Farkhod - AI PM
2.42K subscribers
249 photos
21 videos
1 file
166 links
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Download Telegram
Yaxshi UXga misol
29👍18😁3👎1
⚡️ Yangi video dars

Bu darsda Loveable orqali yaratilgan saytni o‘zimizning domenga ulaymiz va $25 pul tejaymiz. Qanday qilib? Loveable’da o‘zingizni domeningiz ulash uchun oyiga $25 to‘lashingiz kerak, biz render.com servisini ishlatib, bu chegarani aylanib o‘tamiz.

Startap qiladigan odam uchun xar bir tiyinni tejash muhim deb o‘ylayman, o‘zimni boshimdan o‘tkazganman.

▶️ Dars https://youtu.be/wWQBxiWQIKk

Darsim foydali bo‘lsa, video ostida komment va layk bosish esdan chiqmasin😉

-------

Oldingi darslarim:

Dars-1: Loveable AI instument orqali 30 daqiqda landing sayt yaratish https://youtu.be/Tm3o2hk29j0

Dars-2: Yaratilgan landingdan mijozlarni ma’lumotlarini jadvalga saqlash https://youtu.be/ztBw6gEGMdA

Dars-3: Landinda ariza qoldirilsa Telegramga xabar olish https://youtu.be/46YHqhC0m-g

———-

@farkhod_com
1👍238
MCP nima?

Bugun dasturchi bo‘lmagan lekin o‘zini startap loyihasi qilmoqchilar uchun MCP haqida ma’lumot beraman.

▶️ MCP nima? Yangi video darslik https://youtu.be/ancB7E5Kcvw

Qisqa qilib aytganda, MCP bu sun’iy intellekt bilan boshqa bir servis o‘rtasida ma’lumot almashuvi. Dasturchilarda API degan protokol bor, eshitgan bo‘lsangiz kerak, MCP ham shunga o‘xshash ma’lumotlar almashuv protokoli.

Hozirda ko‘pchilik kompaniyalar o‘zlarini MCP’larini chirqirayapti, sababi sun’iy intellekt ularni ilova, xizmatiga ulanib, foydalanuvchi qulaylik yaratish uchun.

Yana bir misol, Figma ham o‘zini MCP’sini taqdim etdi, bu degani, endi sun’iy intellekt MCP orqali Figma’dagi dizayn elementlarni hajmi, rangi, joylashuvi va shunga ma’lumotlarni olib, dizaynni yaxshi sifatda kodga aylantirib bera oladi.

Nasib bu haqida ham alohida video yozaman.

Darslarim sizga ma’qul bo‘lsa layk va Youtube video ostida komment qoldiring.

Rahmat!
👍134
Farkhod - AI PM
Loveable $100lik bepul bonus berishyapti. Shartlari bu yerda https://www.linkedin.com/posts/antonosika_tolovable-just-crossed-100m-arr-in-8-months-activity-7353786061354889216-KDwM
Menga Loveable $100 bonus promo kod berdi.

Buning uchun, ushbu jadvalni ham to‘ldirish kerak ekan https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfL9JstqbPRmCfQVh8utFQYAvkvp6mPeX4PIVpWAmn0S5NCWg/viewform

Kod kelgandan keyin, 400 credits/month paketini aktivlashtiring va uni bir oy davomida bepul ishlatish imkoni paydo bo‘ladi. Oy tugashidan oldin, kartangizni va obunadan o‘chirish esdan chiqmasin aks xolda $100 pul yechib oladi.

———-

@farkhod_com
9👍6
Obunachilarim soni 1000 dan oshdi. Postlarim, maqola va video darslarim sizlarga foydali bo‘layotganidan juda ham xursandman.

Obunachilarim soni oshishiga turtkilardan biri – video darsimni Jahongir Rahmonov kanalida joylashtirgani bo‘ldi. Jahongirga katta rahmat aytib qolaman.

Jahongirni ikkita kanali bor. Unda Germaniyada hayot, dasturlash bilimlari, FAANG‘dagi tajriba haqida bo‘lishib boradi – @jakhonrakhmonov va @JR_TwitGram
Obuna bo‘linglar, afsuslanmaysiz.

