Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👋🏻 Barchasi uchun rahmat, Islom!
⚽️ OKMK FK jamoasi va yarim himoyachi Islom To’xtaxo’jayev o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnoma muddati yakuniga yetgani munosabati bilan futbolchi klubni tark etdi.
2023-yildan buyon OKMK FK safida faoliyat olib borgan tajribali sobiq futbolchimiz jamoa tarkibida 3 mavsum davomida to‘p surdi. Ushbu davr mobaynida u nafaqat himoyadagi ishonchli harakatlari, balki jamoa sardori sifatida maydondagi intizomi, mas’uliyati va yetakchilik fazilatlari bilan ham ajralib turdi.
Islom To‘xtaxo‘jayev asosan himoyachi pozitsiyasida harakat qilganiga qaramay, OKMK FK safida jami 66 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, Olmaliq jamoasi tarkibida 4 ta gol urdi hamda 4 bor golli uzatmaga mualliflik qilib, jamoaning umumiy natijalariga munosib hissa qo‘shdi.
OKMK FK rahbariyati Islom To‘xtaxo‘jayevga klub ravnaqi yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari, fidokorona mehnati va jamoaga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi hamda uning kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📺 YouTube

❤24🤝7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27🤩3🤝3🔥2
Yangi 2026-yil barchaga muvaffaqiyat, sihat-salomatlik va xotirjamlik olib kelsin!
Yangi yilda oʻzbek futbolida yorqin gʻalabalarga boy boʻlishini va xalqaro maydonlarda Yurtimiz sharafini himoya qiladigan jamoalarga ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Umidjon Ergashev — ⚽️ OKMK FK futbolchisi ✅
Yangi mavsum oldidan jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, tarkib sifatini oshirish maqsadida OKMK professional futbol klubi qishki transfer oynasi doirasida ilk rasmiy transferini amalga oshirganini ma’lum qiladi.
Umidjon Ergashev darvozabon sifatida yuqori reaksiya tezligi, o‘yinni o‘qish qobiliyati va zarbalarga qarshi barqaror harakatlari bilan ajralib turadi. U bungacha «Navbahor» va «Nasaf» klublari safida, shuningdek, O‘zbekiston o‘smirlar hamda Olimpiya terma jamoalari tarkibida ham faoliyat olib borgan.
Yangi golkiperimiz klub miqyosida umumiy hisobda 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, shundan 28 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. Shuningdek, Umidjon Ergashev O‘zbekiston U-18 (5), U-19 (5), U-21 (3) va U-23 (8) terma jamoalari safida ham o‘zining ishonchli va barqaror o‘yini bilan bir nechta bahslarda samarali ishtirok etgan.
OKMK FK murabbiylar shtabi Umidjon Ergashevning reflekslari, pozitsion o‘yini va birga-bir vaziyatlardagi sovuqqonligini yuqori baholaydi. Klub yangi golkiperimizga OKMK FK safida muvaffaqiyatli o‘yinlar tilaydi.
⚽️ OKMK FK ahil oilasiga xush kelibsan, Umidjon!

🏆21👍12❤11 2
👋🏻 Barchasi uchun rahmat, Akramjon!
⚽️ OKMK FK jamoasi va yarim himoyachi Akramjon Komilov o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnoma muddati yakuniga yetgani munosabati bilan futbolchi klubni tark etdi.
2021-yildan buyon OKMK FK safida to‘p surib kelgan Akramjon Komilov jamoamiz libosida barqaror va fidokorona faoliyat olib bordi. Ushbu davr mobaynida u barcha musobaqalarni inobatga olgan holda, umumiy hisobda 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini bir bor ishg‘ol etdi hamda jamoa g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi.
OKMK FK Akramjon Komilovga klub rivoji yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildiradi va kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📺 YouTube
2021-yildan buyon OKMK FK safida to‘p surib kelgan Akramjon Komilov jamoamiz libosida barqaror va fidokorona faoliyat olib bordi. Ushbu davr mobaynida u barcha musobaqalarni inobatga olgan holda, umumiy hisobda 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini bir bor ishg‘ol etdi hamda jamoa g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi.
OKMK FK Akramjon Komilovga klub rivoji yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildiradi va kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝28❤7👍6⚡1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡21🔥11 6🆒4❤1
⚡️Hazratjon Tursunqulov — ⚽️ OKMK FK futbolchisi ✅
Yangi mavsum oldidan OKMK FK klubning sport siyosati doirasida asosiy jamoa tarkibini shakllantirish bo‘yicha izchil va tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Ushbu jarayonda yosh, mahalliy hamda klubning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga mos futbolchilarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, «konchilar» safini tark etgan futbolchilar o‘rnini klubning rivojlanish falsafasi, tanlangan o‘yin modeli va institutsional maqsadlariga mos ijrochilar bilan to‘ldirish asosida muvozanatli transfer siyosati izchil olib borilmoqda.
Mazkur transfer siyosati doirasida qishki transfer oynasidagi navbatdagi transfer amalga oshirildi. Yarim himoyachi Hazratjon Tursunqulov OKMK FK safini to‘ldirdi. Futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolandi va u yangi mavsumdan boshlab «konchilar» sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli tayanch yarim himoyachi bunga qadar «Oq-tepa», «Metallurg», «Dinamo» hamda «Xorazm» klublarida toʻp surgan. U professional faoliyati davomida 117 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
OKMK FK rahbariyati, yangi futbolchimizning jamoaga qo'shadigan salohiyati va yuqori darajadagi professional mahorati orqali klubimizning g'alabalari va muvaffaqiyatlarini yanada mustahkamlashga, shuningdek, uning kelajakdagi o'yinlarda jamoa o'yiniga qo'shadigan hissasi klub muvaffaqiyatlarini yanada yuksaltirishiga ishonch bildiradi.
⚽️ 🤝 OKMK FK ahil oilasiga xush kelibsan, Hazratjon Tursunqulov!

❤33 25👍9