Farkhod - AI PM
2.43K subscribers
249 photos
21 videos
1 file
166 links
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
Download Telegram
Suratga tushirishni juda yoqtiraman. Suratlarga rang berib, uni chiroyli holatga keltirsam dofamin ajraladi. Buni men mikroyutiq deb atayman.

Yuqoridagi suratlarda, Termiz shahrida joylardan Sulton Saodat Maqbarasi.

Barcha suratlarni katta hajmda Unsplash profilimda topish mumkin https://unsplash.com/@farkhod

Aytgancha, WIkipedia’da ham o‘zimni suratimni Sulton Saodat sahifasiga qo‘shib qo‘ydim. Bu birinchi tajribam

-------

@farkhod_com
26👍8
🇺🇿 Yosh bolalarga arzon dofamin

Maktab yoshida 2 ta farzandim bor, biri 6-sinf va ikkinchisi 2-sinf. Ular TikTok, Instagram, Youtube Shorts, Roblox, Minecraft va boshqa arzon dofamindan to‘liq yoki qisman chegaralangan. Ota sifatida o‘zimning tajribam bilan bo‘lishmoqchiman.

🇷🇺 Пост на русском языке

Arzon dofamin nima o‘zi u?

Instagram-u TikTokdan yoki Telegramdan video ko‘rib zavqlanasizmi? Bu o‘sha, organizm tomondan ajratilgan dofamin garmoni. Dofaminni boshqa yo‘l bilan ham olish mumkin:

- Sportda g‘olib bo‘lish;

- Maktabda yaxshi baho olganda, o‘qituvchi maqtovi;

- Qilgan ishingizni odamlar yaxshi deb tan olishi;

- Maqola yozib yaxshi sharhlar olsangiz;

- Shunchaki uy ishlarini qilib bo‘lganda.

Yuqorida aytilgan ishlar yaxshigina kuch va vaqt talab qiladi. Miyamiz esa biladi, shunchaki cho‘ntakdan telefonni chiqarib 10 soniyada dofamin olish mumkin. Ritorik savol - qaysi biri yengil? Shu tariqada dofamin tuzog‘iga osongina tushib qolish mumkin.

Farzandlarim Youtube yoki Roblox o‘yini o‘ynash faqat shanba kun va uy ishlarini qilishadi va o‘zlarini kitobidan parcha o‘qib gapirib berganidan keyin beriladi. Bo‘ldi! Hafta davomida hech qanaqa arzon dofamin yoq. Televizorda multfilm yoki kino ko‘rishi mumkin. Bo‘sh qolganida, kitob o‘qib, rasm chizib va o‘rtoqlari bilan o‘ynashini rag‘batlantiraman.

Katta farzandim maktabga telefon olib yuradi. Kichik sinf bo‘lganida, qo‘lida soat-telefon ishlatar edi. Kichik o‘g‘limga, hozircha biron uskuna berishga ehtiyoj yoq, o‘zimiz olib borib kelamiz.

Katta farzandimning telefoni - eskiroq iPhone. iPhone’da ‘Screen time’ va ‘Family Apple ID’ juda yaxshi ishlaydi. Misol uchun, xar bir ilova kuniga necha soat ishlashi mumkin, ruxsat berilgan veb saytlar ro‘yxati, ilova o‘rnatish va shunga o‘xshagan kabi narsalarni o‘zimni telefonimdan boshqara olaman. Agar biron ilovaga qo‘shimcha vaqt kerak bo‘lsa, meni telefonimga xabar keladi, ruxsat bersam ishlaydi. Xiaomi Android telefonida buni eplay olmadim. 

Katta farzandimga bir kunda 15 daqiqa Telegramga kirish ruxsat berilgan, Youtube va internet brauzer to‘liq chegaralangan. Xohlar edim brauzerni ochib qo‘yishga lekin dofamin saytlarni tez topib oladi. 

Telegramga kuniga 15 daqiqa ruxsat berilgan sababi, sinfdoshlari bilan qisqa muddat bo‘lsa ham yozishadi, u bu narsa ko‘radi. Ijtimoiy aloqada bo‘lishi, kelajak uchun muhim deb o‘ylayman.

Hozir ChatGPT ham telefonida o‘rnatilgan, darslarni tushunmagan joyini so‘rab turadi. Aytib qo‘yganman, ChatGPT bergan ma’lumot har doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin deb.

Bir tomondan qattiq otadek ko‘rinaman lekin bu meni tarbiya yo‘lim. Yosh bolalar xar xil, hammani bir qolipga solib bo‘lmaydi. Men farzandlarimni chegaralash yo‘lini tanladim.

O‘zimni yoshligim esimda. 1999-yil otam Playstation-1 sotib olib berdilar. Kecha-yu kunduz tinmay o‘yin o‘ynar edim. Lekin o‘yinlarni tez oxiriga borib, zerikib qolar edim. Hozirgi o‘yinlar internet bilan bog‘liq bo‘lgani uchun o‘yindan hech chiqib keta olmaysiz, har kuni bellashuv va yangilik bor. Hozirgi o‘yinlarni yana bir mexanikasini sezganman. Agar har kuni o‘yinga kirsa, bal beradi. Farzandim, dada 5 daqiqa o‘yinni ochib bering deydi tez.

