Farkhod - AI PM
2.42K subscribers
249 photos
21 videos
1 file
166 links
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Download Telegram
⚡️ Yangi video dars!

Startap qilyapsiz, albatta saytingizni qurasiz. Saytda esa bo‘lajak mijozlarni ma’lumotini yig‘ish kerak.

Yaxshi, Lovable bilan landing sayt qurdik, keling endi arizalarni ya’ni lidlari jadvalga avtomatik yig‘aylik. Bugungi video dars shu haqida.

▶️ Darsni ko'rish: https://youtu.be/ztBw6gEGMdA

Oldingi darslar:

Vayb koding nima?

30 daqiqada AI bilan landing sayt yaratish

———-

@farkhod_com
1👍196
Antropic (Claude) jamoasi o‘zlari qanday qilib sun’iy intellektni ishlatishi haqida PDF qo‘llanma chiqarishdi.

Unda, dasturchi, mahsulot jamoa, dizayn, xavfsizlik, growth marketing va qolganlar sun’iy intellektni jarayonlarga qay darajada integratsiya qilinganlar haqida yaxshi yozilgan.

Keling Antropic’ni mahsulot dizayn jamoasini ko‘ramiz. Tarjimani ChatGPT qilgan.

-------

Claude Code mahsulot dizayni uchun

Mahsulot dizayn jamoasi Claude Code, Claude.ai va Anthropic API ustida ishlaydi va sun’iy intellekt mahsulotlarini yaratishga ixtisoslashgan. Hatto dasturchi bo‘lmaganlar ham Claude Code’dan foydalanib, dizayn va muhandislik o‘rtasidagi an’anaviy tafovutni bartaraf eta olishadi — bu ularga o‘z dizayn g‘oyasini bevosita amalga oshirish imkonini beradi.

Asosiy qo‘llanilish holatlari:

· Oldingi interfeysni sozlash va holat boshqaruvi: Dizayndagi shriftlar, ranglar va bo‘shliqlar kabi vizual o‘zgarishlarni hujjatlashtirish va muhandislar bilan bir necha bosqichli muhokama qilish o‘rniga, dizaynerlar bu o‘zgarishlarni Claude Code orqali bevosita amalga oshirishadi. Muhandislar, dizaynerlar odatda qilmaydigan murakkab holat boshqaruvi o‘zgarishlarini ham bajarayotganini qayd etishgan.

· GitHub Actions orqali avtomatik chiptalar yaratish: Claude Code orqali oddiygina kerakli o‘zgarishlarni ta’riflab, muammolar haqida xabar beriladi va Claude avtomatik tarzda kod takliflarini beradi.

· Tezkor interaktiv prototiplash: Figma’dagi maket rasmlari Claude Code’ga joylashtiriladi va u to‘liq ishlaydigan prototiplarni yaratadi. Bu muhandislar uchun tushunarli va kodga aylantirishga tayyor bo‘ladi.

· Chekka holatlar va tizim arxitekturasi tahlili: Claude Code yordamida xatolik holatlari va tizim holatlari xaritasi tuziladi. Bu dizayn bosqichidayoq muammolarni aniqlashga yordam beradi.

· Matn o‘zgarishlari va yuridik muvofiqlik: Masalan, “tadqiqot versiyasi” kabi xabarlarni kod bazasidan olib tashlashda Claude barcha joylarni topadi, matnlarni tekshiradi, yuridik jamoa bilan muvofiqlashtirib o‘zgartirishlarni amalga oshiradi — bu ilgari bir haftalik ish bo‘lgan jarayonni 2 ta 30 daqiqalik qo‘ng‘iroqqa qisqartiradi.

Ta’siri:
· Claude Code — dizayn ish jarayonining asosiy vositasiga aylangan.

· Vizual o‘zgarishlar endi muhandislar bilan ortiqcha kelishuvlarsiz amalga oshirilmoqda.

· Bir haftalik loyiha endi bir necha soatda tugatilmoqda.

· Dasturchilar tezroq ishlaydi, dizaynerlar esa o‘zlarini “dasturchidek” his qilishmoqda.

· Dizaynerlar tizim cheklovlarini tushunganlari uchun muhandislar bilan aloqa yaxshilandi.

Maslahatlar:
· Dastlab Claude Code bilan ishlash uchun muhandislar yordamida sozlash ishlarini bajaring.

· Claude uchun maxsus eslatmalar faylini yarating (masalan, siz dizaynersiz, batafsil tushuntirish va kichik o‘zgarishlarni xohlaysiz).

· Figma’dagi rasmlarni Claude Code’ga Command+V bilan joylashtiring — bu interaktiv prototiplar yaratishda juda foydali.

-------

⬇️ Qo'llanma to'liq versiyasi kommentda.

P.s. Bilasizmi yoqmi, hamyurtimiz Nodir To‘raqulov Antropic’da ishlaydi va bu qo‘llanmani Nodirni kanalida ko‘rib qoldim.

-------

@farkhod_com
👍91
Hayp videolar

Sun’iy intellekt orqali yaratilgan serial va Instagram profillarga ko‘zingiz tushyaptimi? 

Hammasiga Google Veo3 aybdor. Oldinlari 3D videolar oylar davomida qilingan ishni sun’iy intellekt 1 kunda qilib tashlash imkoni paydo bo‘ldi.

O‘rganing, kreativ qiling, bu yangi yo‘nalishga pul ishlash imkoni ko‘rinib turibdi. 

Qanday bunaqa videolarnini yaratish bo‘yicha darslar ham ko‘payib qoldi:

🇷🇺 Rus tilda dars https://youtu.be/SHjnb-JtKvw?si=sIm_Stk9-WNr_X-6

🇬🇧 Ingliz tilda https://youtu.be/vyqf1n86UfQ?si=sIyLq1p7PyUHFrgj

———

@farkhod_com
1👍17😁61
⚡️ Yangi video dars tayyor!

Bu safar landing sahifadagi formani Telegram bilan uladim, shunda lidlar tushgan zahoti sizga xabarnoma keladi.

▶️ https://youtu.be/46YHqhC0m-g

Fikringiz kerak, shunaqa videolarni davom ettiraymi?

-------

@farkhod_com
1👍287
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3 haftadan beri hech qanaqa post va video darslar yoq. Nega?

Assalomu alaykum!

O‘tgan oy Londonda xizmat safarida bo‘ldik. U yerda Moneff’ni yangi mahsulotini katta sahnada taqdim etish nasib qildi. 

Keyingi xabarda to‘liqroq ma’lumot beraman.

Kuningiz xayrli o‘tsin.

-------

@farkhod_com
22👍13
Kechagi post davomi

Moneff orqali endi Buyuk Britaniya va Yevropada istiqomat qiluvchilar, O‘zbekistonning Uzcard va Humo kartalariga pullarini eng yaxshi kurs bo‘yicha o‘tkazishi mumkin. Loyihani sayti https://ez.moneff.com

Eslasangiz agar, oldin post qilgan edim intervyu uchun odamlar kerak deb. Meni ishim – ma’lum guruh(segment) odamlar bilan bilan intervyu qilib, ularni muammo va yechimlari haqida gaplashish. Meni guruhim – Upwrokda va chet el bilan ishlaydiganlar O‘zbekistonlik frilanserlar edi. Taxminan 10 kishi bilan intervyu qildim, tushundikki u yerda Payoneer bor va ulardan yaxshi narx taklif qila olmas ekanmiz. Lekin katta miqdorda pul yechilsa, biz orqali arzon bo‘ladi.

Shunday qilib, boshqa guruhlar o‘rganilib, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar bozorida yangi o‘yinchi paydo bo‘ldi - Moneff.

Bu loyihada mahsulot menejeri bo‘lib ishlab kelmoqdaman. Yangi bilimlar, tajriba va yangi netvorking juda yuqorida darajada.

Xulosa:

- O‘zbekiston fuqarolari ham Moneff’da hisob raqam ochish imkoni bor. Sizga GBP, EUR, USD, DKK, NOK xisob raqamlar beriladi. Oylik va yillik xizmat haqi yoq. Xohlasangiz SWIFT, xohlasangiz SEPA yoki FasterPayment to‘lov kanallari orqali pullarni qabul qiling.

- Chet eldagi ish beruvchingizdan Moneff’ga pul qabul qilib olib, uni O‘zbekistonga o‘tkazish imkoni ochildi.

- Kursimiz bozorda eng yaxshilardan. Niyat qilaman buni ancha vaqt ushlab turamiz,

- Landing sahifamizni Loveable’da qilganman. Jamoamga rahmat, yangi g‘oya va takliflarga ochiqligi uchun. Video darslarim esingizdami?

Nimalar kutilmoqda:

- Nafaqat so‘m, balkim USD (AQSH dollari) o‘tkazishlarni yo‘lga qo‘yish.

- Hozircha ayirboshlash kursni ro‘yxatdan keyin o‘tgandan ko‘ra olasiz. Keyingi hafta landinga kalkulyator paydo bo‘ladi.

- Ilovamizni kamchiliklari yoq emas, agar ishlatsangiz tajribangizni ayting, yaxshilashga yordam qilasiz.

Ha aytgancha, 10 daqiqalik Londonda taqdimot qilgan videomiz ham bor https://youtu.be/FQpBaUn_nmY

———-

@farkhod_com
2👍151
Tarbiyamiz qadam qo‘yishiga chegara qo‘yadimi?

Qiziq bir kuzatuvim bilan bo‘lishmoqchiman. 

Bilasiz Moneff’da ishlayman. Moneff’da o‘ndan ortiq millat egalari ishlaydi. Men uchun bu haqiqiy ko‘p millatli muhit. Har xil madaniyat, tarbiya va odatlar ko‘raman.

Endi kuzatuvim. 

O‘zbek madaniyatida, kattalar gapirganda yosh bolalar jim turadi. Bolani gapirishga deyarli haqqi yoq. Yosh bola gapirib qolsa, kattalarni gapiga suqilma deyiladi. Bu narsa yoshlikdan miyamizga quyilib keladi. Balkim qaysidir oilalar bundan istisnodir lekin aksariyatda shu holat deb o‘ylayman.

Endi, Moneff’da katta yig‘ilishda o‘tiribmiz. Rahbariyat nimalarnidir gapiryapti. Hamkasbim rahbariyat gaplarini eshitdi-da, siz aytganiday emas, bunaqa qilsak yaxshi bo‘ladi dedi. Rahbariyatga fikr yoqdi. Bo‘ldi bu voqea o‘tdi ketdi. Yana qanaqadir fikr almashuv yig‘ilish bo‘ldi. Mikrofonda rahbariyat, yana bir boshqa millat hamkasbim, o‘zining qarshi fikrini rahbariyatga ochiq aytdi.

Mening ham ichimda shu fikr bor edi lekin men rahbariyatga buni hammani oldida ayta olishga ahd qilishim qiyin edi. Bizga tarbiya berilgan, kattalarni gapi noto‘g‘ri bo‘lsa ham, mahmadonalik qilma deb.

O‘ylovga tushdim... Balkim, shuning uchun boshqa millat vakillari ko‘proq yutuqqa erishyapti. Ya’ni o‘zini fikrini tortinmasdan ayta olishi, yoshni umuman inobatga olmaydi, andisha yo‘q, o‘zini rahbariyat va qolganlar bilan teng huquqli sezadi. 

Shunchaki o‘zim bilan o‘zim gaplashgan fikrimni siz bilan bo‘lishyapman. 

Siz nima deb o‘ylaysiz?

———

@farkhod_com
👍30😁65👎1
Korzinka ancha ishlarida AI ishlatar ekan.

Shanba kuni ’Product Community’ tashkil qilgan ’AI day’ tadbirida tinglovchi sifatida qatnashdim. 

Menga qiziq bo‘lgan ma’lumotlar:

- KorzinkaGo ilovasida, mahsulotlarning fotosuratlari to‘g‘rilash, ularni yana ham jozibador qilish uchun AI instrumentlar ishlatishar ekan. 10000’dan ortiq mahsulot bor, fotostudiya ochib, ularni ideal suratga tushirish xarajat va vaqt, AI esa tez va arzon. 

- Undan tashqari KorzinkaGo‘da reklamalar materiallar ham AI orqali yaratilar ekan.

- Uzum mahsulot menejeri AI orqali ‘voronka’ (funnel) tahlil qiluvchi veb ilova yaratgan. G‘oya juda yoqdi! Men ham Moneff’da shunaqa yaratib ko‘raman.

👀 Spikerlarning prezentatsiyalari

-------

@farkhod_com
1👍209😁1
Yaxshi UXga misol
29👍18😁3👎1
⚡️ Yangi video dars

Bu darsda Loveable orqali yaratilgan saytni o‘zimizning domenga ulaymiz va $25 pul tejaymiz. Qanday qilib? Loveable’da o‘zingizni domeningiz ulash uchun oyiga $25 to‘lashingiz kerak, biz render.com servisini ishlatib, bu chegarani aylanib o‘tamiz.

Startap qiladigan odam uchun xar bir tiyinni tejash muhim deb o‘ylayman, o‘zimni boshimdan o‘tkazganman.

▶️ Dars https://youtu.be/wWQBxiWQIKk

Darsim foydali bo‘lsa, video ostida komment va layk bosish esdan chiqmasin😉

-------

Oldingi darslarim:

Dars-1: Loveable AI instument orqali 30 daqiqda landing sayt yaratish https://youtu.be/Tm3o2hk29j0

Dars-2: Yaratilgan landingdan mijozlarni ma’lumotlarini jadvalga saqlash https://youtu.be/ztBw6gEGMdA

Dars-3: Landinda ariza qoldirilsa Telegramga xabar olish https://youtu.be/46YHqhC0m-g

———-

@farkhod_com
1👍238
MCP nima?

Bugun dasturchi bo‘lmagan lekin o‘zini startap loyihasi qilmoqchilar uchun MCP haqida ma’lumot beraman.

▶️ MCP nima? Yangi video darslik https://youtu.be/ancB7E5Kcvw

Qisqa qilib aytganda, MCP bu sun’iy intellekt bilan boshqa bir servis o‘rtasida ma’lumot almashuvi. Dasturchilarda API degan protokol bor, eshitgan bo‘lsangiz kerak, MCP ham shunga o‘xshash ma’lumotlar almashuv protokoli.

Hozirda ko‘pchilik kompaniyalar o‘zlarini MCP’larini chirqirayapti, sababi sun’iy intellekt ularni ilova, xizmatiga ulanib, foydalanuvchi qulaylik yaratish uchun.

Yana bir misol, Figma ham o‘zini MCP’sini taqdim etdi, bu degani, endi sun’iy intellekt MCP orqali Figma’dagi dizayn elementlarni hajmi, rangi, joylashuvi va shunga ma’lumotlarni olib, dizaynni yaxshi sifatda kodga aylantirib bera oladi.

Nasib bu haqida ham alohida video yozaman.

Darslarim sizga ma’qul bo‘lsa layk va Youtube video ostida komment qoldiring.

Rahmat!
👍134
Farkhod - AI PM
Loveable $100lik bepul bonus berishyapti. Shartlari bu yerda https://www.linkedin.com/posts/antonosika_tolovable-just-crossed-100m-arr-in-8-months-activity-7353786061354889216-KDwM
Menga Loveable $100 bonus promo kod berdi.

Buning uchun, ushbu jadvalni ham to‘ldirish kerak ekan https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfL9JstqbPRmCfQVh8utFQYAvkvp6mPeX4PIVpWAmn0S5NCWg/viewform

Kod kelgandan keyin, 400 credits/month paketini aktivlashtiring va uni bir oy davomida bepul ishlatish imkoni paydo bo‘ladi. Oy tugashidan oldin, kartangizni va obunadan o‘chirish esdan chiqmasin aks xolda $100 pul yechib oladi.

———-

@farkhod_com
9👍6