Ramazon - istig‘for, avf so‘rash va Allohga nasuh tavba bilan qaytish oyi!
Nasuh tavba - chin ixlos, haqiqiy pushaymonlik va gunohga boshqa qaytmaslikka ahd qilish bilan bo‘ladi.
Tavba - bu qaytish degani, ya‘ni gunoh va ma‘siyatlardan yuz burib Allohga qaytish.
◽️Agar biz kimnidir sog‘insak uni eslaymiz, rasmlariga qaraymiz, videolarini tomosha qilamiz yoki ovozini eshitamiz. Unga ehtiyojimiz borligini his qilishimiz bilan izlashga tushamiz, gaplashgimiz keladi.
🫀 Bizning qalbimiz, ruhiyatimiz ham Allohni sog‘ingan, unga qaytishga ehtiyojmand. Endi Allohni eslash, zikr qilish, u bilan Kalomini o‘qish orqali suhbatlashish vaqti keldi.
❗️Yetar endi yillar davomida gunoh qilganimiz, Allohga nasuh tavba bilan qaytish vaqti yetdi, ahir qachongacha ma‘siyatlarga ko‘milib yuramiz? Kimdan qochyapmiz? Qochib qayerga boramiz? Ahir baribir bir kun Unga qaytamiz-ku!
❕Bilasizmi, Iblis so‘zi "أبلس" fe‘lidan "Noumid bo‘lgan" deb tarjima qilinadi. Ya‘ni iblis alayhill‘ana Allohning rohmatidan, kechirishidan abadiy mosuvo, u hech qachon kechirilmaydi, shu sabab ham noumid bo‘ldi.
Lekin biz insonlarmiz, bizlarda Allohga qaytishga imkon, Uning rahmatiga umid bor. Zararni qayeridan qaytsa ham foyda! Qanday og‘ir gunohlarga qo‘l urgan bo‘lishimizdan qat‘iy nazar hali ham kech emas, Alloh bizga butkul poklanish, mag‘firat qilinganlar qatoriga qo‘shilish uchun bu muborak oyni ne‘mat qilib berdi.
❗️Unutmang, yoki biz bu muborak oyda o‘zimizni ham ruhan ham jismonan sarhisob qilib Allohga o‘zimiz xohlab qaytamiz, yoki haq kunda istamasak ham U Zot o‘zi bizni sarhisob qiladi. Tanlov o‘z qo‘limizda! Tavbaga shoshilaylik, Allohga qaytaylik!
@fathiyyanabijon
#fathiyya_bilan_ramazon

Tavba haqiqiy, sahih, nasuh bo‘lishi uchun ma‘lum shartlar bor:
1⃣ O‘sha gunohdan tiyilish!
Tilda shunchaki "Tavba qildim, Allohim kechir meni, shu gunohni qilib qo‘yaveryapman" deb aytsagu, amalda qilishni butkul to‘xtatmasak - bu chin tavba emas. Allohni yosh bola kabi aldamoqchi bo‘lmaylik, tavbaga biz muhtojmiz, U Zot emas.
2⃣ Gunohni tan olib, unga haqiqatdan pushaymon bo‘lish!
Vijdon qiynalishi, qalb bezovta bo‘lishi, afsuslanish kabilarni his qilish. Bir oy har kuni yig‘lab tavba qilinsa-yu, lekin qalbning tub-tubida o‘sha gunohni eslash, yaxshi ko‘rish, sog‘inish tuyg‘usi bo‘lsa - bu tavba sahih emas.
❗️Misol uchun nomahram bilan munosabat mavzusi (dolzarb bo‘lganlaridan). Ramazon oyida raqamlarini bloklab qo‘yib, aloqani butkul uzib, qayta gaplashmaslikka va‘da berilsa ham, agar qalbda chindan shu harom munosabatdan pushaymonlik bo‘lmasa, bu gunohdan xuddi jirkanch narsadan tortingandek yoki olovdan qochgandek uzoqlashmasa, bari befoyda.
Qalbning tub-tubida "Qani endi telefon qilib qolsa yoki sms yozsa, balki ko‘chamizdan o‘tib qolar" kabi istaklar bo‘lsa bu gunohdan pushaymonlik bo‘lmaydi.
❗️Hatto shaytonlar kishanlanadigan oyda ham bu gunohga yana qo‘l urib qo‘yish yoki ramazondan keyin "bir amallab imkon topib" munosabatni davom ettirish mumkin. Shu sabab qalbda ixlos va pushaymonlik bo‘lishi lozim. Tavba - qalbga bog‘liq amal. Qalblarimizdagini esa Alloh bizdan yaxshi biladi.
3⃣ Gunohga qaytmaslikka qat‘iy ahd qilish! Allohga chin dildan va‘da bering, boshqa shu gunohni qaytarmaslikka ahd qiling, bu gunohga olib boradigan hamma yo‘llarni yoping.
✔️ Yomon do‘stlardan uzoq bo‘ling, ma‘siyatga yetishni qiyin qilib qo‘ying, gunoh qilib qo‘ysam 100 ming sadaqa qilaman yoki 10 rakat namoz o‘qiyman yo bo‘lmasa 3 kun ro‘za tutaman deb qasam iching.
✔️ Gunohni qayta qilishga undaydigan narsalarni to‘xtating (kino va seriallar ko‘rishni bas qilish, ij.tarmoqlardagi kanallarni tozalash va hkz). Shu sabablarni mahkam ushlasangiz Alloh albatta yordam beradi, u sizni tashlab qo‘ymaydi.
4⃣ Agar gunoh odamlar bilan bog‘liq bo‘lsa, ularni rozi qilish.
Dilozorlik, zulm, g‘iybat yoki tuhmat kabilar bandalar bilan bog‘liq gunohlar. Ular kechirishsagina Allohning ham avf etishidan umid qilsa bo‘ladi.
◽️Izzat nafsingizga malol kelsa ham borib ozor bergan insonlaringizdan kechirim so‘rang, ularga hadya bering, haqqilariga duo qiling, o‘zlari yo‘qliklarida ularni yaxshi gaplar bilan maqtang.
❗️Shu dunyoda ozgina gap-so‘zga chidab bandalarni rozi qilib gunohdan o‘zimizni soqit qilib olaylik, ertaga haqlar to‘liq olib beriladigan kunda kech bo‘ladi.
Har qanday holatimizda ham Alloh Taolo G‘ofur, Rohiym, Avfu Zot ekanini va bizni agar harakat qilsak gunohlarimiz bilan aslo o‘z holimizga tashlab qo‘ymasligini unutmaylik!

