FCB.uz | Rasmiy Kanal
101K subscribers
170K photos
16K videos
1.23K files
107K links
🇺🇿 www.fcb.uz saytining rasmiy kanali!

👇“Barcelona” haqidagi:
📰tezkor xabarlar
📊statistika va faktlar
🎙intervyular
📷ajoyib rasmlar

📆Since 26.11.2015

✔️Kanallar: @fcbuznews

💰Donat: @fcbuzdonat

📲Aloqa: @fcbuzrobot

🤝Reklama: @fadoch
Download Telegram
Eng ko’p yillik maosh oladigan murabbiylar

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
😁66328612134👍11🔥7👏75🫡3👀2💯1
Sheikh Mansour (“Manchester City” egasi): “Biz doim “Barcelona” va La Masiaga minnatdor bo‘lib qolamiz. Ular bizga Pep Guardiolani berishdi va u bizni Angliyadagi eng muvaffaqiyatli klubga aylantirdi.

Men Pep va Laportaga agar “Barcelona” uchun yordam qila oladigan biror narsam bo‘lsa, buni mamnuniyat bilan bajarishimni aytganman.

“Barcelona” — biz eng yaxshi munosabatlarga ega bo‘lgan klub”

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
32K👍287🫡9836🔥28👏23👀53🤯1💯1
Hektor Koka (MD):

Hukm chiqarishga hali juda erta, ammo mavsumning boshlanishi optimizmga undamoqda: 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alaba, 22 ta gol urildi va atigi 3 ta gol o‘tkazib yuborildi.

Shu tariqa 9-raqamli hujumchi borasidagi bahslar ham deyarli yo‘qoldi.
🇧🇷 Raphinha yangi rolida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda, 🇧🇷 Gabriel Jesus esa o‘z imkoniyatini kutmoqda.

Ammo haqiqiy sinov oktabr oyida bo‘ladi:
🇪🇸 "Barcelona" safarda 🇹🇷 "Galatasaray", 🇪🇸 "Real Betis" va 🇫🇷 "PSG" qarshi o‘ynaydi, so‘ngra 25-oktabr kuni 🏟 "Camp Nou"da 🇪🇸 "Real Madrid"ni qabul qiladi.

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
761155🔥9426👍20🫡154👏3💯221
Tarzan Migueli (MD):

"La Masia" — bizning xazinamiz.

Akademiya hanuzgacha bizning eng katta xazinamiz. Biz Lamine Yamal, Cubarsí va Bernal kabi 19 yoshga ham to‘lmagan futbolchilarni ko‘rishga odatlanib qoldik. Aslida esa bu holat tabiiydek ko‘rinsa-da, unday emas.

Qolaversa, Fermín va Gavi bor. Endi esa kutilmaganda Xavi Espart chap qanot himoyachisi sifatida variantga aylandi. U asl pozitsiyasi bo‘lmasa-da, hayratlanarli darajada ishonchli va tabiiy o‘ynamoqda.

Bularning barchasiga 9-raqamli hujumchi bo‘lmasa-da, shu pozitsiyada ajoyib o‘ynayotgan Raphinhaning yorqin formasini qo‘shsak, bu "Barcelona" bizga bu mavsumda juda ko‘p quvonch ulashishi mumkin.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
501🔥7750👏23👍13💯33😁1🫡1
📰📰📰 | 🇪🇸 "Barcelona" 🇩🇪 "Dortmund"ning kelajakdagi javohiri — 15 yoshli yarim himoyachi Justin Egodamenni kuzatmoqda.

U o‘zining jismoniy kuchi, to‘p bilan muomalasi, gol urish va jarima maydoniga kirib borish qobiliyati bilan e’tibor qozongan.

🇳🇬 Nigeriya kelib chiqishiga ega bo‘lgan futbolchi 🇩🇪 Germaniya, 🇳🇬 Nigeriya yoki 🇮🇹 Italiya terma jamoalaridan birini tanlashi mumkin. Hozirda esa 🇮🇹 Italiya U-16 terma jamoasida o‘ynamoqda.

🇪🇸 "Barcelona" futbolchi haqida dastlabki hisobotlarga ega va klub skautlariga uni yanada sinchiklab kuzatishni topshirgan. Biroq rasmiy harakatlar futbolchi 16 yoshga to‘lmaguncha amalga oshirilishi mumkin emas.

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
500👍84👀3020🔥8😁5🤬54🫡33👏1
FCB.uz | Rasmiy Kanal
#RASMAN: "Barcelona" Hamza Abdelkarim bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirdi. www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti! Instagram | Telegram
❗️Shu bilan birga uning yangi tovon puli 15 million euro dan 10 barovarga yani avvalgi postlarimizda ta'kidlaganimizdek 150 million euro ga oshmoqda.

