FinEcon
1.27K subscribers
163 photos
2 videos
66 files
87 links
We host interviews with leading finance and economics professionals to inspire and develop the next generation of Uzbekistan talent.

YouTube: https://www.youtube.com/@FinEconim

Community: https://t.me/+SjNR4ZjBWXE0ZDUy

Admin: @mehdsfs
Download Telegram
Soon...

@fineconim
👍22🔥42
Moliya va iqtisodiyot bo'yicha hamjamiyat tashkil etyapmiz.

Kimlar uchun:
- Moliya, Iqtisod va "Consulting" sohasi bo'yicha tahsil oluvchilar yoki ishchi xodimlar
- Xalqaro sertifikatlarga (ACCA, CFA va hkz.) tayyorlanayotganlar
- Umuman sohaga qiziquvchilar

Maqsad:
- Netvorking
- Tajriba almashish
- Resurslar ulashish
- Bilim olish

Guruh linki: https://t.me/+SjNR4ZjBWXE0ZDUy

Iltimos guruhga qo'shilgach, qisqacha o'zingizni tanishtiring.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
3
"Anthropic"’ kompaniyasi $30 milliard investitsiya jalb qildi.

Anthropic (claude.ai) $380 mlrd baholash asosida Series G raundida $30 mlrd miqdorida investitsiya jalb qildi.

Ushbu raund Microsoft va NVIDIA kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Hozircha, bu xususiy kompaniyalar tarixdagi OpenAI dan keyin ($40 millard), ikkinchi o'rindagi eng yirik investitsiya miqdori bo'ldi.

"Anthropic"ni eng e’tiborli jihati bu baholashning qanchalik tez o'sayotganidir:
• 2024 yilni boshi - $16 mlrd
• 2025 mart — $61.5 mlrd
• 2025 sentabr — $183 mlrd
• 2026 fevral — $380 mlrd

Sizningcha bitta kompaniyaga $30 mlrdning investitsiya qilinishi o'zini oqlaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
🔥32
Assalomu alaykum,

Ramazon oyi muborak.
15👍2🔥2
MrBeast fintex olamiga kirib keldi

"Beast Industries", MrBeast tomonidan yaratilgan global platforma, Step’ni sotib oldi.

Step bu yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik, kredit tarixini shakllantirish va bank xizmatlarini taqdim etishga yo‘naltirilgan AQSh fintex kompaniyasi.

Ba'zi raqamlar:

• Step’ning 7 mln+ foydalanuvchilari va to‘liq fintex infratuzilmasi bor
• Step sotilgan narx oshkor etilmagan
• Step kompaniyasi avval $500 million miqdorda investitsiya jalb etgan
• MrBeast YouTubeda 467 million obunachiga ega
• MrBeast videolari orqali milliardlab ko'rishlar olib kelsa, Step esa bank litsenziyasini, moliya jamoasini va fintex tuzilmasini bera oladi
• Stepning jamoasi "Beast Industries" ga qo'shiladi va moliyaviy mahsulotlarni yaratishni boshlaydilar

Bu MrBeastning moliyaviy xizmatlar olamiga ilk yirik qadami.

Juda katta auditoriyaga ega "YouTuber" ning bu yurishi fintex olamiga yangi trendni olib kelishi mumkin. Buni "Creator-led Finance" deb atashadi.

Yana, "Beast Industries"ning moliya olamiga kirib kelishi, shaxsan menga "YC Startup School" videolaridagi bir gapni eslatdi:

Barcha kompaniyalar alal-oqibat fintex kompaniyaga aylanadi.



Siz qanday fikrdasiz? Endi bank sohasida muvaffaqiyatga erishish formulasi o'zgaradimi?


Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
👍7
McKinsey investitsiya bo‘limini Neuberger Bermanga topshirdi

McKinsey & Company o‘zining ichki investitsiya platformasi, MIO Partners’ni Neuberger Berman ga strategik hamkorlik asosida o‘tkazdi.
MIO McKinsey hamkorlari, xodimlari va alumni mablag‘larini boshqarib kelgan investitsiya bo‘limi hisoblanadi.