Ko’zlarimiz quvonchi, sog’inib kutganimiz - Ramazon Kariym barchamizga muborak bo’lsin!
Robbal A’lamiyn bu oyning barokotidan, fazlidan va jamiyki yaxshiliklaridan har birimizni bahramand qilsin. O’zimizni ham ruhan, ham ma’nan, ham jismonan poklashimizga muvaffaq qilsin va tavfiq bersin. Allohumma Amin!
©Fathiyya Nabijon

Al-A’liym
Alloh Robbal A’lamiynning go’zal ismlarining barchasi komillik sifatini o’z ichiga oladi. Ularda biror nuqson bo’lishini zarracha ehtimoli ham, tahmini ham yo’q.
Masalan, Al-A’liym (العليم) ismini olaylik - ’’Biluvchi, barcha ilmlar egasi’’ ma’nolarini anglatadi. Bu ismning komilligi shunda-ki, Allohning biluvchiligi nuqsonsiz.
🔺 Allohning A’liymligi mavjud bo’lgan jamiyki ilmlarni avvaldan bilishini taqozo qiladi.
🔻 Maxluqotlar hech qachon bilimli bo’lib tug’ilmaydilar. Avvaliga hech nimani bilmay turib, so’ng hayotlari davomida Alloh qodir qilganicha o’rganishadi:
وَاللّٰهُ اَخْرَجَكُمْ مِّنْۢ بُطُوْنِ اُمَّهٰتِكُمْ لَا تَعْلَمُوْنَ شَيْـًٔا
’’Alloh sizni onalaringiz qornidan hech narsa bilmaydigan holingizda chiqardi’’. (16-78)
🔺 A’liym Zot biladiganlarini hech qachon unutib qo’ymaydi.
🔻 Maxluqotlar, xossatan inson juda unutuvchan, esdan chiqarib qo’yish xavfidan xoli emas.
Ahli ilmlardan biri:
’’Men esdan chiqarib qo’ygan ilmlarimni o’rgangan odam katta olim bo’ladi’’ degan ekan)
🔻 Maxluqotlarning bilimi ham, bilish imkoniyati ham cheklangan.
Ilm-fan shunchalar rivojlanganiga qaramay hali hanuz tubiga yetilmagan arxeologik jumboqlar, tibbiyot olimlari davosini topmagan kasalliklar, fazoning zabt etilmagan minglab nuqtalari buning yaqqol isboti hisoblanadi.
🔺 Alloh Taoloning bilishi yerdagi-yu ko’kdagi, avvalgi-yu oxirgi, bo’lgan-u bo’lmagan barcha narsalarni qamrab oladi:
وَعِنْدَهٗ مَفَاتِحُ الْغَيْبِ لَا يَعْلَمُهَآ اِلَّا هُوَۗ وَيَعْلَمُ مَا فِى الْبَرِّ وَالْبَحْرِۗ وَمَا تَسْقُطُ مِنْ وَّرَقَةٍ اِلَّا يَعْلَمُهَا وَلَا حَبَّةٍ فِيْ ظُلُمٰتِ الْاَرْضِ وَلَا رَطْبٍ وَّلَا يَابِسٍ اِلَّا فِيْ كِتٰبٍ مُّبِيْنٍ
"Gʻaybning kalitlari Uning huzurida boʻlib, Ularni uning Oʻzidan boshqa hech kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, hoʻlu quruq bormi, barchasi ochiq kitobda bordir" (6-59).
اِنَّ اللّٰهَ عَالِمُ غَيْبِ السَّمٰوٰتِ وَالْاَرْضِۗ اِنَّهٗ عَلِيْمٌ ۢبِذَاتِ الصُّدُوْرِ
"Albatta, Alloh osmonlaru yerning gʻaybini bilguvchidir. Albatta, U dillardagi sirlarni ham oʻta bilguvchidir" (35-38).
©Fathiyya Nabijon
@fathiyyanabijon
#Allohni_tanish

Telegram
Fathiyya Nabijon
وَذَكِّرْ فَاِنَّ الذِّكْرٰى تَنْفَعُ الْمُؤْمِنِيْنَ
"Va eslatgin. Albatta, eslatish moʻminlarga manfaat berur".
51:55
Afsuski aksariyatimizda eslatma qilishda yoki uni qabul qilishda muammo bor.
Birodarimizga eslatmani sunnatga muvofiq go‘zal hulq bilan…

Ramazon -Alloh bilan munosabatlarni isloh qilish oyi!
Hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri bu munosabatlar haqidagisidir. Xoh u ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi bo‘lsin, xoh er va xotin o‘rtasidagi, lekin munosabatlar yomonlashib borishi, o‘zaro tushunmovchilik, eshitmaslik, qabul qilmaslik va boshqa ko‘plab muammolar bizga yaxshi tanish.
◽️ Ota-onalar farzandlari ularga quloq solishini istashadi, farzandlar esa ota-onalari ularni tushunmasliklaridan hafa bo‘lishadi. Er va xotin o‘zaro munosabatlari yomonligidan shikoyat qilishsa, chin do‘st-birodarlar ham negadir oralarida sovuqchilik borligini aytishadi.
❕Biz sezmaydigan juda muhim nuqta borki, u haqida deyarli barchamiz unutganmiz - bu Alloh bilan bo‘lgan munosabatimiz!
❗️Agar bandani Alloh bilan aloqasi yaxshi bo‘lsa, unda qolgan barcha maxluqotlar bilan ham munosabati shunday bo‘ladi.
Sizda ota-ona/qarindosh/do‘st/tanishlar bilan munosabatda muammo bormi, unda diqqat qiling - bu sizni Alloh bilan bo‘lgan aloqangizda ham nuqson bor degani.
❕Robbimiz insoniyatga hech kim norozi bo‘lmaydigan, adolatning eng go‘zal ko‘rinishida munosabatlar tizimini tushirgan va ular Alloh bilan munosabatni isloh qilish ustiga qurilgan.
Ramazon - Allohga bog‘liq aloqalarni mustahkamlash, U Zot bilan munosabatni isloh qilish uchun eng go‘zal fursat. Bu isloh qilish u Zotni tanish, ism va sifatlarini o‘rganish, kalomini o‘qish, u haqida fikr yuritish, nozil qilgan dinini chuqurroq o‘rganish va unga amal qilish bilan bo‘ladi.

