Bog’langan loyihalar
Ilon Mask qator loyihalarni parallel olib bormoqda: Tesla, Starlink, Space X, Boring Company, X.com, Grok, Neuralink, Optimus va hokazolar.
Ilon Maskning katta orzusi bor: Mars sayyorasida inson koloniyalarini yaratish. Barcha qilinayotgan loyihalari (X dan tashqari) shu maqsadga qaratilgan.
SpaceX kosmosga chiqish uchun, Starlink - kosmik va planetar masshtabda aloqani ta’minlash uchun, Tesla - Marsda yuradigan transport uchun, Optimus - Marsda ishlaydigan robotlar uchun, The Boring company - Marsda yer osti tunnellar yo’llari va yer osti shaharlari uchun, Neuralink - inson miyasini Optimus robotlariga ulab, boshqarish uchun.
Hozirda Sun’iy Idrok alohida, Robotlar alohida, Neuralink - alohida loyiha sifatida ishlamoqda. Shu uchalasini ulasa nima bo’lishini tasavvur qilyapsizlarmi?
Sun’iy Idrok va Robotlar haqida ko’pchilik yangiliklardan xabardor. Lekin Neuralink haqida xabaringiz bo’lmasligi mumkin. Yaqinda Ilon Mask va komandasi Neuralink erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi: https://youtu.be/FASMejN_5gs
Albatta ko’rishni tavsiya qilaman.
Neuralink orqali hozircha odamlar endi kompyuter sichqonchasini miya bilan boshqarishni o’rgandi xolos. Lekin texnologiya rivojlanishi orqali siz miyangizni Sun’iy Idrok orqali boshqariladigan minglab robotlarga ulashingiz va ularni bir o’zingiz fikringiz bilan boshqarishingiz mumkin.
Hozirda alohida rivojlanayotgan loyihalarni bir-biri bilan, yoki klassik biznes bilan bog’lab, juda katta o’zgarishlar yaratish mumkin.
@fikrofon

👍6
Robotaxi - Ilon Mask dan kutilmagan yechim
Oldingi postimda Ilon Maskning bizneslarini sanaganda Robotaxi yodimdan ko’tarilibdi. To’g’ri, u Mars bilan bevosita bog’liq emas, lekin u katta daromad ko’rish uchun qilingan biznes.
Bilmaganlar uchun Robotaxi - bu haydovchisiz taksi xizmati. Siz ilovadan taksi chaqirasiz, va mashina o’zi yurib keladi. Bunday loyihalarda hozirda eng ilg’or kompaniya Googlega qarashli Waymo bo’lib, u 10 yildan oshiq tajriba va AQShning qator shtatlarida ruxsatga ega. Robotaxi Waymo ni quvib yetishni maqsad qilgan.
Robotaksining Waymodan asosiy farqi - mashinada rulning yo’qligi hisoblanadi. Waymo klassik mashinani olib, qo’shimcha qurilmalar, radar va lidarlar bilan jihozlab, avtonomlashtirgan. Lekin Waymo avtomobillarini haydovchi haydashi mumkin. Robotaxi umuman odam boshqarish imkoni bo’lmagan to’la avtonom mashinalar bilan bozorga kirdi.
Postdagi suratda San Fransisko shtatida 1.36 mil, yoki 2,2 km masofaga borish uchun 4 ta kompaniya tariflari taqqoslangan. Robotaxi Waymodan ancha arzon bo’lib qolmay, u Uber va Lyft dagi klassik taksilardan ham ancha arzonligini ko’rish mumkin. Shu ketishda bo’lsa, AQShda taksistlarga qiyin bo’lishi tayin.
Narxlar 1 km uchun:
Robotaxi: $1,75
Waymo: $5,25 (3 barobar qimmat)
Uber: $4,51 (2,58 barobar qimmat)
Lyft: $4,93 (2,81 barobar qimmat)
Endi sarlavhadagi ajoyib fikrga kelsak: Robotaxi platformasi Tesla avtomobillari bilan bir xil. Bu degani Robotaxi qiladigan ishni Tesla avtomobili ham qila oladi degani.
Ya’ni siz Tesla avtomobilingizda ishga kelib, keyin mashinangizga “bor taxi qilib, pul top” deb ishga jo’natvorsangiz bo’ladi.
