Yozgi transfer oynasi doirasida OKMK futbol klubi yangi legioner bilan shartnoma imzoladi. O'tgan mavsumni Ruminiyada oʻtkazgan xorvatiyalik futbolchi Ivan Peshich faoliyatini endilikda jamoamiz safida davom ettiradi.
Ivan Peshich professional faoliyati davomida Yevropaning bir qator klublari safida toʻp surgan. U Xorvatiyaning U-19 terma jamoasi safida harakat qilgan boʻlib, Ruminiyaning «Dinamo» (Buxarest) va «Kindiya» (Tirgovishte), Ukrainaning «Vorskla» (Poltava) hamda Belarusning «Dinamo» (Minsk) klublari sharafini himoya qilgan.
Shuningdek, futbolchi Qozogʻistonning «Shaxtyor» (Karaganda), «Kaspiy» (Aktau) va «Qaysar» jamoalari safida ham muvaffaqiyatli toʻp surgan. Uning xalqaro tajribasi, tezkorligi va hujumdagi samarali harakatlari jamoamizning hujum chizigʻini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.
Klub va 1992-yilda tugʻilgan xorvatiyalik futbolchi Ivan Peshich oʻrtasida joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladigan mehnat shartnomasi imzolandi.
OKMK FK jamoasi o‘zining yangi a’zosini mamnuniyat bilan qabul qiladi va Ivan Peshichga «konchilar» safidagi faoliyatida ulkan yutuqlar tilab qoladi!
🇺🇿 OKMK FK ahil oilasiga xush kelibsan, Ivan!
🇭🇷 Dobro došao u složnu obitelj OKMK FK, Ivane!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2 2
Jamoamizda o’zgarish:
⤴️ Ozodbek Tojiyev
⤵️ Abdulloh Fazliddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3 3
Jamoamizda navbatdagi o’zgarishlar:
⤴️ Diyorbek Rahmatullayev, Andrey Koshelev
⤵️ Shohjahon Abdumannobov, Behruz Islomov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamoamizda o’zgarish:
⤴️ Samariddin Farhodov
⤵️ Faridjon Abdullayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2