FCB.uz | Rasmiy Kanal
101K subscribers
171K photos
16K videos
1.23K files
107K links
🇺🇿 www.fcb.uz saytining rasmiy kanali!

👇“Barcelona” haqidagi:
📰tezkor xabarlar
📊statistika va faktlar
🎙intervyular
📷ajoyib rasmlar

📆Since 26.11.2015

✔️Kanallar: @fcbuznews

💰Donat: @fcbuzdonat

📲Aloqa: @fcbuzrobot

🤝Reklama: @fadoch
Download Telegram
🗓 Milliy terma jamoalarga chaqirilgan 🇪🇸“Barcelona” futbolchilarining 🏁xalqaro tanaffusdagi o‘yinlari:

🇪🇸 Ispaniya: 🇪🇸Pau Cubarsí, 🇪🇸Eric García, 🇪🇸Rodri, 🇪🇸Pedri, 🇪🇸Fermín López, 🇪🇸Dani Olmo va 🇪🇸Lamine Yamal.

🆚 Angliya — 26-sentabr
🆚 Xorvatiya — 29-sentabr
🆚 Chexiya — 3-oktabr
🆚 Xorvatiya — 6-oktabr

🇪🇸 Ispaniya U-21: 🇪🇸Marc Bernal va 🇪🇸Espart.

🆚 Finlandiya — 25-sentabr
🆚 San-Marino — 1-oktabr
🆚 Ruminiya — 6-oktabr

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya: 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Anthony Gordon.

🆚 Ispaniya — 26-sentabr
🆚 Chexiya — 29-sentabr
🆚 Xorvatiya — 3-oktabr
🆚 Chexiya — 6-oktabr

🇵🇹 Portugaliya: 🇵🇹João Cancelo.

🆚 Uels — 24-sentabr
🆚 Norvegiya — 27-sentabr
🆚 Daniya — 1-oktabr
🆚 Norvegiya — 4-oktabr

🇫🇷 Fransiya: 🇫🇷Jules Koundé.

🆚 Turkiya — 25-sentabr
🆚 Belgiya — 28-sentabr
🆚 Italiya — 2-oktabr
🆚 Belgiya — 5-oktabr

🇩🇪 Germaniya: 🇩🇪Karim Adeyemi.

🆚 Niderlandiya — 24-sentabr
🆚 Gretsiya — 27-sentabr
🆚 Serbiya — 1-oktabr
🆚 Gretsiya — 4-oktabr

🇭🇷 Xorvatiya: 🇭🇷Dominik Livaković.

🆚 Chexiya — 26-sentabr
🆚 Ispaniya — 29-sentabr
🆚 Angliya — 3-oktabr
🆚 Ispaniya — 6-oktabr

🇧🇷 Braziliya: 🇧🇷Raphinha.

🆚 Avstraliya — 25-sentabr
🆚 Avstraliya — 29-sentabr
🆚 Hindiston — 3-oktabr

☑️ www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

📲 Instagram | 📲 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
379🤬73🫡26🔥25👍15137👏11
Jurnalist: Lionel Messiga qarshi Jahon chempionati finalini qanday boshdan kechirdingiz?

🇪🇸 Lamine Yamal:

Hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biri bo‘lgan.

O‘yindan bir kun oldinyoq Jahon chempionati finaliga tayyor edim. O‘sha kun haqida faqat yaxshi xotiralarim bor.

O‘yin boshlanganda o‘zimga: “Biz yutqazishimiz mumkin emas, bu finaldagi mag‘lubiyatdan keyin uyga qayta olmayman”, dedim.

Hammasi ajoyib kechdi va qo‘shimcha bo‘limlargacha o‘yin juda shiddatli bo‘ldi. Hech bir lahzada asabiylashmadim.

Faqat o‘zimga: “Nihoyat, men shu yerdaman, Jahon chempionati finalida o‘ynayapman”, deb aytardim.

G‘alabadan keyin esa katta yengillik va xotirjamlikni his qildim.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
496🔥70👍3820😢14👏7🤬5💯44👀2
: Ayrim jihatlar, masalan, yaqinda jarima zarbasidan urgan gollaring yoki bosh bilan o‘ynash kabi, ular ustida alohida ishlaysanmi?

🇪🇸 Lamine Yamal:

Bosh bilan o‘ynash ustida yo‘q, ammo jarima zarbalari ustida ha, ularni mashq qilishga harakat qilaman.

Bosh bilan zarba berishga kelsak, menimcha, hech qachon bosh bilan gol urishda ajoyib futbolchi bo‘la olmayman.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥346101👍30😁27544👏3😢1👀1
: Bo‘ying ham ancha o‘sibdi, shundaymi? Oxirgi marta uchrashganimizda mendan taxminan 10 yoki 15 santimetr pastroq eding.

🇪🇸 Lamine Yamal:

Men buni sezmayman. Har safar meni ko‘rganida onam sezadi va: «Voy, o‘g‘lim qanchalik katta bo‘libdi», deydi. Lekin shaxsan o‘zim buni sezmayman.

Albatta, bu yoshda ekanim uchun bo‘yim o‘sgani rost, ammo men buni sezmayman.

: Bu o‘yin uslubing yoki pozitsiyangga ta’sir qiladimi? Bo‘ying ancha o‘sgani haqida gapiryapman.

🇪🇸 Lamine Yamal:

Ha, doim bo‘yim juda baland bo‘lgani uchun dribling qila olmayman, deyishadi, ammo men bunday narsani sezmayman.

Menimcha, bo‘yim yaxshi va normal. Jamoamdagi eng baland futbolchilardan biri emasman va o‘zimni juda qulay his qilaman.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
338🔥41👍27875😁4👏3
: Kundalik hayotingda qanday odamsan? Ba’zida o‘zingga shubha qilasanmi yoki doim o‘zingga ishonasanmi?

🇪🇸 Lamine Yamal:

“Yo‘q, o‘zimga shubha qilaman deb o‘ylamayman. Do‘stlarimga doim hazillashib: agar basseynda bo‘lsam va Maykl Felps bilan bellashishim kerak bo‘lsa, unga: ‘Men seni aniq yengaman’, deyman.

Men yutqazishim mumkinligini bilaman, ammo o‘zimga shubha qilmayman. Har doim g‘alaba qozona olishimga ishonaman, hatto yutqazishim aniq bo‘lsa ham.” 😎💪🏻


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22894🫡14128👏33🔥1😁1🤯1
: Oxirgi marta uchrashganimizda endigina 17 yoshga to‘lgan va Yevro chempioni bo‘lgan eding. Ikki yil ichida juda ko‘p narsalar sodir bo‘ldi. Shu ikki yil davomida qaysi jihatdan eng ko‘p o‘zgardim va rivojlandim, deb o‘ylaysan?

🇪🇸 Lamine Yamal:

“Menimcha, bu biroz tajribaga bog‘liq. Bola sifatida Yevropa chempionatiga borib, birinchi urinishdayoq uni yutganingda: «Voy, futbol qanchalik oson ekan», deb o‘ylaysan.

Ammo keyin "Barcelona" bilan Chempionlar Ligasida o‘ynaganingda, hamma narsa qanchalik qiyin va muhim ekanini tushunasan. G‘alabadan ko‘ra mag‘lubiyatdan ko‘proq narsani o‘rganasan.

Shuning uchun futbol nuqtayi nazaridan rivojlandim, deb o‘ylayman. Eng muhimi, har bir yil o‘tishi bilan yanada yetuklashdim.”


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
229👍3427🫡7😁5🔥2👏2💯22
Faoliyating davomida futbolchi sifatida ko'proq o'zgardingmi yoki shaxsiy hayotda?

🗣 Lamine Yamal:
"Menimcha, futbolchi sifatida ko'proq o'zgardim. Chunki shaxsiy hayotda baribir hali ham yosh bolaman, bilasizmi? Inson ko'p yillar davomida futbolda bo'lganida shaxs sifatida o'zgaradi — fikrlashi va xatti-harakatlari boshqacha bo'lib boradi. Futbolda esa har yili yanada o'sib borasan. O'yin uslubim borasida rivojlanishda davom etaman degan umiddaman. Shuningdek, qov (chot) sohamdagi og'riqlardan aziyat chekdim, bu ham o'yinga ta'sir qiladi va seni biroz o'zgartiradi. Lekin sekin-asta tiklanib, yanada professional bo'lishga harakat qilyapman."


☑️ www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

📲Instagram | 📲Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19827👍147🔥4😁4👏2🏆22
Oxirgi marta Parijda, "Oltin to'p" marosimida ko'rishgan edik. O'shanda 18 yoshda eding va 2-o'rinni egallaganding. O'sha tunni qanday eslaysan?

🗣 Lamine Yamal:
"U men uchun juda maxsus tun bo'lgan. O'ylab qarasak, 18 yoshida 'Oltin to'p' marosimiga borib, uni yutish imkoniyatiga egaman deb o'ylaydigan futbolchilar ko'p emas. Men uchun bu 'Oltin to'p' marosimidagi ikkinchi ishtirokim edi.

Ousmane bilan u yerda yonma-yon bo'lish va asosiy poyga ikkimiz o'rtamizda kechgani — men uchun haqiqiy orzu edi. Yakunda sovrinni Ousmane yutdi va men buni juda yaxshi qabul qildim.

Ousmane bunga to'liq loyiq edi — u ajoyib mavsum o'tkazdi va Chempionlar Ligasida zafar quchdi, men uning uchun chin dildan xursand bo'ldim.

Yakunda o'zim ham eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan Kopa sovrinini qo'lga kiritdim — bu men uchun ikkinchisi bo'ldi."


"Oltin to'p" poygasidagi 2-o'rinni qanday qabul qilding — buni hafsalasizlik deb bilasanmi yoki karyerangdagi navbatdagi bosqichmi?

🗣 Lamine Yamal:
"Yo'q, men buni katta muvaffaqiyat deb bilaman.

18 yoshimda 'Oltin to'p'da 2-o'rinni egallash — o'zimdan ham o'zishim uchun kuch beradi. Men har doim g'alaba qozonishni xohlaydigan futbolchiman.

Birinchi o'rinni ololmaganing — kelasi yili, undan keyingi va undan keyingi yillarda albatta 1-bo'lishga bo'lgan chanqoqlikni oshiradi.

Shuning uchun 18 yoshda 2-o'rinni egallashni ulkan yutuq deb hisoblayman va buni hech qachon omadsizlik deb qaramaganman."

☑️ www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

📲Instagram | 📲Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19236👍14👏8😁53🔥22💯11
O'tgan mavsumda jismoniy muammolarga duch kelding. Bular orqali tanang va imkoniyatlaring haqida nimani o'rganding?

🗣 Lamine Yamal:
"Bu menga yanada professional bo'lishga juda katta yordam berdi. Avvaliga o'zimcha: «Men hali yoshman, menga hech narsa qilmaydi, jarohat olmayman, darhol tiklanib ketaman» deb o'ylardim.

Lekin keyinchalik tushundimki, unday emas ekan. Biz juda yuqori saviyada o'ynayapmiz va har bir futbolchiga fizioterapevt qarovi, to'g'ri ovqatlanish hamda to me'yorida dam olish zarur.

Hozir har doim fizioterapevtga borishga, vaqtida uxlab dam olishga va sifatli ovqatlanishga harakat qilaman. Bularning barchasi o'sishimga yordam bermoqda."

Hozirgi "Barcelona" haqida gapirib bersang, jamoa ichida muhit qanday?

🗣 Lamine Yamal:
"Men uchun jamoamiz — tomosha qilish uchun juda qiziqarli futbol o'ynaydi. Biz har doim hujum qilish, to'pga egalik qilish va gol urish uchun maydonga tushamiz. Maydonda chinakam zavq olayotganimiz ko'rinib turibdi.

Biz bir katta oilamiz. Mashg'ulotlarga kelganda hech kim: «Uff, bugun yana shug'ullanishim kerakmi» demaydi. Aksincha: «Yigitlarni ko'raman, birga vaqtni maroqli o'tkazamiz va mashg'ulot qilamiz» deymiz.

O'yin kuni kelganda esa barcha — darvozabon va himoyachilardan tortib hujumchilargacha hammamiz maydonda maroq bilan o'ynaymiz."

☑️ www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

📲Instagram | 📲Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
197🔥23👍18👏442💯1
📲 Polymarket nashriga ko'ra, joriy mavsum 🇪🇸 La Ligada chempion bo'lish uchun asosiy davogarlar

☑️ www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

📲Instagram | 📲Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁845216🔥5849👍11👏65🤬3💯2🫡2
Carlos Monfort(⚽️):

Frankie de Jong bir hafta davomida faqat yugurish va individual mashg‘ulotlar o‘tkazganidan so‘ng, to‘p bilan ishlashni va maydonda o‘rtacha intensivlikda mashq qilishni boshladi.

Uning jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi uchun yana 2–3 hafta kerak bo‘lishi kutilmoqda.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
594👍135🔥4712🫡66👏5🏆1
📊 | 🇪🇸LaLigada eng ko'p masofa bosib o'tayotgan klublar

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁738111👍37229👀7🔥5👏4💯1🫡1
www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
🤬538155😁9822👍18🤯5👀5👏442🔥1
www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
532🔥8060👍23🤬6💯6🫡3👏22