Bu bilan birinchidan, Tesla egalari qo’shimcha daromad olishlari mumkin. Ilkinchidan, mashinalarning ishxonalar oldida bekor turishi oldi olinib, yo’llarda mashinalar soni kamayishiga olib keladi.
Ajoyib, to’g’rimi? Siz shu haqida o’ylab ko’rganmidingiz?

👍7🔥2❤1
Perplexity haqida
Ko’pchilik Perplexity haqida eshitgan, lekin uni ishlatib ko’rmagan bo’lishi mumkin. Perplexity ChatGPT, Claude, Deepseek kabi loyihalardan tubdan farq qiladi.
Chunki qolgan loyihalar GPT (Generative Pre-Trained Transformer) turidagi loyihalar bo’lib, siz aytgan savol bo’yicha javobni generatsiya qilib beradi. Boshqachasida aytganda javobni to’qiydi. Siz ChatGPTdan savol so’rashingiz, she’r ayt deyishingiz, yoki biror mavzuda referat yozdirishingiz mumkin. GPT modellar ehtimoli yuqori bo’lgan so’zlarni ishlatib, javobni to’qib beradi.
Perplexity esa o’zini “javob mashinasi” (“answer machine”) deb pozitsiyalaydi. Har qanday beradigan javobini internetdagi ma’lumotlar asosida tayyorlaydi va albatta havola beradi.
Ishlash mexanizmi - avval internetdan ma’lumotlarni qidiradi, va topgan ma’lumotlarini umumlashtirib, javobni havola bilan ko’rsatadi. Va keyingi berilishi mumkin bo’lgan savollar variantlarini ham beradi.
Qandaydir tuzilishi mavhum savollarga ham javob olishingiz mumkin. Masalan: “Qaysi shaxmat chempioni filmda rol o’ynagan?”, yoki “Qaysi startap eshiklarga qulfning yangicha versiyasini o’ylab topgan?”.
Googledan bunday savollarni topish biroz murakkab, bir qancha havolalarga kirib, javob olasiz. Perplexity esa sizga javobni oson topib beradi.
Shu sababli ham aynan savolga javob topish uchun doim Perplexity ni ishlataman, biror narsa yaratish, yoki tahliliy fikrlar uchun ChatGPT ni ishlataman.
Mana bu havolada Perplexity ijrochi direktori (CEO) Aravind Srinivasning ajoyib intervyusini ko’rishingiz mumkin: https://youtu.be/IsScahXkvMk
Pro obunasi egalari Perplexity Labs loyihasida turli tahliliy xulosalarni olishlari mumkin. Masalan, Finance labs loyihasi moliya bozorini tahlil qilib, turli kompaniyalarning murakkab moliyaviy ma’lumotlarini oson tahlil qilish imkonini beradi.
Perplexity juda yaxshi rivojlanmoqda, va bu ketishda uni biror yirik gigant, masalan Apple, sotib olishi mumkin.
Siz Perplexitydan foydalanasizmi? Agar foydalansangiz, qaysi maqsadlarda foydalanasiz?

👍3❤1
Universitetlar mohiyatini o’zgartiradi
Ta’lim tizimi iqtisodiyotga mutaxassis tayyorlash uchun ishlagan. Oliy ta’lim davomida talaba biror sohaning fundamental asoslarini yaxshi o’rganib, shu sohada to’qnash kelish mumkin bo’lgan holatlarga tayyorlangan.
Lekin talaba ishga ko’p holatda tayyor bo’lmagan, chunki nazariy bilim va amaliy tajribaning o’rni boshqa.
Dasturchilik yoki iqtisodiyot sohalarini olsak, talaba “yashil” holatda ishga junior lavozimga kelgan va 1-2 yil davomida tajriba orttirgan.
Hozirda kompaniyalarda junior qilishi mumkin bo’lgan ishlarni sun’iy idrok bajara olyapti. Shu sababli ko’pchilik kompaniyalar junior dasturchilarni ishga olishni jadal kamaytiryapti.
Bu o’z navbatida tushunarsiz dilemmaga olib kelyapti: kompaniyaga tajribalilar kerak, lekin tajriba orttiradigan joy qolmayapti.