Meni fikrim, TikTok, Youtube Shorts, Instargam Reels bu 21-asr narkotigi deb hisoblayman. Farzandlarimiz nimani ko‘ryapti, qaysi ma’lumotni iste’mol qilyapti va qaysi saytda ko‘p vaqt o‘tkazayotganini tekshirish biz ota-onalarni mas’uliyati. 

Meni qiynayotgan savollar:

- Hozir chegara qo‘yganim kelajak uchun qanday ta’sir ko‘rsatadi?

- TikTok, Youtube Short va shunga o‘xshagan dofamin generatorlarni ko‘p ko‘rish zararini tushuntirish ishlarini olib boraman. Lekin bu yetarlimi?

- ChaGPTni bolalar telefonida bo‘lishi to‘g‘rimi? 

Ota-onalar, tajribangiz bilan bo‘lishing.

Undan tashqari kanalimda faol va yutuqqa erishgan yoshlar ancha ko‘p. Sizlarda qanaqa fikr?

-------

@farkhod_com
👍226
Yakshanba sayohati

Sayohatga Rossiya, Belorussiya va Fransiyada fuqarolari bilan chiqib qoldik va ulardan eshitganlarim:

- O‘zbek tilini hurmat qilinishi va hamma narsani mahalliy tilda bo‘lishi hurmatga sazovor dedi. Misol tariqasi Belorus tilini keltirdi, u tilda deyarli hech kim gaplashmasligi aytdi.

- Tog‘larga sayohat chiqish uchun O’zbekistonda potensial yuqori lekin mahalliy xalq deyarli kam chiqishi haqida aytishdi.

Ha aytgancha, aksariyat vaqt sayohatga https://t.me/MysteriousUZB bilan chiqaman

———

@farkhod_com
1👍2214
​​4Rize’dan kimdir barcha ma’lumotni yuklab olyapti. Bir kunda sahifalarni ko‘rish soni 2000% oshdi. Bot deb o‘ylayman, sababi Yandex Metrika foydalanuvchi haqida ma’lumotlarni ushlay olmayapti. Backend’ni vaqtincha o‘chirib qo‘ydim.

Bunday olib qarasa, yuklab olaversin, skrinshotlarda logo turibdi lekin baribir bunaqa botlar ishlashini oldini olishimiz kerak.

Biror maslahat bera olasizlarmi?
👍21
Qanday qilib cheklarni foydalanuvchilarning o‘zi ilovangizni targ‘ib qiladigan vositaga aylantirish mumkin

Visa Gold yoki Mastercard Premium kartalarini ko‘rganmisiz?
Ularni chiqarishingiz bilan odamda o‘zini “maxsus” his qiladigan tuyg‘u paydo bo‘ladi.

Bugungi kunda ko‘plab fintech ilovalar PREMIUM obunalarni taklif qilmoqda.

Lekin muammo shundaki: foydalanuvchi obunani sotib oladi, ammo hech kim bu haqida bilmaydi. Hammani hayratda qanday qoldiramiz?

Maslahat:
O‘zbekistonda P2P pul o‘tkazmalari (kartadan kartaga) juda keng tarqalgan.

Odamlar pul o‘tkazgach, ko‘pincha skrinshot yoki PDF chekni ulashadi yoki screenshot.

Unda nega aynan shu chekni status ko‘rsatadigan vositaga aylantirmaslik kerak?

- Obuna bormi? Chekni oltin rangda qiling.
- Cashback olindimi? Summani chekda ko‘rsating.
- Qabul qiluvchi ko‘rsin: yuboruvchi premium foydalanuvchi.

Bu oddiy lekin samarali usul - foydalanuvchini hayratda qoldirish, jalb qilish va yangilarini o‘ziga tortish uchun.

#fintech

-------

@farkhod_com
👍357
Xatolikni AI bilan to‘g‘rilashim haqida

Kecha, Elzodxon, portfolio saytimda (www.farkhod.com) xatolik haqida aytdib qoldi. 

1 yil oldin nima qilgan bo‘lar edim:
- Google orqali yechim topishga xarakat qilar edim. Taxminann 1 soat.
- O‘xshamasa, Fl.ru buyurtma yaratib, frilanser topar edim. Bunga 5-6 soat vaqt va kamida 100ming so‘m pul.

Hozir:
Men: ChatGPTjon, shunaqa muammo, nima qilamiz? 
GPT: Mana senga 3 ta yechim, xohlaganingni tanla
Men: Xatolik jiddiymi?
GPT: Umuman jiddiy emas.
Men: Rahmat 

Rahmat ham deb qo‘yaman, mabodo robotlar tirilib kelsa, bu rahmat degan, yaxshi bola deb aytishi uchun :)

Muammo hal qilishga 10 daqiqa vaqt sarfladim. 

AI odamlarni ishini oladimi? Ha! Oladi va olyapti. Siz AIni ishlashni o‘rganing.

Kuningiz xayrli o‘tsin va Elzodxonga rahmat!

———

@farkhod_com
5👍239😁6
Figma yangiliklarini ko‘rdingizmi?

Figma Site.
Endi chizgan veb sahifa dizayni buyurtmachiga tayyor sayt sifatida topshirsangiz bo‘ladi. Tushunishimcha tagida Antropic’ni Clode sun’iy intellekt modeli turibdi. Agar sizda dizayn tizim bo‘lsa, sayt yaratilganda unu ham inobatga olar ekan.

Tushunishimcha yana Figma Site CMS qismi ham bor. U keyinroq ommaga chiqadi. Bu dizaynni kodga aylantirdingiz, keyin buyurtmachingiz adminka orqali ma’lumotlarni o‘zi boshqaradi.
Webflow, Framer, Wix va hammasini tagiga suv quydi lekin. Ko‘ramiz ishda qanaqa bo‘ladi.

Figma Buzz.
Marketolog-u grafik dizaynerlar uchun. Eslayman, Moneff’da reklama kompaniya ketayotgan vaqt, tez-tez bannerlarni matnini o‘zgartirish, brend stil bilan yangi banner chizish kerak edi. Tushunishimcha endi bu narsalarni dizaynni bilmagan marketologni o‘zi qiladi oladi. Figma keltirgan misollarda, bitta beydjik dizayn chizildi. Ko‘ramiz keyinroq, nima jonivor ekan.

Figma Make.
Bu promt orqali dizayn chizish va ishlarni tezlashtirish\avtomatlash. Videolardan kelib chiqsak, nafaqat SI orqali dizayn chizish, balki qatlam(layer)larni nomini o‘zgartirish, dizayn uchun figma prototip qilib berish kabi narsalarni Figma make orqali qilsa bo‘ladi deyilgan.

Figma Draw.
Rassomlar va illyustratorlar uchun yechim. Figma sekin Adobe’ga o‘xshagan monstrga aylanmoqda. Tushunishimcha Illustrator'ni ozginagina bozorini olmoqchi.
4 yillar oldin kompaniyamizga grafik dizayner keldi. Bizga faqat raqamli platformalar uchun grafik dizayn kerak bo‘lgani uchun uni Adobe'dan Figma'ga o‘tkazdim. Hozircha minnatdor.

▶️ Figma rasmiy videosi https://www.youtube.com/watch?v=NHodnYFUT_I

-------

@farkhod_com
👍151
⚡️ Youtube video montajer qidirilmoqda

Assalomu alaykum!
Youtube kanalim uchun video darslik, fikrlarim va shunga o‘xshagan videolar tayyorlamoqchiman. 

Videolarimni montaj qilib beradigan biron kishi kerak. 

Videolarni Canon R8da 4K CLOG qilib tushirish reja.

Nima qilish kerak:
- Video fayllar taqdim etaman. Kerak emas joylarini kesish, rang berish va ovozni to‘g‘rilash kabi ishlar; 
- Videoda joylar, ilova va shunga o‘xshagan narsalarni aytib o‘tganimda uni ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Agar siz yoki biron tanishingiz video montaj ustasi bo‘lsa, menga @iamfarkhad aloqaga chiqing.

Iltimos, faqat 'Assalomu alaykum' deb yozib qo‘ymang. Ismingiz va qilgan ishingizni yuborsangiz, hammani vaqtini tejagan bo‘lar edingiz. 

Xizmat narxini kelishib olamiz.

Rahmat!

---------

@farkhod_com
👍143
Mahsulot menejer xatolari

Growth.Design hech to‘xtamaydi yaxshi ma’lumotlar bilan bo‘lishishga.

Bu safar Mahsulot Menejerlar xatolari haqida interaktiv slaydlar chiqarishgan. 

Nafaqat Mahsulot Menejerlari balkim hamma ko‘rishi kerak.

Misol uchun, sizga vazifa kelsa birdaniga uni bajarishga o‘tasizmi? Tabriklayman qopqonga tushdingiz. Shunga o‘xshagan xatoliklar haqida bu slaydlar

▶️ https://growth.design/case-studies/product-team-pitfalls

-------

@farkhod_com
15👍7
Youtubega qaytdim

Katta tanaffusdan keyin, Youtube’ga qaytishni reja qildim. 

Hozirgi kunda, sun’iy intellekt beradigan imkoniyatlarga juda qiziqqanman va tayyorlangan video ’Vayb koding‘ ya'ni sun'iy intellekt orqali kod yozish haqida.

Videoda shaxsiy fikrimdan tashqari, soha mutaxassislari Murod Parmonov, Elzodxon Sharofaddinov, Saidolim Djurayev va Ilhom Maqsadqulov fikrlari ham tinglasangiz bo‘ladi.

▶️ Video https://youtu.be/p7fZI8VIsuM

Kuningiz xayrli o‘tsin.

-------

@farkhod_com
1👍3111