Farkhod - AI PM
2.4K subscribers
249 photos
21 videos
1 file
166 links
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Download Telegram
Forwarded from Temurning PM Blogi
Product choyxonaning ikkinchi uchrashuvini ham o’tkazib oldik. Uchrashuv mavzusi kim qaysi AI toollar haqida bo’lishiga qaramasdan boshqa mavzularda ham qizg’in suhbatlashdik.

Uchrashuvdan so’ng ushbu choyxonamiz qanday ochilgani haqida esladim.
Avgust oyida qisqa tadqiqotdan so'ng o'zbek Product managerlarni bir joyga to'plash uchun Product choyxonani tashkil etkan edim. Ushbu Choyxonani rivojlantirishga do’stlarim ham yordam bermoqda. (MyTaxi CPOsi Shuxrat, Buyuk Britaniyaning Moneff fintech kompaniyasi Product manageri Farxod aka, Click Product Lead Ulug’bek).

Xech qayerda pullik reklama joylashtirilmadi, birinchi uchrashuvni offline ko'rinishda o'tkazdik, ikkinchi online suhbatga 4rize asoschilari Farxod aka va Gulnur bilan Telegram guruximizda online suhbat o'tkazdik. Qisqa vaqt ichida Telegram guruximizda 400 dan oshiq odam yig’ildi.

Haqiqiy Product manager sifatida bu Product market fitni qidirishni boshladim. Ishtirokchilar bilan qisqa suhbatlashganimda ko’pchilik uchun bu choyxona asosan network uchun kerak bo’layotgan ekan. Bu choyxona ochilishdan avval taxmin qilingan gipotezani tasdiqlamoqda. Maqsad bu choyxonani yanada rivojlantirish, bu bo’yicha albatta roadmap tuzish kerak 🙂

O’zimcha roadmap tuzarman, menga hozir sizni fikringiz qiziq, o’rnimda bo’lganizda ushbu choyxonani rivojlantirish uchun nimalar qilgan bo’lar edindiz? Asosiy savol ya’ni o’zi bu Product choyxona o’zi kerakmi degan savolga qanday javob bergan bo’lar edingiz? Siz uchun ushbu Product choyxona qaysi maqsadlarizga kerak bo’lishi mumkin?

@temur_pm_blog
18👍2😁1
N8N’da Telegram bot xabar yuborishni yig‘dim

Agar @plovsplitbot’ni ishlatgan bo‘lsangiz, bot’dan xabar oldingiz. 

Marketologlar bilan gaplashganimda, bot albatta xabar yuborib turishi kerak ekan, shunda ‘engagement’\’retention’ oshadi, bot o‘zini eslatib turishi, maqsadga muvofiq ekan.

Bot foydalanuvchilarga xabar yuborishni N8N’da yig‘dim. 

Sozlamalar quyidagicha: 

1. Foydalanuvchi botni ishga tushirganda, uni Telegram ID raqami Mixpanel’ga kelib tushadi;

2. Undan tashqari botda tanlagan tilga qarab, u ma’lumot yig‘iladi;

3. Mixpanel’dan ma’lumotlarni qo‘lda eksport qilib, Google Spreasheets’ga yuklayman;

4. N8N ishga tushirganimda, foydalanuvchilarni qaysi til ishlatishiga qarab, oldindan tayyorlangan xabar yuboriladi;

5. Natijada ko‘rib turish uchun, jadvalga status ustuniga xabar yetkazildimi yoki bot bloklangani haqida N8N yozadi.

N8N skrinshotini kommentda joyladim.

P.s. Telegramga reklama e’lon qila olmadim, moderator 8 marta rad javob berishdi. U haqida alohida post bo‘ladi.
1👍93
Lovable’da sayt yaratish uchun qisqa qo‘llanma

Reja:
1. Yoqqan stil dizayn topamiz
2. ChatGPT bilan PRD (TZ) tuzib olamiz
3. Lovable’ga beramiz
4. Saytimiz tayyor

Keling har bir qadamni kengroq o‘rganib chiqamiz.