Lekin dasturlash sohasida sun’iy idrok hozir juniordan keyingi middle darajadagi dasturchilarning ham ishini qila olyapti. Kompaniyalarga asosan murakkab tizimlarni yarata oladigan senior arxitektorlar kerak bo’lyapti. Bu talab yaqin 10 yilda yo’qolmaydi.
Lekin yosh dasturchilar hech qachon o’zidan o’zi arxitektor bo’lib qolmaydi. O’rta darajadagilar seniorga o’tishlari mumkin. Lekin keyin kadr topishda muammo paydo bo’ladi.
Endi universitetlarga kelsak: ular tayyorlab berayotgan “yashil” mutaxassislar bozorga kerak bo’lmasa, oliy ta’limga bo’lgan talab pasayadi. Universitetlar bu vaziyatda nimadir qilishlari kerak bo’ladi.
Sizning fikringizcha, universitetlar nima qilishlari mumkin? Agar siz universitet rektori bo’lsangiz, nima qilgan bo’lardingiz? Javobingizni izohlarda qoldiring, fikrlashib ko’ramiz.

Deepmind - Sun'iy Idrok bo'yicha ilg'or kompaniya
2010 yilda Demis Hassabis, Sheyn Legg va Mustafo Sulaymonlar Deepmind nomli Sun'iy Idrok loyihalari bilan ishlovchi kompaniyani ochishadi. 2014 yilda Google ushbu kompaniyani $400 millionga sotib oladi. Shundan beri Deepmind Google ning eng ilg'or sun'iy idrok loyihalarini yaratuvchi blokiga aylangan.
U Google uchun maxsus R&D laboratoriya vazifasini bajaradi. Deepmindda revolyutsion loyihalar yaratiladi, ularning ko'pchiligi Alpha nomi bilan boshlanadi:
1. AlphaGo - 2016 yilda mashhur Go o'yinini o'ynash uchun yaratilgan sun'iy idrok loyihasi bo'lib, 2016 yilda jahon chempioni Li Sedol ni yutganida katta shov-shuv ko'targan edi (buni 1997 yilda IBM ning DeepBlue dasturi Kasparovni yutgani bilan tenglashtirilgan edi).
2. AlphaZero - 2017 yilda AlphaGo muvaffaqiyatidan ilhomlanib yaratilgan algoritm bo'lib, u shaxmat va boshqa ixtiyoriy o'yinni noldan o'rganib, chempion bo'lishga qaratilgan, "reinforcement learning" algoritmidan foydalanuvchi loyiha.
3. AlphaStar - 2019 yilda yaratilgan Sun'iy Idrok yordamida Starcraft II o'ynovchi dastur.
4. AlphaFold - 2020 yilda yaratilgan ximiya va biologiyaning eng qiyin masalalaridan biri - aminokislotalar ketma-ketligi asosida oqsillar 3D-structurasini modellashtirish dasturi. Bu loyiha haqida alohida post bo'ladi.
5. AlphaDev - 2023 yilda yaratilgan "Reinforcement Learning" uslubini qo'llab yangi va optimal kompyuter algoritmlarini ishlab chiqishga mo'ljallangan dastur.
6. AlphaGeometry - 2024 yilda yaratilgan geometriya masalalarini yechishga qaratilgan sun'iy idrok dasturi, IMO xalqaro matematika olimpiadasi geometrik masalalarini 30 tasidan 25 tasini belgilangan vaqt ichida yecha olgan.
7. AlphaEarth - 2025 yilda yaratilgan sun'iy yo'ldoshlar va boshqa qurilmalar orqali millionlab yig'ilayotgan ma'lumotlar asosida yerning eng aniq modelini yaratishga qaratilgan sun'iy idrok dasturi.
8. AlphaEvolve - 2025 yilda yaratilgan Google Gemini ga asoslangan dasturlashni optimallashtirish, matematika algoritmlari va datamarkazlar ishini optimallashtirishga qaratilgan dastur.
9. AlphaGenom - 2025 yil iyulda yaratilgan DNK strukturasi tahlili, gendagi juftliklardagi o'zgarishla qanday natijalarga olib kelishini yuqori aniqlikda tahlil qiluvchi, APIga ega sun'iy idrok dasturi bo'lib. biologlar, ximiklar va boshqa mutaxassislarga ko'maklashish uchun yaratilgan.
