Yangi mavsum oldidan jamoani yanada kuchaytirish va murabbiylar shtabi faoliyatini takomillashtirish maqsadida «konchilar» tarkibida muhim yangilanish amalga oshirildi. Mamlakatimiz futbol ixlosmandlariga yaxshi tanish bo‘lgan Denis Aleksandrovich Ivankov rasman OKMK FK murabbiylar shtabi a’zosiga aylandi.
2004-yildan buyon murabbiylik faoliyatini olib borayotgan 53 yoshli tajribali mutaxassis shu kunga qadar «Kimyogar», «Mash’al», «Paxtakor», «Nasaf», «Knyaja» (Ukraina) klublari hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida samarali faoliyat yuritgan. Endilikda, OKMK FK va murabbiy o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.
OKMK FK rahbariyati Denis Aleksandrovich Ivankovning jamoaga qo‘shilishini darvozabonlar mahoratini yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam deb baholaydi. Shunday ekan, yangi murabbiy bilan birgalikda klub darvozabonlarining malakasi va barqarorligi yanada oshishi, jamoaning muvaffaqiyatli natijalarga erishishida muhim hissa qo‘shishiga ishonch bildiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥22❤12 11👍4⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Konchilar» 21-dekabrdan e’tiboran to’planib, yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bormoqda. Jamoamiz jismoniy holatni yaxshilash ustida ishlamoqda.
Jamoamizning bugungi ertalabki mashg’ulotidan videolavha📹
@fcokmk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👋🏻 Barchasi uchun rahmat, Xurshid!
OKMK FK jamoasi va yarim himoyachi Xurshid G‘iyosov o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnoma muddati yakuniga yetgani munosabati bilan futbolchi klubni tark etdi.
2022-yildan buyon OKMK FK sharafini munosib himoya qilib kelgan sobiq yarim himoyachimiz Xurshid G‘iyosov o‘zining boy tajribasi, fidoyiligi va yetakchilik fazilatlari bilan jamoada alohida o‘rin egalladi. Ushbu davr mobaynida u 135 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol va 37 ta golli uzatma muallifi sifatida klub tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi.
OKMK FK Xurshid G‘iyosovga klub rivoji yo‘lida qo‘shgan beqiyos hissasi, fidokorona mehnati va sadoqati uchun chuqur minnatdorlik bildiradi hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📺 YouTube

🤝38🫡11❤3🔥3🆒1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM