Finlab | UZ
841 subscribers
94 photos
3 videos
56 links
Moliya va iqtisodiyot haqida sodda, faktlarga asoslangan tahlillar.

Murojaat va takliflar uchun: @finlabuzbot
Download Telegram
Super-kontraktni soddaroq qanday hisoblaymiz?

OTMingiz bo‘yicha kunduzgi, stipendiyasiz kontrakt narxini (masalan, 12 400 000 so‘m) oling. Necha ball yetmaganini biling va mos ko‘paytirgichni tanlang:

1 toifa 0.1-4.0 ballgacha yetmaganlar.
0,1–1,0 ball yetmagan → 1,5 barobar
1,1–2,0 ball yetmagan → 2 barobar
2,1–3,0 ball yetmagan → 2,5 barobar
3,1–4,0 ball yetmagan → 3 barobar

1,5 ball yetmadi, kontrakt 12 400 000 → 2 × 12 400 000 = 24 800 000 so‘m.

2-toifa (4 balldan ko‘p yetmagan, lekin ballingiz 56,7 yoki ko‘p).
Super-kontrakt yo‘nalishga qarab belgilanadi: 10×, 15×, 20× yoki 25×. Kontrakt narxi × (OTM belgilagan barobar). Misol uchun, pedagogikada kontrakt 10 500 000 bo'lsa 15 × 10 500 000 = 157 500 000 so‘m.

3-toifa (ballingiz 56,7 dan past).
Kamida 2-toifa summasining 2 barobari to‘lanadi. Masalan, 2-toifa minimumi 157 500 000 bo‘lsa → 315 000 000 so‘m.

❗️Eslatma
Super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat o‘zingiz hujjat topshirgan OTM qabul komissiyasi orqali bilishingiz mumkin. Chunki OTMlar mustaqil narx belgilay oladi va davlat shunchaki minimum miqdorini tasdiqlaydi xolos.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agarda ish qidirayotgan bo‘lsangiz, telegramdagi 11 ta vakansiyalar kanalini siz uchun bitta postga joyladik

1.@Ishcomuz
2. @KadrUz_Vakansiya
3. @Joblinkuz
4. @Eduhruz
5. @Edustaffs
6. @uzgrad
7. @applekasb
8. @ishtoparkanal
9. @ish_qidiring
10. Uzworks
11. Mana Vakansiya

👉 @finlabuz Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
QR va elektron to‘lovlari O‘zbekiston iqtisodiyotini qanday o‘zgartirmoqda?

O‘zbekistonda oxirgi yillarda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi keskin oshdi. Markaziy bank va xalqaro tashkilotlar ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilda jami to‘lovlarning bor-yo‘g‘i 33 foizi naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 45 foizga yetdi.

Naqd pulsiz to‘lovlarning kengayishi iqtisodiyotning yashirin sektori qisqarishiga ham sezilarli hissa qo‘shmoqda. Raqamlashtirish bo‘yicha ko'rilgan choralar natijasida, 2019-yilda yalpi ichki mahsulotning 45–50 foizini tashkil etgan “soya iqtisodi” ulushi hozirda taxminan 35 foizga tushdi.

QR to‘lovlari va shu kabi raqamli yechimlar evaziga soliqlar tushumi sezilarli oshmoqda; masalan, 2023-yilning birinchi yarmida soliq tushumlari o‘tgan yilga nisbatan qariyb 20% ga ko‘paydi. Shu tariqa, QR-kodli to‘lovlarni to‘liq fiskallashtirish davlat byudjetiga tushumlarning oshishiga, soliq yig‘imlarining samaradorligiga xizmat qilmoqda.

Jahon Banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda muomalada 19 millionta plastik karta bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda 30 milliondan oshgandi, Markaziy bankka ko'ra, 2025-yil 1-avgust holatiga ko‘ra O‘zbekistonda muomaladagi bank plastik kartalari soni 62 214 596 taga yetgan.

O‘zbekistonda QR-kodli to‘lovlar va umuman raqamli to‘lov tizimining rivojlanishi iqtisodiyotning ochiqligi va samaradorligini oshirmoqda.

