Feruz Rahimov
95 subscribers
186 photos
23 videos
70 links
Mening blogimga xush kelibsiz!
Ish faoliyatim va hayotimiz davomida hayotiy saboqlarni birga o'rganamiz.
https://www.facebook.com/feruz.rahimov.9
https://www.youtube.com/@10Daqiqa
Aloqa: @Feruz1
Download Telegram
Aziz ustozlar! Sizlarni bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Mehringiz va sabr-toqatingiz uchun rahmat!

@feruzrahim
👍3🔥1🎉1
🎬 Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan o'zbek tilida ko'rsa bo'ladigan filmlar

Dam olish kuni tomosha qilish mumkin kinolar:

1. "Super 30" – Kambag‘al bolalarga matematika o‘qitib, ularni katta muvaffaqiyatga yetaklagan ustoz haqida.

2. "Uch savdoyi" (3 Idiots) – Ta’limda yangicha fikrlash va bilimga ishtiyoq bilan yondashish zarurligini ko‘rsatadi.

3. "Yerdagi yulduzchalar" (Taare Zameen Par) – Har bir bola o‘ziga xos iqtidorga egaligini, uni anglash uchun ustoz va ota-onaning mehri muhimligini ta’kidlaydi.

4. "Mo‘jiza" (Wonder) – Jismoniy kamchiligi bor bolaga mehr va insoniy munosabatlar hayotni qanday o‘zgartira olishi haqida.

5. "Iqtidorli" (Gifted) – Iste’dodli bolaning to‘g‘ri yo‘naltirilishi uning taqdiriga qanday ta’sir qilishi haqida hikoya qilinadi.

6. "Murabbiy" (Coach Carter) – Yoshlar tarbiyasida intizom, sabr va mas’uliyatning ahamiyatini yoritadi.

7. "Ustoz" (Chalk n Duster) – O‘qituvchilik mehnati va ilmga sadoqatning qadrini namoyon etadi.

@feruzrahim
1🔥1👏1
🌍 Yer osti suvlari – Groundwater levels

🔹 Jahon bo‘yicha: 47 mamlakatdagi 37 ming stansiya ma’lumotiga ko‘ra – 38% yer osti suvlari darajasi normal, 25% past, 37% yuqori. Yevropa, Hindiston va Braziliyada yog‘ingarchilik suvlari orqali yaxshilandi, ammo Janubiy Yevropa, AQSh va Afrikada pasayish davom etmoqda.

🔹 Qozog‘iston va Rossiyadagi yog‘inlar qisman tiklanishga olib kelgan. O‘zbekistonda esa suv tanqisligi sharoitida ortiqcha nasoslarni ko'paytirib yuborish xavfli.

🔹 Jahon bankiga ko‘ra, O‘zbekistonda 18,5 km³ chuchuk suv bor, 7,7 km³/yil foydalanishga ruxsat etilgan, hozirda 0,5 km³/yil ishlatiladi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda suv sathi pasaymoqda, sifati yomonlashmoqda.

🔹 Suv talabi: asosan 50,9 km³/yil sirt suvlar hisobidan. Foydalanish tarkibi: 90% qishloq xo‘jaligi, 4,5% kommunal, 1,4% sanoat.

💧 Xulosa: Yer osti suvlari – strategik zaxira, ularni samarali boshqarish va tiklash suv xavfsizligi uchun muhim.

@feruzrahim
👍3
Kanalimizda yangi video. Siyosiy kitob mazmuni
Forwarded from 10 Daqiqa
"Buyuk shaxmat taxtasi" kitobining mazmuni 10 daqiqa kanalida.

Video havolasi: https://youtu.be/D_pUQ3h3iW0"
👍1👏1
"Mutolaa"dan bildirishnomalarning "injiqlari"!

Boshlagan kitobingizni tashlab qo'ysangiz, shunday kreativ bildirishnoma-xabarnomalar kelib turadi. Qoyil!

Masalan kecha: "Kitobingiz Sizning jamolingizni sog'indi... " deb, bildirishnoma kelibdi.
@feruzrahim
👍2😁2
Nobel mukofotlari 2025

2025 yilda Nobel mukofotlari quyidagi yo'nalishlarda berildi: fizika, tibbiyot. Kimyo, adabiyot, tinchlik va iqtisod bo‘yicha mukofotlar endi e’lon qilinadi.

Fizika: John Clarke, Michel H. Devoret va John M. Martinis — ular makroskopik kvant tunneling va elektr zanjirda energiya kvantlanishini isbotlash orqali kvant mexanikasi printsiplarini amaldagi elektr qurilmalarda ko‘rsatdilar.

Tibbiyot / Fiziologiya: Mary E. Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchi — immun tizimning periferik tolerantlik mexanizmlarini aniqlab, organizmning o‘z hujayralarini hujum qilmasligi uchun nazorat tizimini tushunishga imkon yaratdilar.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga Donald Trump sazovor bo‘lishi mumkinmi?

Nazariy jihatdan — mumkin. Nobel Peace Prize odatda “millatlar o‘rtasidagi do‘stlik”, “qurollarni qisqartirish”, “tinchlik kongresslari” kabi faoliyatlar uchun beriladi.

10 oktabr kuni Tinchlik bo'yicha nobel mukofoti sovrindorlari e'lon qilinishi kutilmoqda.

@feruzrahim
👍4🔥2
Sun'iy intellekt kuchayib, ko'p o'ylamay qo'yyapmiz.

Tadqiqot o'tkazilibdi, unga ko'ra, sun'iy intellektdan doimiy foydalanish inson qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Yana bir yangilik, O‘zbekistonda sun’iy intellekt joriy etilgach, mansabdorlar soni qisqartiriladi. PF-178

2025-yil 1-noyabrgacha O‘zbekistonda sun’iy intellektni joriy etish hisobiga 2 mingdan ortiq mansabdor qisqartiriladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, ijro hokimiyatidagi 2141 ta shtat birligi raqamlashtirish orqali optimallashtiriladi.


Sun'iy intellektni chuqur o'rganing. Lekin, o'z miyyangizni ham charxlab turing.

@feruzrahim
😁3👏2
Forwarded from HabiKatura
Шепга грин кар… узр, тинчлик бўйича Нобель мукофоти чиқмапти. Ви ноу зэт фил, бро.
Карикатура: @habikatura
🔥2😁1
Yashillik.

Toshkent viloyati Pskent tumani, xalqaro yo'l yoqasi.
👍1👏1
Uzoqdagi tog' sharpasi
(Shadow of the far mountain)

Ohangaron shahri
🔥1😁1
Vodiy. Farg'ona. Quvasoy.
👍2🔥1👏1