БОЛАЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ
3.66K subscribers
3.98K photos
594 videos
9 files
2.94K links
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ
Асосий канал: t.me/farzand_tarbiyasi759
T.me/PsixologFeruza759
Саволлар учун: t.me/farzand7
Реклама хизмати https://t.me/reklamaxizmatiBP

Барча ёшдаги аёллар ва болаларга психологик ёрдам курсатамиз.
Мурожаат учун: +998974407274
Download Telegram
🌿 Bularga yana nimalarni qo‘shgan bo‘lar edingiz?

Telegram | Telegram
🌿 Ota va uning qizlari...

Farzandlarimga nima ish qilishimni aytmaganman. Meni deb uyalishlarini istamayman. Kichik qizim nima ish qilishimini so‘raganda, oddiy ishchiman qizalog‘im, derdim. Uyga qaytish oldidan ko‘chadagi umumiy hammomda yuvinib, keyin borardim. Toki ular mening nima ish qilishimni sezmasinlar.
Hamma qizlarimni maktabga yuborishni, ularning ta’lim olishlarini, kelajakda insonlar oldida aziz va hurmatli shaxs bo‘lib yetishishlarini xohladim. Ularga biror kishi menga qilganidek muomala qilmasligini, past nazar bilan qarmasligini istadim. Odamlar meni mensimaslikka o‘rganib ham qolishgan. Topadigan hamma pullarimni qizimni o‘qitish uchun yig‘ib qo‘ydim. Hech qachon o‘zimga yangi ko‘ylak sotib olmadim. Buning o‘rniga farzandlarimga kitoblar olib berdim. Ehtirom. Mana shu men orzu qilgan narsadir. Ha, men ko‘cha tozalovchi bo‘lib ishlayman. O‘tgan kuni qizimning hujjatlarni topshirish vaqti edi. Ammo men kerakli pulni topolmadim. O‘sha kuni qo‘lim ishga bormadi. Ishlolmay, ko‘z yoshimni yashirishga urinib, axlat qutisi yoniga o‘tirdim. Hamkasblarim mening ahvolimni ko‘rishdi, ammo yonimga kela olishmas, birortalari men bilan gaplashishga botinisholmasdi. Qizimning o‘qishga kirish orzusi ro‘yobga chiqmadi. Juda siqildim, ichim ezildi. Bugun uyga borganda qizim bilan qanday ko‘rishishimni, agar u mendan pul haqida so‘rasa, nima deb javob berishimni bilmayman.
Men faqir oilada tug‘ilganman. Bugun ishdan so‘ng hamkasblarim yonimga o‘tirishdida, Bizni o‘zingga do‘st deb bilasanmi? deb so‘rashdi. Hali javob berishga ulgurmasimdan barchalari bugungi ish haqlarini menga uzatishdi.
Pullarni olishdan bosh tortdim. Shunda ular Biz bugun nari borsa och qolarmiz. Ammo qizing albatta o‘qishi kerak! deyishdi. Bu gaplarini eshitib o‘zimni tuta olmay yig‘lab yubordim. Shu kuni hammomga ham kirmay uyga bordim. Hamma yog‘im kir edi.
Bugun esa... Qizlarimdan biri universitetni tugatish arafasida. Qizlarim meni ko‘cha tozalash ishiga yuborishmadi. Katta qizim universitet qoshidagi bir bo‘limda ishlaydi. Qolgan uchtasi esa universitet stipendiyasini olishadi. Gohida katta qizim oldin ishlagan joyimga meni olib boradi. Borganimizdan so‘ng o‘sha yerda haliyam mehnat qilayotgan hammkasblarimga ovqat ulashib kelamiz. Bir kuni o‘sha yerdagi hamkasblarimdan biri kulib turib qizimga bir savol berdi: Nega bizga doim ovqat olib kelasan? Qizalog‘im ularga shunday javob berdi: Men bu martabaga erishishim uchun sizlar hammangiz bir kun och qolgansizlar. Shu bois Alloh taologa duo qilinglar, U Zot menga sizlarga har kuni ovqat olib kelishimni nasib etsin!
Ha, bugun men o‘zimni faqir hisoblamayman. Qanday qilib faqir bo‘layin, axir Robbim menga shunday qizlarni ato etganku!

Telegram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik_test

♻️ Bugungi testimiz har doimgidan ham ajoyib va u sizga yoqadi deb oʻylayman.

Rasmda berilgan toshlardan birini tanlang va tanlagan raqamingizni yozib qoldiring.

Bu rasmni yaqinlaringizga koʻrsatib, ularning ham tanlagan toshlarini eslab qoling.

Test javoblarini yaqin fursatlarda eʼlon qilamiz va siz oʻzingiz va yaqinlaringizning eng ijobiy taraflari nima ekanligini aniq bilib olasiz.

