasini ko’rish (olish) ;
🟢
ed1.customs.uz

5️⃣ Xodimlarni ro’yxatga olish, mehnat daftarchasini online yuritish uchun ;
🟢
my.mehnat.uz

6️⃣ (ИНПС) to'lovlarini xalq banki reestridan ro'yxatdan o'tkazish ;
🟢
https://nps.xb.uz/nps/auth.fb

7️⃣ Soliq hisobotlarni yuborish, to’lash ;
🟢
my.soliq.uz
🟢 my3.soliq.uz

8️⃣ Statistika hisobotlarini yuborish ;
🟢
hisobot.stat.uz

9️⃣ Korxona yoki ta’sischi haqida qisqacha ma’lumot ;
🟢
stat.uz

1️⃣0️⃣ Ijara shartnomalarini davlat ro’yxatidan o’tqazish ;
🟢
ijara.soliq.uz

1️⃣1️⃣ Sertifikatlar ro’yxatdan o’tqazish ;
🟢singlewindows.uz

1️⃣2️⃣ Elektron hisob-faktura va shartnomalarni online yuborish ;
🟢 faktura.uz

1️⃣3️⃣ Davlat xizmatlaridan online (elektron) tarzda foydalanish uchun .
🟢
my.gov.uz
👍4
​​Aksariyat buxgalter kasbiga qiziquvchilar hamda tadbirkorlar uchun ayni vaqtda buxgalterlar qancha maosh olishlari va ushbu maoshlar uchun nimalarni bilish kerakliklari to’g’risidagi ma’lumot qiziq bo’lib kelgan.Tajribadan kelib chiqqan holda fintax.uz jamoasi buxgalter maoshlarining o’rtacha bozor bahosi hamda ushbu maoshga nimalarini bilish kerakligi nisbiy tarzda jadvalga tushirdi.

P.S. Maoshlar misol tariqasida dollarda ko’rsatilgan.
👍1
@Jahon_Insights kanali tomonidan offshore tushunchasi yaxshi yoritib berilgan.E’tiboringizga ushbu postni to’liqligicha taqdim etamiz.

Offshore - bu korxonalarga maxsus soliq shartlari va kompaniyaning haqiqiy egasini yashirish imkoniyatini beradigan hudud. Offshor hududlarda ishlashning asosiy maqsadi soliq to'lovlarini kamaytirishdir.

Offshor bu yuridik atama emas, iqtisodiy va geografik tushunchadir. Offshor atamasi roʻyxatdan oʻtgan joyda soliq toʻlashdan toʻliq ozod qiluvchi mamlakatlar yoki hududlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalarga nisbatan qoʻllaniladi.

Qoidaga ko'ra, offshor kompaniyalar davlat organlariga buxgalteriya hisobi yoki soliq hisobotlarini taqdim etishlari shart emas, shuningdek, offshor kompaniyalarni boshqarish oson va yuqori darajadagi maxfiylikni ta'minlaydi - kompaniyalar egalari haqidagi ma'lumotlar rasmiy ravishda yopiq.

Offshorning asosiy afzalliklari:

1. Ro'yxatdan o'tgan mamlakatda soliq to'lash majburiyati yo'q.

Ofshorning asosiy "bonusi". Biroq, boshqa davlatlar hududidagi manbalardan daromad olayotganda, sizning offshor kompaniyangiz mahalliy soliq qonunchiligi qoidalariga amal qilishi kerakligini unutmang.

2. Davlat reestrida kompaniya direktori va egasi to'g'risidagi ma'lumotlarning yo'qligi.

3. Moliyaviy hisobotlarni yuritish va taqdim etish bo'yicha talablarning yo'qligi.

4. Kompaniyalarni ro'yxatdan o'tkazish va texnik xizmat ko'rsatishning arzonligi.

5. Oddiy va tez ro'yxatdan o'tish tartibi.

6. Oddiy va tez tugatish tartibi.

7. Korporativ tuzilmaga qo'yiladigan minimal talablar.

Siz qancha direktorlarni tayinlashingiz va xohlaganingizcha ko'plab aksiyadorlarni kiritishingiz mumkin, ammo ularning fuqaroligi, yashash joyi va hatto jismoniy / yuridik shaxs maqomi muhim emas.

8. To'langan ustav kapitaliga minimal talablar.

Offshor kompaniyaning eng mashhur chiqarilgan ustav kapitali 1 dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, offshor kompaniyalarda ustavning maksimal hajmiga cheklovlar yo'q.

9. Nominal xizmatidan foydalanish imkoniyati.

10. Xorijiy bankda hisobvaraq ochish imkoniyati.
👍3
Yillik oboroti 1 mlrddan oshgan Aylanmadan soliq tőlovchilar qachondan QQS tőlovchilari bőladi ?
Anonymous Quiz
64%
1 mlrddan oshgan oydan keyingi oy boshidan boshlab.
36%
1 mlrddan oshgan kundan boshlab.
👍1
#risk
2022-yil 31-dekabr holatigacha Aylanmadan soliq to’lovchilar yillik oborotlari 1 milliarddan oshgan korxonalar belgilangan miqdordan oshgan oydan keyingi oy boshidan QQS to’lovchisi hisoblanar edi.

Yangi Qonun bo’yicha (30/12/2022 812-son qonun) 2023-yil yanvardan boshlab yillik oboroti 1 milliarddan oshgan Aylanmadan soliq to’lovchilar belgilangan miqdordan oshgan kundan boshlab QQS to’lovchisi bo’lib hisoblanadi.

Asosiy risk shundaki 1 milliarddan oshgan har bir summaga QQS hisoblanishi tadbirkorga anchagina noqulaylik yaratadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib korxona hisobchilari va tadbirkorlarni xushyorroq bo’lishga chaqirib qolamiz.
👍1
Penya o’zi nima ?
Har bir to’lovi kechiktirilgan soliq boyicha penya summalari qanday va nima uchun hisoblanadi ?

Soliq to‘lovchi soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda to‘lashi lozim bo‘lgan pul summasi penyadir.

Har bir kechiktirilgan kun uchun penyalar soliqning to‘lanmagan summasidan kelib chiqib foizlarda belgilanadi.

Penyaning foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi.

Penyalar tegishli soliq to‘lanadigan budjetga (davlat maqsadli jamg‘armasiga) to‘lanadi.

To'liq ma'lumot 👇
https://fintax.uz/blogs/name
👍3
​​Bugun yarim yillik uchun foyda solig’i hisobotini yuborishning oxirgi sanasi.

Aksar hisobchilarimiz ushbu hisobotni to’ldirishga biroz qiynalishadi. Avtokameral dasturining ishga tushirilishi ham hisobchilarni biroz sergaklantirdi. Sababi aynan avtokameral dasturi foyda solig’i hisoboti orqali qolgan soliq hisobotlar (QQS, J.Sh dan olinadigan daromad solig’i, Ijtimoiy soliq va hokazolar) to’g’ri shakllanitilganini nazorat qiladi.

Fintax.uz jamoasi yuqoridagilardan kelib chiqib avtokameral dasturi ko’p aniqlayotgan ayrim muommolar va ularning yechimiga to'xtalib o’tadi:

1) Umumiy oborotning bir biriga to’g’ri kelishi.
Bunda QQS hisobotining davr yakuni bo’yicha (choraklik, yarim yillik, 9 oylik va yillik) umumiy oborot va davri yakuni bo’yicha Foyda solig’I hisobotining umumoiy oboroti to’g’ri kelishi kerak. (Istisno holatlar mavjud)

2) Foyda solig’ida sarflangan oylik ish haqi hamda ijtimoiy soliq xarajatlari va Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.

3) Foyda solig’ida ko’rsatilgan ijara xarajatlari va umumiy xaridda ijara uchun berilgan hisob-fakturlar yig’indisi.

4) QQS hisobotidagi sotuv qiymati bojxona qiymatidan past bo’lgan tovarlarning QQS qiymati hamda foyda solig’ini xarajatlar qismidagi QQS ga doir xarajatlar.

Hisobot shakldagi ko’rinish 1 jadvalda.
👍1
Fintax.uz жамоаси сизларга хозирги кунда асосий бизнес турларида банд бўлган кадрлар лавозими хамда уларнинг қисқача қандай вазифа бажаришлари ҳақида маълумот бериб ўтади.

Юрист

Корхонада барча турдаги ҳуқуқий тусга эга бўлган жараёнларда: шартномалар, таъсис ҳужжатлар тузиш, судда ва бошқа ташкилотлар ўртасида корхона манфаатларини ҳимоя қилади.

Бухгалтер

Бухгалтерия ҳисобини юритиши, шартнома, ҳисоб-фактура, ишончнома қабул қилиш ва юбориш, пул ўтказмаларини юбориши, солиқ ва бошқа ҳисоботларни вақтида юборади.

Финансист (молиячи)

Корхонада пул ҳаракатини бошқаради, харажатларни тақсимлайди, дебитор-кредитор қарздорликни таҳлил қилади, даромар ва харажатларни олдиндан таҳлил қилади ва огоҳлантиради.

HR менеджер

Ходимлар билан ишлайди, ходимларни бахолайди ва KPI ни йўлга қўйади, вакант жойларга керакли кадрларни топади.

Маркетолог

Бизнесни махсулотини (хизматини) танитиш учун хизмат қилади, бозорни ўрганади, таклиф этилаётган махсулот ёки хизматни танитиш учун стратегияларни ишлаб чиқади, СММ соха вакиллари билан ишлайди.

Специалист по вэд (Импорт-Экспортда)

Корхонанинг мамлакатдан ташқаридаги контрагентлар билан (харидор ва мол этқазиб берувчилар) олди бердиси билан шуғуланади, экспорт импорт операциялари хужжатлар айланмаси шуғилланади хамда жараён устидан назорат қилади, брокер, декларант хамда божхоначилар билан алоқада бўлади.

Бош технолог (ишлаб чиқаришда)

Ишлаб чиқариладиган махсулотнинг таркибий тузилмасини (норма расхода) яратади, ишлаб чиқариш устидан назорат қилади.

Инженер (Қурилиш соҳасида)

Проектни тўғри амалга оширишни назорат қилади, чизмалар устида бош қотиради.

Финансовый директор

Бизнесни молиявий холатини бошқаради. корхонанинг пул маблағларини сарфланиши устидан назорат ўрнатади, бухгалтер ва финансистлар билан кўпроқ мулоқотда бўлади.

Генералный директор

Стратегик қарорлар қабул қилади. корхона ва корхонанинг барча филиалари устидан назорат қилади.
👍3
O’zbekistonda biznes qilish to’g’risida ikki og’iz mulohaza…

Fintax jamoasi tadbirkorlar bilan birgalikda faoliyat yuritganligi uchun biznes jarayonlar haqida fikr bildirish imkoniyatiga ega. Shundan kelib chiqib quyidagilarni ayta olamiz :

Rasmiy tarzda biznesni davlat ro'yxatidan o'tkazish mamlakatimizda bir kunni tashkil etadi. Bu jahon mamlakatlari bilan taqqoslaganda ancha yaxshi ko’rsatkich.

Soliq yuki ham u darajada yuqori emas. Kichik biznes uchun yetarlicha imtiyozlar yaratilgan. Qulay soliq rejimlari joriy qilingan.

Bank bilan ishlash jarayonlari ham osonlashtirilgan. Ko’p holatlar raqamlashtirilgan.

Import Eksport uchun bojxona xizmatlari ham kun sayin yaxshi ishlashni davom etmoqda. Bojxonada ham aksariyat jarayonlar raqamlashtirilgan.

Tadbirkorlarning rivojlanishi o’zlariga bo’g’liq bo’lib qolmoqda. Biznes bu murakkab jarayon. O’ylanganidan ko’ra ancha ko’proq mehnat talab qiladi.

Shundan kelib chiqib kundan kun tajriba to’plab, oz bo’lsada yuqoriga siljiyotgan tadbirkorlar esa o’zlari istagan biznesni qura olishmoqda.
👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biznes qaynamoqda...
                                                   (Hong Kong)

Ta'svirlash uchun bundan ortiq manzara topolmadik 😉
🔥2👍1
#risk
Yangi tashkil etilgan korxonalar "Aylanmadan soliq" to’lovchisidan "Foyda solig’i" to’lovchisiga keyingi yildan boshlab o’tib ketishlari mumkin.

Agar:

Korxonaning tashkil etilgan sanasidan to kalendar yil oxirigacha bo’lgan muddatda ummumiy realizatsiya qilgan tushumlari, 1 mlrd so’mni 365 ga bo’lib ro'yxatdan o'tgan sanadan kalendar yil oxirigacha ishlangan kunlariga ko’paytirilgandagi qiymatdan oshsa, ular keying yildan foyda solig’i to’lovchisiga o’tadi.

Misol uchun A korxona 1 sentabrda aylanmadan soliq to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tdi va yilning oxirigacha 400 mln oborot qildi. Ushbu summa 1 mlrd so’mni 365 ga bo’lib yil oxirigacha ishlangan kunlaringa ko’paytirilgandagi qiymatdan katta. ( 1mlrd/365*122=334 246 575.34 bu yerda umumiy ishlangan kunlar soni 122 kunni tashkil etdi.) Shu sababli korxona QQS to’lovchisi sifatida ro’yxatdan o’tishi kerak.
👍2👏1
Forwarded from Fintax.uz (fintax_bot)
O’zbekistonda asosiy ish yuritish uchun kerak bo’ladigan saytlar ro’yxati :

1️⃣ Brend yoki patentlar egaligi uchun guvohnoma olish ;
🟢
ima.uz

2️⃣ Elektron raqamli imzo olish ;
🟢
e-imzo.uz

3️⃣ Korxonani (firma) online ochish ;
🟢
fo.birdarcha.uz

4️⃣ Bojxona yuk deklaratsiyasini ko’rish (olish) ;
🟢
ed1.customs.uz

5️⃣ Xodimlarni ro’yxatga olish, mehnat daftarchasini online yuritish uchun ;
🟢
my.mehnat.uz

6️⃣ (ИНПС) to'lovlarini xalq banki reestridan ro'yxatdan o'tkazish ;
🟢
https://nps.xb.uz/nps/auth.fb

7️⃣ Soliq hisobotlarni yuborish, to’lash ;
🟢
my.soliq.uz
🟢 my3.soliq.uz

8️⃣ Statistika hisobotlarini yuborish ;
🟢
hisobot.stat.uz

9️⃣ Korxona yoki ta’sischi haqida qisqacha ma’lumot ;
🟢
stat.uz

1️⃣0️⃣ Ijara shartnomalarini davlat ro’yxatidan o’tqazish ;
🟢
ijara.soliq.uz

1️⃣1️⃣ Sertifikatlar ro’yxatdan o’tqazish ;
🟢singlewindows.uz

1️⃣2️⃣ Elektron hisob-faktura va shartnomalarni online yuborish ;
🟢 faktura.uz

1️⃣3️⃣ Davlat xizmatlaridan online (elektron) tarzda foydalanish uchun .
🟢
my.gov.uz
4👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FinTax kompaniyasi haqida !

Va nihoyat biz o'z Instagram sahifamizni ochdik va kuzatuvchilarimiz uchun tadbirkorlik va buxgalteriya sohasidagi eng foydali va manfaatli ma'lumotlarni taqdim etishni boshladik ! 💭
👏7👍5❤‍🔥1
Yuridik manzil o’zgarganda nimalar amalga oshiriladi ?

Yuridik manzil – bu korxonaning ma’muriy yoki asosiy qismi joylashgan joyi sanaladi. Joy ijara shartnomasi asosida yoki xususiy shaklda bo’lishi mumkin. Soliq va sitatistika hisobotlari yuridik manzil joylashgan joydan yuboriladi.

Yuridik manzilini o’zgartirish uchun yangi joylashgan tumandagi davlat xizmatlari markaziga yoki online tarzda new.birdarcha.uz saytiga murojaat qilinadi.

Kerak bo’ladigan hujjatlar :

Ijara.soliq.uz saytidan ro’yxatdan o’tqazilgan ijara shartnomasi ;

Korxona ta’sischisi bitta bo’lsa qaror, bir nafardan ortiq bo’lsa bayonnoma (yuridik manzilni o’zgarganligi to’g’risida) ;

Yangi tahrirdagi ustav hujjati.

O'zgartirish so'ngida , yangi manzil ko'rsatilagan guvohnoma shakillanadi hamda avtomatik tarzda soliq hisobotlarida ham yangi manzil aks etadi.
👍6
Barchamizga ma'lumki, 2023-yil yanvar oyidan boshlab Aylanmadan soliq to’lovchilar uchun soliqni qat’iy belgilangan stavkada to'lash imkoniyati yaratildi.

Kőpchilik uchun qaysi rejim foydaliroq ekanligi qiziq bőlgani uchun fintax.uz jamoasi misol tariqasida ushbu ikki rejimni taqqosladi. 🙌

( Jadval korxonaning 30 foiz sof foyda kőrgan holatida hisoblangan )
👍72