👉 @finlabuz Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Finlab | UZ
Dollar sotish yoki sotib olish uchun bugungi eng yaxshi kurslar. 👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Dollar sotish yoki sotib olish uchun bugungi eng yaxshi kurslar.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mijoz va XXX bank o'rtasida tuzilgan shartnomaning mijozlar majburiyatlaridan bir bandi.

Unda aytilishicha, bank hisobvaraqlaridan foydalanish davomida uchinchi shaxslarga berilgan har qanday ma'lumot (sms kod yoki kod) uchun mijozning o'zi javobgar bo'ladi.

Bank kelajakda vujudga kelishi mumkin bo'lgan har qanday muammoni birgina shu 3.1.2. band bilan bartaraf etgandek go'yo.

Chunki, masalan, tegishli organning qarori asosida jinoyat ishi ochilgan vaqtda kredit qarzdorlikdan kelib chiqadigan foizlar, penyalar va boshqa to'lovlar to'xtatib turiladi.

Bu to'xtalish esa bankka "zarar" keltirishi mumkin (aslida hech qanday zarar keltirmasa ham).

Bu bilan mijozning manfaatlariga zarar keltiruvchi harakat qilingan demoqchimasman, shunchaki bank o'rinli va asosli javobgarlikni o'zidan soqit qilib, mijozning gardaniga asos bo'luvchi hujjatning o'zida yuklab qo'ygan.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз бизнесни қўллаб-қувватлашнинг энг муҳим инструменти молиявий хизматлар эканини таъкидлади.

Яхши лойиҳаларга пул қидираётган тадбиркорлар кўп, инвестиция киритаман, деганлар ҳам етарли.

Амалдаги тартибга кўра, масъулияти чекланган жамиятлар инвестиция киритаётган шахсни таъсисчи қилиб олишга мажбур. Лекин, бунга ҳамма ҳам рози бўлмайди. Шу боис ресурс бўйича асосий юклама ҳалигача банкларга тушаётгани кўрсатиб ўтилди.

Эндиликда лойиҳага соддалашган тартибда маблағ жалб қилиш бўйича инвестиция платформаси ишга туширилади. Бунда барча корхоналар ўзининг лойиҳасини бу платформага жойлаштиради, потенциал инвесторлар эса исталган лойиҳани танлаб, сармоя киритиши мумкин бўлади.

Энг муҳими, инвестор таъсисчи эмас, улушдор сифатида даромадга шерик бўлади, киритган маблағи кафолатли ҳимояланади.

Тадбиркорлар ушбу янги тизим орқали йилига қўшимча 1 миллиард доллар маблағ жалб қилиш имкониятига эга бўлади.

Facebook|Instagram|X
Бугунги кунда Ўзбекистонда 600 дан зиёд стартаплар фаолият юритмоқда. Саккиз йил илгари уларнинг сони бармоқ билан санарли эди.

“Эътибор беринг, етти ойни ўзида стартапларга рекорд миқдорда – 264 миллион доллар хорижий инвестиция келди. Бу 2024 йил давомида кирган сармоялардан 4 баробар кўп. Шу боис стартапларни қўллаб-қувватлаш борасидаги ишларни янада жонлантирамиз,

- деди Президент.

Ёшларнинг 1 мингта стартап ғояси тижоратлаштирилади ва шундан 200 таси халқаро бозорга олиб чиқилади.

Энг илғор технологиялар олиб келиниб, 100 та маҳаллий стартап халқаро миқёсда жозибадор бизнесга айлантирилади. Бунга 100 миллион доллар берилади.

Бу йилдан бошлаб, “Ёш тадбиркорлар” чемпионати ўтказилади. Энг яхши 100 та ғоя танлаб олиниб, ҳар бир стартап учун 1 миллиард сўмгача инвестиция киритилади.

Бу лойиҳаларни брендга айлантириш учун молиявий ва маркетинг хизматлари бўйича экспертларнинг харажатлари қоплаб берилади.

Ғолибларни 20 август – Тадбиркорлар кунида тақдирласак, ўйлайманки, ёш тадбиркорларга бу ҳам катта мотивация бўлади”,

- деди давлат раҳбари.

Facebook|Instagram|X
IT, финтех ва стартапларга кенг йўл очилгани натижасида маркетплейслар сони уч йил ичида 24 тадан 163 тага кўпайди.

Тадбиркор ва ҳунармандлар ўз маҳсулотларини рақамли платформалар орқали экспорт қилишга ўрганди. Улар анъанавий экспортдаги каби миллий ва хорижий маркетплейсларда четга сотган товари учун ҚҚСни қайтаришни сўраган.

Мутасаддиларга бунинг тартибини тасдиқлаб, амалиётга жорий қилиш топширилди.

Умуман, финтех-стартапларни кўпайтириш, уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш бўйича беш йиллик стратегия қабул қилинади. Рақамли молиявий хизматларни кўпайтириш учун банклар, финтех компаниялар ва стартаплар ўртасида кўприк бўладиган янги экотизим – “очиқ банкинг” жорий қилинади.

Буларнинг ҳисобига яқин йилларда стартап лойиҳаларга киритилаётган инвестициялар ҳажми ҳозиргидан 10 карра ошади.

Facebook|Instagram|X
Бу йил банклар тадбиркорлик лойиҳалари учун 6 миллиард доллар ресурс олиб келмоқда. Банклар келгуси йилда айнан кичик ва ўрта тадбиркорликни мақсадли қўллаб-қувватлаш учун қулай шартларда алоҳида 1 миллиард доллар ресурс жалб қилади.

Шунингдек, Тадбиркорликни ривожлантириш компанияси “чемпион тадбиркор”ларни кўпайтириш учун банк орқали лойиҳаларга 10 миллиард сўмгача имтиёзли кредит беради.

Ишлаб чиқариш, сервис, яшил иқтисодиёт лойиҳалари учун 500 миллион сўмгача тижорат кредитлари компания томонидан қайта молиялаштирилади. Натижада ҳар йили 100 мингдан зиёд тадбиркорлар оладиган кредит фоизи 6 фоизгача пасаяди.

Аввалги кредити бўйича компаниядан кафиллик олиб, тўловни вақтида қилган тадбиркорларга янги кредитлар учун кафиллик миқдори 1,5 карра оширилади.

Энди йирик тадбиркорлар ҳам компаниядан 10 миллиард сўмгача кафиллик олиши мумкин бўлади.

Facebook|Instagram|X
Скоринг тизими соддалашгани учун 100 мингга яқин тадбиркор банкдан янги кредит олиб, фаолиятини кенгайтирди.

Ҳозирда кредит тарихи “ўртача”, лекин озгина кўмак берилса, тез ўсиш имконига эга яна 500 минг мижоз бор.

Эндиликда кредит беришда скоринг тизими солиқ ва коммунал тўлов интизоми, расмий айланмаси, экспорт операциялари каби маълумотларни ҳам инобатга олади.

Келгуси йилдан муқобил скоринг моделини ишга туширилиб, кредит бериш шартлари осонлаштирилади.

Facebook|Instagram|X
Finlab | UZ
Dollar sotish yoki sotib olish uchun bugungi eng yaxshi kurslar.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Dollar sotish yoki sotib olish uchun bugungi eng yaxshi kurslar.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanchaga yetgani ochiqlandi

📍 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 7 oylik davrida tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarni tashkil etdi, bu esa 2024-yilning shu davriga nisbatan 7,4 mlrd dollar yoki 19,9 foizga ko‘p.

🔑 Eksport va import
Eksport: 20,1 mlrd $ ➝ +34,9 %
Import: 24,3 mlrd $ ➝ +9,9 %

🌍 Eksport tarkibi
Nomonetar oltin — 7,6 mlrd $ (38 %)
Sanoat tovarlari — 11,1 %
Oziq-ovqat va tirik hayvonlar — 7,5 %
Kimyoviy vositalar — 5,8 %
Mineral yoqilg‘i va moylash materiallari — 4,4 %

💰 Oltin eksporti
Iyul oyida — 1,1 mlrd $
2025 boshidan — 7,7 mlrd $ (+83,7 %)
Oltinsiz eksport — +15,1 %
Energetika mahsulotlari eksporti — -28,9 %

🌏 Asosiy savdo hamkorlari
🇨🇳 Xitoy — 8,1 mlrd $
🇷🇺 Rossiya — 7,2 mlrd $
🇰🇿 Qozog‘iston — 2,6 mlrd $

📈 Eksport o‘sishi bo‘yicha yetakchilar
🇨🇳 Xitoy — +6,6 %
🇹🇷 Turkiya — +26,4 %
🇦🇫 Afg‘oniston — +26,9 %
🇰🇬 Qirg‘iziston — 2,3 barobar
🇵🇰 Pokiston — +49,4 %

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?