Umuman olganda Google Deepmind doirasida Alphadan boshqa ko'plab loyihalar ham qilingan, bular safiga Gemini, Genie, Gemma, Project Astra, Project Marine kabilarni kiritish mumkin.

Google DeepMind
Artificial intelligence could be one of humanity’s most useful inventions. We research and build safe artificial intelligence systems. We're committed to solving intelligence, to advance science and …
👍3❤1
Nobel mukofotini olgan dasturchi
Oldingi postimda yozganimdek, Google Deepmind Sun'iy Idrok sohasidagi eng ilg'or ilmiy laboratoriyalardan biri. Uni tashkil etgan Demis Hassabis hozirda Google Deepmindni boshqarmoqda. Ikkinchi asoschisi Mustafa Suleyman esa Microsoft AI kompaniyasida CEO bo'lib ishlamoqda, ikkalasi ham Sun'iy Idrokni rivojlantirishda ulkan hissa qo'shmoqda.
Demis Hassabis AlphaFold2 loyihasi uchun 2024 yilda ximiya bo'yicha Nobel mukofotini qo'lga kiritgan. Chunki u yaratgan AlphaFold2 loyihasi ximiyada katta ilmiy yutuqlarni qo'lga kiritishni yengillashtirib, oqsillar 3D strukturasini yuqori aniqlikda modellashtirish imkonini beradi.
Shu sababli ham dasturchi bo'lishiga qaramay, Demis ximiya sohasida Nobel mukofotini qo'lga kiritgan.
Shuningdek, Buyuk Britaniyalik bo'lganligi sababli, Demisga qirollikning eng yuksak unvonlaridan bo'lgan ritsarlik unvoni ham berilgan.
Demis Hassabis bugungi kundagi Sun'iy Idrok bo'yicha sayyoramizdagi eng ta'siri katta mutaxassislardan biri. Uning qiziq intervyulari bilan quyidagi havolalarda tanishishingiz mumkin:
Lex Fridman bilan 2,5 soatlik intervyu: https://www.youtube.com/watch?v=-HzgcbRXUK8
Veritasium asoschisi Derek Mullerga bergan 20 daqiqalik intervyusi: https://www.youtube.com/watch?v=Fe2adi-OWV0

YouTube
Demis Hassabis: Future of AI, Simulating Reality, Physics and Video Games | Lex Fridman Podcast #475
Demis Hassabis is the CEO of Google DeepMind and Nobel Prize winner for his groundbreaking work in protein structure prediction using AI.
Thank you for listening ❤ Check out our sponsors: https://lexfridman.com/sponsors/ep475-sb
See below for timestamps,…

🔥3
Turbulentlik holati
Samolyot havo oqimi ustida suzadi. Ba’zan qanotlar ostida havo oqimi yetarli bo’lmasa, samolyot silkinadi, bunday holatni turbulentlik bilan bog’lashadi.
Biznesda ham doimiy maqsadlar va vazifalar oqimi bo’lib, o’rta darajadagi rahbarlar va xodimlar shu oqim ustida “suzishadi”. Ba’zan, turli sabablar bilan biznesda (davlat tashkilotida ham) shunday turbulentlik holati kuzatilishi mumkin.
Shunday holatda ishchanlik susayadi. Xodimlarda kamroq, rahbar xodimlarda yaqqolroq seziladi. “Qo’lim ishga bormayapti”, deyishadi bunday vaziyatlarda.
Bunday holat yuzaga kelganda qanday yo’l tutish kerak?
Eng yaxshi usul: vazifalarning muntazam zaxirasini shakllantirish kerak. Dasturiy ta’minot yaratuvcbilarda “backlog” degan narsa bo’lib, qilinishi kerak bo’lgan ishlar, dasturdagi kamchiliklar yoki yaratilishi kerak bo’lgan yangi imkoniyatlar ro’yxati shakllantirib boriladi. Bunday ro’yxat har qanday ishda bo’lishi kerak.
Agar tashkilotda bunday ro’yxat bo’lmasa, uni har bir kishi o’zi uchun shakllantirib okishi mumkin.