Mendan esa foydali kontentlar kutib qoling, video darslar chiqarishni davom etaman.

———

@farkhod_com
127👍9😁2
Kuni kecha ‘Rahmat’ servisi ozgina xiyla yo‘li bilan qo‘shimcha pul olishini sezib qoldim. 

‘Rahmat’ servisi bu restoran va kafelarda hisobni QR orqali to‘lash imkonini beradi. Hisobni to‘lash vaqtida, xizmat ko‘rsatgan kishiga ‘choy’ puli berish imkoni bor. ‘Rahmat’ ‘choy’ pulini meni o‘rnimga avtomatik 15%! tanlab qo‘yibdi. Shoshilib turgan vaqtimda bir nechta marta 15% ortiqcha pul to‘ladim.

UX dunyosida bu ‘DARK PATTERN’ deb nomlanadi. Nielsen Norman Groupni bu masala katta maqolasi bor https://www.nngroup.com/articles/deceptive-patterns/
O‘qish qiyin bo‘lsa, marhamat video https://youtu.be/2aZ8f-tRVIU

Kimga foyda va kimga zarar, keling o‘ylab ko‘raylik.

Albatta, biznes bu yerda pul ko'rinishda foyda ko‘ryapti lekin foydalanuvchini brend va servisga ishonchini suiiste’mol qilib. Ya’ni, keyingi safar ‘Rahmat’ni ko‘rsam, hisobni ikki marta tekshiraman, ehtiyot bo'laman. Agar ‘Rahmat’ dan boshqa servis bo‘lsa, ‘Rahmat’dan uzoqroq bo‘lishga harakat qilaman.

Yevropada ‘DARK PATTERN’ga qarshi qonun ham bor (67 punkt) https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2022/2065/oj/eng

Xulosa, agar brendni uzoq muddatga qurayotgan bo‘lsangiz, ‘DARK PATTERN’ ishlatmang. Bir marta mijoz ishonchini yo‘qotsangiz, uni tiklash qiyin bo‘ladi.

P.s. Sharhda xolat videosini yukladim.

——-

@farkhod_com
3👍22😁71👎1
O‘zbekistonning mahsulot menejerlari ro‘yxatida TheTech meni ham yoqlab o‘tibdi. 

https://the-tech.kz/10-product-menedzherov-iz-uzbekistana-o-kotoryh-stoit-znat/

Shunchaki fikrim - mediada qancha ko‘p ko‘rinish bo‘lsa, ish topish, qaysidir sohada ishingiz bitishi, talant viza olish, netvorking uchun yangi odamlarga yo‘l ochilar ekan.

Harakat qiling hayotingizning bu jabhasini ham olib borishga.

Kuningiz xayrli o‘tsin.

———-

@farkhod_com
2👍2114😁2
🚀 PM Switch: как перейти в продукт из любой сферы

Хотите сменить карьеру и перейти в Product Management, но не знаете, с чего начать? Приходите на митап — разберём реальные кейсы перехода из дизайна, маркетинга и разработки: какие навыки «переносятся», как собрать портфолио и чего ждать в первые 90 дней.

📌 Детали
📅 30 августа
11:00 - Начало
📍 Impact.t (4 этаж) – локация (https://t.me/impactthub/15)

🎯 Тема: «Переход в Product Management из других сфер и профессий»
🎙 Формат: панельная дискуссия
🧭 Модератор: Самира Латипова, основатель сообщества

👥 Спикеры:

Фарход Сайдуллаев — Product Manager @ Moneff, Founder @ 4Rize
Бэкграунд: продуктовый дизайн

Данис Рафиков — Fintech Product Manager @ Yandex Split
Бэкграунд: маркетинг

Нуруддин Иминохунов — Founder @ Global Move
Бэкграунд: разработка и управление проектами

🔗 Регистрация — бесплатно по ССЫЛКЕ.
‼️ Количество мест ограничено.
1👍128😁1
Sun’iy intellekt bilan bir nechta servislarni MVP qilib ko‘tardim. Tajribamdan kelib chiqib, ish bergan jarayonim bilan bo‘lishmoqchiman.

Misol tariqasida, landing veb sahifa yaratishimiz kerak deb tasavvur qilaylik. 

Jarayonim quyidagicha bo‘ladi:

1. ChatGPTga promt beraman

You are the best person to understand how to create a landing page that converts visitors into leads. You know how the market works, and you are an expert in writing SEO content. At the same time, the content should also convert visitors into real leads. Your additional skills are UI/UX design and content architecture. You know how to structure content on a landing page to achieve high conversion. I am going to create a one-page landing for an EDUCATION CENTRE, and I want you to be my advisor. Ask me any questions before giving advice. After all our conversations, I expect to receive a detailed PRD. Criticise my decisions and messages if needed. After that, you will be paid $100,000 USD.

2. Keyin menga ChatGPT savol beradi va ularni erinmasdan to‘ldirib chiqaman. 

3. Keyingi qadamda yana bitta prompt yuboraman:

Taking into account all our conversations, generate a PRD prompt for Loveable. Your prompt should include the content of the landing page as well. Don’t be lazy, generate a really detailed PRD prompt. If we haven’t discussed something before, ask me questions.

4. Ana endi tayyor promptni olaman-da va Loveable yediraman.

Mana shu jarayon hozirda menga yaxshi natija beryapti.

Bu misol faqat landing uchun edi. Agar ilova yaratmoqchi bo‘lsam, jarayon deyarli o‘sha - ChatGPTga rol beraman, texnologiya xaqida masalaxat qilaman, qayerda muammo bo‘lishi mumkin so‘rayman. Shunaqa savol javob bilan ancha boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘laman.

Sizda jarayon qanaqa?

-------

@farkhod_com
3👍196😁1
4Rize nima bo‘ldi?

Eslasangiz agar, 4Rize startapi ustidan ishlab yurgan edim. Yaqin kunlarda loyihani yopilishini e’lon qildik

15.09.2025, Dushanba kuni, soat 19:00da, Temur aka tashkil qilgan ovozli chatda quyidagi mavzularda gaplashamiz:

– 4Rize g‘oya qanday paydo bo‘lgan;
– Ishga tushishi va yopilishigacha bo‘lgan yo‘l;
– Muvaffaqiyatlar va qilingan xatolar.

Ovozli chatda, 4Rize loyihasi asoschisi sifatida men va meni Co-Founderim Gulnur bilan birga qatnashamiz.

Nasib, 4Rize haqida alohida portfolio keys yozaman, u yerda sonlar, ishlatilgan instrumentlar va startap qiluvchilar uchun maslahat bo‘ladi.

Qiziq bolsa, ovozli chatga qo‘shiling https://t.me/product_choyxona/1632

-------

@farkhod_com
2👍104😁1
Forwarded from Nodizayn
📣 Hiring Alert

Super Dispatch dizayn komandamizga ikki nafar Senior Product Designer qidirmoqdamiz.

Murakkab muammolarni chuqur tahlil qilib, foydalanuvchilar bilan tadqiqotlar olib borib, oddiy va intuitiv dizayn yechimlar ishlab chiqa oladigan, odamlarga nisbatan kuchli empatiyaga ega dizayner qidiryapmiz.

Dizaynerning har bir qarori odamlar ishini soddalashtirishi va biznes samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Yaxshi komanda bilan ishlash uchun zo’r imkoniyat.

Barcha talablar bilan havola orqali tanishish mumkin:

👉 Senior Product Designer

Repostlar uchun cheksiz minnatdorman!

@nodizayn #superdispatch #hiring
313
⚡️Yangi loyiha boshladim

Kafe yoki restoranda tanishlar bilan yig‘ilsangiz, hisobni adolatni bo‘lish kerak bo‘ladi. Vaqt sarflab, kim nima yedi, qaysi taom guruh uchun edi degan narsalarni o‘ylash kerak. Og‘riqli mavzu a?

Ishingizni yengil qilish uchun Telegram mini ilova yaratdim:

Ilova manzili ➡️ @plovsplitbot

Fikr va mulohazalaringni kutib qolaman. Oldindan rahmat!

P.S. Kod 100% sun’iy intellekt orqali yozilgan.
👍206
MVP’ni tezda chiqarish tajribasi haqida

Bilsangiz o‘tgan hafta @plovsplitbot telegram mini ilovasini ishlab chiqqanimni e’lon qildim.

30 kun ichida sun’iy intellekt bilan – dizayn, frontend, backend va devops qismini qildik. Keyin do‘stlar bilan QA qismini o‘tkazishga ham ulgurdim. Barcha ishlar asosiy ishdan tashqari va dam olish kunlarida qilingan. Agar asosiy ish bo‘lmasa, bir hafta vaqt yetarli bo‘lar edi.

Dizaynga e’tiboror bermadim. Asosiy maqsad – foydalanuvchi muammosini yechish ya’ni “core” muammoni hal qilish. Muammo og‘rig‘i kuchli bo‘lsa, sizning dizayningiz ikkilamchi masala, lekin UX emas! UI sal xafaroq bo‘lishi mumkin lekin UX juda muhim. E’tibor qildim, bir ikki loyihalar UX’ni yaxshi qilib, o‘zini bozorini topishyapti. 

Oldingi 4Rize loyihamizni, 7 oy deganda, foydalanuvchi ishlatish mumkin bo‘lgan xolga keltirgan edik. To‘g‘ri, sun’iy intellekt o‘sha vaqtlar uncha aqlli emas edi, aks xolda balkim tezlashgan bo‘lar edi.

Biz 4Rize’ni foydalanuvchi oldida uyalib qolmaslik uchun, uni ideal UI, haftalab QA test qilgan edik. 5 kishi ishladi to ommaga chiqarganimizcha. 

Rosti, sun’iy intellekt qo‘limdagi kishanlar olib tashladi, mahsulot yaratish uchun barcha imkoniyatlarni berdi. E’tibor qiling, men MVP haqida gapiryapman.

@plovsplitbot bu shunchaki mikro loyiha, ko‘ramiz qayerga olib keladi. Rejam, har 2 oyda yangi loyiga ishlab chiqarish.

Stay tuned.

P.S. Izohda, @plovsplitbot’ni githubga birinchi commit qilgan sanamni ko‘rish mumkin.
29👍4
Forwarded from p-AI-ziev24
Бизнинг UX/UI дизайнер Германияда яшаб ишлайди, у ўзига ёрдамчи олмоқчи. Ўсиш учун зур имконият.

Junior Product Designer
📍 Hybrid — Tashkent

Numeo AI is looking for a motivated Junior Product Designer to join our growing team. This is a unique opportunity to be part of an early-stage AI startup where your work will have a direct impact on the product and our users.

What you’ll do
- Communicate with customers to gather insights and feedback.
- Design clean, well-researched, and user-friendly interfaces.
- Collaborate closely with designers, developers, and founders.
- Make design decisions driven by data and user insights.
- Suggest and test new ideas to improve the product.
- Contribute to and enhance our design system.

Requirements
- 1–3 years of experience in Product or UX/UI Design.
- Strong communication skills in English and Uzbek.
- Experience working in a fast-changing environment (startup experience is a plus).
- Adaptability to handle multiple tasks simultaneously.

What we offer
- Competitive salary: $500–$800 (after trial period).
- 2-week free trial period to get to know each other before transitioning to a full-time contract.
- Hands-on experience building an AI startup from the ground up.
- A chance to make a real difference in a small, ambitious team.
- Strong opportunities for professional and technical growth.

📧 To apply, please send your CV and portfolio to abdufattokhmalikov@gmail.com

@paiziev24
6😁6👍2
EPAM tashkil qilgan e-Kids Scratch kursida o'glim o‘qishni boshladi. 

Kursni EPAM dasturchilari, haftada bir marta o‘zlarini ofisida o‘tishadi. Juda zo‘r tashkil qilingan.

Nima qilishdi nima qo‘yishdi bilmayman lekin 2 kundan beri o‘g‘lim Scratch’da ishlab yotibdi, ko‘ramiz qayerga olib keladi. G‘oyalarimni qilish uchun dasturchi katta qilyapman =)

Kurs haqida ma’lumot https://learn.epam.com/catalog/detailsPage?id=a9e422c5-1c05-409b-9b97-5af094547519&source=PROGRAM

Keyingi kurs yanagi yil Yanvarda ochilsa kerak.

———-

@farkhod_com
😁1812👍12