FinEcon
1.27K subscribers
163 photos
2 videos
66 files
87 links
We host interviews with leading finance and economics professionals to inspire and develop the next generation of Uzbekistan talent.

YouTube: https://www.youtube.com/@FinEconim

Community: https://t.me/+SjNR4ZjBWXE0ZDUy

Admin: @mehdsfs
Download Telegram
Bank kartalarini rivojlanish yo'li.

Rasm Manbasi: Deutsche Bank

Bret Kingning mashhur "Bank 4.0" kitobida kelajakda bank kartalarini ko'tarib yurishga hojat qolmasligi haqida aytib o'tgandi.

Janubiy Koreyani misolida aytadigan bo'lsam, odamlarni kunlik xaridlarda karta emas telefon orqali to'lov qilishini ham yetarlicha uchratasiz.

Lekin, mening tahminimcha O'zbekiston ham fintex sohasida unchalik ortda emas.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
👍6🔥1
437 ta tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan 600 ga yaqin moliya/buxgalteriya/iqtisod yo'nalishidagi ish e'lonlarini bir joyga to'pladim.


Agar bu faylni qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz, izohlarda email pochta manzilingizni yozib qoldiring 👇


Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
2🔥81👍1
“Men moliyaga qiziqaman, lekin qaysi yo‘nalishni tanlashni bilmayman”

Agar bunaqa savolni o'zingizga ko'p marta bergan bo'lsangiz, quyidagi havolada buni javobi bor va bu manba bu shunchaki o‘qib chiqiladigan material emas.

U savollar va graflar orqali:

- Qaysi moliya yo‘nalishi sizning qiziqishlaringiz va ish uslubingizga mos kelishini
- Qanday ko‘nikmalar talab qilinishini
- Moliyadagi har bir yo‘nalishda ish muhiti, ish vaqti va karyera yo‘lini tizimli ravishda tushunishga yordam beradi


Link: https://drive.google.com/file/d/1OTyYveZLbunbY1VoJXwhZJykGW5jSAue/view?usp=sharing

Foydali bo'ladigan bo'lsa, xursandmiz!


Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
👍6🔥31
Davlat banklaridan biri bo'lgan, Asakabank, Boshqaruv Kengashi Raisi (CEO) lavozimi uchun LinkedInda ish e'loni berdi.


Bu Asakabankni xususiylashtirish uchun katta qadam. Umuman, O'zbek banklarini shunaqa yuqori lavozim uchun LinkedInda e'lon berishi bu yaxshi belgi.


Ba'zi talablar:

- 10 yillik boshqaruv tajribasi va shundan 5 yili C-darajada bo'lishi kerak
- Magistr darajasi (MBA, Moliya, Iqtisod)
- CFA, CPA va hkz. ustunlik beradi
- Ingliz tili va Rus tilini bilishi kerak. O'zbek tilini bilish ustunlik beradi.


Batafsil ma'lumot uchun: https://www.linkedin.com/jobs/view/4375523306/


Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
2
Uzum Bankning shiddat bilan o'sishi

So‘nggi bir yil ichida Uzum Bank O‘zbekiston bank bozorida misli ko‘rilmagan o'sishni amalga oshirdi.

Atigi 12 oyda 4,5 millionta yangi karta chiqarilib, bu mamlakat bank tarixidagi eng tez o‘sishlardan biri bo‘ldi.

Bugungi kunda bankning umumiy kartalari soni 5,6 millionga yetib, uni kartalar soni bo'yicha uchinchi o‘ringa olib chiqdi va Ipoteka bankni ortda qoldirdi.

Bir yil avval esa Uzumda bor-yo‘g‘i 1 million karta bo‘lib, u hatto yetakchi top-10 qatoriga ham kirmagan edi.

Ushbu muvaffaqiyatning asosiy omili bu ekotizim bilan chuqur integratsiya.

Uzum Visa kartasi Uzum Market va Uzum Tezkor platformalariga bevosita bog‘langan bo‘lib, ichki chegirmalar sabab foydalanuvchilar uchun eng qulay to‘lov vositasiga aylandi.

Masalan, faqatgina 11.11 savdo kampaniyasi davomida karta orqali to‘lov qilgan foydalanuvchilar 400 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni tejashdi.

Hozirda Uzum ekotizimidagi barcha tranzaksiyalarning taxminan 50 foizi kompaniyaning o‘z fintech infratuzilmasi orqali amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, mablag‘ kiritish va yechib olishdagi past komissiyalar hamda qulay valyuta konvertatsiyasi kartaning ommalashuviga xizmat qilmoqda, ayniqsa onlayn va xalqaro to‘lovlarda.

Kengroq bozorga qaralganda, O‘zbekistonda hozirda 69,2 million plastik karta muomalada.

Bozorning yuqori pog‘onalarida Xalq Banki (10 mln karta) va Agrobank (6,6 mln karta) yetakchilik qiladi, ular asosan pensiya va boshqa davlat to‘lovlari orqali ustunlikni saqlab kelmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
👍21
FinEcon
We are launching the third season of the "30-day Study Challenge with FinEcon". In the previous seasons, more than 100 participants studied together every day. Yet only few demonstrated the discipline and consistency to study 30 days successfully. The rules…
"30-day study challenge" ni e'lon qilgan edik.

50 ga yaqin odamlar qo'shildi. Shundan 7 kishigina 30 kun davomida barcha talablarni bajarib, chellendjni oxirigacha yetib borishdi.

FinEcon quyidagi insonlarni qutlaydi:

- Rasulova Gulyoraxon
- Abdusamadova Farangis
- Baxtiyorova Zahro
- Mirzabdullaev Azizbek
- Ulug'bek Quvonov
- Murodova Muslima
- Mamasoliyeva Mahliyo

Shularni ichida "Marathon Master" darajasini Ulug'bek Quvonov eng ko'p soat davomida dars qilish orqali qo'lga kiritdi.

Chellendj boshida qo'shilgan hammaga rahmat.

Yuqoridagi sertifikatlar arzimas narsa, lekin shu chellendj davomida oz bo'lsada o'sish bo'lgan bo'lsa biz maqsadimizga yetgan hisoblanamiz.

Kelgusi ishlaringizga omad.

Shuningdek, FinEcon Safina Maxamatjonovaga chellendjni tashkiliy ishlarida yordami uchun tashakkur bildiradi.

Keyingi chellendjlarda ko'rishguncha!

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
🔥19👍82🤔1
🆕 22-son!

Mehmon: Ben (Bekhruzbek) Botirov — Associate Director, UBS (AQSH).

Westminster’dan boshlangan yo‘l, Xitoydagi magistratura, O‘zbekistonda Innovatsiyalar Vazirligi, so‘ng USC Marshall MBA va UBS.

Ushbu epizodda:

— O‘zbekistonning xorijiy investorlar oldidagi reytingini oshirish jarayoni
— Nega tashabbus (proactivity) karyerada hal qiluvchi omil?
— MBA’ni qanday moliyalashtirdilar va nega davlat grantlariga topshirmadilar?
— AQSHda MBA’dan keyin ish topish strategiyalari
— UBS’da ish va Federal Reserve tizimi bilan ishlash tajribasi
— AQSHda korporativ madaniyat va networking ahamiyati

MBA rejalashtirayotganlar va AQSH moliya bozorida ishlashni istaganlar uchun amaliy master-klass.

To‘liq epizod: FinEcon YouTube
👍10🔥31
Agar siz BlackRock kabi top-tier asset manager kompaniyasida karyera qilishga qiziqqan student bo'lsangiz, sohani yaxshiroq tushunish va bilimlaringizni oshirish uchun ushbu eventda qatnashishni tavsiya qilamiz:

P.S. Webinarda qatnashish kelajakda BlackRock’ning boshqa in-person eventlariga selection'dan o'tishga ham katta yordam beradi.

BlackRock Insight Learning Series: BlackRock Portfolio Masters
🔥4
Anthropic kompaniyasi "Labor market impacts of AI: A new measure and early evidence" nomli maqolasini taqdim etdi.

Ular sun'iy intellektni ish bozoriga ta'sirini tahlil etishgan ekan.

Ular Claude chatlarini tahlil etish orqali qaysi kasblar sun'iy intellekt tomonidan qilinayotganini o'rganishgan.

"The most exposed to AI" kasblari orasida moliyaviy tahlilchilar ham bor va sun'iy intellektni biznes va moliya sohasida ishlarni avtomatlashtirish potensiali yuqori.

Manba: https://www.anthropic.com/research/labor-market-impacts

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
🔥61👍1