Feruz Rahimov
95 subscribers
186 photos
23 videos
70 links
Mening blogimga xush kelibsiz!
Ish faoliyatim va hayotimiz davomida hayotiy saboqlarni birga o'rganamiz.
https://www.facebook.com/feruz.rahimov.9
https://www.youtube.com/@10Daqiqa
Aloqa: @Feruz1
Download Telegram
Channel created
Channel photo updated
"IKEA effekti"

Boshqaruvda, o'qitishda, strategiyalarni ishlab chiqishda ko'p qo'llaniladigan vosita.

Mashhur mebel brendi IKEA mebellarni yasalmagan holsa qismlarga ajratib sotadi. Siz sotib olib, o'zingiz uyda uni yasashingiz - terishingiz kerak bo'ladi.

Tayyor mebelni sotib olganingizdan ko'ra, o'zingiz yasagan mebelga mehringiz ko'proq bo'ladi. Mana shu narsa IKEA effekti deyiladi. Agar biror jamiyat kelgusi rejalarini o'zlari tuzib chiqishsa, unga amal qilish, uni nazorat qilishga mehrli bo'lishadi. Masalan, biron tashkilot ishchilari tomonidan ishlab chiqilgan kelgusi rejalar, sifatli bajariladi. Davlat boshqaruvida ham bu vositani ishlatish mumkin.

#ikea #ikeaeffekti #iqtisod #strategiya

@feruzrahim
👍3
Channel name was changed to «Feruz Rahimov»
Jizzax shahridagi ayrim sinflari ixtisoslashtirilgan 22-umumta'lim maktabining 73 nafar 11-sinf bitiruvchilari 83 ta milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishibdi.
O‘quvchilarimizga omad tilaymiz! Ayrim maktablar o'rnak olishsa arziydi. O'quvchilar hozirdan oliy ta'limini hal qilib qo'yishdi.

#22-maktab #jizzaxshahri #sertifikat

@feruzrahim
2🥰1
Yangi kitob boshladik. "Muqaddima"ning ikkinchi kitobi chiiqibdi. Balki, yaxshi insaydlar keltirib turarman kitobdan.

Maroqli o'qish tilayman o'zimga.

#muqaddima
3
Uchrashuvdan insayd.

Jizzaxda NNT va siyosiy partiyalar hamkorligi to'g'risida uchrashuv bo'ldi. UzLidep va Milliy tiklanish partiyalari birlashib bitta Taraqqiyot blokini tashkil etishibdi. Ularga muxolif sifatida XDP qayta tashkil etilibdi. Qandaydir raqobat kamayadiganday.
Yakkayu yagona o'ng qo'l partiyamiz Milliy tiklanish partiyasi o'zgaradimi desam, yaxshi o'zgarmas ekan. Hozir global tendensiyada o'nglar trendga chiqqan.
Yana bir narsa fuqarolik jamiyati vakillari saylovlarda o'rtacha 30 foizni qo'lga kiritishyapti ekan. Bu juda yaxshi.
2👍1
Namanganda gullar festivali dasturi

25- maydan boshlanib bir oydan ko'p vaqt davom etadigan gullar festivalida chet el qo'shiqchilaridan tortib ilmiy konferensiyalargacha tashkil qilishmoqda ekan. Birdaniga mehmonlarni jalb qilish uchun yaxshi o'lanibdi. Nasib qilsa, Namanganga ham boramiz.

Tadbirlar ro'yxati sanasi bilan rasmda.
#namangan #gulfestival #gul

@feruzrahim
🔥3