Farm effekt_Vop
236 subscribers
85 photos
12 videos
6 files
14 links
O'zingiz va oila a'zolaringiz isteʼmol qiladigan dorilar haqida nimalarni bilasiz? Bu kanalda bilib olasiz!

Faqatgina siz-u bizga kerakli dorilar!!!


Murojaat va takliflar uchun👇
@PediatrUz_7
Download Telegram
​​#Levomekol maz
#Левомекол маз


💊DORI SHAKLI : 👇

 Surtma ( maz).


💊TARKIBI 👇

-- Metiluratsil -- 40 mg.
--xloramfenikol .
--Makrogol.


💊TA'SIR QILISHIGA KO'RA : 👇

Mikroblarga qarshi majmuaviy vosita. Teri to'qimasi , ya'ni et o'stiruvchi ta'sirga ega.



💊QO'LLANILISHI 👇

-- Yallig'lanishga qarshi ta'sir qiladi.
-- Terini quritish xususiyatiga ega
-- Mikroblarga qarshi ta'sirga ega.
-- Et o'stirish, terini qayta tiklanish imkoniyatini oshiradi.
-- Yiring va nekrotik massalar bo'lganda antibakterial ta'sir qiladi.
-- Jarohat jarayonining birinchi yiringli bosqichdagi infeksiyalarida.
-- Kesilgan, tishlangan yaralangan teri sohasini tezda bitishini ta'minlaydi.
-- Teri kuyganda og'riq qoldiruvchi sifatida.




💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI 👇

Mahalliy qo'llaniladi. Steril doka salfetkalar preparat bilan shimdiriladi va ular bilan jarohat yumshoq qilib to'ldiriladi. Yiringli bo'shliqlarga kateter orqali ( drenaj trubka) shprits yordamida yuborish mumkin. Bundan oldin surtma oldindan 35 - 36 C gacha isitiladi.Bog'lovlarni har kuni kuniga bir marta , jarohatlar yiringli massalardan to'liq tozalanguncha o'tkaziladi.



🚫NOJO'YA TA'SIRI 👇

Allergik reaksiya ( teri toshmalari).



QO'LLASH MUMKIN EMAS 👇

-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda.
-- 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
-- Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga qo'llash mumkin emas.
-- Emizish davrida qo'llash mumkin emas.


@Farmeffekt_Vop