Channel created
Bugun ko‘p muhokama qilinayotgan Falastin va Isroilning qaysi qitʼada joylashganini bilasizmi?
Anonymous Quiz
14%
Yevropa
69%
Osiyo
16%
Afrika
2%
Amerika
"Kuchli bo‘lmaguningizga qadar boshqalarning adolatsizligidan xafa bo'lib yuraverasiz"
@fikrat
Millatni ichidan chiqqan xoinlar mag'lub qilishi mumkin, lekin... ilmsizlik, g‘iybatga "o'tirib qolish" va hasad kabilar "tezroq yiqitadi", afsus..
@fikrat
"Sog'lom avlod - farzandlar salomatligi faqat rafiqaning vazifasi emas".
Poliklinikaga farzandlaridan birini aravchada, boshqasini qo'lida ko'tarib olib ketayotgan ayol "bu qiyin emas", deyishi mumkin, lekin erkaklar bu ishni o'zlarida sinab ko‘rsalar "shirin yolg'on"ni kashf qiladilar.
Oilaga alohida vaqt ajratish emas, balki oilaga zarur vaqtda uning yonida hozir bo‘lish muhimroq hisoblansa yaxshi edi...
@fikrat
"Rahbarlik — bu masʼuliyat, imtiyoz emas"
@fikrat
Sеning ham haqiqating bor
Mening ham haqiqatim bor

To‘g‘ri. . . - lekin menda haqiqat bilan birga OAV (mediya) ham bor.

Afsuski bugungi kunda haqiqatning o‘zi yetarli emas.

@Hamid_Sodiq
O‘qituvchilarni hurmat va xursand qilish uchun hukumatning alohida qarori shart emas, bu ishni bugundan boshlashingiz mumkin: bir varaq qog‘ozga farzandingiz ustoziga minnatdorchilik xati yozib jo'nating, imkon topsangiz yoniga yangi kitob qo'shib bering. Ishoning, ustozlar uchun bu katta xursandchilik - sovg'a emas, e'tibor va e‘tirof.
"Muhtaram ustoz!
Biz uchun aziz bo‘lgan farzandlarimizga ta'lim berayotganingiz uchun sizga ko‘pdan-ko‘p tashakkurlar aytamiz. Bilamiz, bu siz uchun oson emas, 30 bola, 30 xarakter... vaqti kelsa bolamizning darsiga yordam berishga vaqt topolmaymiz, Siz esa... (davom ettirishingiz mumkin)"

@fikrat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz.

Vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda o‘t ochishdan tiyilishga chaqiramiz.