БОЛАЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ
3.79K subscribers
3.89K photos
561 videos
7 files
2.82K links
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ
Asosiy kanal: t.me/farzand_tarbiyasi759
T.me/PsixologFeruza759
Savollar uchun: t.me/farzand7
Barcha yoshdagi ayollar va bolalarga psixologik yordam ko'rsatamiz!

Murojat uchun: +998974407274
Download Telegram
PSIXOLOGIK TEST

🏞 SURATDA ILK BOR NIMANI KO'RDINGIZ ?

O'z variyantingizni tanlang va ichki dunyoyingizni yanada yaxshiroq bilib oling.

Javobi birozdan sòng kanalda⤵️
t.me/psixologFeruza759
🪶 Tuklar.

Agar siz rasmda tuklarni ko'rgan bo'lsangiz, unda siz doimo keng fikr yuritasiz. Agar siz rejalar tuzsangiz, unda butun umringiz uchun tuzasiz. Ammo bunday odamlarning bir kamchiligi bor - ular ba'zan juda muhim bo'lgan kichik tafsilotlar va elementlarni unutishadi. Sizning qalbingiz keng va siz har bir insonga yordam berishga ochiqsiz. Lekin siz ko'proq ehtiyot bo'lishingiz kerak, chunki odamlar har xil, ba'zilari sizdan foydalanishi mumkin. Siz o'zingizning muloqot doirangizni diqqat bilan tanlashingiz kerak, chunki faqat siz ishonchli va halol odamlar haqiqiy do'st bo'lishlari kerak.

🦅 Qushlar.

Siz romantik odamsiz. Haqiqatga e'tibor bermasdan, orzu qilishni va o'z fikrlariga sho'ng'ishni yaxshi ko'radigan odamlar turi. Bunday odamlarga bulutlarda uchishning hojati yo'qligini aytishadi, chunki haqiqiy hayot ertaklardan uzoqdir. Ammo baribir, bu yomon emas, chunki zamonaviy dunyoda haqiqiy romantiklarni topish qiyin. Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, romantikadan tashqari, umuman romantik bo'lmagan kundalik hayot ham mavjud.

💭 Bulutlar.

Siz arzimas narsalar haqida qayg'urmaydigan va biror narsa qilishdan oldin ko'p marta o'ylaydigan xotirjam odamsiz. Bu yaxshi, lekin yaqinlaringiz sizni juda ehtiyotkor emasligingizni aytishlari mumkin. Buni tuzatish uchun siz hech bo'lmaganda ba'zida yaqinlaringizga e'tibor belgilarini ko'rsatishingiz kerak. Do'stlar siz bilan qulay va iliq bo'lganingiz uchun sizni yaxshi ko'radilar.

🏞 O'rmon.

Sizda juda qiziqarli fikr bor va har bir savolning o'z nuqtai nazari bor. Bu ajoyib, lekin ba'zida atrofingizdagilar sizni tushunmaydi. Buning uchun siz aybdor emassiz va hayotdan zavqlanishda davom etishingiz mumkin. Asosiysi, mo'ljallangan yo'ldan borish va o'ziga ozgina ishonch qo'shish.

t.me/psixologFeruza759
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand tarbiyasida ko'pgina onajonlarimiz e'tibor qilmaydigan jihat haqida gapiramiz.

Biz farzandimizga yaxshi so'zlarimiz bilan, yaxshi amallarimiz bilan o'rnak bo'lishga, chiroyli tarbiya berishga urinamiz.Ba'zida nimagadir shuncha qilganlarimiz kor qilmayotgandek tuyiladi.

Sizda shu hol kuzatilyaptimi?

Demak, siz ichki nutqiz ustida ishlashingiz kerak.Ona o'zi bilmagan holda ichki kechinmalari orqali bolaga ustanovkalar berib boradi. Siz unga ishonishingizni tinmay aytyapsiz-u, lekin qalban unga ishonmaysiz.Bu narsa bolangizga ta'sir qilmay qolmaydi.

Yana, agarda siz hayotga mehr-muhabbat bilan qarasangiz, undan zavq olayotgan bo'lsangiz,qalbingiz xotirjam bo'lsa bolangiz ham quvnoq bo'ladi. Bolangiz injiqlanyaptimi demak siz nimadandir xafa, yo ko'nglingizda g'ashlik, nafrat tuyg'ulari bo'lishi mumkin.

Shu sabab, farzandingizning borligi uchun ham hayotdan doimo zavq olib yashang😊😘

Yaqinlarga ulashing🤗🤗🤗
Bolalar psixologiyasi kanali
Go'zallarim,
postlarimizga like(👍 ❤️ 🔥 ) bosishni va
yaqinlaringizga ulashishni unutmaaang☺️
🤗🤗🤗
#farzand_tarbiyasi

FARZANDINGIZNI GO'ZAL AXLOQQA O'RGATISH UCHUN 11 YO'L:

Vafoni o'rganishi uchun, hech qachon bergan va'dangizni buzmang.

Boshqalarni o'zidan afzal ko'rishga mashq qildiring, o'zingiz bu ishda namuna bo'ling!

Hiyla-nayrang, yolg'on, o'g'irlikni yomon ko'rishga o'rgating!

Insonlar rangi yoki nasabi bilan afzalroq emasliklarini bildiring!

Saxiylikka o'rgatib, o'zingiz bu ishda namuna bo'ling!

Aka-ukalari orasida adolat qiling!

Qattiq qo'l bo'lmang unga, aks holda qo'rqoqlik va yolg'onga mukkadan ketib qoladi.

Uni nafsoniyatida qo'rquv urug'ini ekmang. Aks holda kazzoblikka odat qilib oladi.

Sabrli bo'lish va shoshqaloqlik qilmaslikni mashq qildiring!

Unga tavozu', muloyimlik, kibrni tark etish kabi ishlarni yaxshi ko'rsating!

Ba'zi o'rinlarda shijo'at ko'rsata bilsa, mukofotlab turing!


t.me/farzand_tarbiyasi759
Assalomu aleykum go'zallarim😘

Xabaringiz bor, farzand tarbiyasi kursimizning 1-oyini yakunlab, 2-oy kurslarimizni boshlash arafasida turibmiz🥳

Yuqorida kursimizning 1-oyligidan onajonlarimiz olgan natijalari🌺

Agar siz ham kursimizda qatnashishni istasayiz @prettydilll ga murojaat qiling.

Guruhga 10ta ishtirokchi qabul qilamiz.Tezroq yozilib qoling.
Chunki kursimizni 2-oyini yakunlagandan so'ng yangi kurs boshlamoqchi edik.Lekin ayrim qizlarimiz kursga qatnashish istagini bildirgani sabab yangi guruh ochishga qaror qildik.

Kursimizni tinib-tinchimas, bolalari tarbiyasi uchun qayg'uruvchi barcha onajonlarimizni kutib qolamiz😘😘😘

Bolalar psixologiyasi kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum🌺
Kuninggiz xayrli o'tsin🌺

Farzandingizga kichkinaligidan nima ish qo'lidan kelsa buyurib, bajartirib boring.

"Hali yosh, o'ynab olsin, katta bo'lsa o'rganadi" deyish noto'g'ri.
Yoshligidan mehnatga o'rganmagan bola katta bo'lganida mehnatdan qochadi, dangasa bo'ladi.

Kichkina yumushlarni bajarish ham bolangiz sog'ligi uchun, ham aqliy rivojlanishi uchun yordam beradi.

Yaqinlaringizni kanalimizga taklif qiling😊
Bolalar psixologiyasi kanali
🌝 ЎЗ КУЧИНГИЗГA ИШОНИНГ!
ЎЗИНГИЗ УЧУН
БAХТ ВА ОМАДНИ ТAНЛAНГ!

⚪️ Мен барча масъулиятни ўз бўйнингизга олиб, омадсизлик ва бахтсизликларингизда бошқаларни айблашни бас қилишни тавсия қиламан.

⚪️ Масъулиятни бўйнига олиш деганда, ўз истакларини амалга ошириш, ўз танловини мустаҳкамлаш, яхши кўрган иши билан шуғулланишни назарда
тутяпман.

⚪️ Ўзимизнинг қадримизни билиш билан Яратганга бўлган
севгимизни ифодалаймиз.

⚪️ Айблаш, нолиш ва ўзини ҳурмат қилмаслик каби
хусусиятлар бизни ўз келажагимизни яратиш хусусиятидан маҳрум этади.

⚪️ Сизда муваффақиятга эришиш учун барча воситалар бор – истак, ўзингиз бўлган муҳаббат ва янги фикрлаш тарзи.

⚪️ Бойлик, саломатлик, куч, муваффақият ва муҳаббат.
Сиз бу сўзларни шеър каби ўқишингиз ё қўшиқдай хиргойи
қилишингиз, баралла айтишингиз, сакраб-сакраб, қўлларни ҳаракатга
келтиришингиз мумкин.

⚪️Уриниб кўринг, афсусланмайсиз👇
- Бахтлиман
- омадлиман
- согломман
- бойман
- гузалман
- ёшман
- кучлиман
- иродалиман
- тугри фикрлашни биламан
- хикматлиман
- харакатчанман...

Якинларингизга хам юборинг👇
t.me/psixologFeruza759
PSIXOLOGIK TEST

HAYOTINGIZDA QANDAY DAVR BOSHLANMOQDA ?

Marhamat quyidagilardan birini tanlang va bilib oling

🏺Samovor
☕️Kofe idishi
🎼 Grammofon

t.me/psixologFeruza759
#JAVOBLAR

🏺 1 Samovar

Keyingi davr siz uchun xotirjam bo'ladi.
hamma narsa odatdagidek, o'lchovli va yoqimli davom etadi.
Ishlaringiz va munosabatlaringizda yaxshi muloqot va ijobiy yangiliklar sizni kutmoqda.
Tez-tez shunday bo'lsin.

☕️ 2 - kofe idish

Sizni faol vaqt kutmoqda. Siz juda band bo'lasiz.
Sizda bo'lib o'tayotgan voqealarni muvaffaqiyatli finalga olib chiqish va yangi loyihalarni muvaffaqiyatli boshlash kerak bo'ladi.
Faol vaqt sizning ostonangizda.
Buni siz uchun samarali qiling.

3 - grammofon

Yaqin kelajakda oson, ijobiy davr.
Hammasi biroz kulgili, biroz o'ynoqi, juda ijobiy bo'ladi.
Shaxsiy hayotingizda sizni noz-karashma va romantik davr kutmoqda.
Bu uzoqroq bo'lsin!

t.me/psixologFeruza759
​​QIMMATBAHO ATIRINGIZNI HAR KUNI SEPING!

Chiroyli liboslaringizni maxsus tadbirlar uchun asrab qoʻymang. Qimmatbaho idishlaringizni faqat mehmonlar uchun saqlab qoʻymang. Yangi liboslaringizni xuddi bayramga kiyganingizdek har kuni kiying. Tugab qolishidan qoʻrqib oz-ozdan ishlatadigan qimmatbaho atiringizdan har kuni foydalaning. Farzandlaringizga taomni odatda mehmonlarga atalgan qimmatbaho idishlarga suzib bering. Ularning sinib qolishidan qoʻrqmang.

Farzandlaringiz bilan mehmonlar uchun bezatilgan xonada oʻtiring. Mehmon bir oyda bir marta kelishi mumkin. Ammo farzandlaringiz doim siz bilan birgadirlar. Agar ularga mehmonlarga qiladigan muomalani qilib, yaxshi liboslarni har kuni kiydirib, qimmatbaho idishlarda taom bersangiz, ular oʻzlarini sizning huzuringizda qadrli inson ekanliklarini, narxi baland buyumlardan ustun turishlarini his qiladilar. Eng shukuhli kunlari, faqat bayramda emas, balki har kuni boʻlishini tuyub yashaydilar. Katta boʻlganlarida ham “Men izzatimni joyiga qoʻyadigan, mendan hech narsasini qizgʻonmaydigan xonadonda unib oʻsganman”, deb eslab yuradilar.

Albatta ota-onalar mehmonlarni izzat-ikrom qilishni unutmaydilar. Bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻymaydilar, shu bilan birga farzandlarini qadrlashni ham yoddan chiqarmaydilar.  

Shunday ekan, eng yaxshi liboslaringizni kiying! Uyingizdagi noz-neʼmatlardan huzurlaning, tabassum qiling, ertangi kunning yukini yelkangizga ortib olmang.

Farzandlar qalbida otaga boʻlgan hurmat urugʻini ekuvchi ona hisoblanadi. Ona farzandlariga ularning otasi haqida shunday fikrarni aytsinki, “Hali dadang kelsin, qilgan ishlaringini aytib beraman”, deganda farzand otasidan haybatlanib oʻzini tuzatishga urinsin.

Bir xonadonda ota vafot etdi. Ayoli otaning kiyiimlarini shkafga osib qoʻydi va hamyoniga sakkiz yildan vaqt koʻproq vaqt davomida pul solib yurdi. Farzandlari har gal pul soʻraganda: “Dadangni hayonidan olaqol” derdi.

Bunday qilishdan maqsadi erining xotirasi uydan uzilib qolmasligi uchun edi. Ona chinakam madrasa boʻlganda ana shunday voqealar yuz beradi. Ayol puli koʻp, boy, kelishgan, xushbichim, uddaburon erkak, bilan aloqani uzishi mumkin, biroq hayotidagi shirin lahzalarni boshidan kechirishga sabab, unga suyanchiq boʻlgan, iztirobli onlarda koʻz yoshlarini artib qoʻygan va uning yonida xotirjamlikni his qilgan erkakni tashlab keta olmaydi. Chunki, qalblar pul, kuch-quvvat va xushbichimlik bilan emas, balki goʻzal, yoqimli muomala bilan qalbni zabt etiladi.

Alloh taolo barcha ota-onalarni panohida asrasin, ota-onalar farzandlari oldidagi, farzandlar esa ota-onalari oldidagi burchlarini sidqidildan ado etib borishlarini nasib etsin.

Er va ayol oʻrtasidagi munosabatlar Alloh taolo buyurganidek darajada boʻlishini muvaffaq aylasin!
Manba G'oliblar

t.me/psixologFeruza759
🌼Bolangizda agressivlik, qo'rquv,qaysarlik,enurez, injiqlik,
asabiylikni
kuzatyapsizmi???

🌸O'smir yoshiga yetganda
o'ziga maqsad qo'yolmay,
darslarga befarq,yolg'onchi,egoist bo'lib,hattoki o'g'rilikka
qo'l urib sizni qiynab qo'ydimi?

🌼Ushbu muammolardan birortasi sizni qiynayotgan bo'lsa siqilmang❗️

Psixolog Feruza Mahmudjonovnaning 2oylik "Farzand tarbiyasi" kursida qatnashing va bolalar olamining siz bilmagan nozik qirralarini o'rganib, farzandingiz tarbiyasiga to'g'ri yondashing.

Ushbu kursimizning 1-patogida qanashib, ko'plab muammolar bilan murojaat qilgan onajonlarimiz deyarli barcha muammolariga yechim topib, bolajonlari bilan do'st bo'lishni, darslarida, ko'cha-ko'yda, boqchasida tartibli, tarbiyali, ilmli bo'lishiga erishishmoqda.
Siz ham safimizga qo'shiling😊

❗️Unutmang birgina harakatingiz bolajoningiz kelajagini butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin❗️
Kurs haqida to'liq ma'lumot olish uchun: @prettydilll ga yozing
Telegram kanalimiz
Kurs haqida eng ko'p beriladigan savollarga javob bermoqchiman

❤️Kursimizni 15-iyundan boshlanadi
❤️2 oy davom etadi
❤️Narxi 1oyga 200ming
❤️Kursimiz onajonlarimiz uchun
❤️Darslar online tarzda olib boriladi.Kurs ishtirokchilari uchun telegramda alohida guruh ochamiz.Darslar o'sha guruhda o'tiladi
❤️ Darslarimiz haftada 2kun bo'ladi.Ovozga qo'yib kurs ishtirokchilariga qulay bo'lgan kunlar tanlanadi
❤️Darslar guruhga audio tarzida joylanadi.Yoki jonli efir tarzida o'tib beriladi(jonli efir audiosi ham guruhga joylanadi)
Buni ham ovozga qo'yib aniqlaymiz
❤️Har bir darsda muhim ma'lumotlar, praktikalar, testlar, topshiriqlar beriladi. Har bir ona darslarni yaxshilab tinglab, ularga amal qilishi, topshiriqlarni keyingi darsga qadar bajarib, guruhga joylashi talab qilinadi
❤️ Darslarimiz malakali,oliy ma'lumotli psixolog Feruza Mahmudjonovna tomonlaridan olib boriladi
❤️ Bajarilgan topshiriqlar o'zlari tomonidan tekshirilib, konsultatsiya beriladi
❤️Har bir ishtirokchi bilan individual shug'ullaniladi

Yana qo'shimcha savollarlariz bo'lsa yoki kursimizda qatnashishni istasangiz
@prettydilll ga yoki
@Dilbar_33 ga yozing
Kursimiz ishtirokchilari uchun yangi " Baxtli onalar "
guruhimizni ochdik🎉🎉🎉

💥Qabul boshlandi💥

Tezroq safimizga qo'shiling.Vaqt oz qoldi

Biz bilan dono, aqlli, tarbiyali, sog'lom bolajonlarning ota-onasi bo'lib, farzandlari ketdidan doimo faxrlanib yuradigan eeeng BAXTLI ONA bo'lish uchun birgalikda ilm oling, izlaning💫

Bolalar psixologiyasi kanali
Араб оилаларидан бирида бўлган воқеа.

Эр хотинининг юзига шунақанги туширдики ерга ўтириб қолди. Лабидан оқаётган қонни артаркан аста турдида эрининг юзига қарата: Хозироқ бориб устингиздан шикоят қиламан деди. Эр эса: Сенга ким айтди мени кўчага чиқишинга рухсат беради деб?! деди.
-Нима эшик ва деразаларни беркитиб қўйсам, ташқарига чиқармасам шикоят қилолмайди деб ўйлаяпсизми!?
-Хўш, нима қилолайсан!?
-Боғланаман.
-Телфонинг ҳам қўлимда ва уни бермайман. Энди қўлингдан келганини қил!
Хотин ҳаммом томон йўналди. Эр ҳаммом деразасидан қочмоқчи деб ўйлади ва деразаси кичигу деган ҳаёл ўтди ва ҳотиржам бўлиб креслога ўтирди. Ғазаби босилган эди. Хотини ҳаммомдан чиқди, қараса таҳорат олибди. Эр кўз қирида аёлини кузатиб турди. Хотин:
Устингиздан шикоятимни жойнамоз устида, Унинг номи билан қасам ичиладиган Зотга қиламан, Унинг эшик ва деразалари доим очиқ, ва у билан боғланиш учун телфон ҳам керак эмас деди. Ва икки ракат намоз ўқиди. Саждаларда узооқ турди. Эр уни кузатиб турарди. Хотини намозни тугатиб қўлини энди дуога очмоқчи эди, эри югуриб келдида, хотинининг қўлини ушлаб: Саждада туриб қарғаганинг камми, яна қанча мени дуобад қилмоқчисан деди.
Шунда хотин унга қаради ва паст овозда менга қилган шу ишингиздан кейин тўхташимни сўрамоқчимисиз? деди.
Эри жавоб берди: Ғазабим келиб ўзимни йўқотиб қўйдим, сенга қўл кўтармоқчи эмасдим, шайтон мени йўлдан урди!
Хотин энди нимтабассум ва аёлларга хос назокат ила шундай деди: Шунинг учун шайтонни лаънатлаб, сиз ҳақингизда яхшилик сўраб хайрли дуо қилябман. Мен эрини, кўз қувончини қарғайдиган аҳмоқ эмасман, сизни дуоибад қилармидим, бегим!
Эр аёлининг қўлларидан ўпди ва:
-Кечир мени Аллоҳга қасам бундан кейин сенга асло қўл кўтармайман дея йиғлай бошлади.
Арабчадан Абдулатиф Атаханов таржимаси.

t.me/psixologFeruza759