Turbulentlik holati yuzaga kelganda shu backlogdan vazifalarni olib, qilaverish kerak bo’ladi. Asosiysi, rahbar xodimlar ham, ishchi xodimlar ham bo’sh qolmasliklari kerak. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin, yana hammasi o’z yo’liga tushadi va ishchanlik holati qayta tiklanadi.

👍2
Signal va shovqin ulushi
Oxirgi paytlarda o’qiyotgan adabiyotlarda “signal to noise ratio” (signal va shovqin ulushi) atamasiga bir necha marta duch keldim.
Efirga quloq tutsangiz “oq shovqin” (white noise) eshitiladi. Eski televizorlarda vishirlagan kulrang ekranni eslang, shu oq shovqinga misol. Televizor yoki radio antennasi ham jo’natilayotgan signalni, ham shovqinni eshitadi. Signal va qabul qiluvchi qanchalik kuchli bo’lsa, tasvir va tovush shunchalik tiniq bo’ladi.
Inson ham ish jarayonida juda ko’p axborotni qabul qiladi. Ularning ko’pchiligi “shovqin” (keraksiz axborot, turli yangiliklar, tadbirga taklif va hokazo), kam qismi esa “signal” (aniq qilinishi kerak bo’lgan, bajarilsa real samara beradigan vazifa) bo’ladi.
Ilon Mask, Stiv Jobs, Jeff Bezos kabilar e’tiborlarini faqat shunday signallarga qaratishadi. Ularda signal-to-noise ratio 80-100% ni tashkil qiladi.
Ular axborot oqimidan faqat o’zlari uchun bugun eng muhim bo’lgan 2-3 ta vazifani ajratib olib, butun diqqatlarini o’sha vazifalarga qaratishadi. U taqdimot tayyorlash, konferensiyada chiqish qilish, loyihaning yangi bosqichi rejasini tasdiqlash kabi har xil vazifa bo’lishi mumkin. Lekin ular butun diqqatlarini shunga qaratgani uchun ketma-ket natijalarga erishadilar.
“Mister Wonderful” laqabi bilan mashhur investor Kevin O’Leary bir intervyusida Stiv Jobs qo’lida ishlaganida, Jobs undan keyingi oy, yoki keyingi hafta emas, yaqin 18 soat ichida qaysi 3 ta ishni qilishi kerakligini so’ragani, Jobsning o’zi ham aynan shu 18 soatda qiladigan ishlariga e’tiborini qaratishini aytmoqda.
Rostdan ham ishda “Signal/Noise ratio” ni 80% qilishga harakat qilish juda katta samaradorlik beradi. Har bir ishchida keyingi 18 soatda nima qilishi kerakligi ro’yxati bo’lishi, agar unda bunday ro’yxat bo’lmasa, loyiha menedjeridan shunday ro’yxatni so’rab olishi kerak.
Bu g’arbda mashhur, IBM direktori Endi Gruv keng foydalangan OKR tamoyiliga mos keladi. Bu haqida alohida yozaman.

👍2❤1
Chuqurlik <> Kenglik
Inson biror tor doiradagi ishlarni chuqur o’rganishi, yoki bir yo’nalishdagi turli ishlarni parallel (lekin juda chuqur emas), keng o’rganishi mumkin.
Odatda chuqur o’rganganlar - tor doiradagi mutaxassislar, keng o’rganganlar esa - o’rta darajadagi rahbarlarga aylanadi.
Qaysi biri yaxshi, chuqurmi yoki keng?
Bu avvalambor, insonning o’z xohishiga bog’liq. Odatda introvertlar chuqur bilimli mutaxassis bo’ladi, ekstrovertlar esa keng bilimli. Chunki chuqur bilimni o’zi mustaqil o’rgansa bo’ladi, keng bilim uchun esa ko’proq muloqot qilish, boshqalardan o’rganish talab qilinadi.
Shu sababli ham keng bilimlilar keyinchalik o’rta darajadagi boshliq bo’ladilar. Agar keng bilimdan tashqari liderlik qobiliyatlari yaxshi bo’lsa, yuqori darajadagi rahbar (top-manager) bo’lishlari ham mumkin.
Ikkala holatda ham yaxshi daromadga chiqish mumkin. Tor doiradagi yuksak mutaxassislarning maoshlari rahbarlarnikidan qolishmaydi.
