Azimjon's Fikrlog
17.7K subscribers
1.61K photos
452 videos
146 links
Fikrlar daftari

Asosiy: @azim_pulat
Download Telegram
Quvur tiqilib, suv ketmay qoldi.
Santexnik kelib, naqt pul so’radi.
Yaqindagi ATM ishlamay qoldi.
Metroda o'tirib, markazga bordim.

ATM topdim - yirtiq pul berdi.
Magazin olmadi, bankga bor dedi.
Bankga borsam, hisob och dedi.
Hisob ochishga passport yo’q edi.

Qizili o’tmay, yashil o’tarkan.
Hammasi endi ertaga qoldi.
😁324🤣254🤯40😭26👍22🐳2099👾8🏆2
Polyaklarga yo’l ko’rsatvordim
😁373👍4123🤯22👾15🍾9👀85🏆5😍2
Sizdan 1 yilda nimalarga erisha olasiz deb so'rasam, qilishingiz mumkin bo'lgan ishlarga aslidan ko'ra ancha ko'p baho berasiz - (overesimate qilasiz).

Ammo 5 yilda nimalarga erisha olasiz savoliga esa aslidan ko'ra ancha kam baho berasiz - (underestimate qilasiz). 10 yil haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Chunki o'sish chiziqli emas. 1 yilda erishgan darajangizni 5 yil bilan solishtirganda 5x ga farq qilmaydi - balki 50x yaxshiroq bo'lishi mumkin. Muhimi to'xtash kerak emas.

5-6 yil ilgarigi men: youtu.be/EtnkJnA76Cw
Super Dispatchda endi junior dasturchi bo'lib ish boshlagan paytimda yozgan ekanman.
148👍6422😭12🔥9👌3👾3🍾2🫡1
42.uz ni boshlaganimizga 1 yil to’ldi.

5 yil haqida bilmayman ammo keyingi 3 oy uchun 3 rejamiz bilan bo’lishaman.

1. Matematika:
Dasturchilar uchun muhim bo’lgan elementar va diskret matematika, chiziqli algebra hamda statistika o’qitishni boshlaymiz.

2. Ingliz tili:
Yer usti va yer osti tirbandliklar siz uchun emas. Endi ingliz tili bo’yicha eng yaxshi repetitorlar darslarida onlayn qatnashishingiz mumkin bo’ladi.

3. Dasturlash:
Tizim dizayni, Ma’lumotlar ombori, Cloud & Kubernetes va boshqa yangi darsliklar qo’shishda davom etamiz.
👍366127🔥6431😱10🤯5🏆5😭5🕊4👎1
Oyligim tushdi (76 USD).

Sentabrda “unpaid leave” olib O’zbekistonga borgandim.

Ishlamagan tishlamaydi-da.
😁268😭58👍2617🤯5🏆4👎3🔥2😱2
Oylik tugadi - kitob sotib oldim.
🤣24442👍38🏆13😁98🫡6👎4🍾2😭2
$1000 ga nechta kitob beradi?
Tahminan shuncha!

Texnik kitoblar qimmat.
Arziydimi? Ha - o’qisangiz.
246🔥123👍60🤯25🤣208😁7🕊7🤩4💯3
Quloqchin nima uchun kerak?
- Musiqa eshitish uchun
- Ishlayapman, menga tegma deyish uchun.

Dasturchilar kelishgan qoida.
321😁232👍114💯57🤣48🔥1714🫡8🏆3
Forwarded from 42⚡️
🗓️ 1-noyabr, 42.uz ta'lim platformasi tug'ilgan kuni 🎂

⚡️ Bugun jamoamiz siz bilan suhbat quradi va yangiliklar bilan bo'lishadi.

👇 Qo'shiling, 18:00da:
youtu.be/MmJWmFsbkcw
🔥108👍39🎉25169🕊1😍1💯1🏆1
Qo'shiqlarda:
Kechalari yoqimli, yoqimli
Kechalari sehrli, sehrli
Kechalari orzuli, orzuli


Hayotda:
Kechalari yolg'izli, yolg'izli
Kechalari homushli, homushli...


Yechim topdim:
Ertaroq uxlash kerak!

3 kundan buyon soat 8da uxlab, 4da turishni boshladim. Yordam beryapti.
🔥275🤣194😁3822💯9🍾96👾5🏆2🐳1
😁247🤣91🔥30💯19👍13🕊43🤯3🐳3
Nega Azimjon Pulatov?

Polshada J harfi Y deb o’qiladi:
Azimjon - Azimyon bo’ladi. 5 yilda kamida 5000 marta Azimyon emas, Azimjon deb o’qiladi degan bo’lsam kerak.

Ammo bu o’zgarish familiyamdan -ov (-ev) suffiksini olib tashlash bilan boshlandi.

Bunga sabab ko’p - eng asosiylaridan biri bu xorijda shunchaki familiyangizga qarab: Sen Sobiq Sovet davlatidansan deya olishi bo’ldi. Buni ortidan esa diskriminatsiya kelishi mumkin.

Google Nyu Yorkdan bir qiz "hey familiyamiz bir xil ekan" deb yozdi. Familiyasi “Pulodi” - ha o’xshash ekan dedim, keyin u - yo’q men “Pulatova”man, o’zgartirganman dedi.

Hamma familiyasi -ov/-ev bo’lgan joyda buning ahamiyati yo’q, ammo xorijda yaxshigina ajratib qo’yadi.

Hamid Olimjonni sovetchasiga “Hamid Olimjonovich Azimov” deb atasak u qanchalar O’zbek shoiri bo’lardi? Ular ijodkor bo’lishgan deysizmi?

Demak familiyamiz bizni ijod qilishimizga to’sqinlik qiladi deb aytsak bo’ladimi? Menimcha yo’q - ammo paxta terishga chaqirgan.
208🤣140👍91🔥2110🕊4👾4🐳2🏆2👎1
10 yil.

2014: Westminster litsey imtihonidan yiqildim
2016: IELTSdan 6.0 bal oldim (speaking: 5.5)
2017: Inha universitetiga 4-o'rinda kirdim
2018: Universitetdan ketdim - qimmatlik qildi
2018: Ta'limga oid startup - tajriba yetmadi
2018: Ish topdim (workly) - 3 oyda haydaldim
2019: Varshavaga o'qishga kirdim - viza kechikdi
2020: Universitetdan 2-marta ketdim, pandemiya
2021: Yandex, Bloomberg - suhbatdan yiqildim
2022: Facebook (Meta) da amaliyot o'tadim
2023: Amazonda 1 yildan so'ng, ishdan ketdim
2024: PJAIT universitetini qizil diplomga bitirdim
2024: 9-5 Googleda ishlab, 5-9gacha 42.uz da
2025: 42.uz da 10,000+ kishi tahsil olyapti
941🔥258👍13981🏆40🤣28👏20🤯20😱11😁8