feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
126 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
AI ishingizni olib qo’yadimi?

OpenAI da 3 nafar ilmiy tadqiqotchilar bilan ko’rishdik, ular ham bir xil fikrda. Ya’ni, AGI (inson qobiliyatlarini taqlid qila oladigan sun’iy idrok) keyingi 5 yillikda dunyoga keladi, va deyarli o’zlari ham ishsiz qolishlari mumkinligini aytishdi. Yoki bo’lmasa, Dan Hendrycksni olaylik, Center for AI Safety rahbari. Keyingi 3-5 yilda AGI chiqishini va hozirdan boshqa “hobby”lar oxtarishni boshlashimiz kerakligini maslahat berdi. Boshqa tarafda esa, Sebastian Thrun, Waymo va Udacity asoschilaridan biri, hamma texnologiya yaxshi va faqatgina hayotimizning sifatini rivojlantirishga ishlaydi deb ta’kidladi.

Xullas ba’zilar xotirjam bo’lsa, ba’zilar vahimada. Endi bunga mantiqan qaraylik. Vahima qilayotgan insonlarning ko’pchiligi AI xizmatlarini ishlab chiqarib, sotayotgan jamoa vakillari. Va ko’pincha aynan shunday kompaniyalar hammaga va shu jumladan investorlarga ‘keyingi falon yillarda AGI ni biz ishlab chiqaramiz’ degan sari, investorlar ham ko’proq pul bergisi keladi. Bu gapim bilan hammasi bo’lmagan gap, AI ish bozorida hech narsani o’zgartirmaydi demoqchi emasman, o’zgarishlar bo’lishi aniq.

Shaxsan o’ylaymanki, bunday gaplarga quloq solib, vasvasaga tushgandan ko’ra, qiziqqan yo’nalishingizni chuqur o’rganing, diqqatingizni jamlang va sun’iy idrokni sohangizda o’z foydangizga qanday ishlatishingiz mumkinligi haqida o’ylang. Doim AI haqidagi yangiliklarni ko’rib, ijtimoiy tarmoqlardagi vahimachilarni kuzatib, o’zingizni ishsiz qolmay deb har xil narsalarga urishdan foyda yo’q. Shoshilib, chala va nomiga o’qib o’rgangan hunarlaringizni AI albatta sizdan ancha yaxshi qila oladi. Muhimi, diqqatni jamlang. Diqqat va kuchli mehnat endi har doimgidanda muhimroq, ayniqsa bugungi hamma chalg’igan dunyoda.

@feruza_dev
56🔥19👍10🫡82🙏2
Confidence.

Ko’p muvaffaqiyatli insonlarni eshitib, ular haqida o’qib bir narsani guvohi bo’ldim: to be successful, you must have borderline delusional self-belief.

Ya’ni, hayotda yuqori muvaffaqiyatga erishish uchun o’zingizga bo’lgan ishonch va qat’iyat juda yuqori bo’lishi kerak.

Afsuski bu biz uchun juda yomon habar. O’ziga bo’lgan ishonch (confidence) va shu kabi tushunchalar madaniyatimizga yod. Bunday ishonch o’zi qanday oshadi? Shaxsiy fikrimcha, qachonki biror nimani uddasidan chiqsangiz va natijaga erishsangiz. Bunga misollar: matematikada qiyin masala ustida ishlab, ancha vaqt sarflab javob topsangiz; muntazam to’g’ri ovqatlanib, badan tarbiya bilan shug’ullanib, oynaga qaraganda o’zgarishlarni sezsangiz; yillab ilmiy tadqiqot qilib jamiyatni qiynagan muaommoga yechim topsangiz. Kattami yo kichikmi, qilgan jismoniy/aqliy mehnatingiz uchun natijaga erishsangiz. Qancha ko’p natija olsangiz shuncha ko’p qat’iyatingiz oshadi. Chunki bilasizki, oldin bo’lgan holatlarni uddasidan chiqgansiz, va bundan buyog’iga ham natija qila olishingizga ishonchingiz yanada komillashadi.

Bizda esa, bu kabi hususiyatni o’zimizda rivojlantirish uchun na uyda, na maktabda sharoit bor. Maktabda konspekt yozib va matn yodlab, uyda esa uy ishlarini qilib, telivizor ko’rish bilan kunlarimiz o’tadi. Fikrlashga, erkinlikka, va qiziqqonlikka undovchi mashg’ulotlar yo’q. Sport esa umuman yod tushuncha. Xullas, yoshlikdan kattalardan va odamlardan buyruqlar kutib o’samiz va buni hayot qonunidek qabul qilamiz. Bu esa ayniqsa qizlarga qiyin. Tug’ilganidan boshlab, qanday o’tirish, qanday kulishi kerakligidan tortib to turmushga chiqqanidan so’ng, yoshi 30dan oshganda ham biror joyga borish uchun kimlardandir ruhsat olib hayoti o’tadi. Atrofdagilar ishonch bildirishmaydi, va chizib bergan yo'llaridan ketishingizni kutishadi. Inson tabiatiga xos bo’lgan izlanuvchanlik yoshligimizdanoq vujudimizni tark etadi. Bir umr o’ziga bo’lgan ishonch hissini tuymagan ison vaqti kelib g’oya va maqsadlari bo’lgan taqdirda ham ularni amalga oshirishi qiyin bo’ladi.

