Kitoblar ko’paymoqda. O’zbek tilida. Tishga bosadiganlari ham bor, bir tiyinga qimmatlari ham bor. O’zim kitob chiqarib bu industriyadagi past balandlarni ozroq bilgandek bo’ldim. Hozirgi kunda tez boyish sirlari, muvaffaqiyat kaliti va shunga o’xshash mavzularda kitoblar juda ommalashib ketdi. Ba’zi mualliflar (Deyl Karnegi, Napoleon Hill kabilar) insonlarni o’zida ishonch hosil qilishga chaqirib, altruistik g’oyalarni ilgari sursa, qolganlari (Robert Grin, Tim Ferris va boshqalar) makiyavelicha qarash bilan muvaffaqiyat cho’qqisiga chiqishga ishontirmoqchi bo’ladi. Karnegi “Odamlarga samimiy bo’ling!” desa, Grin “Odamlardan ehtiyot bo’ling, sir boy bermang!” deydi. Qisqasi hammani o’zining uslubi bor. Ommabop kitoblar haqida alohida bir mavzu ko’taramiz, post yozamiz kelajakda, nasib qilsa.
Hozir hikoya qilmoqchi bo’lganim, muallifning qarashidan, sohasidan qat’iy nazar, ko’pchilik self-help motivatorlar keltiradigan hikoya. Voqea Amerikalik dengizshunos biolog tajribasi bilan boshlanadi. U katta akulani hovuzga tashlaydi va uning harakatlarini o’rganishni boshlaydi. Avvaliga, akulaning o’zini havzada yolg’iz qoldiradi. Keyingi kuni, dengizshunos olim maydaroq baliqchalarni akula turgan hovuzga tashlaydi. Tabiiyki, akula ularni bir zumda yeb qo’yadi. Bu voqealar bir-ikki kun davom etadi.
Keyinroq, havzaning o’rtasiga shaffof tolali oyna to’siq (EN: fiberglass, RU:стекловолокно) qo’yiladi. Bir tomonida akula yashaydi, boshqa tarafda mayda baliqlar. Tajribaning birinchi kuni, dastlabki urinishdayoq akula qattiq zarb bilan oynaga borib uriladi. Azob chekishiga qaramasdan, bu holatni tez-tez takrorlayveradi. O’zini borib oynaga uraveradi. Olimning kuzatishlariga qaraganda, tajribaning keyingi kunlarida akula borgan sari o’zini kam oynaga uradigan va baliqchalarga kamroq hujum qiladigan bo’ladi. Va nihoyat, dengizshunos olim (marine bioligist) to’siqni olib tashlashga qaror qiladi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, to’siq yo’q bo’lishiga qaramasdan, akula baliqchalarga hujum qilmay qo’yadi. Chunki u hali ham o’sha to’siq mavjud deb biladi va baliqlarni yeyish uchun harakat ham qilmaydi.
Ko’pchiligimiz shu akulaga o’xshab qolganmiz, bir ishni boshlash uchun xohishimiz, niyatimiz bor. Lekin, ba’zi bir ko’rgan, eshitgan to’siqlarimiz yoki kamchilik va muammolarimiz yana shu ishni qilishdan bizni qaytarib turadi. Aybni o’zimizdan soqit qilib, muvaffaqiyatsizligimizni boshqa unsurlar – “qog’ozbozlik”, “adolat”, “pul” va ho kazolarga bog’laymiz va yechim qidirmaymiz. Xatolarimizni ko’rmaymiz.
Shaxsan o’zim bilgan bir misol – hozirgi kunga kelib, ko’zga ko’rinib qolgan fast-fud restoranlar tarmog’i “Les Ailes”dir. Bu brend qisqa muddatda shu darajaga yetmadi. Avvaliga muvaffaqiyatsiz chiqqan 1-2 urinishlardan keyin to’xtab qolinmadi va to’g’ri yondashuv bilan hozirgi kunda o’n bir dan ziyod “Les Ailes” brendlarini o’z ichiga oluvchi fast-fud va pizza tarmog’iga aylandi.