Ba’zi raqamlar:
• MIO jami $26 mlrd aktiv boshqaradi
• Shundan $20 mlrd alternativ strategiyalar (hedge-fondlar) bitim doirasida o‘tdi
• $6 mlrd passiv fondlar bitimga kirmaydi
• MIO jamoasi (280 ga yaqin xodim) saqlanib qoladi
• Neuberger Berman jami $563 mlrd aktiv boshqaradi

Bu yerda gap shunchaki aktivlar o‘tishi haqida emas.

McKinsey 2025 yilda MIO faoliyatini strategik ko‘rib chiqishni boshlagan edi. So‘nggi yillarda konsalting firmalarga nisbatan nazorat talablari kuchaygan. Shu jumladan, SEC tomonidan ilgari berilgan jarimalar va muvofiq nazorat masalalari ham rol o‘ynadi. Endi kompaniya asosiy e’tiborni konsalting biznesiga qaratmoqda.

Neuberger Berman esa tayyor investitsiya jamoasini qo‘lga kiritib, hedge-fond segmentidagi pozitsiyasini kuchaytirmoqda.


..MIO and our cilents will benefit from Neuberger's world-class investment platform. — B.W., CEO of MIO Partners.



Ko‘pchilik bu harakatni riskni kamaytirish qadami sifatida baholamoqda.
Sizningcha, McKinsey qilgani kabi qarorlar boshqa yirik konsalting firmalariga ham ta’sir qilishi mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
4🔥1
Bank kartalarini rivojlanish yo'li.

Rasm Manbasi: Deutsche Bank

Bret Kingning mashhur "Bank 4.0" kitobida kelajakda bank kartalarini ko'tarib yurishga hojat qolmasligi haqida aytib o'tgandi.

Janubiy Koreyani misolida aytadigan bo'lsam, odamlarni kunlik xaridlarda karta emas telefon orqali to'lov qilishini ham yetarlicha uchratasiz.

Lekin, mening tahminimcha O'zbekiston ham fintex sohasida unchalik ortda emas.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
👍6🔥1
437 ta tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan 600 ga yaqin moliya/buxgalteriya/iqtisod yo'nalishidagi ish e'lonlarini bir joyga to'pladim.


Agar bu faylni qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz, izohlarda email pochta manzilingizni yozib qoldiring 👇


Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
2🔥81👍1
“Men moliyaga qiziqaman, lekin qaysi yo‘nalishni tanlashni bilmayman”

Agar bunaqa savolni o'zingizga ko'p marta bergan bo'lsangiz, quyidagi havolada buni javobi bor va bu manba bu shunchaki o‘qib chiqiladigan material emas.

U savollar va graflar orqali:

- Qaysi moliya yo‘nalishi sizning qiziqishlaringiz va ish uslubingizga mos kelishini
- Qanday ko‘nikmalar talab qilinishini
- Moliyadagi har bir yo‘nalishda ish muhiti, ish vaqti va karyera yo‘lini tizimli ravishda tushunishga yordam beradi


Link: https://drive.google.com/file/d/1OTyYveZLbunbY1VoJXwhZJykGW5jSAue/view?usp=sharing

Foydali bo'ladigan bo'lsa, xursandmiz!


Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
👍6🔥31
Davlat banklaridan biri bo'lgan, Asakabank, Boshqaruv Kengashi Raisi (CEO) lavozimi uchun LinkedInda ish e'loni berdi.


Bu Asakabankni xususiylashtirish uchun katta qadam. Umuman, O'zbek banklarini shunaqa yuqori lavozim uchun LinkedInda e'lon berishi bu yaxshi belgi.


Ba'zi talablar:

- 10 yillik boshqaruv tajribasi va shundan 5 yili C-darajada bo'lishi kerak
- Magistr darajasi (MBA, Moliya, Iqtisod)
- CFA, CPA va hkz. ustunlik beradi
- Ingliz tili va Rus tilini bilishi kerak. O'zbek tilini bilish ustunlik beradi.


Batafsil ma'lumot uchun: https://www.linkedin.com/jobs/view/4375523306/


Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
2
Uzum Bankning shiddat bilan o'sishi

So‘nggi bir yil ichida Uzum Bank O‘zbekiston bank bozorida misli ko‘rilmagan o'sishni amalga oshirdi.

Atigi 12 oyda 4,5 millionta yangi karta chiqarilib, bu mamlakat bank tarixidagi eng tez o‘sishlardan biri bo‘ldi.

Bugungi kunda bankning umumiy kartalari soni 5,6 millionga yetib, uni kartalar soni bo'yicha uchinchi o‘ringa olib chiqdi va Ipoteka bankni ortda qoldirdi.

Bir yil avval esa Uzumda bor-yo‘g‘i 1 million karta bo‘lib, u hatto yetakchi top-10 qatoriga ham kirmagan edi.

Ushbu muvaffaqiyatning asosiy omili bu ekotizim bilan chuqur integratsiya.

Uzum Visa kartasi Uzum Market va Uzum Tezkor platformalariga bevosita bog‘langan bo‘lib, ichki chegirmalar sabab foydalanuvchilar uchun eng qulay to‘lov vositasiga aylandi.

Masalan, faqatgina 11.11 savdo kampaniyasi davomida karta orqali to‘lov qilgan foydalanuvchilar 400 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni tejashdi.

Hozirda Uzum ekotizimidagi barcha tranzaksiyalarning taxminan 50 foizi kompaniyaning o‘z fintech infratuzilmasi orqali amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, mablag‘ kiritish va yechib olishdagi past komissiyalar hamda qulay valyuta konvertatsiyasi kartaning ommalashuviga xizmat qilmoqda, ayniqsa onlayn va xalqaro to‘lovlarda.

Kengroq bozorga qaralganda, O‘zbekistonda hozirda 69,2 million plastik karta muomalada.

Bozorning yuqori pog‘onalarida Xalq Banki (10 mln karta) va Agrobank (6,6 mln karta) yetakchilik qiladi, ular asosan pensiya va boshqa davlat to‘lovlari orqali ustunlikni saqlab kelmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
👍21
FinEcon
We are launching the third season of the "30-day Study Challenge with FinEcon". In the previous seasons, more than 100 participants studied together every day. Yet only few demonstrated the discipline and consistency to study 30 days successfully. The rules…
"30-day study challenge" ni e'lon qilgan edik.

50 ga yaqin odamlar qo'shildi. Shundan 7 kishigina 30 kun davomida barcha talablarni bajarib, chellendjni oxirigacha yetib borishdi.

FinEcon quyidagi insonlarni qutlaydi:

- Rasulova Gulyoraxon
- Abdusamadova Farangis
- Baxtiyorova Zahro
- Mirzabdullaev Azizbek
- Ulug'bek Quvonov
- Murodova Muslima
- Mamasoliyeva Mahliyo

Shularni ichida "Marathon Master" darajasini Ulug'bek Quvonov eng ko'p soat davomida dars qilish orqali qo'lga kiritdi.

Chellendj boshida qo'shilgan hammaga rahmat.

Yuqoridagi sertifikatlar arzimas narsa, lekin shu chellendj davomida oz bo'lsada o'sish bo'lgan bo'lsa biz maqsadimizga yetgan hisoblanamiz.

Kelgusi ishlaringizga omad.

Shuningdek, FinEcon Safina Maxamatjonovaga chellendjni tashkiliy ishlarida yordami uchun tashakkur bildiradi.

Keyingi chellendjlarda ko'rishguncha!

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram | LinkedIn | YouTube
🔥19👍82🤔1