🔹 Dizayn
Birinchi navbatda ishni sizga yoqqan stil va dizayn qidirish bilan boshlaylik. Buning uchun Pinterest, Dribbble, Behance ishlating. Yoqqan dizaynni kompyuterga saqlang.

🔹 PRD
ChatGPT bilan PRD tuzishni sizlar uchun oson qildim. Marhamat tayyor GPT https://chatgpt.com/g/g-690adcda330c8191a86f4fae738de211-lovable-uchun-prompt-yaratish 2-3 ta savolga javob berasiz, sizga tayyor Lovable uchun mo‘ljallagan PRD beradi. Muhim joyi, saqlab olgan dizaynni ChatGPT’ga yuklang, u stilni o‘rganib, PRD’ga bu haqida yozadi.

🔹 Lovable
ChatGPT bergan tayyor promptni Lovable’ga berasiz va albatta oldin saqlab olgan dizaynni qo‘shib yuboring. E’tibor qiling, bepul tarifda, siz kuniga 2-3 ta prompt yubora olasiz, shunga e’tiborli bo‘lib ishlating.

Bo‘ldi, sayt tayyor! Agar uni o‘zingizni domenga ya’ni www.menisayting.uz bo‘lishini xohlasangiz, Youtube darslarimni ko‘ring.

10 daqiqada ikkita sayt yaratdim, xuddi yuqoridagi qadamlarni ishlatib
https://quality-build-uz.lovable.app/
https://mnemonika-mind-boost.lovable.app/

Salomat bo‘ling.

UPD: Sharxda SEO haqida yaxshi bahs ketdi, yechim ham topdik.

———

@farkhod_com
1👍217😁2
YouTube videolarni 2x tezlikda ko‘rishni pullik qilmoqchi...

Men videolarni kamida 1.5x tezlik ko‘raman va ancha vaqt tejayman. Qizig‘i YouTube Premium O‘zbekiston foydalanuvchilariga mavjud emas.

Juda niyat qilaman, men A\B testga tushdim va bu vaqtincha deb.

Umuman olganda, YouTube Premium, foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish uchun zo‘r yo‘lini eksperiment qilyapti.

-------

@farkhod_com
👍136😁2
n8n kimdir ishlatyaptimi?

n8n haqida video dars tayyorlayapman.

Kimdir n8n real loyihada ishlatyaptimi?
Video darsimda, o‘zingizni tajribangiz bilan bo‘lishmaysizmi? Hammaga foydali bo‘lar edi.

Murojaat uchun kontakt: UPD: Kontakt o’chirildi

P.S. Iltimos qilaman, shunchaki “Assalomu alaykum” deb xabar yozmang.
👍19😁84
Bir xil ko‘rinishga o‘rganib qolish

Growth.design haqida oldin yozgan edim, mahsulot menejeri bo‘lasizmi, founder yoki UX dizayner bo‘lasizmi, ular juda foydali ma’lumot bilan bo‘lishib borishadi. 

Bugun sizlarga ularning bitta foydali keysi bilan bo‘lishmoqchiman. Oldingi xabarda ularni keysini Google orqali tarjima qildim.

Sezganmisiz, har kuni bir xil yuradigan yo‘lingizga shunchalik o‘rganib qolasiz, avtomatik qayerda chuqur bor, qayerda nima turganini bilasiz?

Yo‘lingizda qandaydir o‘zgarish bo‘lsa, misol uchun yangi do‘kon qurilsa, asfalt yotqizilsa undi darrov payqaysiz.  

Demak, ko‘p ishlarni avtomatda qilamiz, ko‘zimiz oldida turgan narsalarni sezmay qolamiz.

Endi, bu holatni qanday qilib raqamli mahsulot yaratishda to‘g‘ri ishlatish mumkin?

Duolingo bunga misol, ularning ilova ikonkasi tez-tez o‘zgarib turadi va sizni nazaringizni tortadi. Oqibatda ilovani ochasiz, uni eslaysiz, Duolingo o‘zini borligini shunaqa qilib eslatadi. 