▪️ 5 ish kuni ishlovchilar uchun 3 kun – 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentabr (dushanba) kunlari;

▪️ 6 ish kuni ishlovchilar uchun 2 kun – 31-avgust (yakshanba) va 1-sentabr (dushanba) kunlari dam olinadi.

Qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yarim yilda salkam 1 trln so'm foyda, xususiylashtirish natijasida olingan foyda aslida kimning manfaatiga xizmat qilmoqda?

Uzcard kompaniyasi 2025 yilning birinchi yarim yilligida 621,6 milliard so‘m sof foyda ko‘rganini e’lon qildi (o‘tgan yilga nisbatan 52.7% ko‘proq). Daromad ham salkam 1 trln so‘mga yetib, qariyb 68.7% o‘sgan. Bu raqamlar ortidan esa sarlavhadagi kabi jiddiy savollar tug‘ilmoqda.

Avvalo, davlat 2022 yil oktabrida Uzcarddagi 75% ulushini bor-yo‘g‘i 210.1 mlrd so‘mga sotgan edi. Hozir esa kompaniyaning olti oylik sof foydasi o‘sha sotuv narxidan deyarli uch baravar yuqori.

Bu holat ushbu aktivni baholash va sotish jarayoni qanchalik to‘g‘ri o‘tgani haqida savollar uyg‘otadi. Bundan tashqari, joriy yilda Uzcard 300 mlrd so‘mlik dividend ajratib, har bir aksiyaga 6000 so‘mdan (nominaldan 6 barobar yuqori) to‘lov qildi.

Yana bir muhim jihat – bu daromad qayerdan kelyapti? Uzcard xizmatlaridan foydalanish ko‘lami oshgani quvonarli, lekin daromadning bunday keskin o‘sishi faqat tranzaksiyalar soni ko‘paygani bilan bog‘liq emas, shekilli.

Xususiylashtirilgan boshqa to‘lov tizimi – HUMO misolida ko‘rdik, kompaniya sof foydasi yarim (2025) yilda 124.3 mlrd so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 73% o‘sdi . Ayniqsa, ikkinchi chorakda tariflar oshirilishi ortidan foyda birdaniga 2.2 baravar sakragan. Agar Uzcard ham xizmat tariflarini oshirgan bo‘lsa, bu oshgan daromad aslida iste’molchilarning cho‘ntagidan chiqyapti, degani.

Xulosa qilib aytganda, Uzcardning rekord daromadini olqishlashdan oldin uning ortidagi omillarni tahlil qilish lozim. Aslida 2018 yilda Uzcard monopoliyasini cheklash va milliy to‘lov tizimi xavfsizligini ta’minlash uchun davlat HUMO tizimini yaratgan edi.

Endi esa ikkala yirik to‘lov tizimi ham xususiy qo‘llarda. Demak, bozorda raqobat va narxlar barqarorligi masalasi yana kun tartibida. Kelgusida esa bu tizimlar ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, tariflarning shakllanishini yanada shaffoflashtirish hamda sog‘lom raqobatni ta’minlash juda muhim.

Aks holda, bunday “rekordlar” oddiy foydalanuvchilarga qimmatga tushishi mumkin.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Finlab | UZ
Dollar sotish yoki sotib olish uchun bugungi eng yaxshi kurslar. 👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Dollar sotish yoki sotib olish uchun bugungi eng yaxshi kurslar.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodiyot tarixidan 10 ta dars

1. 🌷 Lola maniyasi (1637) – 1630-yillar boshida Niderlandiyada lola guli piyozchalari narxi aql bovar qilmas darajada oshib, hatto eng nodir lola bir odamning bir yillik daromadidan bir necha baravar qimmatga sotilgan edi.

2. 📉 Buyuk depressiya (1929–1939) – 1929-yilda AQSH fond bozorining qulashi bilan boshlangan Buyuk depressiya zamonaviy tarixdagi eng uzoq va og‘ir global iqtisodiy tanazzul bo‘ldi.

