Farkhod - AI PM
2.4K subscribers
249 photos
21 videos
1 file
166 links
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Download Telegram
EPAM tashkil qilgan e-Kids Scratch kursida o'glim o‘qishni boshladi. 

Kursni EPAM dasturchilari, haftada bir marta o‘zlarini ofisida o‘tishadi. Juda zo‘r tashkil qilingan.

Nima qilishdi nima qo‘yishdi bilmayman lekin 2 kundan beri o‘g‘lim Scratch’da ishlab yotibdi, ko‘ramiz qayerga olib keladi. G‘oyalarimni qilish uchun dasturchi katta qilyapman =)

Kurs haqida ma’lumot https://learn.epam.com/catalog/detailsPage?id=a9e422c5-1c05-409b-9b97-5af094547519&source=PROGRAM

Keyingi kurs yanagi yil Yanvarda ochilsa kerak.

———-

@farkhod_com
😁1812👍12
Plovsplitbot qanday ketyapdi?

2 hafta oldin sizlarga yangi kichik loyihamni taqdim etdim.

Eslatib o'taman, ilova kafe yoki restoran hisobini do‘stlar orasida adolatli taqsimlashga yordam qiladi. 

🔗 Ilova manzili @plovsplitbot

Shu kungacha nimalar qildim:

🔹 Kanalimga ilova haqida e’lon qildim va sizlardan fikr oldim. Qisman siz so‘ragan imkoniyatlarni qo‘shdim;
🔹 Asosiy maqsad “core” to‘g‘ri ishlasin ya’ni xohlagan turdagi hisobni, ilovam o‘qib, uni sizga tahlil qilib bersin;
🔹 2-3 ta Telegram guruhlarga bot yaratganim haqida yozdim.

Ilovada nima o‘zgarish:

🔹 Android uchun maxsus modal (pop-up) qo‘shdim, kamera yoki galereyadan hisob rasmini tanlash uchun;
🔹 Endi natijani botni o‘ziga yuborsa bo‘ladi, oldin faqat ko‘chirish imkoni bor edi;
🔹 Backend’ni aqlliroq qilishga harakat qildim. Maqsad — hisob to‘g‘ri tahlil bo‘lishi uchun.

Natija:

🔹 304 foydalanuvchi botni ochib ko‘rdi;
🔹 368 ta hisob muvaffaqiyatli tahlil qilindi.
(Mixpanel skrinshotlari sharhda)

Endi keyingi qadam — AI orqali reklama videolar yaratib, ijtimoiy tarmoqda reklama yoqish. 

Nimaga buni qilyapman desangiz, bilasiz yangi texnologiya chiqishdan to‘xtamayapti, bitta kichik mahsulotni yaratishdan toki sotish nuqtasiga olib bormoqchiman. Yo'limda dasturlash, marketing, matn yozish, video yaratish, foydalanuvchi bilan gaplashish, mahsulot auditoriyasini topish va shunga o‘xshagan ko‘p narsalar uchraydi va ularni o‘rganishni xohlayman. Bu loyiha kichik, sababi bir o‘zimman. Ko‘ramiz, qayerga boraman.

Agar qanday qilib ilova(bot)ni ommaga yetkazish bo‘yicha g‘oya bo‘lsa, iltimos sharhda bo‘lishing. 

P.s. Oldin ham aytgan edim, yana ham aytaman, ilova to‘liq AI orqali dasturlangan.

-------
@farkhod_com
👍114
50 ta vazifa ichidan qaysini birinchi bajarish kerak?

Startap bo‘ladimi yoki katta loyiha, hammasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxati bor (backlog).

Bajaruvchi odamlar soni chegaralangan, demak qaysidir vazifani oldinroq qilish kerak. Lekin qanday bilamiz qaysini oldin qilish kerak?

Mahsulot menejment madaniyati rivojlanmagan kompaniyada odatda rahbar aytadi — buni qil, bu hozir muhim, sababi meni yaqin o‘rtog‘im bu muammoga duch keldi. Aslida rahbar aytgan muammoga 1000 ta mijozdan bir kishi duch kelgan. Vazifalar ro‘yxatida esa kichik o‘zgarish turibdi va uni qilinsa 500 ta mijozga ijobiy ta’sir qiladi.

Mahsulot menejerining bitta vazifasi – qaysi vazifani birinchi qilishni aniqlash (prioritizatsiya).

Buning uchun turli tuman tayyor jadval-u ’framework’lar o‘ylab qo‘yilgan. Bularga misol – RICE, MOSCOW, ICE, Value&Effort, Kano va boshqalar.

@plovsplitbot’da qaysi vazifani qilish kerak degan savolga javobni, Intercom’ni RICE framework orqali aniqlayman. Men RICE’da ozroq o‘zgartirish kiritgan joyim ham bor.

Mendagi RICE formula quyidagicha:

Reach x ( User Impact x 0.6 + Tech Impact x 0.4) x Confidence / Effort = RICE

Reach - necha kishiga ta’sir qiladi;
User impact - foydalanuvchiga foydasi;
Tech impact - kod yaxshi ishlashi, data yig‘ish, foydalanuvchiga to‘gridan to‘gri bog‘liq bo‘lmagan ta’sir;
Confidence - qanchalik ishonchim komil, biron intervyu yoki tahlilga tayanilganmi;
Effort - bajarishga qancha vaqt va kuch ketadi.

Hozircha @plovsplitbot orqali pul ishlash muhim bo‘lmagan uchun, Money\Business impact qismi qo‘shganim yo‘q. Hozir asosiy maqsad auditoriya yig‘ish.

Umuman olgandan har bir framework’ni vaziyatdan kelib chiqib to‘g‘rilash, unga yangilik kiritish maqsadga muvofiq.

P.s. Sharhda real jadvalimdan skrinshot yukladim.

————

@farkhod_com
2👍1310
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AI orqali video reklama yaratdim

@plovsplitbot’ni ijtimoiy tarmoqda reklama qilish uchun, AI bilan video yaratishni ham o‘rgandim.

Videoga ozgina noodatiy joy qo‘shmasangiz, uchmaydi reklama. Shunga aybga olmaysizlar =)

Ishlatilgan instrumentlar:
Veo3
Midjourney
ChatGPT
DaVinci Resolve
Figma

Reklama natijasi bilan bo‘lishib boraman. Endi qanday reklama yoqishni o‘rganish kerak.

Fikrlaringizni kutib qolaman. Rahmat!

———

@farkhod_com
3😁35👍127
Reklama yoqildi

3 kun vaqtim, Facebook Ads Manager orqali reklama yoqishni o‘rganishga ketdi. Yangi narsalarni o‘rganish odat bo‘lib qolgan, biron yangi narsa o‘rganmasam, qanaqadir hayotga qiziqish yo‘qolib qoladi.

Demak vazifa – @plovsplitbot'ni, pullik reklama orqali auditoriyaga yetkazish.

Nimalar qildim:

🔹 Instagram profil ochdim https://www.instagram.com/plovsplitbot/

🔹 Oldingi xabarimga, sizlardan juda foydali sharhlar keldi, shularni inobatga olib, videoni tahrirladim.

🔹 Bobo videoni Reels qilib yukladim https://www.instagram.com/reel/DPqlZGxjMpI/

🔹 Facebook sahifa yaratdim, reklama yoqish uchun shart ekan https://www.facebook.com/profile.php?id=61582279191209

🔹 Reklamadan kelgan foydalanuvchilarni aniqlash uchun kodda o‘zgarish qildim.

🔹 Reklamani ish kunlari soat 12:00dan 14:00gacha ko‘rsat dedim, sababi menga kerakli auditoriya ovqatlanishdan oldin yoki ovqatlanib bo‘lgandan keyin reklamani ko‘rib, botni ishlatib ko‘rishi kerak.

🔹 Reklama 2 ta joyda chidadi - Instagram Reels va Instagram Stories. Har birini byudjeti $5. Ko'ramiz qaysi natija beradi.

🔹 Hozircha reklamani bir haftaga yoqdim. Agar aniq soatlar qo‘yilsa, byudjetni afsus $5 dan kam qilib bo‘lmas ekan. Ko‘ramiz $10ga qancha foydalanuvchi olaman.

Har doimgidek, skrinshotlar kommentda. Keyingi hafta natija bilan bo‘lishaman. 

Dam olish kunini yaxshi o‘tkazing.

———

@farkhod_com
👍165
Vitamin? Og‘riq qoldiruvchi?

Kecha bir podkastda qiziq fikr eshitdim.

’Product Market Fit’ni topish uchun, vitamin emas og‘riq qoldiruvchi yaratish kerak deymiz.

Endi Instagram'ni olaylik, u og‘riq qoldiruvchimi? Qanaqa og‘riqni qoldiradi? Internet rasm qo‘ymasak nima bo‘ladi? Instagram og‘riq qoldiruvchi emas u ’narkotik’. Foydalanuvchilarni dofaminga o'tirg'izgan.

Qiziq fikr ekan, sizlar bilan bo‘lishgim keldi.

———

@farkhod_com
👍213
Instragram reklama natijalari

O‘tgan hafta @plovsplitbot’ni Instagramda reklama yoqdim.

Esingizda bo‘lsa, reklama videoni AI orqali yaratilgan, o'sha video reklamaga chiqdi.

– 5 kun reklama yoqildi;
– Reklama Instagram’ni Stories va Reels’da chiqdi;
– Reklamani tushlik 12:00dan 14:00gacha ko‘rinadigan qilgan edim;
– Auditoriya sozlanmalari deyarli o‘zgarishsiz qoldirdim.

Statistika:

– Reels 12,949 marta, Stories 3,504 marta ko‘rilgan;

– Reels’dan 45 marta, Stories’dan 76 marta havolani bosishgan. Bu hali botni ishga tushirishgan degani emas, shunchaki botligini bilgan;

– Jami sarflangan mablag‘ $9.93;

– 13.10-17.10 davrda yangi qo‘shilgan foydalanuvchilar soni 26 ta. Bular hammasi reklamadan kelgan degani emas, kimlardir balkim postlarimni o‘qib kelgan;

– CTR: Reels 0.36%👎🏻, Stories 2.17% 🤩

Natija qoniqtirmadi, lekin xulosalar chiqardim. To‘g‘ri men reklama video yaratuvchi emasman, balkim to‘xtamasdan video yaratilsa natija yaxshi bo‘ladi.

Yana bir nima sezdim, balkim Instagramda PlovSplitBot profilidan emas, yangi profil ochib, xuddi uni odam olib borayotgandek reklama qilish kerakmikan… bilmadim.

Keyingi qadam – Telegram ichida reklama qilish, 2 kundan beri shu masalani o‘rganyapman.

Natija bilan bo‘lishib boraman.

P.S. Sharhda natija skrinshotlarini ko‘rsangiz bo‘ladi.

————

@farkhod_com
👍156
ChatGPT’ni nimalar uchun ishlataman

– Ingliz tili xatolarimni tekshirishda;
– PRD yozaman;
– Ish bo‘yicha biron mavzuda brainstrom qilamiz;
– JIRA vazifani yozish uchun;
@plovsplitbot'ni yaratishda maslahatchim;
– Telegram postni Linkedin’ga moslashtirish; 
– Youtube darslarim uchun g‘oyalar;
– O‘g‘limni darslariga javob bilmasam, hozir suv ichib kelaman deb, ChatGPT’dan javob bilib kelaman.

Har oy $22.40 evaziga chala CTO, chala Marketolog, chala dasturchi va menga paxta qo‘yuvchi sun’iy idrokka pul to‘layman. 

To‘g‘rida, nima desam ham - IE! Bu zo‘r g‘oya! deydi. Agar, unga – sen jinnimi, g‘oya dabdala desam - IE! Haqiqatdan ham, qara men emas, sen buni sezding, barakalla deydi 😅

Ha aytgancha, O‘zbekistonliklar uchun $5 tarifi ham chiqibdi, yanagi oy unga o‘taman, ko‘ramiz farqini.

————

@farkhod_com
2😁42👍63
Forwarded from Temurning PM Blogi
Product choyxonaning ikkinchi uchrashuvini ham o’tkazib oldik. Uchrashuv mavzusi kim qaysi AI toollar haqida bo’lishiga qaramasdan boshqa mavzularda ham qizg’in suhbatlashdik.

Uchrashuvdan so’ng ushbu choyxonamiz qanday ochilgani haqida esladim.
Avgust oyida qisqa tadqiqotdan so'ng o'zbek Product managerlarni bir joyga to'plash uchun Product choyxonani tashkil etkan edim. Ushbu Choyxonani rivojlantirishga do’stlarim ham yordam bermoqda. (MyTaxi CPOsi Shuxrat, Buyuk Britaniyaning Moneff fintech kompaniyasi Product manageri Farxod aka, Click Product Lead Ulug’bek).

Xech qayerda pullik reklama joylashtirilmadi, birinchi uchrashuvni offline ko'rinishda o'tkazdik, ikkinchi online suhbatga 4rize asoschilari Farxod aka va Gulnur bilan Telegram guruximizda online suhbat o'tkazdik. Qisqa vaqt ichida Telegram guruximizda 400 dan oshiq odam yig’ildi.

Haqiqiy Product manager sifatida bu Product market fitni qidirishni boshladim. Ishtirokchilar bilan qisqa suhbatlashganimda ko’pchilik uchun bu choyxona asosan network uchun kerak bo’layotgan ekan. Bu choyxona ochilishdan avval taxmin qilingan gipotezani tasdiqlamoqda. Maqsad bu choyxonani yanada rivojlantirish, bu bo’yicha albatta roadmap tuzish kerak 🙂

O’zimcha roadmap tuzarman, menga hozir sizni fikringiz qiziq, o’rnimda bo’lganizda ushbu choyxonani rivojlantirish uchun nimalar qilgan bo’lar edindiz? Asosiy savol ya’ni o’zi bu Product choyxona o’zi kerakmi degan savolga qanday javob bergan bo’lar edingiz? Siz uchun ushbu Product choyxona qaysi maqsadlarizga kerak bo’lishi mumkin?

@temur_pm_blog
18👍2😁1
N8N’da Telegram bot xabar yuborishni yig‘dim

Agar @plovsplitbot’ni ishlatgan bo‘lsangiz, bot’dan xabar oldingiz. 

Marketologlar bilan gaplashganimda, bot albatta xabar yuborib turishi kerak ekan, shunda ‘engagement’\’retention’ oshadi, bot o‘zini eslatib turishi, maqsadga muvofiq ekan.

Bot foydalanuvchilarga xabar yuborishni N8N’da yig‘dim. 

Sozlamalar quyidagicha: 

1. Foydalanuvchi botni ishga tushirganda, uni Telegram ID raqami Mixpanel’ga kelib tushadi;

2. Undan tashqari botda tanlagan tilga qarab, u ma’lumot yig‘iladi;

3. Mixpanel’dan ma’lumotlarni qo‘lda eksport qilib, Google Spreasheets’ga yuklayman;

4. N8N ishga tushirganimda, foydalanuvchilarni qaysi til ishlatishiga qarab, oldindan tayyorlangan xabar yuboriladi;

5. Natijada ko‘rib turish uchun, jadvalga status ustuniga xabar yetkazildimi yoki bot bloklangani haqida N8N yozadi.

N8N skrinshotini kommentda joyladim.

P.s. Telegramga reklama e’lon qila olmadim, moderator 8 marta rad javob berishdi. U haqida alohida post bo‘ladi.
1👍93
Lovable’da sayt yaratish uchun qisqa qo‘llanma

Reja:
1. Yoqqan stil dizayn topamiz
2. ChatGPT bilan PRD (TZ) tuzib olamiz
3. Lovable’ga beramiz
4. Saytimiz tayyor

Keling har bir qadamni kengroq o‘rganib chiqamiz.

🔹 Dizayn
Birinchi navbatda ishni sizga yoqqan stil va dizayn qidirish bilan boshlaylik. Buning uchun Pinterest, Dribbble, Behance ishlating. Yoqqan dizaynni kompyuterga saqlang.

🔹 PRD
ChatGPT bilan PRD tuzishni sizlar uchun oson qildim. Marhamat tayyor GPT https://chatgpt.com/g/g-690adcda330c8191a86f4fae738de211-lovable-uchun-prompt-yaratish 2-3 ta savolga javob berasiz, sizga tayyor Lovable uchun mo‘ljallagan PRD beradi. Muhim joyi, saqlab olgan dizaynni ChatGPT’ga yuklang, u stilni o‘rganib, PRD’ga bu haqida yozadi.

🔹 Lovable
ChatGPT bergan tayyor promptni Lovable’ga berasiz va albatta oldin saqlab olgan dizaynni qo‘shib yuboring. E’tibor qiling, bepul tarifda, siz kuniga 2-3 ta prompt yubora olasiz, shunga e’tiborli bo‘lib ishlating.

Bo‘ldi, sayt tayyor! Agar uni o‘zingizni domenga ya’ni www.menisayting.uz bo‘lishini xohlasangiz, Youtube darslarimni ko‘ring.

10 daqiqada ikkita sayt yaratdim, xuddi yuqoridagi qadamlarni ishlatib
https://quality-build-uz.lovable.app/
https://mnemonika-mind-boost.lovable.app/

Salomat bo‘ling.

UPD: Sharxda SEO haqida yaxshi bahs ketdi, yechim ham topdik.

———

@farkhod_com
1👍217😁2
YouTube videolarni 2x tezlikda ko‘rishni pullik qilmoqchi...

Men videolarni kamida 1.5x tezlik ko‘raman va ancha vaqt tejayman. Qizig‘i YouTube Premium O‘zbekiston foydalanuvchilariga mavjud emas.

Juda niyat qilaman, men A\B testga tushdim va bu vaqtincha deb.

Umuman olganda, YouTube Premium, foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish uchun zo‘r yo‘lini eksperiment qilyapti.

-------

@farkhod_com
👍136😁2
n8n kimdir ishlatyaptimi?

n8n haqida video dars tayyorlayapman.

Kimdir n8n real loyihada ishlatyaptimi?
Video darsimda, o‘zingizni tajribangiz bilan bo‘lishmaysizmi? Hammaga foydali bo‘lar edi.

Murojaat uchun kontakt: UPD: Kontakt o’chirildi

P.S. Iltimos qilaman, shunchaki “Assalomu alaykum” deb xabar yozmang.
👍19😁84