Yaxshi niyatlar bilan bir ishni boshlamoqchimisiz, maslahatlarga quloq bering va ozroq tavakkal ham qiling. Chunki ko’pchiligimiz uchun to’siqlar xuddi shu akulada bo’lgani kabi hayoliy to’siqlardir.
—------------------------------------
🔵 Bizning @fikrbank kanalimizga qo'shiling
🔕 Haftasiga 2 yoki 3 marta yuqori sifatli, o'qib mazza qiladigan maqolalar yuboramiz. Ko'p bezovta qilmaymiz.
🖥 Boshqa qiziqarli maqolalarni www.fikrbank.com saytida o'qishingiz mumkin.

Abdulloh yaxshi bola. Uni hamma yaxshi ko‘radi. “R”ni to‘g‘ri talaffuz qila olmasligi ham yarashadi o‘ziga. Otasi uni birinchi marta masjidga olib borganda 5 yosh edi. Otasi masjidning tahoratxonasida uni oldiga chaqirib, tahorat qanday olinishi o‘rgatmoqchi bo‘lganida, Abdulloh “Dadajon, man o‘zi bilaman!”, – deb hozirjavoblik qilgan.
— Qayerdan bilasan, o‘g‘lim?, — dadasi ko‘zidagi yoshlarini yashirishga harakat qildi.
— Qayeydan? Telvizoyni ustidagi muqovasi yiytilgan kichkina kitobchada boy-ku! Yasmlayidan ko‘yib o‘ygandim!
O‘shanda dadasining ko‘ziga nega yosh to‘lganini tushunmagan Abdulloh. Shunaqa bizning Abdulloh, hammani yig‘latib yuradi.
Masjidda domlaning “Insonlarga yaxshilik qilinglar!” degan gapi Abdullohning esida qolgan. O‘sha paytlari u og‘ir kasallikdan endi tuzala boshlagan edi. Mana, endi bir yil o‘tib, opasi Hadicha ham shunaqa kasal bo‘lib yotibdi. Do‘xtirlarning aytishicha, opasiga Abdulloh qon berishi kerak ekan. Chunki uning qonida kasallika qarshi kurashuvchi immunitet shakllangan ekan.
— Opanga qon berasanmi, Abdulloh?, – so‘radi muloyimlik bilan hamshira.
— Ha, men yig‘lamayman! O‘g‘il bolaman. Opamga beysam beyoyaman!, — kattalarga o‘xshab gapirgandek tuyildi o‘ziga.
Abdullohni opasining oldiga yotqizishdi. Abdullohning jajji ko‘zlari opasining yuziga rang kirishi bilan quvnab ketdi. Keyin birdaniga yuzini xafalik va qo‘rquv bosdi. Qo‘rqib ketidi Abdulloh. Buni kuzatib turgan hamshira so‘radi:
— Ha, Abdulloh?
— Endi men o‘lamanmi? – dedi Abdulloh qo‘rqib.
Chunki bizning Abdulloh butun tanasida necha litr qon bo‘lsa, shuni hammasini opasiga berish kerak deb tushungan edi. Hamshira ko‘ziga yosh oldi. Shunaqa bizning Abdulloh, hammani yig‘latib yuradi.
*
Mana Abdulloh 7 yoshga kirdi. “R”ni ham bemalol aytyapti. Uning g‘ijimlangan pullari bor. O‘zi turadigan ko‘p qavatli uyning pastida “Muzqaymoq” degan joy bor. Bir marta dadasi Abdullohni opasi bilan birga olib kirgan. Abdulloh, g‘ijim pullari qo‘lida, “Muzqaymoq”ga kirdi. Xuddi dadasiga o‘xshab oyna oldidagi stolga o‘tirdi. Ofitsiant qiz Abdulloh o‘tirgan stolga yaqinlashdi.
