Feruz Rahimov
95 subscribers
186 photos
23 videos
70 links
Mening blogimga xush kelibsiz!
Ish faoliyatim va hayotimiz davomida hayotiy saboqlarni birga o'rganamiz.
https://www.facebook.com/feruz.rahimov.9
https://www.youtube.com/@10Daqiqa
Aloqa: @Feruz1
Download Telegram
Jizzaxdagi Prezident maktabiga xalqaro maktab darajasi berilibdi. Bunday maqom olgan maktablar dunyoda mingtaga ham bormaydi. CIS - Xalqaro maktablar konsulligi chuqur o'rganishidan so'ng shu qarorga kelishibdi.

Albatta bu darajaga chiqishda maktab jamoasi, o'quvchilarning o'rni, bilimi katta.

Barcha Jizzaxliklarni tabriklayman. Endi bu maktab tajribasini qolgan davlat maktablariga joriy qilish qoldi.
👍3👏2🔥1
Forwarded from Sherbek Safariy
Ko‘chaga chiqsangiz, niqob taqib chiqing ❗️

So‘nggi marta ommaviy ravishda tibbiy niqoblar taqib yurishni COVID-19 tarqalganda, odamlar uylaridan chiqolmay qolganida qattiq tavsiya qilishgandi ⚠️

Ayni paytdagi havoning ifloslik darajasi N95 / KN95 niqoblarini taqib yurishni talab etadi 😷

O‘zingizni o‘zingiz asrang. Hozircha hamon biror rasmiy munosabat / hisobot / tahlil / chora va harakatlar ketma-ketligi mas’ullar tomonidan ma’lum qilinmadi. O‘zingizni asrang. Boshqa chora qolmayapti.

Suratlar generatsiyasi: @sherbek_safariy
G‘oya: @mirzodanmaktub

#BizgaTozaHavoKerak
👏1😁1😭1
Biz teatrga emas, ko'proq konsertga, qiziqchilikka, to'yga ko'proq qiziqamiz.

Farzandlarimizni teatrga o'rgataylik. Shunda ko'p muammolardan xalos bo'lamiz. Teatrdagilar maktablarda o'rgatilmaydi.

"Romeo va Juletta" spektaklini ko'rdik. Hammaga ma'lum spektakl sevgi haqida. Bugungi kunda oramizdan sevgi ko'tarilmoqda. Bir birimizga, aka ukamizga, oilamizga sevgi kam. Bir qarich yerni deb talashmoqdamiz. Sevishni o'rgatish kerak farzandlarga. Faqat xirsiy sevgi emas, haqiqiy sevgi. Rafiqaga, farzandga, vatanga bo'lgan sevgi. Sevgi hissiyoti ham Allohning ne'mati.

Zero sevgi bilan ikki dushman oila, ikki dushman millat yoki davlat birlashishi, tinchlikka sabab ham bo'lishi mumkin.
👍2😁1
AQSh bilan qurilish sohasida qanday hamkorlik qilish mumkin?

1. “Aqlli shahar” texnologiyalari
Cisco va IBM kabi kompaniyalar bilan transport, xavfsizlik va infratuzilma boshqaruvini raqamlashtirish. Huddi “Smart Astana” kabi.

2. Zilzilabardoshlik va yong‘inga chidamlilik
USGS va FEMA bilan birgalikda seysmik xaritalarni yangilash, eski uylarni inventarizatsiya qilish va ularni mustahkamlash.

3. Energoeffektiv uylar
Energy Star va LEED standartlari asosida energiya auditi, “passiv uy”, aqlli termostatlar va uylar tomiga quyosh panellari.

4. BIM texnologiyalarini joriy etish
Autodesk bilan hamkorlikda 3D emas, to‘liq ma’lumotli raqamli bino modeli yaratadi.

5. Kadrlar tayyorlash
MIT, Stanford, Autodesk bilan qo‘shma magistratura va sertifikatlash dasturlari tashkil etish.

6. Uy-joy moliya bozori
AQShdagi ipoteka obligatsiyalari, “yashil ipoteka” va ESCO-modellarini o‘rganish.

7. Madaniy merosni tiklash
Muzey, teatr va tarixiy obidalarni restavratsiya qilishda AQSh fondlarini jalq qilish.
👍1
Havo ifloslanishi – ko‘rinmas, lekin eng xavfli dushman

O‘zbekistonda PM2.5 tufayli har yili 34 minggacha odam hayotdan ko‘z yumadi. PM2.5 zarralari tufayli:

42% — Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi o‘limlari
29% — yurak ishemik kasalliklari
27% — insult
23% — o‘pka saratoni
22% — pastki nafas yo‘llari infeksiyalari
21% — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limi havo ifloslanishiga bog‘liq.

PM2.5ning asosiy manbalari:

Energetika – 12.1%
Uy xo‘jaliklari – 8.9%
Sanoat – 6.9%
Antropogen chang – 3.6%
Qishloq xo‘jaligi – 3.4%

Bu statistikalar bizga bitta haqiqatni aytadi: toza havo – hayot masalasi. Manba
🔥1🤔1😱1
Mahmudxo'ja Behbudiy - Jadidlar to'plamidan
https://youtu.be/F9KLYzxvOEY
👍2
Jizzaxda energiya tejamkorlik yuzasidan o'rganish olib borganimizda ushbu takliflarni bergan edik. Takliflarimiz amaliyotga tadbiq etilibdi.

Zero, energiya tejashni faqat tarifni ko'tarish bilan emas, aholining qiziqishlarini orttirish bilan ham amalga oshirish mumkin.
👍2👏2
Forwarded from Hokim yordamchisi
Ҳоким ёрдамчиларига энергия тежамкорлиги юзасидан янги ваколат берилди!

Энди, энергия тежамкор қурилма ва ускуналар ўрнатган фуқаролар манзилида ҳоким ёрдамчилари томонидан текширув ўтказилади ва ҳолат “Онлайн маҳалла” платформасида тасдиқланади.

🛠 Агар қурилмалар тўлиқ ёки қисман ўрнатилмагани ёки ишчи ҳолатда эмаслиги аниқланса, бу ҳолат ҳам платформа орқали қайд этилади.

💰 Қурилмалар тўлиқ ва сифатли ўрнатилгани тасдиқлангандан сўнг, ҳоким ёрдамчилари хулосаси асосида фуқароларга субсидия маблағлари ажратилади.

☀️ Субсидиялар қуёш панеллари, иссиқлик насослари, гелиоколлекторлар каби энергия тежамкор қурилмаларни сотиб олиш ва ўрнатиш харажатларининг бир қисмини қоплашга хизмат қилади.

🤝 Ҳоким ёрдамчилари “яшил кредитлар” ва субсидия ажратиш жараёнларида фуқароларга амалий кўмак бериб, энергетик тежамкорликни таъминлашда муҳим рол ўйнайди.

Маблағлар, Энергия самарадорлиги миллий агентлиги ҳисобидан тўланади!

Обуна бўлиш учун хавола:
телеграм
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёев Жиззахга “Afrosiyob”да йўл олибди.
👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Менга таклиф керак, муаммо керак”
👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari yangi savdo markazida jizzaxlik hamyurtlar davrasida
👏3🔥2