Farkhod - AI PM
2.43K subscribers
249 photos
21 videos
1 file
166 links
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Download Telegram
Yakshanba sayohati

Sayohatga Rossiya, Belorussiya va Fransiyada fuqarolari bilan chiqib qoldik va ulardan eshitganlarim:

- O‘zbek tilini hurmat qilinishi va hamma narsani mahalliy tilda bo‘lishi hurmatga sazovor dedi. Misol tariqasi Belorus tilini keltirdi, u tilda deyarli hech kim gaplashmasligi aytdi.

- Tog‘larga sayohat chiqish uchun O’zbekistonda potensial yuqori lekin mahalliy xalq deyarli kam chiqishi haqida aytishdi.

Ha aytgancha, aksariyat vaqt sayohatga https://t.me/MysteriousUZB bilan chiqaman

———

@farkhod_com
1👍2214
​​4Rize’dan kimdir barcha ma’lumotni yuklab olyapti. Bir kunda sahifalarni ko‘rish soni 2000% oshdi. Bot deb o‘ylayman, sababi Yandex Metrika foydalanuvchi haqida ma’lumotlarni ushlay olmayapti. Backend’ni vaqtincha o‘chirib qo‘ydim.

Bunday olib qarasa, yuklab olaversin, skrinshotlarda logo turibdi lekin baribir bunaqa botlar ishlashini oldini olishimiz kerak.

Biror maslahat bera olasizlarmi?
👍21
Qanday qilib cheklarni foydalanuvchilarning o‘zi ilovangizni targ‘ib qiladigan vositaga aylantirish mumkin

Visa Gold yoki Mastercard Premium kartalarini ko‘rganmisiz?
Ularni chiqarishingiz bilan odamda o‘zini “maxsus” his qiladigan tuyg‘u paydo bo‘ladi.

Bugungi kunda ko‘plab fintech ilovalar PREMIUM obunalarni taklif qilmoqda.

Lekin muammo shundaki: foydalanuvchi obunani sotib oladi, ammo hech kim bu haqida bilmaydi. Hammani hayratda qanday qoldiramiz?

Maslahat:
O‘zbekistonda P2P pul o‘tkazmalari (kartadan kartaga) juda keng tarqalgan.

Odamlar pul o‘tkazgach, ko‘pincha skrinshot yoki PDF chekni ulashadi yoki screenshot.

Unda nega aynan shu chekni status ko‘rsatadigan vositaga aylantirmaslik kerak?

- Obuna bormi? Chekni oltin rangda qiling.
- Cashback olindimi? Summani chekda ko‘rsating.
- Qabul qiluvchi ko‘rsin: yuboruvchi premium foydalanuvchi.

Bu oddiy lekin samarali usul - foydalanuvchini hayratda qoldirish, jalb qilish va yangilarini o‘ziga tortish uchun.

#fintech

-------

@farkhod_com
👍357
Xatolikni AI bilan to‘g‘rilashim haqida

Kecha, Elzodxon, portfolio saytimda (www.farkhod.com) xatolik haqida aytdib qoldi. 

1 yil oldin nima qilgan bo‘lar edim:
- Google orqali yechim topishga xarakat qilar edim. Taxminann 1 soat.
- O‘xshamasa, Fl.ru buyurtma yaratib, frilanser topar edim. Bunga 5-6 soat vaqt va kamida 100ming so‘m pul.

Hozir:
Men: ChatGPTjon, shunaqa muammo, nima qilamiz? 
GPT: Mana senga 3 ta yechim, xohlaganingni tanla
Men: Xatolik jiddiymi?
GPT: Umuman jiddiy emas.
Men: Rahmat 

Rahmat ham deb qo‘yaman, mabodo robotlar tirilib kelsa, bu rahmat degan, yaxshi bola deb aytishi uchun :)

Muammo hal qilishga 10 daqiqa vaqt sarfladim. 

AI odamlarni ishini oladimi? Ha! Oladi va olyapti. Siz AIni ishlashni o‘rganing.

Kuningiz xayrli o‘tsin va Elzodxonga rahmat!

———

@farkhod_com
5👍239😁6
Figma yangiliklarini ko‘rdingizmi?

Figma Site.
Endi chizgan veb sahifa dizayni buyurtmachiga tayyor sayt sifatida topshirsangiz bo‘ladi. Tushunishimcha tagida Antropic’ni Clode sun’iy intellekt modeli turibdi. Agar sizda dizayn tizim bo‘lsa, sayt yaratilganda unu ham inobatga olar ekan.

Tushunishimcha yana Figma Site CMS qismi ham bor. U keyinroq ommaga chiqadi. Bu dizaynni kodga aylantirdingiz, keyin buyurtmachingiz adminka orqali ma’lumotlarni o‘zi boshqaradi.
Webflow, Framer, Wix va hammasini tagiga suv quydi lekin. Ko‘ramiz ishda qanaqa bo‘ladi.

Figma Buzz.
Marketolog-u grafik dizaynerlar uchun. Eslayman, Moneff’da reklama kompaniya ketayotgan vaqt, tez-tez bannerlarni matnini o‘zgartirish, brend stil bilan yangi banner chizish kerak edi. Tushunishimcha endi bu narsalarni dizaynni bilmagan marketologni o‘zi qiladi oladi. Figma keltirgan misollarda, bitta beydjik dizayn chizildi. Ko‘ramiz keyinroq, nima jonivor ekan.

Figma Make.
Bu promt orqali dizayn chizish va ishlarni tezlashtirish\avtomatlash. Videolardan kelib chiqsak, nafaqat SI orqali dizayn chizish, balki qatlam(layer)larni nomini o‘zgartirish, dizayn uchun figma prototip qilib berish kabi narsalarni Figma make orqali qilsa bo‘ladi deyilgan.

Figma Draw.
Rassomlar va illyustratorlar uchun yechim. Figma sekin Adobe’ga o‘xshagan monstrga aylanmoqda. Tushunishimcha Illustrator'ni ozginagina bozorini olmoqchi.
4 yillar oldin kompaniyamizga grafik dizayner keldi. Bizga faqat raqamli platformalar uchun grafik dizayn kerak bo‘lgani uchun uni Adobe'dan Figma'ga o‘tkazdim. Hozircha minnatdor.

▶️ Figma rasmiy videosi https://www.youtube.com/watch?v=NHodnYFUT_I

-------

@farkhod_com
👍151
⚡️ Youtube video montajer qidirilmoqda

Assalomu alaykum!
Youtube kanalim uchun video darslik, fikrlarim va shunga o‘xshagan videolar tayyorlamoqchiman. 

Videolarimni montaj qilib beradigan biron kishi kerak. 

Videolarni Canon R8da 4K CLOG qilib tushirish reja.

Nima qilish kerak:
- Video fayllar taqdim etaman. Kerak emas joylarini kesish, rang berish va ovozni to‘g‘rilash kabi ishlar; 
- Videoda joylar, ilova va shunga o‘xshagan narsalarni aytib o‘tganimda uni ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Agar siz yoki biron tanishingiz video montaj ustasi bo‘lsa, menga @iamfarkhad aloqaga chiqing.

Iltimos, faqat 'Assalomu alaykum' deb yozib qo‘ymang. Ismingiz va qilgan ishingizni yuborsangiz, hammani vaqtini tejagan bo‘lar edingiz. 

Xizmat narxini kelishib olamiz.

Rahmat!

---------

@farkhod_com
👍143
Mahsulot menejer xatolari

Growth.Design hech to‘xtamaydi yaxshi ma’lumotlar bilan bo‘lishishga.

Bu safar Mahsulot Menejerlar xatolari haqida interaktiv slaydlar chiqarishgan. 

Nafaqat Mahsulot Menejerlari balkim hamma ko‘rishi kerak.

Misol uchun, sizga vazifa kelsa birdaniga uni bajarishga o‘tasizmi? Tabriklayman qopqonga tushdingiz. Shunga o‘xshagan xatoliklar haqida bu slaydlar

▶️ https://growth.design/case-studies/product-team-pitfalls

-------

@farkhod_com
15👍7
Youtubega qaytdim

Katta tanaffusdan keyin, Youtube’ga qaytishni reja qildim. 

Hozirgi kunda, sun’iy intellekt beradigan imkoniyatlarga juda qiziqqanman va tayyorlangan video ’Vayb koding‘ ya'ni sun'iy intellekt orqali kod yozish haqida.

Videoda shaxsiy fikrimdan tashqari, soha mutaxassislari Murod Parmonov, Elzodxon Sharofaddinov, Saidolim Djurayev va Ilhom Maqsadqulov fikrlari ham tinglasangiz bo‘ladi.

▶️ Video https://youtu.be/p7fZI8VIsuM

Kuningiz xayrli o‘tsin.

-------

@farkhod_com
1👍3111
AI kurs oldim $500ga

Bayram Annakov degan texnologik tadbirkor bor. Bir nechta startap qilib, millionlarga sotgan.

Bayramni fikricha, hozir startapni MVP holatga keltirish uchun, dasturchi kerak emas, ozroq texnik bilim yetadi, barchasi AI bilan qilsa bo‘ladi degan fikrni oldinga suryapdi.

Rosti, fikriga qo‘shilaman, ko‘ryapman AI nimaga qodir. Uni ustiga Antropic Clude 4 Opus’ni ham taqdim etdi, yana ham aqlli, yana ham tez.

Bayram AI Founder kurs e'lon qildi. Kurs – qanday qilib bir kishi, loyihani MVP holatga olib kelib, investorlarga ko‘rsatib pul olish yoki bozorini topish haqida.

Ko‘ramiz qanaqa yangi bilim olaman.

Olgan bilimlarimni silar bilan bo‘lishib boraman. 

———-

@farkhod_com
2👍30
30 daqiqada landing yaratish

Sun’iy intellekt haqida video darsliklar seriyamni davom etyapman.

Bu safar, Lovable.dev orqali 30 daqiqada o‘quv markaz landing sahifasini yaratamiz.

Video yoqqa bo‘lsa do‘stlaringiz bilan bo‘lishishni esdan chiqvormang.

▶️ https://youtu.be/Tm3o2hk29j0

-------

@farkhod_com
1👍3110👎1
Uzbek Icons

Airbnb ikonkalari trendga chiqyapti. Shu uslubda O‘zbekiston mavzusida ikonkalar yaratdim.

Oldinlari, bunaqa ikonkalarni yaratish uchun kamida bir hafta kerak bo‘lar edi, endi ChatGPT'da promptlar bilan 1 soatda tayyorlash imkoni bor.

Ikonkalarni Figma Community’ga joyladim, orqa foni yo‘q variantini ham yuklab olsangiz bo‘ladi.

⬇️ Yuklab olish https://www.figma.com/community/file/1511308743489851081

————

@fakrhod_com
37👍22😁2
⚡️ Yangi video dars!

Startap qilyapsiz, albatta saytingizni qurasiz. Saytda esa bo‘lajak mijozlarni ma’lumotini yig‘ish kerak.

Yaxshi, Lovable bilan landing sayt qurdik, keling endi arizalarni ya’ni lidlari jadvalga avtomatik yig‘aylik. Bugungi video dars shu haqida.

▶️ Darsni ko'rish: https://youtu.be/ztBw6gEGMdA

Oldingi darslar:

Vayb koding nima?

30 daqiqada AI bilan landing sayt yaratish

———-

@farkhod_com
1👍196
Antropic (Claude) jamoasi o‘zlari qanday qilib sun’iy intellektni ishlatishi haqida PDF qo‘llanma chiqarishdi.

Unda, dasturchi, mahsulot jamoa, dizayn, xavfsizlik, growth marketing va qolganlar sun’iy intellektni jarayonlarga qay darajada integratsiya qilinganlar haqida yaxshi yozilgan.

Keling Antropic’ni mahsulot dizayn jamoasini ko‘ramiz. Tarjimani ChatGPT qilgan.

-------

Claude Code mahsulot dizayni uchun

Mahsulot dizayn jamoasi Claude Code, Claude.ai va Anthropic API ustida ishlaydi va sun’iy intellekt mahsulotlarini yaratishga ixtisoslashgan. Hatto dasturchi bo‘lmaganlar ham Claude Code’dan foydalanib, dizayn va muhandislik o‘rtasidagi an’anaviy tafovutni bartaraf eta olishadi — bu ularga o‘z dizayn g‘oyasini bevosita amalga oshirish imkonini beradi.

Asosiy qo‘llanilish holatlari:

· Oldingi interfeysni sozlash va holat boshqaruvi: Dizayndagi shriftlar, ranglar va bo‘shliqlar kabi vizual o‘zgarishlarni hujjatlashtirish va muhandislar bilan bir necha bosqichli muhokama qilish o‘rniga, dizaynerlar bu o‘zgarishlarni Claude Code orqali bevosita amalga oshirishadi. Muhandislar, dizaynerlar odatda qilmaydigan murakkab holat boshqaruvi o‘zgarishlarini ham bajarayotganini qayd etishgan.

· GitHub Actions orqali avtomatik chiptalar yaratish: Claude Code orqali oddiygina kerakli o‘zgarishlarni ta’riflab, muammolar haqida xabar beriladi va Claude avtomatik tarzda kod takliflarini beradi.

· Tezkor interaktiv prototiplash: Figma’dagi maket rasmlari Claude Code’ga joylashtiriladi va u to‘liq ishlaydigan prototiplarni yaratadi. Bu muhandislar uchun tushunarli va kodga aylantirishga tayyor bo‘ladi.

· Chekka holatlar va tizim arxitekturasi tahlili: Claude Code yordamida xatolik holatlari va tizim holatlari xaritasi tuziladi. Bu dizayn bosqichidayoq muammolarni aniqlashga yordam beradi.

· Matn o‘zgarishlari va yuridik muvofiqlik: Masalan, “tadqiqot versiyasi” kabi xabarlarni kod bazasidan olib tashlashda Claude barcha joylarni topadi, matnlarni tekshiradi, yuridik jamoa bilan muvofiqlashtirib o‘zgartirishlarni amalga oshiradi — bu ilgari bir haftalik ish bo‘lgan jarayonni 2 ta 30 daqiqalik qo‘ng‘iroqqa qisqartiradi.

Ta’siri:
· Claude Code — dizayn ish jarayonining asosiy vositasiga aylangan.

· Vizual o‘zgarishlar endi muhandislar bilan ortiqcha kelishuvlarsiz amalga oshirilmoqda.

· Bir haftalik loyiha endi bir necha soatda tugatilmoqda.

· Dasturchilar tezroq ishlaydi, dizaynerlar esa o‘zlarini “dasturchidek” his qilishmoqda.

· Dizaynerlar tizim cheklovlarini tushunganlari uchun muhandislar bilan aloqa yaxshilandi.

Maslahatlar:
· Dastlab Claude Code bilan ishlash uchun muhandislar yordamida sozlash ishlarini bajaring.

· Claude uchun maxsus eslatmalar faylini yarating (masalan, siz dizaynersiz, batafsil tushuntirish va kichik o‘zgarishlarni xohlaysiz).

· Figma’dagi rasmlarni Claude Code’ga Command+V bilan joylashtiring — bu interaktiv prototiplar yaratishda juda foydali.

-------

⬇️ Qo'llanma to'liq versiyasi kommentda.

P.s. Bilasizmi yoqmi, hamyurtimiz Nodir To‘raqulov Antropic’da ishlaydi va bu qo‘llanmani Nodirni kanalida ko‘rib qoldim.

-------

@farkhod_com
👍91
Hayp videolar

Sun’iy intellekt orqali yaratilgan serial va Instagram profillarga ko‘zingiz tushyaptimi? 

Hammasiga Google Veo3 aybdor. Oldinlari 3D videolar oylar davomida qilingan ishni sun’iy intellekt 1 kunda qilib tashlash imkoni paydo bo‘ldi.

O‘rganing, kreativ qiling, bu yangi yo‘nalishga pul ishlash imkoni ko‘rinib turibdi. 

Qanday bunaqa videolarnini yaratish bo‘yicha darslar ham ko‘payib qoldi:

🇷🇺 Rus tilda dars https://youtu.be/SHjnb-JtKvw?si=sIm_Stk9-WNr_X-6

🇬🇧 Ingliz tilda https://youtu.be/vyqf1n86UfQ?si=sIyLq1p7PyUHFrgj

———

@farkhod_com
1👍17😁61