feruza.dev
2.13K subscribers
213 photos
33 videos
126 links
Ushbu kanalda Amerika va Princetondagi hayotim va IT haqida qiziqarli deb topgan narsalar bilan ulashaman.

Princeton '26 | CS, ML

📍 PA, California
Download Telegram
Consistency (muntazamlik) qanchalik qiyinligini shu kanalimga ko’zim tushganida bilaman.

Sydneyga kelganimga ham roppa rosa 1 oy bo’libdi, darslar boshlanganiga esa 2 hafta. Sydneyda hayot ancha sokin va sekin. Deyarli hamma sog’lom hayot kechirar ekan. Ertalab 5, 6 dan hamma ko’chada yugurgan yoki dengizga cho’milgani borgan. Ko’chalar daraxt va gullarga to’la. Havo har kuni 25C atrofida, yomg’ir ko’p yog’adi, lekin havo tez ochilib ketadi. Xullas, bu yerdagi hayotim va o’qishlarim haqida ko’proq yozishga harakat qilaman. Yuqorida esa oxirgi 1 oydan ba’zi lavhalar.
73👍19🔥8💘6❤‍🔥3👏2💯2🤗2🕊1🆒1
🦘✈️🦅
🤔2413👍5🔥5😁1
San Francisco ga uchyabman. 15 chi gacha o’sha yerda bo’laman. Shu atrofda bo’lsangiz, vaqt bo’lsa bog’lanib, ko’rishishdan hursand bo’lardim 🙌
36❤‍🔥17👍11
OpenAI HQ
50👍18❤‍🔥5🔥53👏2🕊2
👍18😍9❤‍🔥6🍓31😘1
8-15 mart kunlari Princeton AI Tiger Trek (AITT) jamoasi bilan san francisco da bo’ldim. AITT dasturi har yili bahor oyida princetondan 15 nafar AI (sun'iy idrok) sohasiga qiziqqanlarni tanlab, san francisco ga AI yetakchilari bilan uchrashuvlar uyishtirgani, harajatlari qoplangan sayohat uyishtiradi (acc rate: 0.1%).

Uchrashuv davomida 15 ga yaqin insonlar va kompaniyalar bilan ko’rishdik, bulardan: OpenAI, Anthropic, Google DeepMind, Perplexity AI, Sequoia, Dan Hendrycks (Center for AI Safety), Chris Young (Microsoft VP), Sebastian Thrun (Udacity, Waymo), Varun Mohan (Codeium) va hakazolar.

San Francisco haqiqatdan ham hardoimgidanda tez rivojlaniyabdi. Ro’parangizdan chiqqan har qanday odamni albatta yaqinda seed round olgan AI startupi bor. Qisqachasiga, startuplar va texnologiyaga qiziqsangiz San Franciscodan yaxshiroq joy topish qiyin.

Lekin o’ylaymanki, barcha resusrlar o’sha yerda bo’lgan taqdirda ham u yerdagi insonlar real hayot muaommolaridan ancha yiroqda. Agarda rostdan ham biror bir muaommoga yechim topmoqchi bo’lsangiz, san francisco ‘bubble’idagi resusrlardan boricha foydalaning va shu bilan birga ‘bubble’ dan tashqaridagi foydalanuvchilarga e’tibor bering. O’ylaymanki yechimi kerak bo’lgan haqiqiy muaommalar va yordamga muhtoj foydalanuvchilar Sf dan tashqarida talaygina.

@feruza_dev
45👍12🫡6🔥4👏2