Klub 🇪🇬 Misrlik hujumchiga juda katta ishonch bildirmoqda !

Sizningcha jamoamizning yangi yosh markaziy hujumchisi Hamza bunday katta ishonchni oqlay oladimi ?


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
872🔥204👍9237💯18😁65🤬4👀3👏1🏆1
📊 Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 🇪🇸 "Barcelona"ning barcha turnirlarda 🇪🇸 "Levante"ga qarshi o‘yinlardagi ko‘rsatkichi:

🇪🇸 "Barcelona" — "Levante" 🇪🇸

🏟 42 ta o‘yin
32 ta g‘alaba
🤝 5 ta durang
5 ta mag‘lubiyat
⚽️ 128 ta urilgan gol
48 ta o‘tkazib yuborilgan gol
🧤 15 ta quruq o‘yin

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
555131👍29🫡24🔥115🤬3👏2👀1
La Ligada oʻynamaydigan transfer narxi baland boʻlgan Ispaniyalik futbolchilar

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
🔥438112👍34118🤬2👏1😁1🤯1💯1
👀 João Cancelo mashg‘ulotlar vaqtida qo‘liga bint bog‘lab oldi.

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
609👀21236👍1610😢77🔥2👏1🤯11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
308🔥6240👍1310👏854💯1🫡1
🗣️ Hansi Flick «Levante»ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning yaxshi formasi haqida:

«Qanday o‘ynayotganimizdan juda mamnunmiz, ammo buni har bir o‘yinda isbotlashimiz kerakligini bilamiz. Hammasi yaxshi ketayotganida, bu biz uchun juda katta ahamiyatga ega. Agar shu jihatlardan bittasini ham yo‘qotsak va 100 foiz tayyor bo‘lmasak, bu yaxshi natija bermaydi».


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
🔥285105👍3211👏7💯4🫡44🏆2🤬1
Sesk Fabregas «Barcelona» qo‘rqinchli jamoa ekanini aytdi. Raqib murabbiyidan bunday gaplarni eshitish nimani anglatadi?

Hansi Flick: «Men Seskning qilayotgan ishlaridan hayratdaman. U juda yaxshi ishlayapti. Ularning jamoasi juda yuqori saviyada o‘ynayapti.

Men uchun keyingi o‘yin eng muhimi. Butun e’tiborim faqat shu uchrashuvga qaratilgan. Biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz, ammo mavsum yakuniga qadar hali bosib o‘tishimiz kerak bo‘lgan uzoq yo‘l bor».


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
329👍61👀24🔥14145🫡4👏3💯2🤬11
Hamza bilan shartnoma uzaytirish haqida.

Flick: U mavsumga tayyorgarlik ko'rish davrida ajoyib o'yin ko'rsatdi va boshqa futbolchilar bilan o'rin uchun kurashmoqda.

Hamza jamoaga yangi imkoniyatlar beradi, bu klubning kelajagi uchun qimmatli qo'shimcha va biz uning jamoaga qo'shilishini juda xohlagan edik.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
🔥28996👍4712👏8🫡44💯3🤬1👀1
Bu klubga kelganingizdan beri sizda bo‘lgan eng to‘liq tarkibmi?

Flick: Ha, bu o‘tgan mavsumdagidan yaxshiroq. Biz doimo hujum haqida gapiramiz, ammo himoya ham muhim.

Jahon chempionatidan keyin Cubarsi ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. U o‘ziga ishonchli, diqqatini jamlagan va jismoniy jihatdan ham yaxshilandi. U bu pozitsiya uchun juda muhim futbolchi. To‘p bilan ham juda yaxshi o‘ynaydi. Asosiy darvozabonimiz ham ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Rodri va Bernal ham himoyaga yordam bermoqda.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
261🔥35👍2714🫡53👏2🤬2🏆2
Jamoaning yangi jismoniy tayyorgarlik usulini qanday baholaysiz?

Flick: «Ha, bu boshqacha falsafa va boshqa yondashuv. Gap futbolchilarning maydondagi harakatlari haqida ketmoqda. Ular mushaklarini kuchaytirish ustida ishlashmoqda. Bu faqat yangi murabbiylar bilan bog‘liq emas, ular jamoaning avvalgi sifatlari bilan uyg‘un holda ishlamoqda.

Hamma narsa yagona jamoa sifatida ishlayapti va bu yaqqol ko‘rinib turibdi. Energiya ijobiy, futbolchilar ham buni his qilishmoqda. Bu bizga futbolchilarning yuqori darajadagi o‘yinini saqlab qolishga yordam bermoqda».


