Fikrbank
3.34K subscribers
327 photos
52 videos
5 files
214 links
Premium Content.
Tadbirkor Xurshid Maroziqovning shaxsiy kanali.
Bog’lanish uchun @BiradgaGapBot ga yozing.
Brending va Logolar uchun @belgikerak
Download Telegram
Shu kunlarda bir necha talaba va yosh ukalarimiz omonatni chet davlatda topshirishdi. Amerikada 2 ukamiz, Avstraliyada yana bir ukamiz. Quyida Hayrulla aka shu yigitlar xotirasiga bag'ishlab quyidagi she’rni yozibdilar. To’lqinlandim o'qib... Sizlarga ham ilindim.

ОТА НИДОСИ

(Илм излаб Австралияда қўним топган ватандошимиз Фазлиддин укамизнинг хотирасига)

Ўзи берган фарзандимни олди Аллоҳим,
Қисмат экан, бошга дардни солди Аллоҳим.
Мўмин дилнинг юрагида битта далда бор –
Дийдоргина Қиёматга қолди, Аллоҳим!

Илм деса чирмовуқдек ёпишган ўғлим,
Сабоқ деса малаклар-ла чопишган ўғлим,
Бугун энди ҳурлар билан топишган ўғлим,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Уммонорти ўлкасида порлаган сирож,
Кийдираман деб кетганди бошингизга тож...
Яъқуб бобом дуосини дилгинамга соч,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Исёним йўқ, гарчи кўнгил қақшаб қолган-да,
Нетай, ўғлим бир олимга ўхшаб қолганда...
Дининг фазли бўлармиди яшаб қолганда,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Дилни тирнар оиланинг аччиқ нобути,
Мушкул, дўстлар, бу лаҳзада юрак собити.
Бунча оғир бўлмаса-ей ўғил тобути,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Аллоҳ, Аллоҳ, бу юкни-да ортиб оляпман,
Ўксук дилдан қайғуларни тортиб оляпман.
Кўз ёшимни этагимга артиб оляпман,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Ҳаммасини Роб, Ўзингдан билгаймиз энди,
Ўша кунга иймон билан кулгаймиз энди...
Тўйгинасин жаннатларда қилгаймиз энди,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Х. Ҳамидов

@fikrbank
som_.pdf
14.3 MB
So'm belgisi uchun biz kiritgan taklif shu edi...

Mayli... Lekin ular... ))

@fikrbank
Besh yoshli o‘g‘limning O‘zbek va Ingliz tilida kitob o‘qigan videosini qo‘ygan edik. Ko‘pchilik qiziqish bildirishdi. Shuning uchun “jonli” eksperiment sifatida egizak farzandlarimiz Aisha va G‘azzoliy uchun:

💥 Telegram:
English Montessori School by Mahlilyo

💥 Instagram:
@aisha_gazzoliy_twins


📚 Kanallarni kuzatish orqali Siz bolachalarni qanday qilib o‘qishga va Ingliz tilida gaplashishga rag‘batlantirishni Maria Montessori metodikasi asosida o‘rganib borasiz (farzandlarimning onasi yuritadi kanallarni).

🤗Undan tashqari kichkintoylarimizning go‘zal va yoqimtoy damlarini ham ulashib boramiz.

🌱 Kanalimizning boshqa kanallardan farqi faqatgina entertainment uchun emas balki ilm targ'iboti uchun ochilganligidir (o'z ko'zingiz bilan "jonli" eksperimentga guvoh bo'lasiz).

Do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring!
Turakulovlar oilasi


🌍 @v_turakulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rasta orqali buyurtmalarni yetkazib berish Toshkent shahrida ham boshlandi.

Sekin sekin bizga ulangan kafe va restoranlar soni ortmoqda. Chapani o’zbekcha professional yondashuv bilan in sha Allah o’z foydalanuvchilarimizni hursand qilamiz. Hozircha ilovamiz Qo’qon, Farg’ona va Toshkent shaharlarida ishlamoqda.

Sinab ko’ring buyurtma berib.

PS: Agar buyurtma berishga imkoniyatingiz bo’lmasa, samimiy 2 ta odamga tavsiya qilsangiz, dasturni takomillashtirishga katta hissa qo’shgan bo’lar edingiz.

Hurmat bilan
Xurshid Maroziqov

@fikrbank
Forwarded from Rasta App
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ish avjida, lekin kayfiyat ko'tarishni ham unutmaymiz!

😅 Xurshidbek akadan qiziq latifa.

🙌🏻 Hoziroq buyurtma berib, tezligimizni sinab ko'ring!

Call-center:
☎️ +998781130123 (Toshkent shaxri)
☎️ +998732290044 (Farg'ona va Qo'qon)

Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Rasta App
Rastadan - AKSIYA!!!

🔥 21:00-23:00 gacha RASTA22 promokodi bilan buyurtmalarni BEPULGA yetkazib beramiz.

🙌🏻 Promokodni, buyurtma berayotganda "Promokod Qo'shish" degan yeriga kiritishingiz kerak!

❗️Shoshiling, aksiyamiz faqat bugun amal qiladi.

📲 Ilovamizni yuklab oling va buyurtma bering!

Call-center:
☎️ +998781130123 (Toshkent shaxri)
☎️ +998732290044 (Farg'ona va Qo'qon)

Telegram | Instagram | Facebook
Iyd Qurbon barchangizga muborak bo'lsin.
O'ylagan yaxshi ishlaring osonlik bilan bitsin. Yomonlarni makridan uzoqda qilsin. O'ziga oson. Bayram muborak!

@fikrbank
Rivojlangan davlat kambag'allar mashina minadigan emas, boylar jamoat transportidan foydalanadigan joy...
(C) Taras Gresko
@fikrbank
Forwarded from Temurbek Adhamov
Assalomu alaykum, ahli Farg'ona!

«Najot Ta'lim» markazining filiallarini navbat bilan viloyatlarda ochishni rejalarimizga allaqachon kiritganmiz. Ishoning, biz barcha viloyatlarda filiallarimizni ochishni, zamonaviy ta'limni imkon qadar kengaytirishni xohlaymiz. Lekin bizni bu yo'ldan to'sayotgan asosiy narsalardan biri tajribali va o'z ishining ustasi bo'lgan kadrlar masalasidir.

***

Yaxshi yangilik bor. Nasib qilsa «Najot Ta'lim»ning viloyatlardagi birinchi filiali shu yil Farg'onada ochiladi.

***

Shu munosabat bilan farg'onalik yoshlarni o'z jamoamiz safiga taklif qilamiz. Agar siz ta'limni yanada rivojlantirish istagida bo'lsangiz, muammolarga tanqidiy fikrlash orqali o'z o'rnida yechim bera olsangiz, biz bilan maqsadlaringiz bir va tartib-intizomli bo'lsangiz, sizni Farg'onadagi jamoamizda ko'rishdan xursand bo'lamiz.

***

Bizda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faoliyat olib borishingiz mumkin:

• Dasturlash foundation yo'nalishida ustoz;
• Grafik dizayn yo'nalishida ustoz;
• Frontend yo'nalishida ustoz;
• Kassa administratori;
• O'quv bo'limi administratori;
• Sotuv menejeri
.

O'zingiz haqingizdagi ma'lumotni ushbu havolada qoldirishingiz mumkin. Yoki shunday insonlarga dalolat qilsangiz ham xursand bo'lamiz. 🙂

@temurbek_adhamov
Юникорн, яъни миллиард долларга баҳоланган компаниялар ҳақида мифлар:

Стартаплар асосчилари доим ҳам ёш йигитчалар ёки қизлар бўлавермайди. 2003 йилдан бери 200 та компания Юникорн бўлган бўлса, уларнинг ярми 34 ва ундан юқори ёшдагилар томонидан асос солинган. Стартапда ёш - нонфактор.

Миф шаклланишига асосий сабаб, медиа ёш стартап эгалари билан осон тил топишиши ва айримлари катта қамров доирасида ёритилгани.

Иккинчи миф - Юникорн стартапларда якка асосчи ёки шерикчилик ҳам асосий фактор эмас. Инвесторлар ҳам бу борада тарафсиз эканликларини билдиришган. Бемалол яхши команда ҳосил қилиш учун шерик бўлиш мумкин.

Учинчи. Бу энг катта миф. Университетни ташлаб кетган стартап эгалари 200 та Юникорн ичида жуда камчиликни ташкил қилади. Лекин бу улар доим топ университетда ўқишганини англатмайди. ярми топ 10 таликда ўқиган бўлса, қолгани топ100 гаҳам кирмаган жойларни битирган.

Бу шу кунларда тугатган китобим Инвестор ва дата аналитик Али Тамасибнинг «Суперфаундерс» китобидан олган хулосаларим. Давоми бор.