— Nima buyurasiz, yigitcha?, – dedi kulimsirab.
— Sariq muzqaymoq nech pul?, – so‘radi Abdulloh menyudan rasmni ko‘rsatib.
— 3 000 so‘m.
Abdulloh g‘ijimlangan pullarini stol ustiga yoyib, shiftga qarab hisobladi. Bu orada ofitsiant qiz besabrlik bilan:
— Puling yetmasa ertaga kel.
— Oq oddiysi nech pul?
— 2 000 so‘m – dedi qiz, “Bo‘ldi, endi tuyog‘ingni shiqqillat!” degandek.
— Shundan olib keling opa.
Ofitsiant qiz muzqaymoqni olib kelib, stol ustiga hisob-cheki bilan birga qo‘ydi va “ship-ship” etib ketib qoldi. Abdulloh muzqaymoqni paqqos tushirib, chiqib ketdi. Ofitsiant qiz stol ustiga kelib, 3 000 so‘mni ko‘rdi va tashqariga chiqishga ulgurgan Abdullohga oynadan qaradi. Ko‘ziga yosh oldi. Chunki Abdulloh, xuddi dadasiga o‘xshab, choy haqi uchun 1 000 so‘m qoldiraman deb, sariq muzqaymoq yemagan ekan. Shunaqa bizning Abdulloh, hammani yig‘latib yuradi.
*
Hozir Abdulloh men bilan yashaydi. Ukam va xotini avtohalokatga uchrab, olamdan o‘tgandan so‘ng, ikki farzandini o‘z qaramog‘imga olganman. Opasini yaxshi, Xudoni tanigan ishbilarmon bolaga berdik. Ular hozir Dubayda. Abdullohni, mana siz bilan Amerikaga o‘qishga kuzatyapmiz, – dedi amakisi ko‘ziga yosh olib.
Eh Abdulloh, hammani yig‘latib yuradi.

Millionerga Aqilli Javob (Fikrbank)
“Industrial Revolution”, ya`ni sanoat inqilobi davrida Amerikada sodir bo‘lgan bu voqea sizni o‘yga toldiradi. Kunlarning birida millioner o‘z zavodiga tashrif buyurdi. Qarasa ishchilar ishlashdan to‘xtagan, ishlab chiqarish mashinalarinig “taraq-turuqi” ham yo‘q edi. Sababini so‘raganda, millionerga dastgoh (ishlab chiqarish mashinasi) buzuqligini aytishdi.
Millioner dastgohni tuzatish uchun yaxshi texnik usta qidira boshladi. Kuniga millionlab dollar yo‘qatayotgan edi axir! Bir necha ustalar kelib, dastgohni ishga tushira olmay qaytib ketishdi.
Nihoyat, qo‘shni shahardan bir usta topib kelishdi. Usta mashinani atrofida ko‘zdan kechirganday bo‘lib, bir marta aylandi. So‘ng charm sumkasidan atvyorka (shrup qotirgich) olib, o‘zi buralib kiradigan (саморез) mixni mashinaning chap biqiniga burab qotirdi. Ish bitdi.
Millioner: Nech pul so‘raysan hizmating uchun?
Usta: Sizdan 500,000$ bo‘ladi
Millionerning esi chiqib ketgudek bo‘lib, ustadan nima qilgan hizmatlari uchun bunday ko‘p haq olishini tushuntirib yozib berishini so‘radi. Axir bor yo‘g‘i bir dona mixni 45 soniyada qotirib qo‘ydi, boshqa ish qilmadi!
Usta esa qog‘ozga shunday deb yozdi:
Yo‘l kira —————————————- $1
Mixni qotirish ——————————— $1
Mixni qayerga qotirishni bilish ———- $499,998
Ma`lumot uchun:
XVIII asr ikkinchi yarmidan XIX asr birinchi yarmigacha (1760-1840) jahonda “Industrial Revolution”, ya`ni sanoat inqilobi yuz berdi. Dastlab Buyuk Britaniyada boshlanib, keyinroq G‘arbiy Yevropa va Amerikaga tarqaldi. Bu davrda asosan qo‘l mehnatidan qochib, samaradorlikni oshirish va narxni pasaytirish uchun dastgohlardan foydalanishga o‘tildi.
—------------------------------------
🔵 Bizning @fikrbank kanalimizga qo'shiling. 🔕 Haftasiga 2 yoki 3 marta yuqori sifatli, o'qib mazza qiladigan maqolalar yuboramiz. Ko'p bezovta qilmaymiz. 🖥 Boshqa qiziqarli maqolalarni www.fikrbank.com saytida o'qishingiz mumkin.

Yashirinib Yotgan Qobilyat
Xitoylik fermerlardan biri toqqa safarga chiqdi. Qoya oralab borar ekan, tashlab ketilgan burgut ini qarshisidan chiqdi. Qarasa, inda tuxum turibdi. Ushlab ko’rsa issiq. Avaylab fermasiga olib ketdi. Fermaga borgandan so’ng, bostirmoqchi bo‘lgan tuxumlar orasiga burgut tuxumini ham qo’shib qo’ydi. Oz muddat o’tgach, tuxum yorib chiqdi. Kichkina burgut polaponi (eaglet) boshqa jo’jalarga qo’shilib katta bo’la boshladi. Ertalab katakdan chiqib ketadi, kuni bo’yi pastga qarab don qidirib yuradi, shom bo’lganda uyga qaytadi. Hayotining ko’p qismini shu tarzda o’tkazib yubordi. Qaribdi. Kunlarning birida qandaydir qushning ovozi uning e’tiborini tortdi. Yuqoriga qarasa, tepada burgut viqor bilan bir-bir qanot qoqib, aylanyapti. Shunda yerdagi burgut “Qani edi men ham burgut bo’lganimda edi…” – deb xo’rsinib, don terishda davom etibdi.
Oramizdagi o’zining burgutligini, Yaratganning unga in`om etgan buyuk qobiliyatlari mavjudligini anglab yetmagan, yashirinib yotgan buyuk burgutlarga bag’ishlandi ushbu maqola. Qarib, tolmasimizdan burgutligimizni anglab yetaylik. Xulosa o‘zingizga havola.
Eski Arxivdan olindi.
Tarjima. Xurshid Maroziqov.
2015-yil.
-------------------------------

500 MING DOLLARLIK ER QIDIRGAN QIZ
_______________________________
Bir qiz, dunyoda boy odamlar onlayn klubiga kirib, quyidagi xatni qoldiribdi.
* * *
Salom,
Yoshim 25da. Men juda ham chiroyli, kelishgan, zamon va moda bilan hamnafas qizman. Boy bir kishiga turmushga chiqmoqchiman, oyligi yiliga 500 ming dollardan kam bo‘lmasligi kerak. Siz meni juda ham och ko‘z qiz ekan deyishga shoshilmang, chunki Nyu-Yorkda yiliga 1 million dollar topadigan kishi o‘rta sinf vakili hisoblanadi. Meni talablarim juda yuqori emas, ayni shu forumda kimdir chiqar, yiliga 500 ming dollar ishlab topadigan?! Yoki hamma uylanib bo‘lganmi?
Men sizlardan so‘ramoqchiman. Aytinglar, badavlat kishiga turmushga chiqish uchun nima qilay? Shu paytgacha yurgan yigitlarimdan eng boyvochchasi yiliga 250 ming dollar topar edi. Bu Nyu-Yorkdagi men xohlagan yerda yashash uchun yetarli mablag‘ emas. Shuning uchun, ruxsatingiz bilan, quyidagi savollarni bersam:
1) Badavlat kishilar qayerlarda ko‘proq yurishadi? Klub, restoran, diskoteka, bar nomlarini yozishingizni so‘rayman.
2) Qaysi qatlamni tanlashim zarur? Masalan, yoshroq yigitlarmi yoki yoshi kattaroqlarmi?
3) Ko‘p ko‘rganman, badavlat kishilarning ayollari juda chiroyli ham bo‘lishmaydi. O‘rtacha ko‘rinishga ega bo‘lishadi. Ular buni qanday uddalashadi?
4) Badavlat kishilar, aytinglar, sizlarga xotinlikka ko‘proq qanday qizlar kerak va qaysi qizlar faqat ko‘ngilxushlik uchun kerak? Mening maqsadim turmushga chiqish.
Hurmat bilan,
Go‘zal Hurliqo.
*
“JP Morgan” banki rahbaridan faylasufona javob.
Azizim Go‘zal Hurliqo,
Sizning xatingizni zo‘r qiziqish bilan o‘qib chiqdim. Fikrimcha, juda ko‘pchilik qizlar shu kabi savollar bilan xayollarini band qilib yurishadi. Iltimos, bergan savollaringizdagi holatni professional investor sifatida tahlil qilishga ruxsat bersangiz.
Menning yillik oyligim 500 ming dollardan ziyod (divident va bonuslarni qo'shmaganda) va bu bilan sizning talabingizga javob beraman. Dangal qilib aytganda, siz “chiroy“ni “pul“ga ayri bosh qilmoqchisiz. Ya'ni, barter qilmoqchisiz. Siz chiroyingizni berasiz, biz uning uchun pul to‘laymiz. Sodda va lo‘nda, bir qarashda adolatli. Servis (hizmat ko'rsatishga, pul to'laymiz). Lekin, bu yerda yaxshigina muammo mavjud. Iqtsodchilarda ikkita mulk turi bor. Birinchisi (appreciation asset) - vaqt o'tishi bilan qiymati ortadigan mahsulotlar. Masalan, antikvar va tarihiy buyumlar, vino, yer-mulk va hokazolar. Ikkinchisi, (depreciation assets) - vaqt o'tishi bilan narxi pasayadigan mulklar. Bunga ko'plab kundalik narsalar kiradi. Masalan kompyuter - yangisidan kora eskisining bahosi arzonroq turadi. Yildan yilga bahosi paslab boraveradi.
Shu sababli iqtsodchi nuqtai nazaridan, boylikni hisobga olganda men yildan yilga bahosi oshib boradigan mulkman, siz esa aksincha. Sizning chiroyingiz yildan yilga bahosi yuqori suratda pasayadigan mulk. Va bu siz maqtanadigan yagona xususiyat bo‘lsa, sizning bahoingiz 10 yilda umuman qolmaydi. Xafa bo‘lmasangiz, soddaroq tushuntiraman. Biznesmenlar, agar zarurat bo'lmasa, bahosi tez pasayadigan mulkni kam xolatlarda sotib olishadi. Odatda bunday mulklar ijaraga olinishi mumkin. Demak, siz bilan ham faqat...
Kimni 500 ming dollar puli bo‘lsa, u ahmoq odam emas; siz bilan faqat uchrashib yurishimiz mumkin xolos, lekin hech qachon uylanmaymiz. Uylanishimiz uchun sizda omonatdorlik, erning sirini saqlay bilish, sadoqat kabi fazilatlar bo'lishi kerak. Sizga bunday maqsadlarni unutishingizni maslahat bergan bo‘lardim. Uning o‘rniga yaxshi hislat orttirib yoki o‘zingiz tadbirkorlikka qo‘l urib 500 ming dollardan ko‘proq daromad ishlashingiz mumkin. O‘ylaymanki, yozganlarim sizga yordam beradi.
“JP Morgan” rahbari.

Ўз билимига ишонаётган абитуриентларга таклифим. Юз хотир қилмасдан, тест ечиш жараёнида х вариант, телефон ёки шубҳали ҳаракат қилаётган "абитурентлар"ни ўзингиз қўрқмасдан туриб ўша ердаги вакилга айтинг! Буни оммавий ҳолатда қилишингиз керак. Бу ҳаракат билан сиз бировни сотмайсиз, ўзингиз учун, ўзингиз курашинг! Шунда сал бўлсада кечаларни бедор китоб ўқиб ўтказганларнинг қайсидир қисми бўлсада ўқишга кирган бўларди.
© Муаллифини билмайман. Сиз ҳам бу маслаҳатни тарқатишингиз, яхшиликка ҳисса қўшишингиз мумкин. Бизга қаллобликлардан холи жамият керак.
🎈@fikrbank

Яқинда бир танишим менга СМС жўнатди. СМСда ишлатилган ўнта сўзнинг деярли ярми хато билан ёзилган эди. Шошилинчда ёзгандир-да, деб қўя қолдим. Кўп ўтмай у билан бир даврада учрашиб қолдик. Танишим ўзи борган хориж мамлакатидаги саёҳат ҳақида гапира туриб, яна хато сўзлади. Мен унинг гапларини бир амаллаб эшитгач: — Дўстим, биринчидан Дубай давлат эмас, у Бирлашган Араб Амирликларидаги шаҳар, деб хатосини тузатган бўлдим. Шунда у: — Қанақасига Бирлашган Араб Амирликлари Африкада-ку, — деб қовоғини солди. Нуфузли олий таълим муассасасини тамомлаган бу йигитнинг саводсизлиги ҳафсаламни пир қилди.
Афсуски, бугун ана шундай саводсизлар сони глобал миқёсда ортиб бормоқда. Бирлашган Миллатлар Ташкилотидан олинган маълумотларга қараганда айни пайтга келиб вояга етган дунё аҳолисининг 750 миллионлик қисми саводсиз бўлиб, уларнинг учдан икки қисмини аёллар ташкил этади. Мактаб ёшидаги 250 миллион бола савод чиқармаган, 124 миллион бола эса мактаб нима эканини билмайди. Жаҳондаги аксарият мамлакатларда ҳукм сураётган тўхтовсиз урушлар ва бу мамлакатларнинг ички ишларига ғарблик “ёрдамчилар”нинг аралашуви сабаб мактаб ва бошқа таълим муассасаларининг фаолияти тўхтаган. Бу ўз-ўзидан саводсизликнинг ортишига шароит яратмоқда. Саводсизлик нафақат нотинч мамлакатларда, балки ривожланаётган давлатларда истиқомат қилаётган ёшлар орасида ҳам учраб турибди. Мактабда ўқувчилар география фани орқали Ернинг думалоқ экани, унда жойлашган океанлар, қитъалар, қитъалар, денгизлар, давлатлар ва халқлар тўғрисида керакли маълумотларни ўзлаштириши шарт. Лекин уларнинг ҳаммаси ҳам ушбу сабоқларни ўзлаштиролмайди. Шунинг учун ўтказилаётган машғулотларни интерфаол услубда олиб боришни замоннинг ўзи талаб этмоқда.
Яна бир жиҳат, ўқувчилар ўлкамиз жўғрофиясини чуқур ўзлаштириши, Косон тумани Қашқадарё вилоятида, Косонсой тумани Наманган вилояти таркибида эканини, шу билан бирга, юртимиздаги туман ва шаҳарлар тўғрисида етарли билимга эга бўлиши лозим. Масалан, Олий таълимда ўқув йили давомида талаба оралиқ, жорий, якуний назорат ишларини топширади. Бундай пайтда уларга “беминнат ёрдамчи” “telegram” қўл келмоқда. Талаба аудиторияда ўқитувчи берган топшириқни бажаришдан олдин мавзуга оид маълумотни манбадан олади ва ижтимоий тармоқ орқали гуруҳдошларига етказади. Назорат ишларини текшираётган ўқитувчи эса талабаларнинг жавоби бир хил ва айнан тўғри ёзилганига ҳайрон бўлади. Ахир уларнинг бир-биридан кўчиришига имконият йўқ эди-ку. Албатта, кўпчиликнинг узоғини яқин қилиб, вақтини тежаётган, глобалл тармоқни ёмонотлиқ қилишдан йироқмиз. Бироқ тарозининг ҳам икки палласи бор. Кундалик ҳаётда саводсизлик сўнгги йилларда таълим тизимидаги қусурлар ҳамда глобал тармоқ орқали палак отмоқда. Таҳлиллар шуни кўрсатмоқдаки, МДҲ мамлакатларида аллақачон оммалашиб улгурган “odnoklassniki”, “telegram” ва бошқа ижтимоий тармоқларда бўлаётган ўзаро мулоқотларда бирон сўзни тежаш мақсадида ишлатилаётган қисқартмалар ўзини “ақлли” деб ҳисоблайдиганлар томонидан ўйлаб топилмоқда. Мулоқотлардаги бундай “кашфиётлар” уларнинг тенгдошлари онгу шуурига муҳрланиб, ўқиш ва ишида, ҳаётнинг турли жабҳаларидаги фаолиятига таъсир кўрсатмасдан қолмаяпти.
Саводсизликка қарши курашишда аҳоли гавжум жойларда, жумладан, бозорлар, савдо ва хизмат кўрсатиш объектларидаги номларнинг, турли чақириқ ва тарғибот материалларнинг тайёрланишида имловий хатоларга йўл қўймаслик керак. Чунки тарғибот материаллари омманинг доимий эътиборида бўлади. Машойихлар саводсиз халқ таназзулга юз тутади, деб бежиз айтмаган. Бугун сизу биз учун аҳамиятсиз туйилган кичкина имловий хато ўз ортидан катта хатоларни - саводсизликни келтириб чиқаради. Дунёни маърифат қутқаради. Шундай экан саводсизликка қарши кураш ҳар биримизнинг бурчимиз.
Акбаржон АБДУРАИМОВ
#guestpost kun.uz saytida e'lon qilingan maqola
__
@fikrbank || Kanalimizga ulaning. Sizni xar-hil xabarlar bilan tez bezovta qilmaymiz. Bezovta qilganimizda esa, sizga aytmoqchi bo'lgan muhim gapimiz bo'ladi.

1 августга яқин қолди. Жуда яқин. Ҳаяжон бошланганига анча бўлди тўғрими? Тайёргарликлар, маслаҳатлар ва насиҳатларнинг охири кўринмайди. Ота-онага қўнғироқ, устозлардан далда олиш, ёнбошлаб келажак ҳақда узун хаёл суриш...
Имом Муслим томонидан ривоят қилинган бир ҳадис бор: Расулуллоҳ алайҳиссалом: "Ким бизни алдаса, бизданмас!", деган маънони беради.
Бир нарсага ишонинг, дунёнинг барча дипломлари мана шу огоҳлантиришга арзимайди.
Азиз абитуриент! Ҳалол бўлинг, бунда ҳикмат жуда кўп. Натижасини кўп ўтмай билиб оласиз.
Kun.uzdan olindi
-----------
• @fikrbank
• Halollarni Alloh qo'llasin!

Jorj Berand Shou Cho'chqalar Haqida
Ba'zan aqli past odamlar bilan tortishib qolganingizda mashxur ingliz adibi Bernard Shouning quyidagi gaplarini yodda tuting.
Cho’chqa tabiatan iflos hayvon.
Cho’chqalar bilan kurashmang.
Badaningiz kir bo’lgani qoladi.
Cho’chqalarga esa bu yoqadi.
-------------------------------
🔵 Bizning @fikrbank kanalimizga qo'shiling. 🔕 Haftasiga 2 yoki 3 marta yuqori sifatli, o'qib mazza qiladigan maqolalar yuboramiz. Ko'p bezovta qilmaymiz. 🖥 Boshqa qiziqarli maqolalarni www.fikrbank.com saytida o'qishingiz mumkin.
Ba'zan aqli past odamlar bilan tortishib qolganingizda mashxur ingliz adibi Bernard Shouning quyidagi gaplarini yodda tuting.
Cho’chqa tabiatan iflos hayvon.
Cho’chqalar bilan kurashmang.
Badaningiz kir bo’lgani qoladi.
Cho’chqalarga esa bu yoqadi.
-------------------------------
🔵 Bizning @fikrbank kanalimizga qo'shiling. 🔕 Haftasiga 2 yoki 3 marta yuqori sifatli, o'qib mazza qiladigan maqolalar yuboramiz. Ko'p bezovta qilmaymiz. 🖥 Boshqa qiziqarli maqolalarni www.fikrbank.com saytida o'qishingiz mumkin.
Oʻtgan asrda bir yosh yigit Qori domlaga shogird boʻlib keldi. Qurʻonni toʻgʻri oʻqish (tajvid) va uni yod olishdan dars olar edi. Boʻsh vaqtida esa ustozining xonadonida boʻlgan mayda yumushlarni bajarar edi. Uydan ellik qadam nariroqda kichik bir ariq bor edi. Kundalik darsini olgan shogird, ayvonda shiftga qarab yotar ekan, miyasidan bir fikr oʻtdi: “Axir men arab tilini bilmasam, Qurʻonni yod olib nima qilaman, avval arab tilini oʻrganib, keyin Qurʻonni oʻrgansamchi?” – dedi. Ustozining oldiga yugurdi. Ustoziga quyidagi savolni berdi:
– Ustoz, arab tilini tushmasam, Qurʻonni yod olib nima qilaman?
Ustozi oʻqiyotgan kitobiga qarab bir zum tikilib qoldi va shogirdiga qarab dedi: – Hoʻv anavi koʻmir elanadigan gʻalvirni koʻryapsanmi?
– Ha, koʻryapman.
– Oʻsha gʻalvirni olib, ariqdan suv olib kel.
– Uzr ustoz, lekin gʻalvir teshikku! – dedi shogird.
– Aytganni qilsangchi! – deb ustoz kitob mutolaasida davom etdi.
Bola yugurib borib ariqdan gʻalvirga suv toʻldirdi va ustozining oldiga eltmoqchi boʻldi. Lekin har gal gʻalvirdan suv oqib ketaverdi. Gʻalvirda suvni keltirish imkonsizligini bilgan shogird ustozining oldiga keldi va dedi:
– Gʻalvirda suv turmaydi. Shu sababli unda tashish befoyda. Nima uchun menga buni buyurdingiz ustoz?
Ustoz kulib qoʻydi va bolaga qarab:
– Bu koʻmir elanadigan gʻalvir edi. Qop qora edi. Endi qarasang yuvilib, yaltirab qolibdi. Garchi, suv uning ichida turmay oqib ketgan boʻlsa ham, suv uning kirlarini tushirib yubordi. Qurʻonni arab tilini bilmasdan yod olish ham shunga oʻxshaydi. Garchi tushunmasang ham, qalbingni yuvib, yaltiratib qoʻyadi, – dedi.
Ustozning bu gaplarini eshitgan shogird, darslarini yana ham chin yurakdan bajaradigan boʻldi va bir yil deganda Allohning muborak Kalomini yod oldi.
__
🔵 @fikrbank kanalimizga qo'shiling. 🔕 Haftasiga 2 yoki 3 marta yuqori sifatli, o'qib mazza qiladigan maqolalar yuboramiz. Ko'p bezovta qilmaymiz. 🖥 Boshqa qiziqarli maqolalarni www.fikrbank.com saytida o'qishingiz mumkin.