Bayram kunlarida dam olishga erishdim.
Sababi, telegram post yozish haqida o‘ylamadim, youtube videolarimni esdan chiqardim, youtube videolar montaji yonib ketmadi va ish ilovalarni o‘chirib tashladim. O‘zimni shu ishlarni qilmasam, hech nimadan quruq qolmayman deb undadim. Maza qildim! Bunaqa dam olganimni eslay olmayman.
Endi, sekin-sekin, yangi kuch bilan ishga qaytamiz.
O‘tgan yili katta yutuqlarim biri – Instagramni o‘chirib tashlaganim. Instagramni ishlataman, yangi toza profil ochganman, adreslarni va bir ikki ma’lumot topishga kerak bo‘ladi, u siz imkoni yoq. Bir o‘zingizga shunaqa tanaffus e’lon qiling, ancha qo‘shimcha vaqtingiz paydo bo‘ladi.
Yil boshidan beri qaysi ilovalarda vaqt o‘tkazishimni yukladim. Sizda statistika qanaqa? Qaysi ilovalarda vaqt o‘tkazmayapman deb tekshirganmisiz?
Kuningiz xayrli o‘tsin.
------
@farkhod_com

1👍17❤13
⚡️Yangi dars
n8n asoslari va 4 ta avtomatlashtirishni birga yig'amiz (38 daqiqa)
Videoda quyidagilarni o‘rganasiz:
1️⃣ n8n asoslari va unda qanday ishlash mumkin
2️⃣ Telegram’ga kelgan xabarlarni Google Sheets jadvalga avtomatik yozish
3️⃣ Telegram’dagi ovozli xabarni Gemini API bilan matnga aylantirish va uni jadvalga saqlash
4️⃣ Sun’iy intellekt yordamida rasm yaratish va Telegram orqali natijani olish
5️⃣ Forma orqali ma’lumotlarni qabul qilib olib, uni jadvalga saqlash
👉 Darsni ko‘rish https://youtu.be/JLdPbSs1Xg0
Sizlardan Youtube’da sharh qoldirish va layk, mendan esa yangi darslar. Rahmat!
————

YouTube
N8N va avtomatlashtirish asoslari. 4 ta real avtomatizatsiya dars. Gemini sun'iy intellekt asosida.
Bu videoda n8n asoslarini o‘rganamiz va 4 ta real misollar avtomatizatsiya yaratamiz. n8n sizga nafaqat kunlik ishlarni va balkim biznes avtomatizatsiya qilishga yordam qiladi.
Videoda quyidagilarni o'rganasiz:
1️⃣ n8n asoslari va unda qanday ishlash mumkin…

1👍34❤12
Forwarded from #Gashtak
YouTube
Dasturlashsiz moliyaviy bot: Telegram’da AI yordamchi
⚡️Boshqacha #Gashtak!
Dasturlashni bilmasdan turib, Telegram’da ishlaydigan moliyaviy yordamchi bot yaratdik.
To’liq videoda g’oyadan boshlab, butun jarayon va yakuniy natijani ko’ring!
Ko’rsatuv davomida:
- Nega aynan moliyaviy bot
- Sun’iy intellektdan…

- Sun’iy intellektdan real foydalanish
- Kodsiz bot yaratish
- Telegram bot bilan ishlash
- Ovozli xabarni matnga aylantirish
- ChatGPT va Gemini yordamida kod yozish va boshqa foydali ma’lumotlarni oling.
To’liq YouTube kanalimizda tomosha qiling, bizga obuna bo’ling va IT’ga qiziqadigan tanishlaringizga ulashing!
Homiylar:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍43❤5
Yangi obunachilarim bilan yaqinroq tanishmoqchiman.
Ismim Farhod, yoshim 38da, 3 nafar farzand otasiman.
⬩ Hozirgi kunda Buyuk Britaniyaning Moneff kompaniyasida Product Manager vazifasida faoliyat yuritaman;
⬩ Sun’iy intellekt va biznesni avtomatlashtirish mavzusiga qiziqish juda katta va bu mavzuda Youtube'da video darslar chiqaraman;
⬩ Telegram kanalimda esa sun’iy intellekt, mahsulot menejmenti, startap qurish tajribam bilan bo‘lishib boraman;
⬩ Haftasiga 2 marta 10 km yugurishga harakat qilaman, Strava'da kuzatishingiz mumkin;
⬩ ADPList xalqaro mentorlar platformasida mentorman. Ancha kishiga ish topishda va karyerasini qurishda yo‘l ko‘rsatganman. 2022-yilda dunyoning top mentorlar ro‘yxatiga ham tushish nasib qilgan.
⬩ O‘zbekistonda e’tiborga loyiq mahsulot menejerlari ro‘yxatiga ham qo‘shishgan.
⬩ 4Rize.com startapiga asos solib, yopish darajasigacha olib bordim. Bu loyiha mahsulot menejeri bo‘lishimda eng katta tajribani bergan.
——

1👍63❤17
Foydali kuzatuv bilan bo‘lishmoqchiman. Bu haqida LinkedIn’ga yozgan edim, lekin Telegram’ga yozish esimdan chiqibdi.
4Rize.com startapini yaratganimizda, Gulnur co-founderim bilan har xil marketing kanallarini o‘rganganmiz. Asosiy maqsad – pul sarflamasdan saytimizga trafik olib kelish edi.
Eslatib o‘taman – 4Rize bu fintech ilovalarning skrinshotlari va qanday ishlashini ko‘rsatadigan videolar jamlangan katalog edi.
Bir kuni YouTube’ni ham saytimizga organik trafik olib kelish uchun ishlatishni reja qildik.
Bizda gipoteza bor edi – bizning potensial mijozlarimiz biron ilovaning qanday ishlashini ko‘rish uchun YouTube’da ham qidiruv beradi, degan.
Gipotezani sinash uchun 4Rize YouTube’ga sekin-asta 13 ta Shorts video yukladik. 2 oyda biz kutgan natija bo‘lmadi. “Ha, mayli”, dedik va boshqa kanallarni qidirdik.
Oradan 9 oy o‘tib, 4Rize YouTube Shorts’lari qanday “yashayapti” deb kirsak, videolarda 33 ming, 26 ming, 20 ming, 12 ming kabi ko‘rishlar bor. “Nima? Qanday?” degan savollar paydo bo‘ldi bizda ham.
Videolar:
Uzum ilovasida ro‘yxatdan o‘tish — 33 ming
Agrobank ilovasiga kirish — 27 ming
SQB Joyda ilovasiga kirish — 20 ming
Ipoteka Bank ilovasiga kirish — 12 ming
Kimlar ko‘ryapti, kimlar layk bosyapti desangiz, bular biz qidirgan dizayner, product manager auditoriya emas, oddiy insonlar ekan. Shunchaki bank ilovalarida ro‘yxatdan o‘tish yoki uni ishlatishni bilish uchun qidirishgan.
Mana sizga foydali kuzatuv – siz xayolingizda ilovada ro‘yxatdan o‘tish oson deb o‘ylaysiz. Lekin internet endi kirib borayotgan qatlam uchun, endi texnologiya bilan tanishayotgan auditoriya yoki yoshi katta insonlar uchun shunchaki telefon raqamini kiritish, parol qo‘yish ham qiyin bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi sonlar bunga yaqqol misol.
Ayniqsa bank ilovalari foydalanuvchilari auditoriyasi juda har xil. “Bizning bankdan faqat shu segment foydalanadi”, deb ayta olmaysiz. Juda turli auditoriya foydalanadi.
Qissadan hissa shuki, bank ilovalaringiz qanday ishlashini ko‘rsatadigan YouTube kanal oching. Foydalanuvchi ishini oson qiling. Shunaqa o‘rgatuvchi videolarga auditoriya muhtoj ekan.
P.S. Shorts’da izohlar yo‘q edi, sababi YouTube’ning o‘zida yopilgan ekan. Bugun hamma video uchun izoh yozishni ochdim.

4Rize - Fintech Research Platform
4Rize provides ready-screenshots and real customer journey video recordings from top banks and fintech apps in Europe, USA and Asia.
UX UI Patterns /Design Reference / User Journey Videos for:
Onboarding, Transfers, Payments, Card Issuance, Card Management…

❤15👍12
Claude Pro’ni 3 oy davomida 50% (10$) chegirma bilan ishlatish mumkin.
Nima qilish kerak:
1. Claude.ai’da yangi akkaunt ochasiz.
2. Keyin bu https://claude.ai/alex havolaga o‘tasiz va Pro tarifda chegirma chiqishi kerak. Agar chiqmasa, inkognito mode’da qaytadan qiling.
3. Kartangizni kiritasiz va birinchi oy uchun $11 yechib olinadi ($10 + soliq).
Endi mazza qilib Claude Code ishlating =)
Do‘stim Ilhom Maqsadqulov chegirma haqida xabar bergani uchun katta rahmat!
-------

2❤41👍30
ChatGPT Go yoki Pro? $5 yoki $20?
2 oydan beri ChatGPT Go tarifini ishlatyapman. Bu tarif sanoqli davlatlar uchun mavjud. Pro bilan Go orasida farq $15 atrofida.
Rostini aytsam, Pro versiya bilan hech qanaqa farqini sezmadim. Deep research qilyapti, rasm yaratyapti.
Pro versiya ham, Go versiya ham oddiy savolga noto‘g‘ri javob beradi:
Mashinamni yuvishim kerak, rosa kir bo‘lgan. Mashina yuvish shoxobchasi 100 metr uzoqlikda joylashgan. U yerga mashinada boraymi yoki piyoda?
Bu jinni piyoda bor deydi 😃
Sizning fikringiz qanaqa? Farq sezdingizmi?

1😁84❤5👍2
Product manager (PM) bo‘lmoqchiman
Agar kimdir mendan PMlikni qanday o‘rgansam bo‘ladi deb so‘rasa, men “o‘zingizni startapingizni qiling ” deyman.
4Rize.com loyihasini ham shu sababdan boshlagan edim. Moneff kompaniyasi ichida dizaynerlikdan PMga o‘tish uchun 4Rize men uchun ko‘prik bo‘lgan.
Kompaniyada bitta g‘oyangiz ommaga chiqishi uchun oylar o‘tadi. Sababi kompaniyangiz qanday bo‘lmasin, baribir qog‘ozbozlik va backlog degan tushunchalar bor. O‘zingizning loyihangizda esa xohlagancha xato va eksperimentlarni tez qilasiz, tajriba tez ortadi.
O‘zi PMning ishi – foydalanuvchi ishini yengillashtirish yo‘li bilan biznesga pul olib kelish va shu g‘oya atrofida jamoani birlashtirish.
O‘zingizning loyihangizni qilsangiz, xuddi kompaniyada duch kelgan muammolarga, lekin kichik masshtabda duch kelasiz.
Misol uchun:
- Mijozlardan g‘oyalar kelyapti. Qaysi birini birinchi qilay? Prioritizatsiyani o‘rganasiz.
- Dasturchi ishni to‘g‘ri qilmayapti yoki sekin qilyapti. Jamoa bilan gaplashish, kutilmalarni aniqlashtirish va PRD yozishni o‘rganasiz.
- Sotuv yaxshi ketmayapti. GTM strategiya degan narsalarni o‘rganasiz.
- Foydalanuvchi mahsulotda nima qilyapti? Data analitikani kovlaysiz.
- Pul qolmadi, lekin foydalanuvchi kerak. “Growth hacking” yo‘llarini qidirasiz.
Shunaqa gaplar, do‘stlarim. Kuningiz xayrli o‘tsin.
-------
@farkhod_com
Agar kimdir mendan PMlikni qanday o‘rgansam bo‘ladi deb so‘rasa, men “

👍52❤7
Jira + n8n
Kecha “compliance” bo‘limidagi hamkasbimdan iltimos tushdi.
Unga Jira’da 2025 yilda Product + Compliance’ga bog‘liq yakunlangan task'larni topishga yordam kerak edi.
Jira’ning o‘zida chala ishlaydigan Rovo sun’iy intellekti bor, yordam bermadi.
Shundoq n8n’ga o‘tdim, 2025 yil "Done" statusdagi tasklarni tortdim, keyin n8n o'zida Code node orqali faqat task nomi va description’ni qoldirdim. Chiqqan ma’lumotni AI’ga berdim va u menga faqat “compliance” bo‘limiga taalluqni tasklar ro‘yxati taqdim etdi.
Hammasiga 20 daqiqa vaqt ketdi. Qo‘lda qilsam, taxminan 150 ga yaqin taskni ko‘rib chiqishim kerak edi va bunga 2 soat ketgan bo‘lardi.
P.S. Compliance - qonun va tartibga soluvchi organlar talablariga javob berishni ta’minlaydigan bo‘lim.

1👍23❤8
Kitob bilan maqolaning farqi
Ko‘p kitoblarda bitta mavzuni cho‘zib yozadi. Kitob davomida bir gapni aytaveradi, aytaveradi va hech to‘xtay demaydi. ChatGPT’ga kirib kitobning xulosasini, eng asosiy joylarini ber desangiz, shundoq 5 daqiqada o‘qiydigan qilib beradi.
Lekin menimcha kitobning xulosasini 5 daqiqada o‘qib qo‘yish to‘g‘ri emas.
Men kitobni juda uzoq o‘qiyman, kuniga 5–10 daqiqa ajrataman. O‘rtacha bitta kitobni 2 oyda tugataman.
Agar oylar davomida bitta mavzuga qayta-qayta duch kelsangiz, bu mavzu sizning tajribangiz bilan birlashib – yangi g‘oya paydo bo‘ladi.
Kitob o‘qiganda ko‘p g‘oya kelishini juda ko‘p sezganman.
Shunga, do‘stlarim, kitob o‘qishni davom etamiz.
Hozir 2 ta kitob o‘qiyapman:
– Angela Duckworth “Grit” – Kitob tirishqoqlik va muvaffaqiyat korrelyatsiyasi haqida.
– Sapiens - 1 yil oldin yoki undan ham oldin boshlaganman, tugay demaydi.
Navbatda:
– Robert Greene “The 48 Laws of Power".
– Walter Isaacson “Innovators”.
Siz qanaqa kitob o‘qiyapsiz?

1👍21❤5😁2