Хуршид Марозиқов
@fikrbank

Rasta startapi bu yerda.
2022 йил охиригача 90.4 эгзабайт траффик ишлатилар экан мобил телефонларда. 1 эгзабайт = 1 миллион терабайт. 2017 йилда битта смартфон ўртача ойига 2.6 ГБ маълумот истеъмол қилган экан. 2022 йилга келиб ўртача 15.2 ГБ ни ташкил қилмоқда. 5 йилдан кейингини ўзингиз кўриб олинг)

@fikrbank
Kundalik iboralar yig’ilgan stikerset!
https://t.me/addstickers/Rasta_app
WarGames киносини кўрган ўша пайтдаги АҚШ президенти Реган атрофидаги соҳа мутахассислардан «Ростдан шунақа бўлиши мумкинми?» Деб сўрайди. "Ҳа деган жавобни олгач, Америкада ҳакерликка қарши қонун лойиҳаси ишлаб чиқилади. Бўган воқеа.

@fikrbank
World Economic Forumга кўра Швецарияда “вақт-банклари” ташкил қилинибди. Бу амалиётни Пекинда ҳам қилишяпти экан. Ғоя шундан иборат. Сиз вақт ажратиб кўнгилли сифатида қарияларга қарайсиз. Кейинчалик қариганингизда сизга бошқа ёш кўнгиллилар қарайди. 1 соат - 1 тангага тенг. 60 га кирганингизда тангларни ишлатишингиз ёки бошқа қарироқ танишларингизга ўтказишингиз мумкин. Бизда бу банк бор. Ота-онага яхши қара, фарзандингдан қайтади.

@fikrbank
Forwarded from MFaktor.uz
Xususiy maktabsiz farzandim kelajakda yaxshi natijalarga erishmaydimi?

📊 NAIS tashkiloti 2018-yilgi tadqiqotda xususiy maktablar davlat maktablaridan barcha yo'nalishlarda ustunligini aniqlagan.

Lekin... ularning ko'pi o'rtahol oilalarga qimmatlik qiladi.

Bunga qanday yechim qilish mumkin?

📌 Javobni bugungi "Xususiy maktablarning ta'lim sifati va afzalliklari" nomli ko'rsatuvimizdan bilib oling.

👥 Spikerlar:

Aziz Rahimov — "Merit" va "Gector" maktablari asoschilaridan biri

Abdusaid Karimov — "Gector" maktabi direktori

Barcha ota-onalarga ushbu jonli efirni o'tkazib yubormaslikni tavsiya etamiz!

Jonli efir vaqti:
19-iyul (bugun) soat 21:00 da

👉 https://youtu.be/sYOTT0bwexE

@MFaktorUz
Forwarded from Rasta App
Assalomu alaykum rastachilar!

Eng yaxshi ilova bu foydalanuvchilar bilan bamaslahat qilingan ilovadir! Shu sabab xizmatimizni yaxshilash maqsadida quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishingizni iltimos qilamiz! Bizga katta yordam bo‘lar edi! Qatnashgan ishtirokchilar orasidan 15-Avgust kuni g‘oliblarni aniqlaymiz va ularga 2ta 500 000 so‘mlik sertifikatlar va 20 ta promokodni taqdim etamiz!

So‘rovnomani bu yerda to‘ldiring.

Hurmat bilan,
Rastachi ukaxonlar!

------------------

Здравствуйте, пользователи раста.

Лучшее приложение — это приложение, созданное пользователями. Пожалуйста, помогите нам, ответив на несколько вопросов. У вас будет шанс выиграть 500 000 и промокоды. Мы стараемся сделать сервис лучше.

Пожалуйста, ответьте на вопросы здесь.

С уважением,
Братья раста.
Forwarded from Najot Ta'lim
"Osmondagi bolalar"dan navbatdagi yangilik!

🔥 Qisqa muddatli tanaffuslardan so'ng "Osmondagi bolalar" loyihasi navbatdagi premyera bo'lishini e'lon qiladi.

Loyihaning ushbu sonida Xushnudbek Xudoyberdiyev mehmon bo'lib, suhbat davomida "Zakovat" intellektual o'yini, oliy ta'lim, "Metsenat" loyihasi, yoshlarning institut/universitetlarda o'qishi, ularning muvaffaqiyatga erishishida ota-onaning o'rni, deputatlik saylovlari, sud tizimi va korrupsiya kabi mavzularga to'xtalib o'tildi.

📌 Premyerani bugun soat 20:50 da quyida qoldirilgan havola orqali tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. Loyihaning ushbu sonini ko'rib, o'zingiz uchun manfaatli xulosalar olishingizga ishonamiz!

Havola:
https://youtu.be/WnNWCkWiiBg
Osmondagi bolalarni bugungi sonini o’tkazib yubormang. 20:50 da boshlanadi yuqoridagi link orqali.

@fikrbank
Twitter blokdan chiqarilibdi. Mani u yerda "rastashep" niki orqali kuzatishingiz mumkin.

Profilim
https://twitter.com/rastashep

@fikrbank