Feruz Rahimov
96 subscribers
186 photos
23 videos
70 links
Mening blogimga xush kelibsiz!
Ish faoliyatim va hayotimiz davomida hayotiy saboqlarni birga o'rganamiz.
https://www.facebook.com/feruz.rahimov.9
https://www.youtube.com/@10Daqiqa
Aloqa: @Feruz1
Download Telegram
"Nima demoqchi edim?..."

@feruzrahim
😁6👏1
Бугундан Ғиждувон (Бухоро) туманини ривожлантириш бўйича таклифлар ишлаб чиқамиз:

Комплекс туризм хизматлари ва фестиваллар ташкил этиш:

1. Хўжа Абдухолиқ Ғиждувоний зиёратгоҳи ва “Қўрғон” туризм маҳалласи билан уйғунликда яхлит туризм масканини ташкил этиш мақсадида “Қўрғон”, “А.Ғиждувоний” ва “Чорсу” маҳаллаларини туризм маҳалласига айлантириш, “Ғиждувон Қўрғони” очиқ осмон остидаги музейга айлантириш.
Бунинг учун маҳаллаларда камида 20 тадан меҳмонхона уйлари ва 5 тадан туризм хизматлари ташкил этиш. Туризм маҳалласи ташкил этиш учун Туризм қўмитасига ариза топшириш зарур.

2. 2026 йилда Ғиждувон туманининг 100 йиллик юбилейи муносабати билан фестивал ташкил этиш.
Фестивалда тумандаги туризм объектлари яқинида концерт дастурлари, танловлар, конференция ва форумлар, спорт мусобақалари, маданий кечалар ва турли тематик тадбирлар, керамика ва ҳунармандчилик соҳаси тақдимотлари ташкил этиб, унга блогерлар, хорижий меҳмонлар ва туристик фирмалар вакилларини таклиф этиш.

@feruzrahim
2👍1
Review.uz dagi maqolamga iqtisodchi bloger "bakiroo" fikr bildiribdi. Haqiqatda YouTube monetizatsiyasi biz uchun juda muhim.
👍4🔥1
Forwarded from bakiroo
Youtube монетизацияси ўзбекистонликлар даромадини йилига $30-50 млн.га ошириши мумкин

Бу рақамни айтайлик, Ўзбекистон тери ёки сут маҳсулотлари экспортидан олаётган даромадлар ҳажми билан солиштирса бўлади.

"Иқтисодий шарҳ" журнали ўрганишларига кўра, Youtube Ўзбекистонда монетизация қилиниши натижасида маҳаллий блогерларнинг даромади йилига $30-50 млн.га етиши мумкин. Янги контент яратувчилар сони ошиб, креатив саноат ривожланади (креатив иқтисодиёт бўйича катта режалар қўйилаётганига қарамай, амалда сўз эркинлиги коридорлари торайиши ҳисобига унинг тобора биқиқлашуви юз бермоқда).

Ҳозирда, Youtube'нинг ўзбек сегментида контент яратувчиларда харажат бор, лекин платформадан олинадиган бевосита даромад йўқ (минтақада фақат Қозоғистонда монетизация очиқ). Монетизация очилиши миллий контент учун фақат давлат маблағлари эмас, реклама даромадларини йўналтириш, сифатни ошириш ва бойитиш имкониятларини очган бўларди.

Қайд этилишича, Ўзбекистонда маҳаллий реклама бозори ҳажми ўтган 2024 йилда 2,1 трлн.сўмни ташкил этган, 29% - рақамли рекламага тўғри келади (20% - ташқи реклама, 51% - телерекламалар). Лекин бу фақат ичкаридаги транзакциялар ҳисобига. Реклама экспорти деярли йўқ (импорт бор ва йилдан йилга ошмоқда).
3👍1
Muhrim aka ham post qo'yibdilar. Mashhurlik ham qiyin ekan, ba'zi raqamlarni so'rab chiqishyapti, hammasini qayerdan topganimni aytib berib turibman. Ingliz tiliga ham tarjima qildim maqolani. Qaniydi, shu maqolam google ga ham yetib borsa, davay yoqamiz devorsa 😁.
👏4
Forwarded from Muhrim / Муҳрим
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi YouTube platformasining O‘zbekistonda reklama daromadlaridan foydalanish (monetizatsiya) xizmati yoqilishining iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilib chiqibdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, YouTube'dagi monetizatsiyaning ochilishi bilan O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini 0,05−0,1 foizga oshirishi mumkin. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich YaIMning 0,1 foizini tashkil qiladi.

