FC OKMK
4.06K subscribers
27.1K photos
1.21K videos
48 files
2.38K links
⚡️ OKMK futbol klubi
⛏️ «Konchilar»

Instagram: instagram.com/fcokmk
YouTube: youtube.com/@FCOKMK
Twitter: x.com/fcokmk
Download Telegram
⚡️Behruz Asqarov — ⚽️OKMK FK futbolchisi

OKMK professional futbol klubi Osiyo chempioni bilan shartnoma imzoladi. Qishki transfer oynasi doirasida klubimiz O‘zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalari a’zosi, 2023-yilgi U-20 Osiyo kubogi chempioni bo‘lgan 22 yoshli markaziy yarim himoyachi Behruz Asqarovni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Behruz Asqarov professional faoliyati davomida Toshkentning «Paxtakor» hamda Qozog‘istonning «Turon» klublari safida to‘p surib, turli chempionat va xalqaro musobaqalarda muhim tajriba to‘plagan. Markaziy yarim himoyachi sifatida u maydon markazida ishonchli va barqaror harakatlari, o‘yinni tashkil etishdagi faolligi, shuningdek, hujum va himoya o‘rtasidagi muvozanatni samarali ta’minlay olishi bilan ajralib turadi. Shu kunga qadar futbolchi klub miqyosida 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Shuningdek, futbolchi O‘zbekiston U-19 (6 ta o‘yin), U-20 (16 ta o‘yin) va U-23 (12 ta o‘yin) terma jamoalari safida munosib ishtirok etib, barqaror va ishonchli o‘yini bilan mutaxassislar hamda muxlislar e’tiborini qozongan. Behruz Asqarov 2023-yilda o‘tkazilgan U-20 Osiyo kubogida terma jamoamiz tarkibida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Yangi mavsumdan boshlab olmaliqliklar sharafini himoya qiladigan iste’dodli futbolchi Behruz Asqarov bilan OKMK FK o'rtasida bir yillik shartnoma imzolandi.

OKMK FK jamoasi Behruz Asqarovga yangi bosqichdagi faoliyatida ulkan zafarlar va omad tilaydi! Ishonamizki, u o‘z iste'dodi va gollari bilan jamoamiz g'alabalariga katta hissa qo‘shadi va muxlislarimizni xushnud etadi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2215🔥1🏆1
⚽️Jamoamiz mavsum oldi tayyorgarlikni ko’tarinki ruhda davom ettirmoqda⚡️

Bugungi mashg’ulotdan fotolavha📸

🕊Telegram | 📱Instagram | 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
Bugungi mashg’ulotdan fotolavha📸

🕊Telegram | 📱Instagram | 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9