Bu haqida o‘ylamagan ekanman hech. Qiziq bo‘lgani uchun sizlar bilan bo‘lishdim.

Growth.design mavzu g‘oyasini Apple jismoniy mahsulot dizaynerining 2015-yildagi chiqishidan olgan https://www.ted.com/talks/tony_fadell_the_first_secret_of_design_is_noticin

Ko‘ring, juda qiziq ma’lumotlar keltirilgan.
👍168
Dizaynerdan PM'ga o‘tmoqchi bo‘lganlar bormi?

Temur aka o‘zlarini startaplari uchun UX/UI dizayner qidirmoqdalar. 

Loyiha g‘oya etapida, pul yoq lekin dizayner kerak. Oddiy holat.

Agar siz hozir dizaynersiz lekin PMga o‘taman deb yurgan bo‘lsangiz, yaxshi taklif.

Temur aka hozir Ipoteka bankda PMlar, oldin Click va HamkorLab’da ishlaganlar. Ancha tajriba olasiz.

To‘liq ma’lumot bu yerda https://t.me/temur_pm_blog/417

———-

@farkhod_com
👍152
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida tug‘ilganman…

Laylo opa mendan intervyu oldilar.

Qanday qilib kompyuter sohasiga kirib kelganim, pulga qiziqib bilim olishni esdan chiqarganim, 20-yil oldin Photoshop birinchi marta ochganim, birinchi ishlagan pulim, hozirgi ishim va sun’iy intellekt haqida gaplashdik.

▶️ To‘liq video https://www.youtube.com/watch?v=aaS5KwnyXZg

———-

@farkhod_com
👍2911
Higgsfield.ai asoschilaridan biri, Erzat Dulatning 3,5 soatlik podkastini ko‘rdim.

O'zim uchun yozib olgan joylarim bilan bo'lishmoqchiman.

1. Har bir katta relizdan keyin qo‘y so‘yisharkan. Investor pullari mana qayerga ketyapti 😃

2. Jamoa haftada 7 kun va kuniga 10 -12 soat ishlaydi. Kichik jamoa bo‘lib, gigantlar (OpenAI Sora, Google Veo) bilan raqobat qilyapti. Albatta oylik ham shunga yarasha.

3. Kreativ tarafdan zo‘r growth odamlarni yig‘gan. Ya’ni video olamda hozir trend nima, virusli effektlarni tushunishadi.

4. Korporat strukturadan kelganlar bizda ishlay olmaydi deydi. Ular ish berishini qarab turishadi, bizga oziga ish topib, uni oxirgacha yetkazadigan odamlar qadrlanadi dedi.

5. Jamoa kerak bo‘lsa kechasi ham biron muammoni bartaraf etishga tayyor. 

6. Data-driven yondashuv. Sonlar, a/b test, analitika va hokazo. 

7. Ko‘rinib turibdi, qiladigan ishini juda yaxshi ko‘radi, ko‘zlarida olov. 

8. Asoschi, jamoa a’zolaridan kimni eslamasin, albatta maqtaydi. Bilasizmi nima, bu jamoa a’zolari uchun motivatsiya, meni esladi, ishimga e’tibor qildi degan hissiyot odamlar uchun juda muhim. Toza psixologiya. 

9. Sun’iy intellekt bilan jamoa a’zolari universal bo‘lib qoldi. Oldin qilmagan ishni GPT bilan savol-javob qilib qilishadi. To‘g‘ri propmt berishni bilishadi. 

10. Relizlarni hammasini AQSH vaqtiga moslashadi va odatda bu dushanba kun. Aytdiki, relizga juda ko‘p narsa tayyor lekin bizni strategiyamiz haftada bitta narsa reliz qilish, backlogda reliz ko‘payib qolgan juda, kun yetmayapti dedi. Tezlikka qoyil.

Kundan kun bir nimani tushunyapman, kompaniya kattaligi qarab gipotezalarni tekshirishni tezligini oshirmasangiz, kimdir sizdan o‘tib ketadi. 

Misol uchun Moneffda afsuski biron go‘yani tekshirish qiyin, har oyda qani edi hech bolmasa 2 ta gipoteza tekshirilsa edi. Buni bilamiz, to‘g‘irlash uchun ustida ishlayapmiz, Amerika ham birdaniga qurilmagan.

Podkast https://youtu.be/S9BuExKqw3k?si=X9x6O0mdbXEgxssA

———-

@farkhod_com
1👍154
n8n nima? Video dars.

Kod yozmasdan, avtomatlashtiradigan mashhur servislarni biri – n8n haqida video dars tayyorladim.

Darsda:

- n8n nima?
- n8n ishlatish bo‘yicha o‘zimni tajribam
- n8n ishlatish bo‘yicha tajribasi bor mutaxassislar qisqa intervyu oldim

▶️ To‘liq video https://youtu.be/5v3g0y0t8-g

Videoga layk va sharh qoldirsangiz, nur ustida a’lo nur bo‘lar edi.

Keyingi hafta yangi dars chiqadi, unda: n8n’ni $5lik serverga o‘rnatish, localhostda+nrgok bilan ishlatish, render.com o‘rnatish va bepul ishlatish. 

Salomat bo‘ling va ishchi haftangiz mahsuldir o‘tsin.

--------

@farkhod_com
1👍3916
Lovable bilan yana bitta sayt yaratdik

2 oy oldin, tanishim o‘quv markazi uchun sayt kerak bo‘layotganini aytdi. Men Lovable’ni maslahat qildim.

Tanishim sayt yaratishdan uzoq bo‘lgani uchun, ozroq yo‘nalish ko‘rsatdim.

🔥 Natija https://www.intellect-time.uz

Eng qizig‘i, 2 oy ichida sayt, Google qidiruvda natijasida birinchi sahifaga chiqdi. Bu degani, SEO to‘gri qilingan, reklamaga pul sarflanmagan. Terib ko‘ring Google’da “Мнемоника Ташкент” deb, natijani ko‘rasiz.

Sayt yaratish bo‘yicha qadam-ma qadam darslarim bor:

Dars-1: Loveable AI orqali 30 daqiqda sayt yaratish https://youtu.be/Tm3o2hk29j0

Dars-2: Yaratilgan saytdan, mijozlarni ma’lumotlarini jadvalga saqlash https://youtu.be/ztBw6gEGMdA

Dars-3: Saytdan ariza qoldirilsa Telegramga xabar olish https://youtu.be/46YHqhC0m-g

Dars-4: Saytni bepul serverga joylashtirish
https://youtu.be/wWQBxiWQIKk

Aytganimdek, AI bilan kod yozish, AI bilan raqamli mahsulot yaratish poyezdi shiddat bilan tez yuryapti, unga o‘tirib qoling, yangi instrumentlarni o‘rganing. Kuniga atiga 10 daqiqa Youtube ko‘rsangiz, yetarli bo‘ladi.

Meni darslarimni ko‘rib, sayt yaratganlar bormi?

———

@farkhod_com
👍2311
⚡️n8n’ni bepul ishlatish bo‘yicha video darslik

Assalomu alaykum! Dam olish kunlarini yaxshi o‘tkazib oldingizmi?

Yangi video darslik chiqardim.

Videoda, n8n oylik $24 to'lovi o‘rniga, $5 yoki umuman bepul ishga tushirish bo‘yicha 3 ta usul ko‘rsatdim.

Videoda nimani o‘rganasiz:
– $4–5 serverga o‘rnatib, oyuga $20 tejash
– n8n’ni kompyuterga o‘rnatish va ngrok orqali internetga chiqarish
– n8n’ni Render.com’da bepul ishga tushirish

▶️ Youtube https://youtu.be/Szu0WtVm86w

Youtube video ostida, biror sharh qoldirsangiz, juda ham minnatdor bo‘lar edim.

Salomat bo‘ling.

———

@farkhod_com
1👍277
Asoschining sotish qobiliyati startap uchun juda muhim.

Bugun zo‘r biznes tahlil ko‘rdim https://youtu.be/mRQSbkoSKK0?si=Ups1unpbq6a8_Mom&t=4919

1:22:00 dan 20 daqiqa ko‘ring, sotuv bo‘yicha zo‘r master-klass ko‘rsatgan. Tanimagan odamga qanday murojaat qilish kerak, qanaqa gaplarni aytish, ovoz qanaqa bo'lishi kerak kabi narsalar ko'rsatilgan.

Biz 4Rize.com boshida B2B qilib sotamiz degan edik, keyin B2B qiyinroq bo‘lgani uchun B2C qilgan edik. Sotuv bo‘yicha hech qanday tajriba bo‘lmagan, hozir ham juda yaxshi emas, lekin xatolardan saboq chiqarganmiz, boshqacha sota olaman.

Oddiy xatomizni aytaman – mijozga mahsulotimiz haqida yozdik, mijoz javob bermadi, shu bilan bo‘ldi, javob bermadi menga deb tashlab ketganmiz. Aslida nima qilib bo‘lsa ham u bilan uchrashishga harakat qilish kerak edi, kerak bo‘lsa har kuni bezovta qilish kerak edi, o‘sha vaqt bu maqsadga muvofiq bo‘lgan.

Sotuv vaqtida esdan chiqarish kerak “Obro‘yim to‘kilib qoladi, men haqimda nima o‘ylaydi?” degan gaplarni.

Videoda zo‘r aytgan: tasavvur qil, senga rad javob berdi, nima bo‘ladi shunda? Hech nima yutqazmaysan, lekin tajriba va yoqmaydigan javoblarni eshitishga yuzing pishadi, dedi.

Mahsulotni hamma yarata oladi, lekin uni sota olish sanoqli odamlarning qo‘lidan keladi.

-------

@farkhod_com
👍117
Milliard dollarlik startap asoschisi Toshkentda

Kecha Umed tashkil qilgan tadbirda, Higgsfield.ai asoschisi Aleks Mashrabov bilan ko‘rishish nasib qildi.

Aleksning prezentatsiyasidam, o‘zim uchun qilgan izoh bilan bo‘lishmoqchiman.

– Ota-onasi mexanik-muhandis, otasi vodiylik o‘zbek. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Qozog‘istonga ko‘chishgan.

– Higgsfieldan oldin boshqa startapini $160 mln’ga Snapchat’ga sotgan.

– Dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda oltin medalni bir necha bor qo‘lga kiritgan. Shu sababdan ham Silikon vodiysidagi yetakchi kompaniyalar nazariga tushgan.

Higgsfield.ai boshidagi bir nechta relizlar xato bo'lganini aytdi. Bozorga kerak bo‘lmagan loyihalar chiqarishgan. Lekin xato qilmasalar, hozirgi holatga kelisha olmas edi.

– Tezlik juda muhim. O‘tgan xabarimda Higgsfield gipotezalar tekshirishi tezligi haqida yozgan edim

– Ular OpenAI, Google, ByteDance gigantlari bilan raqobatda tezlik bilan yutishyapti.

Similarweb va Semrush servislarini investorlar startap saytini analiz qilish uchun ishlatar ekan, u yerda trafikka qaraydi, ko‘paydimi, demak bir gap bor, pul tiksa bo‘ladi. Men yuqoridagi servislarni SEO ma’lumot ko‘rish uchun ishlataman.

– Real katta loyihalarda odamlar haftasiga 70 soat ishlaydi. Ko‘rib turgan OpenAI, Google katta oylik injenerlari va asosiy jamoa kuniga 15 soatlab ishlaydi, imkonsiz haftasiga 40 soat ishlab raqobat qilish, dedi.

– CustDev, intervyu, biron ish qilish uchun hammadan ruxsat olish, kichik detallarga o‘ylangan PRD tayyorlash startapga to‘g‘ri kelmaydi. Hozir AI davrida, Lovable, Replit bilan juda qisqa vaqt ichida reliz qilib, gipotezani tekshirsa bo‘ladi, deyapti. Shu fikrini yozib olib, sharhda qisqa video yukladim.

Shunaqa gaplar, kuningiz xayrli o‘tsin.

-------

@farkhod_com
2👍206😁1