Erinmagan tahlilchilar O‘zbekistonda qancha videobloger borligini ham hisoblab chiqibdi. Unga ko‘ra, hozir bizda 26 mingdan ortiq faol videoblogerlar mavjud ekan.

Ularning 1000 nafari katta bloger (obunachilari 100 mingdan ortiq), 5000 nafari o‘rta bloger (10-100 ming obunachi) va 20 ming nafari kichik bloger (1-10 ming obunachi) ekan.

“Agar 1000 ta ko‘rish uchun o‘rtacha CPM (reklama to‘lovi) $0,8 — $1,4 deb olinadigan bo‘lsa va yillik umumiy ko‘rishlar soni 36 milliardni tashkil etsa, jami daromad $28,8 mln — $50,4 mln oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Taqqoslash uchun: AQSHda CPM $5 — $15, Qozog‘istonda $0,8 — $2 atrofida”, - deyiladi tahlilda.

AKT vazirligimiz “ingliz tilida kontent qilinglar, ingliz tilida monetizatsiya muammosi yo‘q”, demasdan, YouTube O‘zbekistonda monetizatsiyani ochishi uchun bir odamga o‘xshab harakat qilib ko‘rsa bo‘larkan. Kamtarona hisob-kitob bo‘yicha, mana, yo‘q joydan salkam 30-50 mln dollar kelaman, deb turibdi. Shuncha pul ishlash mumkinligini bilsa, O‘zbekistonning yarmi videobloger bo‘ladi - ana unda bir necha yuz mln daromad qilish ham hech gap emas.
👏4👍21
Madaniy xordiq taym.

"Bir kunlik baxt" spektaklidan iqtiboslar:

- Hozir hamma odamning g'ami qornida;

- Odamlar oqimiga tushib qolmay o'z yo'lida hamma ham yura olmaydi;

- Zamonga moslashib yashang, shunda hammasi yaxshi bo'ladi;

- Onalarimizning baqir-chaqirig'iga o'rganib qolganmiz. Sokin gapirishni boshlasalar qo'rqaylik.

@feruzrahim
🔥21👏1😁1
HRM - Xodimlarni boshqarishga qiziqqanlar uchun kitob tavsiyasi. Xodimlarni masshtablash kitobi mazmuni 10 daqiqa kanalimizda.

Aytgancha, 10 daqiqa kanali va ushbu video muallifi kaminayu kamtarin. 10 daqiqa kanali loyihamiz haqida keyinroq batafsil gaplashamiz.

@feruzrahim
👍2🔥1🥰1👏1
Forwarded from 10 Daqiqa
Google va Stripe kompanniyalarining xodimlarini boshqarishdagi muvaffaqiyat siri!
Kleyr Xyuz Jonsonning "Xodimlarni masshtablash" kitobining mazmuni.

Video havolasi: https://youtu.be/JRWGCL3WNeY

@ondaqiqa
👍1
Bugun bolajonlarimizni xursand qildik. Siz ham kichik oilamiz a'zolariga - kelajagimizga vaqt ajrating.

@feruzrahim
👍31
G'ijduvonda mehnat safari bilan ijodni boshladik.

@feruzrahim
👍42
Bu paxtani toshli yerda ham yetishtira olgan G'ijduvonliklarga qoyil. Minglab gektar shu ahvol ekan. O'rniga bog' qilishmoqchi - yaxshi taklif.

Paxtadan sekin-asta meva-sabzavotga o'tsak, ham suv tejaladi ham daromadi yuqori bo'ladi. Paxta guruchdan ham ko'p suv ichar ekan.

@feruzrahim
1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7 pirdan biri - G'ijduvoniy maqbarasi

@feruzrahim
1👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM