FBA Academy | ACCA
2.62K subscribers
514 photos
194 videos
2 files
435 links
๐Ÿข ๐—”๐—–๐—–๐—” ๐—Ÿ๐—ฒ๐—ฎ๐—ฟ๐—ป๐—ถ๐—ป๐—ด ๐—ฃ๐—ฟ๐—ผ๐˜ƒ๐—ถ๐—ฑ๐—ฒ๐—ฟ

๐Ÿ‘‰ From F1 to F9
๐Ÿ‘‰ From P1 to P7

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป ๐—”๐—ฑ๐—บ๐—ถ๐—ป: @fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž ๐—–๐—ฎ๐—น๐—น: +99878 113 80 90

โœ๏ธ ๐—ฆ๐—ต๐—ถ๐—ธ๐—ผ๐˜†๐—ฎ๐˜ ๐˜ƒ๐—ฎ ๐˜๐—ฎ๐—ธ๐—น๐—ถ๐—ณ๐—น๐—ฎ๐—ฟ ๐˜‚๐—ฐ๐—ต๐˜‚๐—ป: https://forms.gle/b3bKD6WJ2Goac1H97
Download Telegram
โ€‹Boshim achib ketdi nima o'zi bular?

๐Ÿค“ Balki bilarsiz yoki yo'q, biz kompaniyalar aksiyasining oldi-berdisiga oid, bir oz odamni chalkashtiradigan quyidagi terminlarga to'xtalib o'tishni niyat qildik.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿซ Ordinary shares - bu turdagi aksiyalar o'zida boshqaruv huquqini tashuvchi aksiyalar hisoblanadi, ya'ni sizda Ordinary shares aksiyalari bo'lsa kompaniya boshqaruv tizimida ham o'rningiz bo'ladi.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ผ Preference shares - bu nom ostidagi aksiyalar esa yuqoridagi turning teskarisi, ya'ni sizda faqat aksiya bo'ladi, boshqaruvga esa aralasha olmaysiz va buning evaziga yillik qat'iy belgilangan daromadga ega boสปlasiz.

๐Ÿ’ธ Nominal value - kompaniya birinchi bor aksiya chiqarayotganda aynan shu narxda Ordinary shares chiqaradi. Ya'ni u o'z aksiyalariga o'zi istagan narxni belgilaydi, xohlasa qimmat, xohlasa arzon. Sotib olish sizning ixtiyoringizda.

๐Ÿฆ Market value - keyinchalik nominal value'dagi aksiyalar aynan shu Market value'ga o'tadi. Bunda endi aksiya narxini korxona egalari emas, balki Market (aksiya bozori) belgilaydi. Siz sotib olgan Nominal value'dagi aksiya tushib ketishi ham, ko'tarilib ketishi ham mumkin.

โœ๏ธ Yana qaysi ACCA'ga oid terminlarni izohlashimizni istaysiz? Kommentariyada yozib qoldiring.

ACCA kurslarimiz haqida batafsil maสผlumot olish uchun adminstratorlarimizga murojaat qilishingiz yoki kommentariyada + belgisini qoldirsangiz bas.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Adminga murojaat: @fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž Tel: +99893 0025500
๐Ÿ“ž Tel: +99833 7025500

Telegram | Instagram | Facebook
โ€‹Biznesni moliyalashtirish kerak, ammo pul yo'q...

๐Ÿ˜Ž Bunday holatda qilinadigan eng ko'p ishlardan biri aksiya chiqarish bo'lsa, ikkinchisi uzoq muddatli qarz olish hisoblanadi. Keling avval aksiya chiqarish orqali moliyalashtirish haqida gaplashsak.

๐Ÿ’ธ Masalan, Ordinary shares'ga kiruvchi "Right issue" aksiyalari - bu bozor narxidan pastroq narxlarda faqat mavjud aksiyadorlar uchun chiqarish yo'li hisoblanadi. Rights issue orqali kompaniya aksiyalarini oson sotib, kam xarajat qiladi. Qolaversa, aksiyadorlar oสปzlarining foydalariga boshqalarni sherik boสปlishini istashmaydi, ustiga-ustak, aksiyalar bozor narxidan arzon boสปlganligi uchun ikkilanmasdan ularni sotib olishadi. Keyinchalik bu aksiyalarni bozor narxida ya'ni bir oz qimmat narxda sotib yuborishlari ham mumkin.

๐Ÿ˜Š Yoki biznesni moliyalashtirish uchun boshqa aksiyalar masalan, Preference shares turidagi aksiyalarni ham chiqarsangiz bo'ladi. Keyingi postlarimizda aynan preference shares'ning turlari haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

๐Ÿ’ฐ Keyingi yo'l qarz olish: Siz kimdandir yoki bankdan kompaniyangiz nomiga qarz olasiz va kompaniyaning foydasidan shu qarzlarni to'lab borasiz. Aksiya soni va aksiyadorlar o'rtasida hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Faqat foydaning qaysidir qismi qarzni to'lashga ketganligi uchun undan olinadigan dividend miqdori kamayadi. Bu ham qarz to'lab bo'lguncha davom etadi.

โœ๏ธ Nima deb o'ylaysiz, sizga qaysi yo'l orqali moliyalashtirgan ma'qulroq? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring!

๐Ÿš€ ACCA
kurslarimiz haqida batafsil maสผlumot olish uchun esa adminstratorlarimizga murojaat qilishingiz yoki kommentariyada + belgisini qoldirsangiz bas.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Adminga murojaat: @fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž Tel: +99893 0025500
๐Ÿ“ž Tel: +99833 7025500

Telegram | Instagram | Facebook
Bir session'da ikkita imtihon va F9'dan Oสปzbekistonda 1-oสปrin

๐Ÿฅณ O'quvchilarimizdan biri Asadbek G'aniev yaqindagina bir vaqtning o'zida F2, F3, F4 imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, keyingi session'da birdaniga F5 va F9 imtihonidan ham o'tdi.

๐Ÿ”ฅ Quvonarlisi, uning F9 darajadagi natijasi O'zbekistonda 1-o'rin bo'ldi.

๐Ÿคฉ Bir vaqtda bir nechta ishni bajarishga odatlangan o'quvchimiz navbatdagi session'da ham F6 va F8 imtihonlarini birga topshirishni maqsad qilgan. Biz FBA Academy jamoasi nomidan ularning ilm yo'lidagi ushbu izlanishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

๐Ÿ˜Ž Ishoning, bir vaqtda ikkita imtihonni topshirish qiyin emas. Agar sizda ishonch, shasht, ilmga chanqoqlik, intilish, shuning bilan birgalikda FBA Academy o'quvchisi bo'lsangiz bas)

๐Ÿš€ ACCA kurslarimizga yozilish uchun esa adminstratorlarimizga murojaat qilishingiz yoki kommentariyada + belgisini qoldirsangiz bas.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Adminga murojaat: @fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž Tel: +99893 0025500
๐Ÿ“ž Tel: +99833 7025500

Telegram | Instagram | Facebook
Qiymatli ta'lim qimmat bo'ladi

๐Ÿ’ฐ Ko'pchilikda nega ACCA kurslari qimmat degan fikr uyg'onmoqda. Chunki ACCA bergan imkoniyatlarni ko'p joydan topa olmaysiz. Imkoniyatlar haqida esa yuqoridagi rasmlar orqali bilib olishingiz mumkin.

๐Ÿ˜Ž Narx haqida gapiradigan bo'lsak, har bir markaz kurslarga o'zidan kelib chiqib buni belgilaydi. Boshqa joylardagi narx va ta'lim sifati haqida biz biror nima deya olmaymiz. O'zimizga kelsak, ta'lim sifati maksimal, narx esa barcha uchun qulay qilinishga harakat qilingan. Biz uchun sizning natijangiz muhim!

Agar siz ham manfaatli ilm yo'lidan ketmoqchi bo'lsangiz biz sizga yordam berishdan mamnunmiz!

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Adminga murojaat:
@fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž Tel: +99893 0025500
๐Ÿ“ž Tel: +99833 7025500

Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo'sh vaqt? Co-Working'ga keling!

๐Ÿข O'quvchilarimizning qulayligi hamda vaqtini qadrlagan holda FBA Academy oilasi uchun markazimizda alohida Co-Working tashkil etdik.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿซ Endi siz darsga ertaroq kelgan yoki darslardan so'ng bo'sh vaqtingiz bo'lsa bemalol ushbu joyga kelib mustaqil shug'ullanishingiz, guruhdoshlaringiz bilan kursga bog'liq bo'lgan masalalar ustida muhokama va debatlar tashkil qilishingiz mumkin.

๐Ÿ˜‰ Aytgancha, cheksiz Wi-Fi ham sizning ixtiyoringizda)

FBA Academy - yuqori natijalar uchun ilk qadam!

๐Ÿš€ Kurslarimiz haqida batafsil maสผlumot olish uchun adminstratorlarimizga murojaat qilishingiz yoki kommentariyada + belgisini qoldirsangiz bas.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Adminga murojaat: @fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž Tel: +99893 0025500
๐Ÿ“ž Tel: +99833 7025500

Telegram | Instagram | Facebook
Mustaqillik kuni muborak bolsin!

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ Erkimiz va mustaqilligimizning 30 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni qutlab qolamiz. Tinchligimiz, osoyishtaligimiz abadiy bo'lsin. FBA Academy nomidan ushbu kun bilan barchangizni muborakbod etamiz.

๐Ÿ˜Š Yurt osoyishtaligi โ€“ ulugโ€˜ neโ€™mat, barqaror taraqqiyot garovidir. Tinchlik va totuvlik hukm surayotgan yurtda sog'lom farzandlar dunyoga keladi hamda ular o'z tarbiyasi, shijoati ila yurt rivojiga hissa qo'shadi.

Telegram | Instagram | Facebook
โ€‹4 yillik Universitet yoki 2 yilda ACCA?

๐Ÿ˜Š Har qanday yaxshi ilm olishga qaratilgan yo'l manfaatli hisoblanadi. Biz nimanidir yomon yoki yaxshi demoqchi emasmiz, shunchaki sizlarga o'zimizga ilingan yaxshilikni ochiqchasiga sizga ham ulashmoqchimiz.

๐Ÿ’ฐ Umuman olganda ko'pchilikning ta'lim olishi tag zamirida ishlab pul topish yotadi. Siz ACCA'ning kerakli paper'larini olib ishlashingiz uchun 2 yil o'qisangiz yetarli. 4 yilda qolgan paper'larni ham tugataman desangiz Magistr darajasi ham oldingizda ip esha olmaydi, qo'shimchasiga to'g'ridan to'g'ri Oxford Brookes diplomiga ega bo'lasiz

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ผ Har qanday inson xoh OTM, xoh xususiy ta'lim yoki shogird sifatida biror sohani tugatsa, uni hech qayerda tayyor ish quchoq ochib kutib turmaydi. Endi ish izlash kerak, diplomni ko'tarib 4-5 joyga chopish yoqmayapti?! Lekin ACCA'ni tugatsangiz ishingiz tayyor desak ham bo'ladi, yana katta-katta kompaniyalarda.

๐Ÿ—‘ Har kuni o'qishga borish, ortiqcha fanlar, yugur-yugur, qog'ozbozlik, qat'iy belgilangan formalar - bular ACCA o'rganuvchi o'quvchilar uchun g'irt begona narsalar. Haftasiga 3 kun, 2 soatdan dars, qolgan payti boshqa ishlaringizni qilavering, faqat uy vazifalari sifatli bajarilishi shart.

๐Ÿฅบ Bir yomon tomonini aytaylik, imtihonga kirganda biror narsadan foydalanish yoki kimdandir ko'chirish degan narsa yo'q, afsuski. Hammasi adolatli, o'qigan yutadi, o'z kuchingizga ishonishga majbursiz!

๐Ÿ˜Ž Bu ba'zi bir ma'lumotlar edi, vaqti kelsa yana davom etamiz. Biz sizga faqat ACCA'ni o'rganing demaymiz. Shunchaki yaxshilarga yaxshilik ulashishni niyat qildik. Tanlov sizda. Istang ham OTM, ham ACCA, istang faqat OTM yoki faqat ACCA - nima bo'lganda ham bu sizning qaroringiz, biz esa siz va qaroringizni hurmat qilamiz.

๐Ÿš€ Biror gap bo'lsa biz shu yerda. ACCA kurslarimizga yozilish uchun esa adminstratorlarimizga murojaat qilishingiz yoki kommentariyada + belgisini qoldirsangiz bas.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Adminga murojaat: @fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž Tel: +99893 0025500
๐Ÿ“ž Tel: +99833 7025500

Telegram | Instagram | Facebook
Imtihonga omad!

๐Ÿ–ฅ Xabaringiz bor ertadan boshlab ACCA imtihonlari start oladi. Ushbu muhim kunlarda barcha test topshirayotgan o'quvchilarga omad tilab qolamiz. Ishonamizki, siz bu sinovdan muvaffaqiyat bilan o'tasiz!

๐Ÿ”น 6-sentabr - F8
๐Ÿ”น 7-sentabr - F6
๐Ÿ”น 8-sentabr - F5
๐Ÿ”น 9-sentabr - F7
๐Ÿ”น 10-sentabr - F9

Siz qaysi bosqichdagi imtihonni topshiryapsiz? Kommentariyada yozib qoldiring.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Adminga murojaat: @fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž Tel: +99893 0025500
๐Ÿ“ž Tel: +99833 7025500

Telegram | Instagram | Facebook
โ€‹ACCA'ni mustaqil o'rganmoqchi bo'lganlarga maslahatlar

๐Ÿ”น Bu narsani endi boshlayotgan bo'lsangiz F2 yoki F3 dan o'qishni boshlashingizni maslahat beramiz. Ma'qulrog'i F3 bosqichidan start oling;

๐Ÿ”น Albatta, o'qishni boshlashdan oldin 2 oylik qat'iy reja tuzib oling. Shu davrning 1,5 oyini o'rganish va qolgan yarim oyni Revision(takrorlash) uchun sarflang;

๐Ÿ”น Ko'p vaqt yo'qotmaslik hamda yaxshi tushuncha hosil qilish uchun ko'proq kerakli videomateriallar orqali tayyorlaning. opentuition.com ushbu sayt orqali anchagina bepul videodarslarni topishingiz mumkin;

๐Ÿ”น Ingliz tili darajangiz yaxshi bo'lsa BPP, aks holda Kaplan qo'llanmalaridan foydalanishingizni maslahat beramiz. Qo'llanmalarni accastudents va accawall telegram kanallari orqali topsangiz bo'ladi;

๐Ÿ”น Yuqorida aytilgan 1,5 oy davomida 1-1,5 soat Study Text(mavzuni o'zlashtirish) va orqasidan yoki 1-1,5 soatdan keyin Revision Kit mashqlarini bajaring;

๐Ÿ”น Qolgan yarim oy davomida to'liq Revision qiling. Agar BPP'ni ishlagan bo'lsangiz Kaplan, Kaplan ishlagan bo'lsangiz BPP'ning Revision Kit'ini bajaring;

๐Ÿ”น So'ngra 3-7 kun ichida kamida 3 ta mock test bajaring. Imtihonni esa uchinchi mock'dan 1-2 kun keyin darhol topshirib yuboring. Aks holda, natijaga ta'sir qilishi mumkin;

๐Ÿ˜Ž Hozircha shular... Hali oldinda siz uchun foydali yana ba'zi ma'lumotlarga to'xtalib o'tamiz. Yana qanday sohaga oid narsalarni bilishini istaysiz? Kommentariyada yozib qoldiring.

๐Ÿš€ Agar ACCA'ni professional o'qituvchilar bilan mukammalroq o'rganmoqchi bo'lsangiz adminstratorlarimizga murojaat qilishingiz yoki kommentariyada + belgisini qoldirsangiz bas.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Adminga murojaat: @fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž Tel: +99893 0025500
๐Ÿ“ž Tel: +99833 7025500

Telegram | Instagram | Facebook
Yana bir natijamiz ma'lum bo'ldi

๐Ÿฅณ Yaqinda bo'lib o'tgan F3 imtihonidan yana bir o'quvchimiz Murotjon Urokov ham 80 ball bilan muvaffaqiyatli o'tdilar.

๐Ÿ˜Ž O'qituvchimiz Islombek Karimovning ushbu o'quvchilarining navbatdagi imtihonlarida ham omad tilab qolamiz.

๐Ÿš€ Siz ham ACCA kurslarimizda o'qishni istasangiz yaqin kunlarda ochilayotgan guruhlarimizga ro'yxatdan o'tish uchun kommentariyada + belgisini qoldirishingiz yoki adminstratorlarimizga murojaat qilishingiz mumkin.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Adminga murojaat: @fbaacademy_admin

๐Ÿ“ž Tel: +99893 0025500
๐Ÿ“ž Tel: +99833 7025500

Telegram | Instagram | Facebook