Ikkala holatda ham, qattiq ishlab, keyin katta daromadga chiqish, va daromadni to’g’ri investitsiya qilish orqali boy bo’lish mumkin.
Bu yerda asosiy urg’u aynan qattiq ishlashda. Ayniqsa, 20-35 yosh oralig’ida. Shu oraliqdagi mehnatingiz sizning butun hayotdagi natijangizni belgilab beradi.
Har kuni biror sohada bilimingiz kechagidan chuqurroq, yoki kengroq bo’lishini ta’minlashingiz kerak. Shunda muvaffaqiyatga erishasiz.

👍6⚡1🔥1
Ko'pchilik uchun sun'iy idrok vositalari kundalik hamkorga aylanib ulgurdi. Oyiga $20 evaziga ChatGPT Plus toki Google Pro obunalarini sotib olib, ish va shaxsiy ehtiyojlar uchun juda kerakli yordamchidan foydalanishmoqda. Lekin har oy $20 hamma uchun ham cho'ntakbop emasligi uchun ko'pchilik tekin versiyadan cheklangan so'rovlar uchun foydalanar edi.
Shuni inobatga olgan holda Google "xalqona" narxda yangi tarif chiqardi va uni 40 ta mamlakat fuqarolari uchun ochdi. Va bu ro'yxatda O'zbekiston ham borligi juda yaxshi yangilik bo'ldi. Google AI Plus tarifi narxi - $5. Google ning Gemini modeli ChatGPT dan umuman qolishmasligini inobatga olsak, bu juda zo'r taklif.
Eng qizig'i, birinchi 6 oy uchun 50% chegirma ham bor. ChatGPT da faol obunam borligiga qaramasdan, bugun oyiga $2,5 dan Google AI Plus tarifini yoqtirdim. Bonusiga Google Drive dagi saqlov hajmi 200 Gb gacha oshdi (menga bu ayni muddao edi, chunki tekin tarifdagi 15 Gb joy deyarli to'lib qolgandi).
E'tiborli tarafi - OpenAI hisobotida aytilishicha, hozirgi $20 tariflar tannarxidan arzonga (ya'ni zarariga) berilmoqda, chunki $20 evaziga matnli vazifalar uchun AI dan cheksiz foydalansa bo'ladi. Google da ham shunday, lekin Google ko'proq foydalanuvchini o'ziga tortish uchun qattiq demping strategiyasini tanlagan ko'rinadi. Keyinchalik odamlar o'rgangandan keyin kompaniyalar narxni ko'taradi, foydalanish limitlarini pasaytiradi. Xullas, hozirgidek narxlar keyinchalik bo'lmaydi. Vaqtida mazza qilib foydalanib olish kerak.
Google AI Plus obunasini atigi $2,5 olib, nafaqat savollarga javob olish, taqdimot yoki hujjatlar tayyorlash, balki rasm va videolar generatsiya ham qilishingiz mumkin. Xullas, tavsiya qilaman.
@fikrofon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥5👍3
Fikrofon
ChatGPT Go endi oyiga faqat $5!
Google dan keyin OpenAI ham o'zining "hamyonbop" obunasini O'zbekistonga ham tatbiq qilmoqda.
O'zi bunday obunalar asosan Hindiston uchun chiqarilardi, chunki u yerda milliardlab aholi oyiga $20 ni cho'ntagi ko'tarmaydi, oyiga $100 ga oila boqishga qiynalishadi o'zi. Lekin keyinchalik bu kompaniyalar vaziyat nafaqat Hindistonda, balki ko'plab davlatlarda AQSHdagidan farq qilishini inobatga olishdi. Oyiga $5000 topgan odam uchun $20 daromadining 0,4% ini tashkil qiladi, bilinmaydi. Lekin daromad oyiga $500 bo'lsa, unda bu 4% bo'ladi va seziladi. Bu birinchidan.
Ikkinchidan, "qadimgi" davrda (2000-2020 yillar) O'zbekiston odatda bunday texnologik masalalardan chetda bo'lardi, hatto Turkmanistonda (ularga hurmat saqlagan holda) ishlagan narsalar O'zbekistonda ishlamas edi. Hozir yaxshi, bu yerdagi 38 millionlik faol bozor borligini yirik o'yinchilar tan olyapti, va siyosatini shunga moslayapti. Bu yaxshi yangilik.