3. 🌐 Bretton-Vuds konferensiyasi (1944) – 1944-yil iyulida AQSHning Bretton-Vuds kurortida 44 ta mamlakat vakillari yig‘ilib, urushdan keyingi yangi global moliyaviy tartibot ustida kelishishdi.

4. 🛢 Neft inqirozi (1973) – 1973-yilda arab neft eksport qiluvchi davlatlari Isroilni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun G‘arb mamlakatlariga nisbatan neft embargosini joriy qildi. Natijada dunyo bozorida neft narxi bir necha oy ichida qariyb to‘rt baravar oshib ketdi . Bu “neft shoki” ko‘plab davlatlarda yoqilg‘i tanqisligini keltirib chiqardi.

5. 💱 “Qora dushanba” (1987) – 1987-yil 19-oktabr, dushanba kuni global fond bozorlarida misli ko‘rilmagan qulash yuz berdi. Ushbu hodisa “Qora dushanba” nomi bilan tarixga kirgan bo‘lib, bir kunda AQSHning Dow Jones sanoat indeksi 22% dan ortiqka qulab tushdi.

6. 🌏 Osiyo moliyaviy inqirozi (1997) – 1997-yilda Tailand o‘z milliy valyutasi bahtni AQSH dollariga bog‘liq kursdan voz kechishi bilan Osiyoda moliyaviy inqiroz boshlandi.

7. 💻 Dot-com pufagi (2000) – 1990-yillarning oxirida internet bilan bog‘liq startaplarga sarmoya kiritish bo‘yicha haddan tashqari optimizm va spekulyativ o‘yinlar avj oldi. “Dot-com” kompaniyalari aksiyalari osmon qadar ko‘tarilib ketdi, lekin 2000-yilda internet pufagi yorilib, texnologiya bozorida katta qulash sodir bo‘ldi.

8. 🏦 Jahon moliyaviy inqirozi (2008) – 2007–2008 yillarda AQSHda ipoteka bozoridagi “subprime” kreditlar pufagi yorilishi bilan boshlangan bu inqiroz tezda global moliyaviy inqirozga aylandi.

9. 🪙 Bitcoin yaratilishi (2009) – 2009-yilda Satoshi Nakamoto taxallusli dasturchi (yoki guruh) ilk markaziy tartibga soluvchisiz raqamli pul – Bitcoin kriptovalyutasini joriy etdi.

10. 😷 COVID-19 pandemiyasi (2020) – 2020-yil bahorida boshlangan koronavirus pandemiyasi butun dunyoda misli ko‘rilmagan karantin cheklovlariga va iqtisodiy faollikning keskin pasayishiga olib keldi. “Katta yopilish” deb nom olgan bu davrda jahon iqtisodiyoti 2020-yil yakunida 5,2% ga qisqardi va bu Ikkinchi jahon urushidan beri kuzatilgan eng keskin global retsessiya bo‘ldi.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yil boshi bilan taqqoslaganda so‘m dollarga nisbatan 4 foizga mustahkamlanibdi (o‘rtacha ko‘rsatkich emas o‘rtacha ko‘rsatkich bundan pastroq).

Grafikda tanlab olingan valyutalar orasida eng  yuqori mustahkamlanish rublga tegishli bo‘lib, yil boshiga nisbatan rubl 27 foizga mustahkamlangan.

Yirik valyutalardan  Yevro 12,9  foizga,  frank 12,6 foizga,  funt 8,4 foizga,  iyena esa 6,8 foizga mustahkamlangan.

Dollarning global qadrsizlanish tendensiyasiga qaramasdan qo‘shnilarimiz valyutalari dollarga nisbatan qadrsizlangan. Xususan, tenge yil boshiga nisbatan 2,4 foizga, qirg‘iz somi esa 0,5 foizga qadrsizlangan. Somoni esa (grafikda mavjud emas) 15,9 foizga mustahkamlangan.   