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
193🔥29🫡1110👍5👏43🤬1💯1
Chempionlar ligasidan La Ligaga o‘tganda futbolchilarni motivatsiya qilish siz uchun qiyinmi? Muxlislar sizdan ko‘proq narsani talab qilishyaptimi?

Flick: «Hech narsa o‘zgargani yo‘q. Bu yil ular Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlashmoqda va bu bizning maqsadimiz. Ammo La Liga ham juda muhim.

La Ligada ketma-ket uch marta chempion bo‘lish ajoyib yutuq bo‘lardi.

Men uchun eng muhimi — har kuni qanday mashg‘ulot o‘tkazishimiz va nimalar berayotganimiz, jismoniy holatimizni saqlab qolishimiz juda muhim.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
21738👍229🔥83👏2🤬2🏆2🫡2💯1
Markaziy hujumchi pozitsiyasi haqida.

Flick: Bizda bu pozitsiyasida oʻynay oladigan bir nechta futbolchilarmiz bor. Gordon va Olmo ham hujumchi sifatida o'ynay olishadi. Hozircha Raphinha juda yaxshi o'ynamoqda.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
32259👍302194🫡2🔥1👏1🤬1💯1
Flick: Levante - yaxshi tuzilgan jamoa, ular Betisga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdilar. Bizni kuchli raqibga qarshi qiyin oʻyin kutib turibdi

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
299👍41241265👏3🔥1🤬1💯11
Flick: «Bizda futbolchilarni keyingi o‘yinga eng yaxshi holatda tayyorlashga yordam beradigan ko‘plab soha mutaxassislari bor. O‘yinlar orasidagi kunlar juda muhim.

Yaqinda foydalanishga topshiriladigan yangi sport zalini ko‘rishingiz mumkin. U yerda tiklanish mashg‘ulotlarini yanada sifatli o‘tkazish uchun ko‘proq joyimiz bo‘ladi. Qadam-baqadam rivojlanmoqdamiz. Gap faqat futbolchilar nimalar qilishi kerakligida emas. Biz ham ular uchun kerakli sharoitlarni yaratishimiz kerak».


P.S: Flick ishtirokidagi matbuot anjumani tugadi. Tarjimadagi xato va kamchiliklar uchun uzr soʻrab qolamiz


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
🔥14373👍2011👏64🤬2🏆2
Jurnalist Marsal Lorentening maqolasidan:

Flick bizga klubning DNK’siga sodiq, hujumkor jamoa taqdim etdi. Ammo uning yana bir katta ustunligi bor. Aynan shu jihat uni so‘nggi yillarda jamoani boshqargan eng yaxshi murabbiylar — masalan, Pep Gvardiola yoki Luis Enrike darajasiga olib chiqadi:

Flick bu jamoani o‘zi xohlagan tarkib bilan emas, unga berilgan tarkib bilan qurdi.

Inigo Martinez ketdi, ammo uning o‘rniga chap oyoqli markaziy himoyachi olib kelinmadi. Boshqa murabbiy bo‘lganida, transferlarni talab qilib, bu mavzuni yangiliklarning asosiy mavzusiga aylantirgan bo‘lardi. Flick esa Gerard Martinni chap markaziy himoyachi pozitsiyasiga o‘tkazdi. Va bu o‘zini oqladi.

U so‘ragan chap qanot himoyachisi ham kelmadi. Shunda u aslida o‘ng qanot himoyachisi bo‘lgan Xavi Espartni yangi chap qanot himoyachisi sifatida sinab ko‘rdi.

O‘ng qanot uchun ham hech qanday yangi futbolchi kelmadi. Yechim esa — aslida markaziy himoyachi bo‘lgan Eric Garsiyani o‘ng qanot himoyachisiga aylantirish bo‘ldi.

U ochiqchasiga shikoyat qilmadi, matbuot anjumanlarida zaharli kinoyalar bilan gapirmadi va ishlar yomonlashib qolsa, oldindan bahona izlamadi.

Va nihoyat, hujumchi bilan shartnoma imzolanmaganida Raphinhani markaziy hujumchi pozitsiyasiga qo‘yib, tavakkal qildi. Bu qaror esa hayratlanarli darajada muvaffaqiyatli chiqdi.

U kelganida, hatto birorta mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurmasidan oldin, ayrim insonlar, jurnalistlar u haqida shunday deyishgandi: « U Nemis murabbiy, klubdagi muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapiradi, klubning ichki an’analari unga begona, unda “Barcelona” DNKsi yo‘q» degan gaplar boʻlgan edi.
299👏52🔥25👍1513💯33🫡22🤬1👀1
La Liga klublari orasida eng koʻp maosh toʻlaydigan top 10 ta futbolchilari. 1-qism

www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
236🔥3221🤬96👍5👀2👏1😁1