Uchinchidan, hozir AI bozorida venchur kapital "yonib yotibdi", 100 milliardlab dollarga mega data markazlar qurishyapti. Va bunday paytda ARR (Annual Recurring Revenue) ko'rsatkichi baland bo'lishi OpenAI uchun ham, Google uchun ham juda muhim. Ya'ni nechta odam pul to'lab foydalanyapti degan ko'rsatkichni kuchaytirishlari kerak. Shuning uchun zarariga bo'lsa ham narxni arzonlashtirishyapti (hatto $20 tarif ham o'zini oqlamaydi).
Xullas, nima bo'lganda ham zo'r yangilik. Agar siz oldin ChatGPT ga obuna xarid qilmagan bo'lsangiz, endi $5 ga sotib olishingiz mumkin.
Agar oldin $20 lik "Plus" tarifga obuna bo'lgan bo'lsangiz, va sizga ham mendek Sora orqali video generatsiya qilish kerak bo'lmasa, "Go" tarifiga o'thishingiz mumkin. Sifatda farq bo'lmasligi kerak, chunki "Go" da ham "thinking mode" bor.
Batafsil ma'lumot: https://help.openai.com/en/articles/11989085-what-is-chatgpt-go
UPD: Hozircha "Plus" dan "Go" ga o'tishda xatolik chiqyapti, 1-2 kunda ishlab ketsa kerak.

Spot
O‘zbekistonda ChatGPT Go obunasi ishga tushdi. Narxi — oyiga $5
Foydalanuvchilar GPT-5'dan kengaytirilgan so‘rov limiti, rasm generatsiyasi va ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
👍1
Baxt = Hozirgi holat - Kutilgan holat
Ayirma musbat bo’lsa, o’zingizni baxtli his qilasiz. Manfiy bo’lsa baxtsiz.
Bu ajoyib formulaga yaqinda to’qnash keldim, oldin shunga o’xshash narsani o’qigandim, lekin bunday sodda formula ko’rinishida emas.
Siz hozirgi holatni o’zgartira olmaysiz (o’tmishni o’zgartirish imkonsiz). Siz faqat kutilmalaringizni reallik bilan muntazam moslashtirib borish orqali doimiy xotirjamlik, yoki baxt hissiga erishishingiz mumkin.
Va aksincha, agar nimadir masalada hayotdan norozi bo’lsangiz, demak siz kutilmalaringiz bilan ishlamagansiz, ularni reallikdan uzoqlashib ketishiga qo’yib bergansiz.

👍3🔥1
Sun'iy Intellektni rivojlantirish bo'yicha Prezident Qarori
21 Oktyabr kuni Prezidentimiz IT-Park da soha vakillari bilan uchrashib, texnologiyalar, startaplar va sun'iy intellekt mavzusida uchrashuv o'tkazgan edi.
Shu uchrashuv natijalari va Administratsiyaning soha vakillari bilan o'rkazgan qator muhokamalari natijasida tayyorlangan qaror 27 oktyabr kuni imzolandi va kecha e'lon qilindi (hozircha faqat rus tilidagi PDF, yaqinda to'liq matni chiqadi).
Yangiliklar:
1. Davlat, biznes va ta'lim tashkilotlarini birlashtiruvchi Sun'iy Intellekt Alyansi nodavlat notijorat tashkilot ko'rinishida tashkil etiladi.
2. O'zbekiston Tiklanish va Taraqqiyot Jamg'armasi (ФРРУ) dan $100 mln sun'iy intellektni rivojlantirish uchun yo'naltiriladi. Bundan $90 mln Raqamli texnologiyalar vazirligining so'roviga asosan loyihalarga foizsiz qarz ko'rinishida, $10 mln. sun'iy intellekt sohasida kadrlar tayyorlash, xakatonlar o'tkazish va Alyans faoliyatini tashkil etish uchun grant ko'rinishida.
3. Qoraqalpog'istonda investorlarning $100 mln dan oshiq mablag'iga sun'iy intellektga mo'ljallangan yirik data markazi quriladi va unga soliq imtiyozlari beriladi.
4. Davlat tashkilotlarida sun'iy intellekt bo'yicha loyihalarni tendersiz to'g'ridan to'g'ri shartnomalar asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi (2500 BRV dan oshmagan shartnomalar uchun).