P.S.: Grafikda 1 birlik milliy valyutaga to‘g‘ri keladigan dollar ko‘rinishida hisob kitoblar amalga oshirilgan shu sababli teskari hisob kitobga nisbatan foizlarda farqlar yuzaga keladi.  Masalan teskari hisob kitobga ko‘ra rublning mustahkamlanishi 21,3 foizni tashkil etadi.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dollarning rasmiy kursi 12400 so‘mdan pastladi

25 avgustdan boshlab AQSH dollarning rasmiy kursi 12 357,09 so‘m (-56,70 so‘m) etib belgilandi.

Oxirgi marta dollar kursi bu ko‘rsatkichni 2024 yil yanvar oyining dastlabki kunlarida qayd etgan edi.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💵 Dollar yana tushadi

📅 26-avgust kuni amal qiladigan dollar kursi 🔽 51-52 so‘m atrofida pasayishi kutilmoqda.

🏦 Banklarda dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

MKBank — 12 340

Apexbank — 12 330

NBU — 12 330

Garant bank — 12 320

🏦 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

Mybank — 12 370

Apexbank — 12 380

Xalq banki — 12 400

Aloqabank — 12 400

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadimiy tangalardan kriptogacha 10 bosqichda

1. Barter davri

Pul ixtiro qilinishidan avval odamlar tovarni tovar yoki xizmatga bevosita ayirboshlardi. Bu tizimda ikki tomonning ehtiyojlari mos kelmasa, savdo qiyin kechardi.

2. Tovar pullar davri

Pul sifatida qiymatli buyumlardan foydalanila boshlandi. Masalan, hayvon terisi yoki tuz kabi osongina sotiluvchi narsalar ayirboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan.

3. Birinchi tangalar
Taxminan 2600 yil avval (miloddan avvalgi VII asrda) qadimgi Lidiyada ilk metall tangalar zarb qilindi. Standart tangalar savdoni tezlashtirib, davlatlar boyligini oshirishga xizmat qildi.

4. Qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi

XIII asrga kelib Xitoyda tangalar o‘rnini qog‘oz pullar egallay boshladi. Hatto o‘sha davrda Xitoy pullarida “qalbakilashtirganning boshi kesiladi” degan ogohlantirish ham yozilgan edi.

5. Qog‘oz pullarning ommalashuvi
Yevropada 16-asrgacha asosan metall tangalar ishlatildi. 17-asrdan boshlab banklar oltin va kumush zaxiraga tayanib qog‘oz banknotlar chiqara boshladi – bu pullarni istalgan vaqtda tangalarga almashtirish mumkin edi.

6. Oltin standarti davri
19-asr oxiri – 20-asr boshlarida ko‘plab davlatlar oltin standartini joriy etdi, ya’ni valyuta ma’lum miqdordagi oltin bilan qoplanishi belgilandi. Bu yondashuv pulning barqaror qiymatini saqlashga yordam berdi.

7. Ta’minotsiz pul davri

XX asr oxirlariga kelib oltin standarti bekor qilinib, pul “fiat” tizimiga o‘tdi. Endi qog‘oz va elektron pullar hech qanday qimmatbaho metal bilan ta’minlanmagan bo‘lib, faqat hukumat kafolati va ishonchga tayandi.

8. Plastik kartalar davri
1950-yillarda ilk kredit kartalar (plastik pullar) paydo bo‘ldi. Endi iste’molchilar bankdagi hisobidan foydalanib, naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

9. Elektron to‘lovlar davri
Internet va mobil aloqa rivoji bilan 20-asr oxiri va 21-asr boshida elektron to‘lovlar ommalashdi. Telefon yoki kompyuter orqali bir zumda pul o‘tkazish odatiy holga aylandi va virtual puldan foydalanish qog‘oz pulga qaraganda qulayroq ekani sezildi.

10. Kriptovalyutalar davri

2009 yilda dunyodagi ilk kriptovalyuta – Bitcoin – ishga tushirildi. Markazlashmagan raqamli valyutalar sifatidagi kriptovalyutalar endi pulning yangi shakli sifatida maydonga chiqib, moliyaviy tizimda yangi sahifani boshladi.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Finlab | UZ
Dollar sotish yoki sotib olish uchun bugungi eng yaxshi kurslar. 👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Dollar sotish yoki sotib olish uchun bugungi eng yaxshi kurslar.

👉 @finlabuz — Iqtisodiyot siz tushunadigan tilda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM