Claude Pro’ni 3 oy davomida 50% (10$) chegirma bilan ishlatish mumkin.
Nima qilish kerak:
1. Claude.ai’da yangi akkaunt ochasiz.
2. Keyin bu https://claude.ai/alex havolaga o‘tasiz va Pro tarifda chegirma chiqishi kerak. Agar chiqmasa, inkognito mode’da qaytadan qiling.
3. Kartangizni kiritasiz va birinchi oy uchun $11 yechib olinadi ($10 + soliq).
Endi mazza qilib Claude Code ishlating =)
Do‘stim Ilhom Maqsadqulov chegirma haqida xabar bergani uchun katta rahmat!
-------
@farkhod_com

2❤41👍30
ChatGPT Go yoki Pro? $5 yoki $20?
2 oydan beri ChatGPT Go tarifini ishlatyapman. Bu tarif sanoqli davlatlar uchun mavjud. Pro bilan Go orasida farq $15 atrofida.
Rostini aytsam, Pro versiya bilan hech qanaqa farqini sezmadim. Deep research qilyapti, rasm yaratyapti.
Pro versiya ham, Go versiya ham oddiy savolga noto‘g‘ri javob beradi:
Mashinamni yuvishim kerak, rosa kir bo‘lgan. Mashina yuvish shoxobchasi 100 metr uzoqlikda joylashgan. U yerga mashinada boraymi yoki piyoda?
Bu jinni piyoda bor deydi 😃
Sizning fikringiz qanaqa? Farq sezdingizmi?
------

1😁84❤5👍2
Product manager (PM) bo‘lmoqchiman
Agar kimdir mendan PMlikni qanday o‘rgansam bo‘ladi deb so‘rasa, men “o‘zingizni startapingizni qiling ” deyman.
4Rize.com loyihasini ham shu sababdan boshlagan edim. Moneff kompaniyasi ichida dizaynerlikdan PMga o‘tish uchun 4Rize men uchun ko‘prik bo‘lgan.
Kompaniyada bitta g‘oyangiz ommaga chiqishi uchun oylar o‘tadi. Sababi kompaniyangiz qanday bo‘lmasin, baribir qog‘ozbozlik va backlog degan tushunchalar bor. O‘zingizning loyihangizda esa xohlagancha xato va eksperimentlarni tez qilasiz, tajriba tez ortadi.
O‘zi PMning ishi – foydalanuvchi ishini yengillashtirish yo‘li bilan biznesga pul olib kelish va shu g‘oya atrofida jamoani birlashtirish.
O‘zingizning loyihangizni qilsangiz, xuddi kompaniyada duch kelgan muammolarga, lekin kichik masshtabda duch kelasiz.
Misol uchun:
- Mijozlardan g‘oyalar kelyapti. Qaysi birini birinchi qilay? Prioritizatsiyani o‘rganasiz.
- Dasturchi ishni to‘g‘ri qilmayapti yoki sekin qilyapti. Jamoa bilan gaplashish, kutilmalarni aniqlashtirish va PRD yozishni o‘rganasiz.
- Sotuv yaxshi ketmayapti. GTM strategiya degan narsalarni o‘rganasiz.
- Foydalanuvchi mahsulotda nima qilyapti? Data analitikani kovlaysiz.
- Pul qolmadi, lekin foydalanuvchi kerak. “Growth hacking” yo‘llarini qidirasiz.
Shunaqa gaplar, do‘stlarim. Kuningiz xayrli o‘tsin.
-------
@farkhod_com
Agar kimdir mendan PMlikni qanday o‘rgansam bo‘ladi deb so‘rasa, men “

👍52❤7
Jira + n8n
Kecha “compliance” bo‘limidagi hamkasbimdan iltimos tushdi.
Unga Jira’da 2025 yilda Product + Compliance’ga bog‘liq yakunlangan task'larni topishga yordam kerak edi.
Jira’ning o‘zida chala ishlaydigan Rovo sun’iy intellekti bor, yordam bermadi.
Shundoq n8n’ga o‘tdim, 2025 yil "Done" statusdagi tasklarni tortdim, keyin n8n o'zida Code node orqali faqat task nomi va description’ni qoldirdim. Chiqqan ma’lumotni AI’ga berdim va u menga faqat “compliance” bo‘limiga taalluqni tasklar ro‘yxati taqdim etdi.
Hammasiga 20 daqiqa vaqt ketdi. Qo‘lda qilsam, taxminan 150 ga yaqin taskni ko‘rib chiqishim kerak edi va bunga 2 soat ketgan bo‘lardi.
P.S. Compliance - qonun va tartibga soluvchi organlar talablariga javob berishni ta’minlaydigan bo‘lim.

1👍23❤8
Kitob bilan maqolaning farqi
Ko‘p kitoblarda bitta mavzuni cho‘zib yozadi. Kitob davomida bir gapni aytaveradi, aytaveradi va hech to‘xtay demaydi. ChatGPT’ga kirib kitobning xulosasini, eng asosiy joylarini ber desangiz, shundoq 5 daqiqada o‘qiydigan qilib beradi.
Lekin menimcha kitobning xulosasini 5 daqiqada o‘qib qo‘yish to‘g‘ri emas.
Men kitobni juda uzoq o‘qiyman, kuniga 5–10 daqiqa ajrataman. O‘rtacha bitta kitobni 2 oyda tugataman.
Agar oylar davomida bitta mavzuga qayta-qayta duch kelsangiz, bu mavzu sizning tajribangiz bilan birlashib – yangi g‘oya paydo bo‘ladi.
Kitob o‘qiganda ko‘p g‘oya kelishini juda ko‘p sezganman.
Shunga, do‘stlarim, kitob o‘qishni davom etamiz.
Hozir 2 ta kitob o‘qiyapman:
– Angela Duckworth “Grit” – Kitob tirishqoqlik va muvaffaqiyat korrelyatsiyasi haqida.
– Sapiens - 1 yil oldin yoki undan ham oldin boshlaganman, tugay demaydi.
Navbatda:
– Robert Greene “The 48 Laws of Power".
– Walter Isaacson “Innovators”.
Siz qanaqa kitob o‘qiyapsiz?

1👍21❤5😁2
Assalomu alaykum!
Video darslarimni kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularni Instagram Reels, YouTube Shorts va TikTok uchun tayyorlab beradigan inson kerak.
Ishni telefondan ham qilish mumkin. Asosiysi – sifatli natija.
Tanishlaringiz yoki o‘zingiz qo‘shimcha daromad qidirayotgan bo‘lsangiz, anketani to‘ldirib yuboring.
🔗 https://forms.gle/1r8MYc8XNZDSiRSo6
Hammaga rahmat!

Google Docs
Reels editor
Assalomu alaykum!
Video darslarimni kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularni Instagram Reels, YouTube Shorts va TikTok uchun tayyorlab beradigan inson kerak.
Ishni telefondan ham qilish mumkin. Asosiysi – sifatli natija.
Tanishlaringiz yoki o‘zingiz qo‘shimcha…

👍18❤3