Telegram | Telegram
#javoblar

🧊 1 - tosh

Siz kamtar, oʻylab gapiradigan va mehribon odamsiz. Siz bu dunyoga va atrofdagilarga foyda keltirish uchun har tomonlama harakat qilasiz. Siz har kuni rivojlanishim, oʻsishim, nimadir oʻrganishim kerak deb oʻylaysiz! Ehtimol siz bu dunyoni tubdan oʻzgartira olmasligingiz mumkin, lekin atrofingizdagi odamlarning hayotini yanada yaxshi tarafga oʻzgartirishga qodirsiz!

🧊 2-tosh

Sizga haqiqiy sevgi kerak. Siz uni hech qachon topolmayman deb tashvishlanasiz! Sizni optimist deyish mumkin. Biroq, sizda ruhiy jarohatlar koʻp. Bu jarohatlarni shifolang, xafachiliklarni qoʻyib yuboring.

🧊 3 - tosh

Sizga kitob oʻqish yoqadi. Siz oʻychan va sharoitga moslashuvchan odamsiz. Siz yangi gʻoyalar va oʻzgarishlarga tayyorsiz. Shuningdek, halol odamsiz.
Siz uchun eng muhimi, oʻzingizga sodiq qolish va vijdon pokligidir. Sizni aqlli va mustaqil shaxs deyish mumkin. Oʻzingizdan juda gʻururlanasiz, lekin ayni paytda kamtarlikni ham unutmaysiz.

🩸 Javoblar mos kelgan bo‘lsa reaksiyalaringiz bilan qo‘llab turing!

http://T.me/PsixologFeruza759
🌿 Chaqaloqning qisqacha taʼrifi

Chaqaloq bu — uxlaganida uygʻotging, uygʻonganida uxlatging keladigan odamchadir. Uxlashiga ham, yigʻlashiga ham jim qarab turolmaysan.
Shunaqami?

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
#natijalar


"Farzand tarbiyasi" kursimiz ishtirokchilaridan natijalar.

🩸 "FARZAND TARBIYASI" kursimizga qabul ochiq!


Batafsil ma'lumot olish uchun pasdagi lichkaga yozselar bo‘ladi!
@psixologFeruza
#gaplashamiz

🔴 Bugun bayramga nima sovg‘a qildingiz?

Izohlarda rasmi bilan yuborsangiz ham bo‘ladi.

@psixologFeruza
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 O‘g‘illarimizni haqiqiy erkak qilib tarbiyalash uchun erinmaylik.

Telegram | Telegram | Instagram | Psixolog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixolog_fikri

🌿 Pul bu - energiyani almashuvchi vositalardan biri.

Ya’ni ma’lum miqdorda harakat qilasiz, energiya sarflaysiz, aqliy, yoki jismoniy mehnat qilasiz, shunga yarasha pul keladi.

Kelgan pullarga to‘g‘ri maqsad qo‘yib, to‘g‘ri sarflash ham insonga energiya beradi.

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
🌿 Bola hatto gapira boshlamagan bo'lsa ham sog'inib qolasiz. Ko'zlarini, tabassumini, hatto yig'isini ham. Unga boricha mehr qo'ygansiz: ko'zlari yo so'zlari uchun emas.

Bolasini sog'ingani uchun uyqusidan uyg'otib oladigan onalar aql bilan emas, yurak bilan harakat qiladi...

Farzandini bog'chadan tezroq olib keltirmoqchi bo'lgan onani ham bunga sog'inch undaydi...

Eshikka ko'z tikib turgan ota balki maktabga ketgan bolasini sog'inib kutayotgandir...

Ota-ona mana shunday – o'n yillab bolasini sog'inib ulg'aytirar ekan-da, keyin u o'z oilasini qurib, ota-onani battar sog'inchga qo'yib ketadi...

Bu dunyoda ota-ona va bolalar sog'inchlar, hijronlarsiz yashay olamizmi?!


G'iyosiddinYusuf

Telegram | Telegram | Instagram | Psixolog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Sevgi

— Ayolingizni sevasizmi? - deya so‘radim yoshi ulug‘ bobodan. Xijolat chekdi, chog‘i, nuroniy yuzi qizarinqirab :
— Biz sevgi-muhabbatni bilmaymiz, jonim bolam, xolangiz ham menga biror marta "seni sevaman" demaganlar, - dedi va duv qizardi.
— Bilmasam, endi, lekin tishlarim yo‘q-a, nonning yumshog‘ini menga beradilar. Hayitda o‘zlariga poyabzal olmadilar, menga bir liboslik mayda gulli mato olib kelgandilar.
— Yaxshi ko‘rganim uchun barra piyozni, tarvuzning jigarini menga beradilar. Biror joyga borsak ham oldidagi go‘shtni men tomonga surib qo‘yaveradi. Ha, tag‘in "Orqamda qol, bobosi, orqamda qol" deyaveradilar-da. Shu yoshimgacha meni oq yuvib oq taradi endi bu yog‘iga meni galim…

💞Bilmasam endi, jonim bolam, sizlar aytayotgan sevgi-muhabbat shudir-da?

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM