OKMK FK U-21 jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuz berganini rasmiy e’lon qiladi. Klub rahbariyati jamoaning o‘yin uslubi, taktika va strategiyasini takomillashtirish, shuningdek yosh futbolchilarning texnik, taktika va jismoniy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tajribali mutaxassislarni tayinladi.
🔸 Yangi murabbiylar shtabi tarkibi:
🙎🏻♂Davron Orifovich Fayziyev — U-21 bosh murabbiyi
📋 Bobur Abdug‘opporovich Madaminov — U-21 yordamchi murabbiyi
🧤 Murodjon Shavkatovich Zuhurov — U-21 darvozabonlar murabbiyi
🏋️♂️ Ulug’bek Sayfialievich Turdialiev — U-21 jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyi
Klub rahbariyati va jamoa yangi murabbiylar shtabining malakasi va boy tajribasiga to‘liq ishonch bildiradi va ishonamizki, ularning hissasi jamoaning muvaffaqiyat sari intilishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10 7❤4🏆3
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni
⚽️ OKMK professional futbol klubi barcha jasur va fidoyi vatan posbonlarini 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida ko‘rsatgan matonat va jasoratingiz barchamiz uchun ibratdir.
Sizning mardligingiz va fidoyiligingiz vatanimizning mustahkam tayanchi sanaladi. Yurt posbonlari sifatida yuksak burchingizni sidqidildan ado etayotganingiz, xalqimizga ishonch va qudrat bag‘ishlayotganingiz tahsinga loyiq.
Vatanparvarlik va mardlik yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan harbiylarimiz – haqiqiy jasorat timsolidir. Sizlarga mustahkam sog‘lik, iroda va doimo yuksak marralarni zabt etishni tilaymiz!
🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📺 YouTube
Sizning mardligingiz va fidoyiligingiz vatanimizning mustahkam tayanchi sanaladi. Yurt posbonlari sifatida yuksak burchingizni sidqidildan ado etayotganingiz, xalqimizga ishonch va qudrat bag‘ishlayotganingiz tahsinga loyiq.
Vatanparvarlik va mardlik yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan harbiylarimiz – haqiqiy jasorat timsolidir. Sizlarga mustahkam sog‘lik, iroda va doimo yuksak marralarni zabt etishni tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan OKMK FK bugun Toshkent shahridagi «Olimpiya» stadionida Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Qiziqarli va keskin kechgan bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishdi. Uchrashuvning 45-daqiqasida «Dinamo» futbolchisi Anvar Hojimirzayev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa, aniqrog‘i 48-daqiqada Aziz Xolmurodov gol urib, muvozanatni tiklashga erishdi.
Shundan so‘ng har ikkala jamoa g‘alaba qozonish maqsadida bir qator hujumlar uyushtirdi. Biroq darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va uchrashuv durang bilan yakunlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆7 5❤2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🏆4❤2 2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥4🏆2 2