#tafsir
Tasavvur qiling, bir muhandis yillar davomida ustida jiddiy ishlab, ming turli qiyinchiliklarni boshdan kechirib, vaqti/kuchi/quvvatini sarflab katta bir qurilma yasab bitiradi, masalan IES uchun kerakli generatorni.
IES qurilishi o’z yakuniga yetib, asosiy ish - generatorni maxsus joyga o’rnatish qoladi xolos. Shu payt muhandis, hech bir asosli sababsiz, o’z-o’zidan mashaqqat bilan yasagan generatorini buzib, butkul yaroqsiz holatga keltirib qo’yadi.
❕Tashqaridan qaragan har qanday aqli raso kishi bu muhandisni ahmoq yoki ruhiy nosog’lomga chiqarib qo’yadi, chunki qiynalib, ter to’kib yasagan qurilmasini biror bir asossiz buzib yuborishni hech qanaqasiga oqlab bo’lmaydi, shunday emasmi?
❗️Xuddi shu kabi, biz musulmonlar ham misqollab yig’adigan ajr-u savoblarimizni, fazilatli amallarimizni bir zumda habata qilib yuborishimiz mumkin, shu bois Alloh Taolo ’’Muhammad’’ surasining 33-oyatida:
يٰٓاَيُّهَا الَّذِيْنَ اٰمَنُوْٓا اَطِيْعُوا اللّٰهَ وَاَطِيْعُوا الرَّسُوْلَ وَلَا تُبْطِلُوْٓا اَعْمَالَكُمْ
’’Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat eting va Rasulga itoat eting. Va amallaringizni botil qilmangiz’’ deb marhamat qiladi.
🔸 Inson aqliy sog’lom, es-hushi joyida bo’la turib qanaqasiga misqollab yig’ayotgan o’z amallarini botil qilishi mumkin?
🔸 Javobni tafsirdan topamiz:
Abdurrohman As-Sa’di rahimahulloh ushbu oyat sharhida shunday deydilar: ’’Agar-ki inson o’zi yaxshilik qilgan kishilarini malomat qilishni, o’zidan ujblanishni (qoniqish, afzal deb bilish), solih amallari bilan maqtanish yoki amalni ajridan mahrum etib uni butkul habata qilib yuboradigan gunohlarga qo’l urishni boshlasa, ixlos bilan to’g’ri bajargan amallari ham besamar ketadi’’.
Ibn Umar roziyallohu ahnudan rivoyat qiladilar:
’’Biz, Rosululloh alayhissalomning sahobalari, to ’’Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat eting va Rasulga itoat eting. Va amallaringizni botil qilmangiz’’ oyati nozil bo’lmaguniga qadar barcha yaxshi amallar qabul bo’ladi deb hisoblar edik. So’ng ’’Amallarimizni nima yo’qqa chiqarishi mumkin? deb ko’p o’ylandik va "Katta (og’ir) gunohlar hamda buzuqlik" degan to’xtamga keldik’’.
Inson qalbida nima borligini o’zi yaxshi biladi. Islohotlar uchun eng go’zal oy - g’animat Ramazondamiz.
‼️ Tutayotgan ro’zamiz, qoim bo’lib o’tkazayotgan tunlarimiz, qiynalib topgan molimizdan faqat Robbimizning jamolini istab qilgan ehsonlarimiz qalbimizdagi illat, buzuq niyat yoki tilimizdagi ofat sabab yo’q bo’lib ketmasin, ehtiyot bo’laylik!
@fathiyyanabijon
#fathiyya_bilan_tafakkur

❗️DIQQAT❗️
Avvalo o’zimni, so’ngra ushbu eslatmani o’qigan har bir insonni katta mahrumlikdan ogoh bo’lishga chaqiraman.
Shubhasiz, Ramazon bizni tashlab ketishga jiddiy shaylandi, g’animat kunlar soni borgan sari kamayib bormoqda.
Ahli ilmlardan biri:
’’Haqiqatda baxtiyor bu mol-u dunyosi uni mamnun qilgan emas, otash (Jahannam)dan qutulib qolgan kishidir’’ degan ekan.
Barchamizda tanlash uchun atigi ikki yo’l bor:
• Yo bugundan boshlangan oxirgi 10 kunlikda o’zimizni ikki dunyodagi mahrumlikdan omonda saqlab qolish uchun jiddu-jahd qilib ibodat qilamiz va biiznillah najot topamiz.
• Yo ish/o’qishlarni baxona qilib, mashhur rivoyatdagi duoga muvofiq "Ramazonga yetib, undan gunohlari afv etilmay chiqib" xor bo’lamiz, nauzubillah.
Unutmang, hali ham kech emas!
Bir necha kundan buyon doimiy kuzatib keladigan ahli ilmlarim sahifalaridan noumid bo’lmaslik haqida qayta-qayta eslatma olyapman.
❗️Ramazonning avvalida ko’ngildagidek ibodat qila olmagan, rejadagi ishlariga ulgurmaganlar oxirgi kunlarida o’rnini ziyodasi ila to’ldirib olishlari mumkin. Bu muborak o’n kunlik oyning avvalgi ikki o’n kunligidanda afzalroq ekaniga jamiyki ulamolar ittifoq qilishgan!
Har bir kun yoki soatni emas, har bir lahzani g’animat bilishimiz shart, ahir Ramazonda o’zgarmasak, unda qachon? Ramazonda biroz uyqudan tiyilib ibodat orqali Robbimiz bilan oramizni isloh qilib olmasak, unda qachon?
Ramazonga kirib ham najot topmasak, unda qachon?!

Allohu Akbar, Allohu Akbar, La Ilaha Illa Alloh! Allohu Akbar, Allohu Akbar, Valillahil hamd!
تقبل الله منا ومنكم
عيد مبارك علينا و عليكم
Alloh sizdan va bizdan qabul qilsin, barchamizga Iyd al-Fitr muborak bo‘lsin 🎉✨
@fathiyyanabijon
تقبل الله منا ومنكم
عيد مبارك علينا و عليكم
Alloh sizdan va bizdan qabul qilsin, barchamizga Iyd al-Fitr muborak bo‘lsin 🎉✨
@fathiyyanabijon
Mazmun va Mohiyat manbai
Bolaligimdan rus tilini o’rganib katta bo’ldim. Qachon tengdoshlarim tushunmayotgan narsalarni fahmlay olayotganimni payqasam, dunyo ko’zimga boshqacha ko’rinib ketaverardi.
Maktab davrim ingliz tilini o’rganish bilan o’tdi. Har gal oshxona anjomlari ustidagi yorliqlar yoki maishiy texnika vositalari qo’llanmasidagi izohlarni o’qib mustaqil tushuna boshlaganimda, hayotim yanada yorqinroq tus olganday tuyulaverardi.
Bu holat shu kunga qadar o’rgangan har bir yangi tilim hisobiga ziyodalashib kelayotgandi ham, toki hayotimga tafsir kirib kelmagunicha...
--------------------------------------------------
Qur’on Kariymni (tarjimasi) o’qib ko’rib islomni qabul qilgan insonlarning aksari ’’O’qiganlarim xuddi men uchun yozilgandek edi’’ yoki ’’Go’yoki Xudo ushbu oyatni men haqimda nozil qilgandek tuyuldi’’ mazmunidagi gaplarni aytishadi.
Ochig’i ilgari bu menga biroz mubolag’adek ko’rinar, bunday bo’lishi mumkin emas deb hisoblardim. Biroq o’zim tafsir o’qishni boshlaganimdan so’ng ular aynan nimani nazarda tutishganini anglagandek bo’ldim, hayotimga chinakamiga rangbaranglik kirdi.
❗️Asl mazmun va mohiyatni, oxiri yo’q savollar girdobidan javoblar tomon eltadigan chiqish yo’lini hamda eng asosiysi - xotirjamlik manbaini tafsir mutolaasidan topdim!
Chindan ham:
• Go’yo har bir oyatni Robbim men uchun nozil qilgandek
• Har bir kalima menga atab yozilgandek
• Har bir eslatma menga qarata aytilayotgandek
• Har bir jumla aynan meni holatimni tasvirlab berayotgandek tuyulaveradi.
Allohning Kalomini tafsir orqali tushunish - Robbimiz bizga qanchalar yaqinligi, bizni holatimizdan juda yaxshi xabardorligi va o’z holimizga tashlab qo’ymaganligini his qilishga yordam beradi.
✔️ Savollarimizga eng maqbul javoblarni, muammolarimizga eng go’zal yechimlarni taqdim etadi.
Tafsir orqali biz Muso yoki Ibrohim alayhimussalomlarning hayotlarini qisman yashab o’tishimiz, ba’zida esa o’zimizda Fir’avn yoki Qorundagi illatlatdan birini qisman topishimiz mumkin bo’ladi.
❗️Ramazon - Qur’on oyi. Tajviddan xabardor musulmon kishi bor-ki bu oyda eng kamida bir marotaba xatm qilishga ulgurdi bifazlillah.
Hozir esa Shavvoldamiz, tilovat qilgan oyatlarimizni tushunish, idrok qilish va olinadigan saboqlarga amal qilib hayotga tatbiq etish fursati yetdi nazarimda. Siz qachon tafsir o’qishni boshlaysiz?

Kunlardan bir kun
• Uzoqroq yo’lga otlandim. Ko’cha issiq, qo’limda og’ir sumka. Avtobusga chiqdim, atigi bitta bo’sh o’rindiq bor, yonidagisida erkak kishi o’tirgandi. Bir otaxon ’’Kel qizim’’ deb menga o’z joylarini bo’shatib berdilar va borib haligi erkakni oldiga o’tirdilar.
Farosat ahli bunchalar go’zal ekan-a...
• Dugonam bilan lavh izlab rastalarni oralab ketyapmiz. Bir g’alatiroq kishi ’’Hoy qizlar, soat nechi bo’ldi?’’ deb bizni chaqirdi. Nima qilishni bilmay turganimizda bizga yaqinroqdagi bir kishi ’’Shuncha odam turganda qizlardan ham soat so’raysanmi sen, mana bizdan so’ra!" deb baqirib urushib ketdi, indamay yo’lda davom etdik.
Faqatgina islomda muslimalarni sha’ni haqida hatto begona erkaklar ham qayg’urishadi...
• Universitetimiz hududida kamera o’rnatilmagan bir qarich ham yer yo’q. Qorovullarga qat’iy buyruq kelgan: Namoz o’qiyotgan talabani ID kartasini olib qo’yish shart.
Peshinga B korpus -2 qavatdagi yerto’laga tushdik, har tarafda kamera. Namoz boshlayotgandik ham-ki bir qorovul amaki kelib ’’Qizlarim, mendan eshitganingizni hech kim bilmasin, mana bu yerda kamera yo’q. Shu yerda o’qib olinglar’’ deb kichik bir burchakni ko’rsatdilar.
Bu amaki oddiy qorovul, oilasi, farzandlari bor. Buyruqqa zid harakati uchun bir zumda ishdan haydab yuborishlari hech gap emas.
Bir musulmonni dindoshlariga yashirincha yordam qilishi bunchalar ajib bo’lmasa...
• Yerto’ladamiz, har doimgidek peshinga tushdik. Biz namoz o’qiyotganda chiroqlar yoniq edi, ko’rinib qolishimiz xavfi bor. Kim ekanligini bilmayman, ammo o’ta farosatli biri bizni ko’rdi-da, indamay sekingina chiroqni o’chirib chiqib ketdi.
Haqqiga duo qilib namozda davom etdik...
***
Menga farosat, zakiylik, go’zal axloq va diyonat kabi hislatlarni o’zida jamlaydigan birgina so’z ayting, Robbimga bu insonlarni mana shu so’z bilan sifatlab maqtay. Amalni balandparvoz jumlalarda emas, mo’jazgina yaxshiliklarda nayomon etayotganlarini e’tirof qilay...

’’Qasos’’ surasi, 60-oyat:
وَمَآ اُوْتِيْتُمْ مِّنْ شَيْءٍ فَمَتَاعُ الْحَيٰوةِ الدُّنْيَا وَزِيْنَتُهَا ۚوَمَا عِنْدَ اللّٰهِ خَيْرٌ وَّاَبْقٰىۗ اَفَلَا تَعْقِلُوْنَ
’’Va sizga berilgan narsalar bu dunyoning matohi va ziynati, xolos. Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiydir. Aql ishlatmaysizlarmi?’’
Abdurrohman As-Sa’di rahimahulloh tafsirlari:
’’Bu so’zlar bilan Robbal A’lamiyn o’z bandalarini dunyoviy ne’matlarni iste’mol qilishda mo’tadillik ko’rsatishga hamda hashamat va boylikka ruju qo’ymaslikka chaqiradi.
Inson - yagona maqsadiga aylanishi shart bo’lgan Oxirat hayoti uchun harakat qilishi lozim!
Oltin va kumush, zotli qoramol va qiymatli zeb-ziynat, go’zal ayollar va suyukli farzandlar, lazzatli taomlar va xushbo’y ichimliklar, zavqli mashg’ulotlar va boshqa barcha dunyoning ziynatlari - bu odam bolasi juda qisqa vaqt davomidagina foydalanadigan ne’matlardir.
Hatto foydalangan holida ham ularda ko’plab kamchilik va nuqsonlarni topadi, negaki bu ziynatlar ko’pincha ortiqcha qayg’u va tashvishga sabab bo’ladi.
Ular qisqa fursat ichida inson zotini bezaydi va aksar hollarda qalbni mag’rurlik va takabburlik bilan to’ldiradi, ammo tez orada odam bolasi barcha ne’matlaridan mahrum bo’ladi va bu ziynatlarning barchasi unga qayg’u, pushaymonlik hamda afsus-nadomat boshqa hech narsa bermaganini tushunib yetadi.
Agarda inson o’zining so'nggi borar manzilini obod qilishga intilganida edi, albatta Allohning huzurida abadiy rohat va xotirjamlikdagi hayotni topgan bo’lardi.
❗️Darhaqiqat, Jannatdagi ne’matlar boqiy va afzalroqdir. Ular dunyodagi lazzatlardan nafaqat sifat, balki miqdorda ham ustundirlar va solih insonlar ulardan abadiy zavqlanishadi.
❗️Ey odamlar! Nahotki ikki dunyodan qay biri intilish uchun arzirliroq ekanini anglashga aqlingiz yetmayotgan bo’lsa!?
Ushbu oyatdagi xitob - har bir banda dunyo va oxirat borasida o’zining aqliga tayanib tanlov qilishiga dalolat qiladi va agar biror kishi oxiratdan yuz o’girib o’tkinchi dunyoni afzal ko’rsa - bu uning aqli noqisligini bildiradi!’’.

quran-online.ru
Сура 28. Рассказ, 60-й аят.
Все, что вам даровано, является всего лишь преходящим благом мирской жизни и ее украшением, а у Аллаха — нечто более прекрасное и долговечное. Неужели вы не раз...
Ziynat
Ramazonning oxirgi kunlari. Dugonam ikkimiz volidalarimiz uchun hayitga uzuk hadya qilishga qaror qilib zargarlik do’koniga bordik.
Tabiatan ziynatga o’ch emasman, biroq ko’zlarni qamashtiruvchi turli-tuman taqinchoqlarni ko’rib fitrat (ehtimol nafs) o’z kuchini ko’rsatdi - bejirimgina bilakuzukchani juda-juda olgim keldi.
Uyga kelgach opamdan ’’fatvo’’ olishga urinib qilmagan baxonam qolmadi:
- Hech qanday yaltiroq toshlari yo’q oddiy bilakuzuk bo’lsa-chi?
- Umuman e’tibor tortmasa-chi?
- Qo’lda borligi ham bilinmaydigan darajada ingichka bo’lsa-chi?
- Yengimni ichiga tiqib ko’rsatmay yursam-chi?
Uzil-kesil qat’iy javob oldim:
- Yo’q! Ziynatlanish faqat juft uchun bo’ladi! Har qanday taqinchoq, xossatan qiz bolaning qo’lida tursa albatta nomahramlar e’tiborini jalb qiladi.
Hatto muboh bo’lgan o’rinlarda (ayollar davrasida) taqib yurishni xohlasang ham, harid qilishdan oldin o’zinga savol ber:
• Ayni paytda shu narsa menga chindan ham kerakmi? (Shundan boshqa ehtiyojim yo’qmi?)
• ’’Ha’’ bo’lsa, aynan nima uchun kerak? (Maqtanish, ko’z-ko’z qilish yoki ’’O’zim uchun’’ degan baxona ostidami?)
• Qanchalik kerak? (Usiz yashab bo’lmaydigan darajadami holat?)
Fikrimdan qaytgan, lekin ko’nglim to’liq voz kechmagan bir payt edi. Tilovat qilib o’tirganimda ’’Qasos’’ surasining 60-oyati e’tiborimni tortdi. Darrov tafsirini ochib o’qidim va...Allohu Akbar!
Bu gal Robbim menga (aslida butun ummat ayol-qizlariga) ziynat masalasini ham o’z ichiga olgan juda go’zal eslatma qilganini angladim. Qalbim to’liq taskin topdi, Alhamdulillah.
©Fathiyya Nabijon
@fathiyyanabijon
#fathiyya_bilan_tafakkur
Ramazonning oxirgi kunlari. Dugonam ikkimiz volidalarimiz uchun hayitga uzuk hadya qilishga qaror qilib zargarlik do’koniga bordik.
Tabiatan ziynatga o’ch emasman, biroq ko’zlarni qamashtiruvchi turli-tuman taqinchoqlarni ko’rib fitrat (ehtimol nafs) o’z kuchini ko’rsatdi - bejirimgina bilakuzukchani juda-juda olgim keldi.
Uyga kelgach opamdan ’’fatvo’’ olishga urinib qilmagan baxonam qolmadi:
- Hech qanday yaltiroq toshlari yo’q oddiy bilakuzuk bo’lsa-chi?
- Umuman e’tibor tortmasa-chi?
- Qo’lda borligi ham bilinmaydigan darajada ingichka bo’lsa-chi?
- Yengimni ichiga tiqib ko’rsatmay yursam-chi?
Uzil-kesil qat’iy javob oldim:
- Yo’q! Ziynatlanish faqat juft uchun bo’ladi! Har qanday taqinchoq, xossatan qiz bolaning qo’lida tursa albatta nomahramlar e’tiborini jalb qiladi.
Hatto muboh bo’lgan o’rinlarda (ayollar davrasida) taqib yurishni xohlasang ham, harid qilishdan oldin o’zinga savol ber:
• Ayni paytda shu narsa menga chindan ham kerakmi? (Shundan boshqa ehtiyojim yo’qmi?)
• ’’Ha’’ bo’lsa, aynan nima uchun kerak? (Maqtanish, ko’z-ko’z qilish yoki ’’O’zim uchun’’ degan baxona ostidami?)
• Qanchalik kerak? (Usiz yashab bo’lmaydigan darajadami holat?)
Fikrimdan qaytgan, lekin ko’nglim to’liq voz kechmagan bir payt edi. Tilovat qilib o’tirganimda ’’Qasos’’ surasining 60-oyati e’tiborimni tortdi. Darrov tafsirini ochib o’qidim va...Allohu Akbar!
Bu gal Robbim menga (aslida butun ummat ayol-qizlariga) ziynat masalasini ham o’z ichiga olgan juda go’zal eslatma qilganini angladim. Qalbim to’liq taskin topdi, Alhamdulillah.
©Fathiyya Nabijon
@fathiyyanabijon
#fathiyya_bilan_tafakkur
Telegram
Fathiyya Nabijon
’’Qasos’’ surasi, 60-oyat:
وَمَآ اُوْتِيْتُمْ مِّنْ شَيْءٍ فَمَتَاعُ الْحَيٰوةِ الدُّنْيَا وَزِيْنَتُهَا ۚوَمَا عِنْدَ اللّٰهِ خَيْرٌ وَّاَبْقٰىۗ اَفَلَا تَعْقِلُوْنَ
’’Va sizga berilgan narsalar bu dunyoning matohi va ziynati, xolos. Allohning huzuridagi…

Barcha ilmlarning asosi
Har gal ’’Dinni o’rganishni qaysi kitoblardan boshlaylik?’’ deb so’rashganida, men albatta Qur’on tafsiriga dalolat qilaman.
Sababi Qur’on - agar sharhi bilan birgalikda o’qilsa, bir musulmon uchun zarur bo’lgan jamiyki muhim ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Aksariyat toifa bu maslahatni qiymatini bilmay boshqa kitoblarni tavsiya qiladiganlar oldiga borishadi.
Biroq men ta’kidlab aytaman-ki, ilm yo’liga safarini Qur’on tafsiridan (ma’nolari tarjimasi bilan adashtirilmasin) boshlagan har bir shaxs, 100 ta kitob o’qisada bir bora tafsirni ochib ko’rmagan insonga qaraganda nihoyatda ko’proq biladigan va eng asosiysi tushuna oladigan bo’ladi.
Kalomulloh - bu shunchaki bir kitob emas. Inson kitoblar orqali faqat mutolaa vaqtidagina fikr yurtishi mumkin, Qur’on esa uzoq muddatli tafakkurga chaqiradi. Buning sababi shunda-ki, musulmon kishi tafsirni o’qib ilgari biror marta o’ylab ko’rmagan narsalarini topadi, oyatlarni o’zining hayotiy tajribasi bilan qiyoslaydi hamda ko’rgan-kechirganlarini oyatlar prizmasiga ko’ra baholaydi. Shu tariqa dunyoqarashi, qadriyatlari va e’tiqodini isloh qila boshlaydi.
4:82 tafsirida shunday deyilgan:
’’Inson qanchalik ko’p Qur’on oyatlari haqida fikr yuritsa, shunchalar mulohazali, zakiy va taqvo sohibi bo’lib boradi’’
Shu bois Ibn Al Qoyyum:
’’Agarda odamlar Qur’on tilovati va tafakkuri qanday foydalar berishini bilishganida edi, bu mashg’ulotga umrlarini bag’ishlagan bo’lishardi. Qalblarini isloh qilish uchun zarur bo’lgan oyatni uchratib, uni yuz marotaba va hatto tun bo’yi takrorlashar edi. Shubhasiz, mazmuni to’g’risida tafakkur qilib atigi bir oyatni o’qish, Qur’onni fikr yuritmay to’liq tilovat qilib tugatishdan afzaldir...’’ deganlar.
’’Saodat makoni kaliti’’, 204 bet.
©Alif
@fathiyyanabijon
#erkin_tarjima

Tafsir
Kalomulloh tafsirini muntazam ravishda o'qib yurishga odatlanishning foydalaridan biri: Qur'onning balog'ati va fasohatini tushunish/fahmlashni boshlash.
Agarda biz, Qur'onning shunchaki ma'nolari tarjimasini o'qishni boshlasak, noqis aqlimiz yuzasidan:…

Psixologiya uchun alternativ
Bundan bir necha oy ilgari bir muslima bilan Malik Badri asos solgan islom psixologiyasi haqida gaplashgandik. Shu suhbat turki bo’lib xoh ’’islomiy’’ bo’lsin, xoh oddiy - psixologiyaga mukkasidan ketayotganlar uchun eslatma tarzda alternativga yo’llab qo’yish g’oyasi uyg’ongan.
--------------------------------------------------
Rus yozuvchisi A.Chexov aytgan ekan: ’’У каждого свой ад’’.
To’g’ridan to’g’ri tarjimaga kirishmay sharhlaydigan bo’lsak, bu yerda gap har kimning o’ziga yarasha og’riqlari, musiybat va muammolari borligi va hayotda hech bir hamdard qarshisidagi inson his qilayotgan og’riqni aslini bilolmasligi haqida ketgan.
Chexov haq. Har birimizda o’z qarichimizga ko’ra ’’Eng og’ir’’ vaziyatlar/muammolar bo’lgan, bo’lib kelmoqda va bo’lishda davom etadi.
Odamni hafsalasini pir qilib yuboradigan jihat - mo’min/mo’minalikni da’vo qilsa-da, bu og’riqlarga yechim berishiga ishonib o’zini psixologiyaga urayotganlarning soni tobora ortib borayotganidir.
- Nega bunday bo’lyapti?
- Chunki ularda boshqa variant yo’q, alternativ ham. Yoki variant bor-u, tan olishga xohish yo’q.
Psixologiya berishi mumkin bo’lgan o’sha halovat va xotirjamlik, o’zlikni anglash, bo’shliqdan chiqish va boshqa bir dunyo muammolar yechimini ziyodasi ila bera oladigan manba - Qur’on va Sunnat!
Bizning holatimizda esa - Tafsir va Siyrat, boisi biz bu manbalarni aslini o’qib yo’nalish topa oladigan darajada saviya/zakovat egasi emasmiz.
Zohiriy va botiniy muammolarimizga tafsir qanday shaklda malham bo’lishini bundan oldingi maqolalarda batafsil ko’rib chiqdik, endi siyratga to’xtalsak:
Habibimiz Muhammad alayhissalotu vassalam siyratlarini o’qish beradigan foydalar bir olam, shulardan biri - psixologiya va’da qiladigan qalb/ruh/ong darajasidagi ’’isloh’’ni rosmana kafolatlaydi.
❗️Ahli ilmlardan biri aytadi:
’’Allohning rohmati - ne'matlar noshukrlik ziyoda bo’lgani sari kamayib boradi, hatto eng afzal yerlarda ham. Rosululloh alayhissalomning nabaviy missiyalari - insoniyat uchun Allohning eng buyuk ne’mati edi. Makka ahli bu ne’matni qiymatini bilishmadi, noshukrlik qilib iymon keltirishdan bosh tortishdi va Alloh O'zining rohmatini Madinaga ko’chirdi. Madina ahli shukr qildi va aziz bo’ldi. Ne’matlar zamon va makonga emas, ularning shukrini ado etadiganlarga bog’liq’’.
Misol uchun, yuqoridagilarni siyratni fikr yuritib o’qish orqali tushunib olgan, buni ustiga sahobiya ayollarning o’ta og’ir sharoitda yashab ham nolinmaganlarini ko’rgan ayol o’ziga ko’p ishlarga izn berish, hammasi joyida bo’lsa ham "psixolog"lar propagandasiga uchib erdan har narsani talab qilish/kutish, barchaga hissiyotlarini namoyish qilishni yig’ishtirib, asta-sekin qanoat qilishga, boriga shukr qilishga o’tadi.
Shu tariqa siyrat o’zining hikmatga to’la sahifalari ila hayotidan/eridan/farzandlaridan/ishidan nolib terapiyadan terapiyaga sarson yugurayotgan, bir oyda eng kamida 3 marta depressiyaga tushadigan ayol-qizlarga mo’tadillik, xotirjamlik yo’lini ko’rsatadi, chin qalbdan "Har holimiz uchun Allohga hamd bo’lsin’’ deb ayta olishni o’rgatadi!
❗Muslimalar, qachongacha Olamlar Robbisi bizga lutf qilib nozil qilgan, ochiq-oydin, samarasi kafolatlangan, bepul va beminnat manbani qo’yib o’zingiz kabi noqis bandalar asos solgan g’oya ortidan ergashasizlar?!

Alternativlar
Latif bo'lgan Robbimizning bu dunyoda bizga qilgan yana bir marhamati shundan iborat-ki, har narsaning doim o'z alternativi bo'ladi!
• Islomda ta'qiqlangan, lekin nafs istaydigan amallar o'rniga alternativ - mana bu maqolada.
• Organizmimizga…

Eslatma
Muvaffaqiyatli kelajak uchun eng muhim deb tan olingan ko’nikmalardan biri - tanqidiy fikrlash.
G’arb olimlari bu ko’nikmaning ahamiyati xususida yaqin-yaqindan gapirishni boshlagan bo’lishsa-da, shaxsan men tanqidiy fikrlashni barcha zamonlarda dolzarb va kerakli bo’lgan ko’nikma degan bo’lardim.
Ahir aynan shu tanqidiy fikrlashning yo’qligi/sayozligi emasmi davlatlararo urushlar, asossiz xabarlar tekshirilmay hiyonat, qotillik, murosasizliklar yuzaga kelishiga sabab bo’lgan?!
Habibimiz Rosululloh alayhissalotu vasallamning biz uchun qilgan fidokorliklari va yaxshiliklaridan yana biri - muborak sunnat/siyratlari orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirishni ham o’rgatib ketganlaridir!
Musulmon kishi har bir qaror/harakat/yangi ma’lumot oldidan "Rosululloh ham shunday qilganmilar?", "Rosululloh bu haqida nima deganlar?", "Bu holatda Rosululloh va ularning as’hoblari qanday yo’l tutgan bo’lishardi?" kabi savollarni o’ziga berishi natijasida bid’at amallarga qarshi mustahkam immunitet shakllanadi, tanqidiy va tahliliy fikrlash eng yuqori darajada rivojlanadi biiznillah.
Shunday ajoyib ko’nikmani hosil qilish uchun ummatiga muborak siyratini meros qoldirgan Allohning habibi Muhammad alayhissalotu vasallamga bugun ko’p-ko’p salovat aytishni unutmang ✨

Effektiv kommunikatsiya
Inson ijtimoiy mavjudotligiga, u doimiy muloqot qilishga muhtoj qilib yaratilganiga shubha yo’q. Biroq bu - fitratga hos ehtiyojni suiste’mol qilib dunyo va oxiratga biror nafi tegmaydigan bekorchi gaplarni istagancha gapiraverish mumkinligini bildirmaydi!
Modomiki muloqot hayotimizning ajralmas qismiga kirar ekan, qanday qilib uni samarali qilishni o’rganib qo’yish foydadan xoli bo’lmaydi.
Suhbat chindan ham manfaatli o’tishi uchun, unda 3 xil punkt topilishi lozim:
1⃣ Mohiyat:
Biz yetkazib bermoqchi bo’layotgan fikrlarimizdan ko’zlangan aniq bir maqsad bo’lishi kerak. Gaplarimiz asosli, yolg’ondan xoli bo’lishi darkor.
Qanchadan-qancha insonlar yaqinlari/tanishlari bilan soatlab telefon orqali (yoki jonli tarzda) muloqot qilishadi, biroq go’shakni qo’ygach ikki taraf ham bir-biriga arzirli ’’nimadir’’ gapirmaganini tushunadi. Shu boisdan mazmun va mohiyat samarali muloqotning eng ahamiyatli omili hisoblanadi.
2⃣ Uslub:
Faqatgina ’’nimani’’ emas, balki ’’qanday’’ gapirishimiz ham suhbatning samaradorligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, dunyoda o’tkaziladigan har bir ma’ruza yoki xutba qandaydir mazmunga, oz bo’lsada manfaatga ega. Biroq imom/notiq/speakerning yetkazib berish uslubi tufayli aksar holatlarda auditoriyaning yarmidan ko’pi hech qanday foyda olmay chiqib ketadi.
3⃣ Kimga qarata gapirayotganini bilib turish: Biz, bir xil jumlani ikki xil tarzda gapirishimiz mumkin: otaga va o’g’ilga.
Bu qolipga muvofiq tarzda balog’at va fasohat uyg’unligini ta’minlash nihoyatda mushkul, ammo imkonsiz emas.
✔️ Avvalo bekorchi gap-so’zdan panoh hamda ma’noli so’zlashish qobiliyatini Allohdan so’rab duo qilish lozim, undan so’ng esa har bir kalimasida balog’at, fasohat va aniqlikni jamlaydigan, yer yuzidagi eng mukammal kitob - Kalomullohga ko’proq yuzlanish kerak!
@fathiyyanabijon
https://youtu.be/BZ2l6INwynw

Tafakkur
وَمَا عَلَيْنَآ اِلَّا الْبَلٰغُ الْمُبِيْنُ
"Bizning zimmamizda ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yoʻq», dedilar.
Yasin surasi 17-oyat
Oyatning ohiridagi ikki so'zga e‘tibor qarating. Arab tilida بلغ (balag‘a) so‘zi - nimagadir yetishmoq…

Istisnolar - Allohning rahmati
Bizga universitetdagi ustozlar tomonidan ikki yildan buyon o’rgatilib kelinayotgan ma’lumotlarga tayanib aytadigan bo’lsam - individni mustaqil shaxs o’laroq shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar: gen, muhit, shaxsiy tajriba.
Pedagogika olamida ham ixtiloflar talaygina, yuqoridagi mavzu ham shu jumladan. Bir guruh olimlar bolani avvaliga "oq qog’oz" kabi pok bo’ladi, so’ng muhit uni o’zgartiradi degan fikrda qat’iy tursa, boshqa guruh genetikada g’uluga berilib odam bolasi avvaldan meros qilib olgan yaxshi/yomonliklari bilan tug’iladi, hech qanday faktor nasl orqali o’tgan hilqatni o’zgartirolmaydi degan g’oyani ilgari surishadi.
Ikki tomon ham o’ziga yarasha asosli argumentlarga ega, har kim o’zicha haq.
Rosululloh alayhissalomning odam bolasi fitratda tug’ilishi, so’ng uni ota-onasi yo nasroniy, yo yahudiy, yo musulmon qilishi to’g’risidagi hadislariga iymon keltirgan muslima sifatida birinchi guruh fikrini doim ma’qullab kelganman, biroq kuni-kecha genlar haqidagi mana bu maqola sabab bo’lib, naslning ham juda katta ahamiyati borligini inkor qilolmasligimni angladim.
Hammasi juda chalkash edi, toki miyamdagi bu tartibsizlikni yechimini doimgidek Kalomullohdan topmagunimgacha...

Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
ГЕНЕТИКА
1. Интеллект отадан ўғилга ўтмайди. Яъни, агар сиз даҳо бўлсангиз, унда сизнинг ўғлингиз 100% генларингизни мерос қилиб олмайди.
2. Идиотизм отадан ўғилга ўтмайди. Aгар сиз мутлақо қобилиятсиз бўлсангиз, унда ўғлингиз сиз билан бир хил аҳмоқ бўлмайди(бу…

Istisnolar - Allohning rahmati 2
Rus tilida "Исключение" - degan ibora bor, lug’aviy tarjimasi - istisno. Yanada aniqroq ochiqlaydigan bo’lsak:
’’Qabul qilingan azaliy qoidalardan, har qanday qolip/ramkalardan chetga chiqish. Favqulotda noyob/noodatiy yondashuv qilish’’ga nisbatan qo’llaniladi.
Mana shunday istisnolar, agar-ki Olamlar Robbisi tomonidan beriladigan bo’lsa - rahmatning asli!
❓Nima demoqchiman?
❗️Olimlar tortishib ming turli ixtiloflar qilishsa ham, genlar insonga o’zgartirib bo’lmaydigan meros qoldirishi haqiqat bo’lsa ham, atrof-muhit odamga sezilarli ta’sir qilishi o’zgarmas fakt hisoblansa ham -
اِلَّا مَنْ رَّحِمَ رَبُّي
"Alloh rahm qilganlar bundan mustasno"!
- Genetikami?
- Ibrohim alayhissalom mushrik otaning farzandi bo’la turib Allohning rahmati ila payg’ambarlar otasi bo’ldilar.
- Muhitmi?
- Insoniyat tarixidagi eng vaxshiy zolim Fir’avn xonadoni muhitida bo’la turib Osiyodek ayol Allohning rahmati ila muslima bo’ldi.
❗️Makkada yoki Madinada, musulmonlar oilasida ulg’ayib kazzob, munofiq, murtad bo’lib ketganlar qancha-yu, kufr yurtlarida, buzuqlikning inida turib millionlab musulmonlarga hidoyat ulashayotganlar qancha!?
Xulosa:
Mana shunday favqulotda sodir bo’lgan, bo’layotgan va bo’lishda davom etadigan istisnolar inson qalbida umid uchqunlarini uyg’otadi.
Shu bois xulqi yomon, betkachopar, qaysar/o’jar bolalarga ’’Qazisan, qartasan, asl naslinga tortasan’’ deyavermay Allohning rahmatidan umidvor bo’lish, sabablarni ushlash va hidoyat, tavfiq so’rab duoda bardavom bo’lish lozim deb hisoblayman, Vallohu A’lam.
©Fathiyya Nabijon
@fathiyyanabijon
#fathiyyasinsights