Bunga birgina yechim esa, harakatni boshlash. Qanday sohada bo’lmang, izlanishni boshlang, odamlar bilan fikr almashing, boshqa davlatga ko’ching, atrofingizdagi bor imkoniyatdan foydalaning. Yangi g’oyalarga ochiq bo’ling, muammolarga yechim qidiring, maqsad qilishni o’rganib, ularni amalga oshirish uchun boringizni bering. Sohangizda yetkchilardan bo’ling. Birinchi natijangizga erishganingizdan so’ng, uyog’i yengillashadi. Qo’lingizdan keladigan ishlar ko’p, faqatgina o’zingizga ishonch bilidirib ishni boshlashingiz kerak xalos.

@feruza_dev
❤‍🔥60🔥1812👏12👍11🆒6👎3🕊3💯3🤔2🫡2
24👍5
Oxirgi haftalar hayotim kutubxona, xonam, zal va oshxonada o’tyabti. Sydneyda o’qish Princeton darajasida qiyin bo’lmasada, bu semester o’qishdan tashqari qiladigan ishlarim ko’p. O’zbekiston unicroni Uzumda machine learning developer bo’lib ishlayabman, Princetonda 3-kurs sifatida ilmiy tadqiqot olib borishingiz kerak (Junior Paper) - bu haqida ko’proq gapirib beraman, va kundalik hayot ishlari. Misol uchun, bu yerda universitet oshxonalari yo’q (dining hall), o’zingiz ovqat qilishingiz kerak.

Bunday hayotni ham o’ziga yarasha gashti bor. Katta shaharda yolg’izsiz, imkoniyatlar ko’p, manzaralar va havo yaxshi. Ko’p vaqtim ish, o’qish, va o’rganish bilan o’tsa ham, orada do’stlar bilan uchrashib turishga ham harakat qilaman. Shunchaki o’zingizga qarashga ham vaqt ketadi, yaxshi ovqat qilish, kiyinish, shaxsiy parvarish va ho kazolar.

Oxirgi 2 oyga qarab bir narsa ancha oydinlashdi: hamma narsa ham siz o’ylaganchalik jiddiy emas. Ayniqsa boshqalar uchun qilayotgan ishlaringiz. Aksariyat narsalar sog’lig’ingizni almashtirishga arzimaydi. Oxirgi paytlarda qiladigan ishlarim ko’p bo’lsada, shaxsan o’zimga va kelajagimga foydali jihatlarga ko’proq e’tibor beryabman; zalga chiqib kelaman, yoki uzoq sayrga chiqaman, har kuni aniq vaqtda uyquga ketaman. Ayniqsa yosh paytingizda - “mana shuni tugatsam keyin dam olaman” kabi fikrlab, shu zaylda ketsangiz o’zingizga qarash uchun umuman vaqt bo’lmaydi, chunki tugatadigan va o’rganadigan narsalarni cheki yo’q.
83👍27🆒6❤‍🔥5🦄2💋1
65👍16❤‍🔥12🔥8😘5😴1
Naiveté (Soddalik)

Noan’anaviy ishlar qilish uchun yosh bolalardek sodda bo’lish kerak. Odatda, bolalar qiziqqon va yangiliklarga o’ch bo’ladi. Bir ish qilishdan oldin ko’p o’ylamaydi, natijalarni hissoblamaydi. Aynan shu hususiyat katta bo’lganimiz sari so’nadi va jamiyat/tizim tomonidan yaratilgan qolifga tushish jarayoni boshlanadi. O’qishga kir, diplom ol, ishga kir, bir umr 9 dan 5 gacha ishlab, nafaqaga chiq va hokazo. Oldindan chizib berilmagan yo’ldan yurishga ikkilanamiz, qo’rqamiz, ehtiyot bo’lamiz. Yosh bolalar esa duch kelgan narsani ushlagisi keladi, taqiqlangan eshiklarga va yo’llarga ilhoq bo’ladi. Hayotiy tajribangiz ortgan sari, turli xil odamlar bilan muloqotda bo’lasiz, kimdirlar ishonchingizni poymon qiladi, atrofingizdagilar sizdan kam harakat qila turib sizga berilmagan imkoniyatlarga erishadi, adolatsizliklar bo’ladi. Shularga qaramasdan, hayotda ma’noingizni topish uchun ayni shu bolalarcha qiziquvchanlik va ishonuvchanlikni bir qismini asrashga harakat qilish kerak.


@feruza_dev
75👍7💯6🔥5🤝5👏2❤‍🔥1🫡1