5. Alyans tomonidan "Sun'iy intellekt bo'yicha umummilliy xakaton" tashkil etiladi, unga 50 mlrd so'm mablag' ajratiladi (tashkiliy xarajatlar va mukofotlarga). G'oliblarga mukofot pulidan tashqari "Yoshlar Ventures" dan investitsiyalar ham taklif etiladi.
6. 2026 yil yakuniga qadar 15 mlrd parametrli (katta hajmli) "O'zbek tili korpusi" yaratiladi va 5 ta ochiq LLM modellariga joriy qilinadi.
7. Ta'lim bo'yicha qator vazifalar, jumladan "1 million sun'iy intellekt yetakchisi" dasturi, maktab informatika darslarida sun'iy intellektni qo'shish, o'qituvchilar tayyorlash kabi vazifalar
8. "Yangi O'zbekiston" universiteti bazasida Sun'iy Intellekt klasteri tashkil etiladi.
9. Viloyat va tuman hokimlariga raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt texnologiyalari bo'yicha yuqori maoshli maslahatchi lavozimi joriy qilinmoqda.
Xullas, sohaga yaxshigina yoqilg'i quyilmoqda. Bir paytlar ingliz tilini o'rganish bo'yicha shunday dastur qilingan, natijada hozir ingliz tilini biladigan yoshlar ancha ko'paygan. Keyin IT Park, startaplar bo'yicha dastur qabul qilindi, natijada startaplar yaxshigina rivojlandi.
Sun'iy Intellekt bo'yicha ham jiddiy qadamlar boshlandi. Bu yog'i bayram. Nima qilib telegram o'qib o'tiribsiz, sun'iy intellektni o'rganishni boshlamaysizmi?

Ўзбекистон Республикаси Президенти
Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish yangi bosqichga olib chiqiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-oktabr kuni davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔥6👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Podcast so'zining qiziq tarixi
Hozirgi kunda podcastlar onlayn medianing maxsus yo'nalishiga aylandi, ko'plab bloggerlar yoki jurnalistlar faqat podcastlarga ixtisoslashgan. Siz 1 soatlik podcast davomida ma'lum bir tajribali insonning 10 yoki 30 yillik tajribasidagi "qaymoq" bilim va tajribani olishingiz mumkin. Shuning uchun ham podcast eshitish bilim olishning samarali usuli sanaladi.
Lekin o'ylab ko'rganmisiz, "podcast" so'zi qayerdan kelib chiqqan?
1968 yilda mashhur rejissor Stenli Kubrik "2001: Fazo Odisseyasi" nomli sci-fi filmini chiqaradi. Undagi eng kulminatsion nuqta fazo kemasini boshqaradigan HAL 9000 sun'iy idrokli dasturga "Podlar sohili darvozalarini och" ("Open the pod bay door") degan buyruq berilganda, HAL bu buyruqni bajarishdan bosh tortadi, chunki unda boshqa maxfiy missiya bo'ladi. Keyinchalik bu filmning muxlisi bo'lgan Stiv Jobs asos solgan Pixar kompaniyasining "Wall-E" va boshqa animatsion filmlaridagi ko'plab personaj va syujetlar uchun ham shu film asos qilib olingan.
2001 yilda Apple ishlab chiqqan audio eshitish qurilmasi uchun marketing jamoasi nom topishda qiyinchilikka duch kelishadi. Shunda kopirayter Vinnie Chieco iMac bilan birga taqdim qilinayotgan kichik qurilmaga "iPod" nomini taklif qiladi va bu hammaga juda ma'qul keladi.
2004 yilga kelib iPod qurilmasida eshitish uchun chiqariladigan eshittirishlarga The Guardian jurnalisti Ben Hammersley "iPod + broadcast" so'zlarining uyg'unligi uchun "podcast" degan so'zni taklif qiladi va keyinchalik "podcast" so'zi ommalashib ketadi.
Hozirda podcastlar asosan turli qurilmalarda eshitiladi, lekin podcast atamasi o'rnashib bo'lgan va u hali ham tobora ommalashib bormoqda.
Shunday qilib podcast so'zi kelib chiqishiga 1968 yilda suratga olingan film sabab bo'lganini ko'rishimiz mumkin.