OLIYGOHIMIZ — GRAND PRI SOHIBI!
❗️ Shuningdek, institut talabalari quyidagi yo‘nalishlarda ham faxrli o‘rinlarni egalladilar:
🥇 Fundamental tibbiyot yo‘nalishi — 1-o‘rin;
🥉 Klinik tibbiyot yo‘nalishi — 3-o‘rin.
📚 Mazkur muvaffaqiyat FJSTI jamoasining ilmiy salohiyati, talabalarning izlanishlari, bilim va intilishi hamda professor-o‘qituvchilarning samarali mehnati natijasidir.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️ @fjsti
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti jamoasi Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek va Cho‘lponota shaharlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada yuksak natijaga erishib, GRAND PRI — bosh mukofotini qo‘lga kiritdi!
🥇 Fundamental tibbiyot yo‘nalishi — 1-o‘rin;
🥉 Klinik tibbiyot yo‘nalishi — 3-o‘rin.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
©FJSTI Matbuot xizmati:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤15🤩7🔥2🎉2👏1
XITOYDA AKADEMIK MOBILLIK DASTURIDA ISHTIROK ETISH UCHUN 14 NAFAR TALABA SARALANDI.
❗️ Mazkur saralash natijalariga ko‘ra, 14 nafar talaba keyingi bosqichga munosib deb topildi.
✔️ Endilikda saralangan talabalar belgilangan tartibda navbatdagi bosqichlardan o‘tadilar. Yakuniy saralash natijalariga muvofiq, ular 2026-yil 22–28-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Anhui tibbiyot institutiga akademik mobillik dasturi doirasida yuborilishi rejalashtirilgan.
✅ Ushbu dastur talabalarning xalqaro akademik tajribasini oshirish, xorijiy ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️ @fjsti
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Xitoy Xalq Respublikasining Anhui tibbiyot institutida tashkil etiladigan akademik mobillik dasturida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar o‘rtasida saralash jarayoni o‘tkazildi.
©FJSTI Matbuot xizmati:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🥰10❤🔥6👏3🔥2👍1🤩1🏆1
TALABALARIMIZ SHIFOKORLIK QASAMYODINI QABUL QILDI.
🎓 Islom Karimov nomidagi san’at saroyida tashkil etilgan tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar ota-onalari, soha vakillari hamda mehmonlar ishtirok etdilar.
✅ Marosimni institut rektori, professor Akmal Sidikov ochib berib, bo‘lajak shifokorlarni hayotlaridagi muhim sana bilan tabrikladi. O‘z nutqida tibbiyot kasbining sharafi, inson hayoti va salomatligi oldidagi mas’uliyat, bilim va tajribaning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
✅ Rektor, xususan, yoshlarning bugundan boshlab nafaqat bilim olish, balki kelajakda insonlar hayoti uchun mas’ul bo‘ladigan mutaxassis sifatida shakllanishi lozimligini ta’kidlab, ularni izlanishdan to‘xtamaslikka, kasbiga sadoqatli va insonparvar bo‘lishga chorladi.
🔴 Tantanali marosim badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Jumladan, FJSTIning “Nastarin” talabalar teatr studiyasi tomonidan “Kunduzsiz kechalar” spektakli namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Ilhom Ibrohimov ishtirok etib, o‘zining dilrabo qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
©FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️ @fjsti
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida ilk bosqich talabalari uchun shifokorlik qasamyodini qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng talabalar shifokorlik qasamyodini tantanali ravishda qabul qilib, inson salomatligini asrash, bemorlarga sidqidildan xizmat qilish, kasbiy burchga sodiq qolish hamda tibbiyotning oliy insonparvarlik tamoyillariga amal qilishga va’da berdilar.
©FJSTI Matbuot xizmati:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16❤11👍4🤩3🥰2❤🔥1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona jamoat salomatligi
tibbiyot instituti talabalarining qasamyod qabul qilish marosimi
©FJSTI Matbuot xizmati:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥14🥰6😍4🎉3🏆3💘3👍2🕊2❤🔥1🤩1